Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Dori vositalari  / OPTINOL EKSPRESS UVLAJNENIE 0,21% 10ML

OPTINOL EKSPRESS UVLAJNENIE 0,21% 10ML

Mahsulot haqida tafsilotlar
Kategoriya:Dori vositalari
Ishlab chiqaruvchi:JADRAN-GALENSKI LABORATORIJ
Barcha OPTINOL dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

OPTINOL EKSPRESS UVLAJNENIE 0,21% 10ML qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi

Natriy gialuronat – 0.21 % (Optinol Ekspress namlantirish – ijro varianti uchun), 0.40 % (Optinol Chuqur namlantirish - ijro varianti uchun)

Natriy xlor – 0.83 %

Natriy gidrofosfat digitrat – 0.07 %

Suvsiz dinatriy gidrofosfat – 0.11 %

Tozalangan suv - 100.0 % gacha

Steril.

Konservantlar saqlamaydi.

Chiqarilish shakli va qadoqlanishi

10 ml dan yuqori zichli qisish qalpoqchali polietilen flakonda qo’llash bo’yicha yo’riqnomasi bilan birga karton qutida joylangan.

Nojo'ya samaralari

˗       allergik reaksiyalar;

˗       yoqimsiz qovoqlar yopishib qolishi hissi (qo’shimcha ijro varianti uchun – Optinol Chuqur namlantirish).

Maxsus saqlash sharoitlari

1.    Flakondan himoya qalpoqchasini yeching. Flakon tomizgichini ochiq uchiga tegmaslikka harakat qiling.

2.    Ko’rsatkich va o’rta barmog’ingizni flakonni tubiga, bosh barmoqni esa flakonni yuqori qismidagi oq plastinaga qo’ying.

3.    Flakonni birinchi marta qo’llashdan oldin uni uchini pasga qarating va birinchi tomchi paydo bo’lguncha 2-3 marta qisish plastinasini bosh barmoq bilan qising.

4.    Boshingizni orqaga qiling. Bo’sh qo’lingizni ko’rsatkich barmog’i bilan paski qovoqni pasga torting, tepaga qarang. Iloji boricha flakonni vertikal ushlang.  

5.    Vositani tomizish uchun flakonni bir marta bosing. Flakonni maxsus ishlangan mexanizmi tufayli har bir bosilganda bir tomchi ajraladi. Ko’zlaringizni yuming va eritma ko’z yuzasida teng taqsimlanishi uchun ko’zlaringizni har tomonga qarating..

Ushbu jarayonni ikkinchi ko’z uchun ham qaytaring.

!Flakonni ifloslanishini oldini olish uchun flakon uchini ko’zga yoki linzalarga tegishiga yo’l qo’ymang va unga barmoqlaringizni tekizmang.

!Flakonni har bir ishlatilishidan so’ng tomizgich uchini quriting va uni himoya qalpoqchasi
bilan yopib qo’ying.

Qo'llanilishi

Optinol oftalmologik namlantiruvchi vositasi ko’zlarni intensiv va davomiy namlantirish uchundir va quyidagilarda qo’llaniladi:

˗       «quruq ko’zlar» sindromida (noqulaylik, quruqlik, «ko’zlarda qum» yot zarracha hissi, qichishish, achishish kabi simptomlar bilan);

˗       barcha turdagi kontakt linzalarni taqqanda noqulaylik hissini bartaraf etish uchun;

˗       oftalmologik jarrohlik operatsiyalaridan so’ng, shuningdek ko’z pardasini shikastlanishi va travmalarida;

«quruq ko’zlar» sindromi simptomlarini oldini olish uchun (qo’llash uchun qo’shimcha ijro varianti uchun – Optinol Ekspress namlantirish).
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Tibbiy buyum komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Ta'rifi
Tiniq rangsiz yoki bir oz sarg'ish eritma.
Dozirovkasi

Boshni orqaga qiling va har bir ko’zga 1-2 tomchidan ehtiyotkorlik bilan tomizing; tomchilarni ko’z yuzasida teng taqsimlanishi uchun bir necha marta ko’zni pirpirating.

Vositani bir kunda bir necha marotaba zaruriyatga qarab ishlatish mumkin.

Ehtiyot choralari

˗       Optinol vositasini qo’llash bilan bog’liq bo’lgan nojo’ya reaksiyalar yuzaga kelganda tibbiy buyumni ishlatishni to’xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak;

˗       oftalmologik preparatlar bilan birga qo’llanilganda Optinol va boshqa ko’z tomchilarini tomizish orasida 15 minut farq bo’lishi kerak;

˗       ko’z surtmalari/gellar Optinol vositasi tomizilganidan so’ng qo’llanilishi kerak;

˗       Optinol Ekspress namlantirishni konyunktival qopchaga linzalarni olmasdan turib tomizish mumkin;                                                              

˗       Optinol Chuqur namlantirishni qo’llashdan avval kontakt linzalarini yechish va tomizib bo’lgandan so’ng 15 minutdan keyin qayta taqish tavsiya etiladi;

˗       flakon uchiga tegilmasin va uni ko’z yuzasiga tegishiga yo’l qo’ymang;

˗       flakon uchini yuvish vositalari yordamida yuvmang;

˗       agar germetikligi buzilgan bo’lsa flakonni ishlatmang;

ichga qabul qilish uchun emas.
Xususiyatlari

Oxirgi o’n yilliklarda «quruq ko’zlar» muammosi ahamiyati ortib bordi. Bu surunkali ko’zlar qichishishi sabablaridan biri hisoblanadi. Kasallikni butun populyatsiya orasida tarqalishi 11-17% ga yetadi. «Quruq ko’zlar» sindromi ko’z yoshlari plyonkasini buzilishi, ko’z yosh ajralib chiqishi kamayishi yoki ko’z yoshini haddan tashqari qurishi oqibatida yuzaga keladi, bu esa ko’z yuzasini shikastlanishiga va noqulaylik simptomlariga, quruqlik, «ko’zlarda qum» yot zarracha hissi, qichishish, sanchiqli og’riq yoki ko’zlar achishishiga olib kelishi mumkin.

«Quruq ko’zlar» sindromini yuzaga kelishini asosiy sabablari:

˗       intensiv ko’rish yuklamalari (kompyuter, planshet, mobil telefon bilan davomiy ishlash; avtotransportni boshqarish; tungi yorug’lik/yetarli bo’lmagan yorug’likda o’qish);

˗       tashqi muhit ta’siri (markaziy isitish, iqlimiy qurilmalar, fluoressent lampalar, yorqin quyosh nuri, tutun, shamol va b.);

˗       barcha turdagi kontakt linzalar taqish;

˗       turli xil surunkali kasalliklar: revmatoid artrit, diabet, astma, qalqonsimon bez kasalliklari, glaukoma va b.;

˗       ko’z tomchilari ko’rinishadigi antibiotiklar, antimikrob va qon tomirlarini toraytiruvchi preparatlardan foydalanish;

˗       nojo’ya ta’sir sifatida ko’zlar salomatligiga negativ ta’sir ko’rsatuvchi dori vositalaridan foydalanish: antidepressantlar, antigipertenziv vositalar, kontratseptivlar va boshqalar;

˗       jarrohlik aralashuvi yoki ko'zlarni mexanik shikastlanishi;

˗       qarilik (65 yoshdan katta aholining 75 % «quruq ko’zlar» sindromidan aziyat chekadi);

˗       ayollarda homiladorlik, emizish davri, menstruatsiya yoki menopauza vaqtlarida gormonal o’zgarishlarda.

Optinol oftalmologik namlantiruvchi vosita izotonik (рН 6.0 – 7.5), buferlangan, steril eritma, tarkibida suv bilan bog’lanishi yuqori bo’lgan tabiiy namlantiruvchi modda hisoblanmish natriy gialuronat ko’rinishida gialuron kislota saqlaydi.

Optinol tibbiy buyumi tarkibiga kiruvchi natriy gialuronat gialuron kislotaga nisbatan kichik molekulyar o’lchamga ega, bu moddaga to’qimalarga oson kirishga imkon beradi va ko’z pardasida ko’rish o’tkirligiga ta’sir qilmay bir tekis, stabil va turg’un himoya qatlami yuzaga kelishini ta’minlaydi.  

Gialuron kislota (natriyli tuzi ko’rinishida) ko’z pardasiga nisbatan yetarli bo’lgan yopishqoqlik va adgeziv xususiyatlarga ega. Gialuron kislotasini ushbu xususiyatlari tufayli Optinol vositasini tomizilganda ko’z pardasini oldingi yuzasida ko’zni qurishini oldini oluvchi yupqa plyonka hosil bo’ladi, noqulaylik, quruqlik, charchoq va ko’zlar qichishishi hissidan halos etadi. Optinol samarali namlantiradi, ko’zlar yuzasi – ko’z pardasi va konyuktivni sog’lom holatini qaytaradi.

Optinol Ekspress namlantirish, oftalmologik namlantiruvchi vosita, kun davomida «quruq ko’zlar» sindromi simptomlarini bartaraf etish uchun mo'ljallangan. Himoya plyonkasi darrov o’z ta’sirini boshlaydi. Optinol Ekspress namlantirish eritmasi qo’llanilganda uning samarasi 2-3 soat atrofida davom etadi. Bunda himoya plyonkasi ko’z pirpiratilganda sekin asta ko’z yosh bilan birga yuvilib boradi, shuning uchun takroriy tomizish tavsiya etiladi. Optinol Ekspress namlantirishni konyunktival qopchaga linzalarni olmasdan turib tomizish mumkin.

Konservantlar yo’qligi va tabiiy namlantiruvchi modda gialuron kislotasi (natriyli tuzi ko’rinishida) borligi Optinolni xattoki uzoq vaqt davomida qo’llanilganda ham yaxshi o’zlashtirilishini ta’minlaydi.

Flakonni maxsus ishlangan mexanizmi tufayli eritma birinchi qo’llanilganidan so’ng 180 kun (6 oy) davomida steril bo’lib qoladi, konservantlar saqlamaydi. Flakonning multidozatori aniq dozalanishni  va
Optinol tibbiy buyumini qo’llash qulayligini ta’minlaydi. Flakon 350 tomchi saqlaydi.

OPTINOL EKSPRESS UVLAJNENIE 0,21% 10ML boshqa chiqarish shakllari

OPTINOL EKSPRESS UVLAJNENIE 0,21% 10ML savollari

OPTINOL EKSPRESS UVLAJNENIE 0,21% 10ML fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil