Panten jelatin kapsulalardagi ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan (kislotali muhitga chidamli) mikrosferalar shaklidagi cho'chqadan olingan (cho'chqalarning me'da osti bezidan olingan) pankreatin saqlaydi.
Kapsulalar ko'p dozali printsip bo'yicha ko'p sonli mikrosferalarni ajratib, me'dada tez eriydi, bu me'da ichidagisi bilan yaxshi aralashishini, me'dadan uning ichidagisi bilan birga ichakka o'tishini va ajralib chiqqanidan keyin ichak ichidagi fermentlarni yaxshi taqsimlanishini ta'minlaydi.
Mikrosfera ingichka ichakka tushganida va qobiq (rN>5,5 da) tez parchalanadi, lipolitik, amilolitik va proteolitik fermentlarni ajratib chiqaradi, bu yog'lar, karbonsuvlar va oqsillarni parchalanishini ta'minlaydi.
Pankreatik fermentlar ta'sirida ovqat hazm bo'lishi natijasida hosil bo'lgan mahsulotlar darhol yoki ichak fermentlari tomonidan keyingi gidrolizga uchraganidan so'ng so'riladi.
Klinik samaradorligi.
Me'da osti bezining ekzokrin yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda Pantenning samaradorligini o'rganish bo'yicha ja'mi 30 tadqiqot o'tkazilgan. Ulardan o'ntasi platsebo-nazoratli bo'lgan yoki ularda dastlabki ko'rsatgichlar bilan qiyoslash qo'llangan; bu tadqiqotlarda mukovistsidoz, surunkali pankreatit yoki operatsiyadan keyingi holatlari bo'lgan patsientlar ishtirok etishgan.
Barcha randomizatsiyalangan samaradorlikni o'rganish bo'yicha platsebo-nazoratli tadqiqotlarida oldindan belgilangan birlamchi maqsad samaradorlikning birlamchi ko'rsatgichi – yog'larning so'rilish koeffitsienti (YoSK) bo'yicha Pantenni platsebo ustidan ustunligini isbot qilish bo'lgan.
Yog'larni so'rilish koeffitsienti, ovqat bilan iste'mol qilingan yog'lar va ahlat bilan chiqarilgan yog'larni hisobga olgan holda organizmga so'rilgan yog'larning foizini aks ettiradi. Me'da osti bezining tashqi sekretor yetishmovchiligini o'rganish bo'yicha platsebo-nazoratli klinik tekshirishlarda, YoSK ning (%) o'rtacha qiymati Panten bilan davolashda (83,0%), platsebo ishlatilganiga qaraganda (62,6) yuqori bo'lgan. Barcha tadqiqotlarda, ularning dizaynidan qat'iy nazar, YoSK ning (%) o'rtacha qiymati Panten bilan davolash davrining oxirida, platsebo-nazoratli tadqiqotlarda Panten qo'llanganidagi yog'larning so'rilish koeffitsientining o'rtacha qiymatlari bilan bir xil bo'lgan. Barcha o'tkazilgan tadqiqotlarda, kasallikning etiologiyasidan qat'iy nazar, xarakterli simptomatikani (ich kelishini tez-tezligi, uning konsistentsiyasi, meteorizm) ham yaxshilanishi kuzatilgan.
Bolalar
Mukovistsidozi bo'lgan bemorlarda Panten preparatining samaradorligi yangi tug'ilganlardan to o'smirlik yoshigacha bo'lgan 288 patsientlarda namoyish qilingan. Barcha tadqiqotlarda bolalarda Panten preparati bilan davolashning oxirida YoSK o'rtacha ko'rsatgichi,patsientlarning yoshidan qat'iy nazar 80% dan yuqori bo'lgan.