RABISOP kapsula 10mg+5mg N30

Renin-angiotenzin tizimiga taʼsir etuvchi vositalar. ААF ingibitorlari vositalar bilan majmuada.
RABISOP kapsula 10mg+5mg N30 haqida qo'llanma
Maqlash sharoitlari
30℃ dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Sovutgichda saqlanmasin, muzlatilmasin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Sotish shartlari
Retsept boʼyicha.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
| faol moddalar | ||||||
| Ramipril |
2,5 mg |
2,5 mg |
5 mg |
5 mg |
10 mg |
10 mg |
| Bisoprolol fumarati |
1,25 mg |
2,5 mg |
2,5 mg |
5 mg |
5 mg |
10 mg |
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, polivinil spirti, natriy kroskarmelloza, natriy stearilfumarati, mikrokristall sellyuloza (12 tipi), suvsiz kalьtsiy gidrofosfati, krospovidon (А tipi), mikrokristall sellyuloza (200 tipi), suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati;
plyonka qobiq tarkibi: АkvaPolish P sariq 024.138 MS [AquaPolish P yellow 024.138 MS] gidroksipropilmetiltsellyuloza (E 464), gidroksipropiltsellyuloza (E 463), oʼrta zanjirli triglitseridlar, talk (E 553 b), titan dioksidi (E 171), temir II-oksidi (E 172);
kapsulaning tarkibi: titan dioksidi (E 171), jelatin, temir III-oksidi (E 172) – (10 mg+10 mg, 10 mg+5 mg, 5 mg+5 mg, 5 mg+2,5 mg kapsulalarda); temir II-oksidi (E 172) – (10 mg+5 mg, 5 mg+5 mg, 5 mg+2,5 mg, 2,5 mg+2,5 mg 2,5 mg+1,25 mg kapsulalarda); sariq xinolin – (5 mg+2,5 mg, 2,5 mg+2,5 mg, 2,5 mg+1,25 mg kapsulalarda);
bosib chiqarish uchun siyoh tarkibi: shellak (E 904), temir II-III-oksidi (E 172), propilenglikol, kontsentratsiyalangan ammiak eritmasi, kaliy gidroksidi.
Chiqarilish shakli
10 kapsuladan laminatsiyalangan poliamid/alyumin/polivinilxlorid (PA/AL/PVC) plyonka va alyumin (AL) folьgali kontur uyali oʼramlarga joylanadi.
3 kontur uyali oʼram davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnoma bilan birga karton qutilarga joylanadi.
Farmakodinamikasi
Taʼsir mexanizmi
Bisoprolol
Bisoprolol tabiiy ragʼbatlantirish hususiyatiga ega boʼlmagan va membranalarni barqarorlashtiruvchi faollikka ega boʼlgan beta1-selektiv adrenoretseptorlarini bloklovchi kuchli agent hisoblanadi. U bronxlar va qon-tomirlarning silliq mushaklaridagi beta2-reeptorlariga, shuningdek metabolik boshqaruv bilan bogʼliq beta2-retseptorlari bilan past affinlikni namoyish etadi. Shunday ekan, bisoprolol nafas yoʼllarining qarshiligiga va beta2-retseptorlari bilan bogʼliq metabolik samaralarga taʼsir qilmaydi. Uning beta1-retseptorlariga selektivligi terapevtik dozasining haddan ziyod doirasiga taqsimlanadi.
Ramipril
Ramiprilat olddori ramiprilning faol metaboliti boʼlib, dipeptidilkarboksi-peptidazu I (sinonimlari: angiotenzinga aylantiruvchi ferment; kininaza II) fermentini bostiradi. Plazmada va toʼqimalarda ushbu ferment angiotenzin I ni qon tomirlarni toraytiruvchi faol modda angiotenzin II ga aylanishini, shuningdek qon-tomirlarni kengaytiruvchi faol modda bradikininni parchalanishini katalizlaydi. Аngiotenzin II hosil boʼlishini pasayishi va bradikininni parchalanishini bostirilishi qon-tomirlarni kengaytiradi.
Аngiotenzin II shuningdek alьdosteronni ajralib chiqishini ragʼbatlantirganligi tufayli, ramiprilat alьdosteron sekretsiyasini pasaytiradi. ААF ingibitori bilan monoterapiya oʼtkazishga oʼrtacha reaktsiya boshqa irq vakillaridan farqli ravishda gipertoniya (odatda reninning darajasi past boʼlgan gipertonik populyatsiya) bilan xastalangan qora tanli patsientlarda (kelib chiqishi afrokarib) sustroq boʼlgan.
Farmakodinamik taʼsirlari
Bisoprolol
Bisoprolol ahamiyatli manfiy inotrop taʼsir koʼrsatmaydi.
Bisoprolol qoʼllanganidan soʼng 3-4 soatdan keyin oʼzining maksimal taʼsiriga erishadi. Yarim parchalanish davri 10-12 soat boʼlganligi tufay, bisoprolol 24 soat davomida taʼsir qiladi.
Qon bosimini pasaytiruvchi bisoprololning minimal taʼsiriga odatda 2 haftadan keyin erishiladi.
Surunkali yurak yetishmovchiligi boʼlmagan koronar yurak kasalligi boʼlgan patsientlar tomonidan bir marta qabul qilinganida yurak ritmini sekinlashtiradi va sistolik hajmni kamaytiradi, va shu orqali yurak zarbi va kislorod sarfini kamaytiradi. Surunkali qoʼllanganida avval oshgan periferik qon tomirlar qarshiligi pasayadi. Plazmadagi reninning taʼsirini pasayishi beta-blokatorlarning gipertoniyaga qarshi taʼsirini asosida yotuvchi taʼsir mexanizmi sifatida koʼrsatiladi.
Bisoprolol yurakdagi beta-adrenergik retseptorlarni bloklash orqali simpato-adrenergik reaktsiyani pasaytiradi. Ushbu taʼsiri yurak ritmi va qisqaruvchanligini sekinlashtirib, miokard tomonidan kislorod sarfini pasayishiga olib keladi, bu holat avvaldan yurak koronar kasalligi boʼlganida stenokardiyada kutilgan samara hisoblanadi.
Ramipril
Gipertoniya
Ramiprilni qoʼllash periferik arterial qon tomirlar qarshiligini ahamiyatli pasayishiga olib keladi. Umuman olganda, buyraklardagi plazma oqimida va kalavalar filьtratsiyasi tezligida jiddiy oʼzgarishlar boʼlmaydi. Gipertoniya boʼlgan patsientlarni ramipril preparatini qabul qilishi ham yotgan holatda, ham turgan holatda qon bosimini, yurak ritmini kompensator oshirmasdan, pasayishiga olib keladi.
Koʼpgina patsientlarda bir martalik dozaning gipertoniyaga qarshi taʼsirini boshlanishi peroral qabul qilinganidan soʼng 1-2 soatdan keyin namoyon boʼladi. Bir martalik dozaning choʼqqi samarasi odatda peroral qabul qilinganidan soʼng 3-6 soatdan keyin erishiladi. Bir martalik dozaning gipertoniyaga qarshi taʼsiri odatda 24 soat davom etadi.
Ramipril bilan uzluksiz davolashning maksimal gipertoniyaga qarshi taʼsiri
3-4 haftadan keyin namoyon boʼladi. Gipertoniyaga qarshi taʼsiri 2 yil davomida uzoq muddatli davolashda saqlanib turishi namoyish etilgan.
Ramiprilni qabul qilishni toʼsatdan toʼxtatish qon bosimida tez va ortiqcha rikoshet oshishini keltirib chiqarmaydi.
Yurak yetishmovchiligi
Diuretiklar va ixtiyoriy yurak glikozidlari bilan umumiy qabul qilingan davolashga qoʼshimcha ravishda, ramipril Nьyu-York yurak assotsiatsiyasi boʼyicha II-IV funktsional sinf boʼlgan patsientlarni davolashda samarali hisoblanadi. Dori vositasi yurak gemodinamikasiga (chap qorincha va oʼng qorinchani pasaygan toʼlish bosimi, pasaygan umumiy periferik qon-tomirlar qarshiligi, oshgan yurak zarbi va oshgan yurak indeksi) ijobiy taʼsirga ega, shuningdek neyroendokrin faolligi pasayadi.
Farmakokinetikasi
Bisoprolol
Soʼrilishi
Bisoprolol meʼda-ichak yoʼllaridan deyarli toʼliq (>90%) soʼriladi va jigar orqali birinchi marta oʼtish samarasi ahamiyatsiz (taxminan 10% - 15%) boʼlganligi tufayli, biokiraolishligi peroral qabul qilinganidan soʼng taxminan 85% - 90% ni tashkil etadi. Ovqatlanish biokiraolishiga taʼsir qilmaydi. Plazmada choʼqqi kontsentratsiyasi
2-3 soatdan keyin kuzatiladi. Shunday boʼlsada, shuningdek bisoprololni ichak orqali soʼrilish koeffitsienti/masshtabi rN ga juda bogʼliq ekanligi va oʼzgaruvchan hususiyatga ega boʼlishi mumkinligi aniqlangan.
10 mg bisoprolol fumarati sogʼlom koʼngillilar tomonidan och qoringa peroral qabul qilinganidan soʼng bisoprololning plazmadagi taxminan 31,86 ng/ml ga teng boʼlgan oʼrtacha choʼqqi kontsentratsiyasiga (Cmax) taxminan 2 soatdan (Tmax) keyin erishilgan.
Taqsimlanishi
Taqsimlanish hajmi 3,2 l/kg ga teng. Bisoprololni plazma oqsillari bilan bogʼlanishi taxminan 30% ni tashkil etadi, bunda jigardagi metabolizmi va buyrak orqali chiqarilish oʼrtasidagi nisbat 1:1 ga teng boʼladi.
Hayvonlarda oʼtkazilgan tadqiqotlar, bisoprololni tez va keng taqsimlanishini, ammo yoʼldosh orqali oʼtishi ahamiyatsiz ekanligini, va dori vositasini gematoentsefalik toʼsiq orqali metoprolol va propranololga nisbatan kamroq darajada oʼtishini koʼrsatadi.
Biotransformatsiyasi
Bisoprolol yogʼda oʼrtacha darajada eruvchan modda hisoblanadi. U faqat oʼrtacha darajadagi jigar metabolizmi taʼsir ostida boʼladi. Bisoprololning metabolizmida keyinchalik konʼyugatsiya boʼlmasdan, faqat oksidlanish yoʼllari aniqlangan. U dastlab CYP3A4 taʼsirida faol boʼlmagan metabolitlarga metabolizmga uchraydi, shuningdek CYP2D6 taʼsirida metabolizmga uchraydi, bu holat klinik ahamiyatga ega emas. O-dezalkillanish sodir boʼlganidan soʼng karboksil kislotasining 3 metabolitiga oksidlanishi kerak. Odamlarda 3 metaboliti β-adrenoretseptor antagonistik taʼsirdan mahrum hisoblanadi. Dori vositasi shuningdek odamlarda stereoselektiv metabolizmga uchramaydi va debrizoxin tipidagi genetik oksidlovchi polimorfizmga uchramaydi. Bisoprololning dozasini taxminan 50% siydik bilan oʼzgarmagan koʼrinishda chiqariladi, teng nisbati jigarda metabolizmga uchraydi; bundan tashqari, bisoprolol yuqori buyrak klirensiga ega boʼlgan dori vositasi hisoblanmaganligi tufayli, u faqat oʼrtacha jigar klirensini, va shunday ekan, u shuningdek peroral qabul qilinganidan soʼng jigar orqali ahamiyatsiz darajadagi birinchi marta oʼtish samarasini namoyish etadi.
Chiqarilishi
Bisoprolol organizmdan ikkita yoʼl bilan yuvib chiqariladi. Dozaning 50% jigarda faol boʼlmagan metabolitlargacha metabolizmga uchraydi, soʼngra buyraklar orqali yuvib chiqariladi. Qolgan 50% buyraklar orqali metabolizmga uchramagan shaklda chiqariladi. Аxlatda dozaning 2% dan kamroq qismi aniqlangan. Umumiy klirensi soatiga 15 l ni tashkil etadi. Plazmada yarim parchalanish davri 10-12 soatni tashkil etadi va preparat kuniga bir marta qabul qilinganidan soʼng 24 soatlik taʼsirini taʼminlaydi. Plazmadan yarim chiqarilish davri buyrak funktsiyasini buzilishi boʼlgan patsientlarda taxminan 18 soatgacha, jigar sirrozi boʼlgan patsientlarda taxminan 13 soatgacha uzaygan boʼladi.
Proportsionalligi/noproportsionalligi
Bisoprololning kinetikasi bir chiziqli hisoblanadi va yoshga bogʼliq emas. Plazmadagi kontsentratsiyasi 5 mg dan 20 mg gacha boʼlgan dozalar oraligʼida yuborilgan dozaga proportsional hisoblanadi.
Maxsus populyatsiyalar
Jigar funktsiyasini buzilishi boʼlgan patsientlar
Farmakokinetik koʼrsatkichlar jigar funktsiyasini buzilishi, jumladan jigar sirrozi boʼlgan 18 nafar patsientda oʼrganilgan. Bisoprolol kuniga 10 mg dan 7 kun davomida qabul qilinganidan soʼng yarim parchalanish davri T1/2 13,5 soatni tashkil etgan, va qon zardobida choʼqqi kontsentratsiyasi 62 g/l ni tashkil etgan (sogʼlom koʼngillilarda 36 g/l), bu holat farmakodinamik koʼrsatkichlarda klinik ahamiyatli oʼzgarishlarni olib kelmagan.
Buyrak funktsiyasini buzilishi boʼlgan patsientlar
Gipertoniya sababli bisoprololni kuniga 2,5 mg yoki 5 mg dan qabul qilayotgan dializdagi patsientlarda 12 hafta davomida tekshiruvdan oʼtkazilgan. Farmakokinetik koʼrsatkichlari sogʼlom koʼngillilardan iborat boʼlgan nazorat guruhi bilan qiyoslangan. Dori vositasining yarim parchalanish davri T1/2 koʼngillilar guruhi bilan solishtirganda dializsiz kunlarning miqdoriga nisbati ahamiyatli darajada uzaygan. Bisoprololni 2,5 mg dozada qabul qilayotgan patsientlarda Cmax qiymati 5 mg dozada qabul qilayotgan sogʼlom koʼngillilardagi Cmax qiymati bilan deyarli bir xil boʼlgan.
Bisoprololning peroral klirensi (CL/F) kreatinin klirensi (CLcr) bilan ijobiy mos keladi, bu buyrak funktsiyasi patsientlar oʼrtasida bisoprololning farmakokinetikasida farqlar uchun qisman javobgarligini koʼrsatadi.
Keksa yoshdagi patsientlar
Bisoprololning farmakokinetikasi keksa odamlarda klinik ahamiyatli darajada oʼzgarmaydi. Patsientning yoshiga qarab dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Yurak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlar
Surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA boʼyicha III bosqich) boʼlgan patsientlarda bisoprololning plazmadagi darajasi sogʼlom koʼngillilardagiga nisbatan yuqori va yarim parchalanish davri esa davomliroq boʼladi. Plazmada maksimal kontsentratsiyasi barqaror holatda sutkada 10 mg dozada qoʼllanganida 64±21 ng/ml ni tashkil etadi va yarim parchalanish davri 17±5 soatni tashkil etadi.
Ramipril
Soʼrilishi
Peroral qabul qilinganidan soʼng ramipril meʼda-ichak yoʼllaridan tez soʼriladi: ramipril plazmada choʼqqi kontsentratsiyasiga bir soat davomida erishadi. Siydikda tiklanishiga asoslanib, soʼrilish hajmi kamida 56% ni tashkil etadi va meʼda-ichak yoʼllarida ovqatni boʼlishi unga ahamiyatli darajada taʼsir qilmaydi. 2,5 mg va 5 mg ramipril peroral qabul qilinganidan soʼng faol metabolit ramiprilatning biokiraolishligi 45% ni tashkil etadi.
Ramiprilning yagona faol metaboliti ramiprilatning plazmadagi choʼqqi kontsentratsiyasi ramipril qabul qilinganidan soʼng 2-4 soatdan keyin erishilgan. Ramiprilning odatdagi dozalari sutkada bir marta qabul qilinganidan soʼng barqaror holatda plazmadagi ramiprilatning kontsentratsiyasi davolashning taxminan 4 kuniga kelib erishiladi.
Taqsimlanishi
Zardobdagi ramiprilni oqsillar bilan bogʼlanishi taxminan 73% ni tashkil etadi, ramiprilatni bogʼlanishi esa taxminan 56% ni tashkil etadi.
Ramiprilat fermentning kontsentratsiyalariga oʼxshash kontsentratsiyalarda angiotenzin aylantiruvchi ferment bilan yuqori affinlik darajasida bogʼlanadi, va asta-sekin muvozanat tiklanadi. Ramipril qondan tezda chiqariladi va tananing turli toʼqimalariga, jigar, buyraklar va oʼpkalarga taqsimlanib, qondagi kontsentratsiyasidan farqli ravishda ramiprilning ancha yuqori kntsentratsiyalariga erishilishini koʼrsatadi. Taqsimlanish hajmi 90 l ni tashkil etadi, ramiprilatning nisbiy taqsimlanish hajmi taxminan 500 l ni tashkil etadi.
Biotransformatsiyasi
Ramipril karboksilesteraza yordamida faol metabolit ramiprilatga faol boʼlmagan hisoblanadigan ramipril va ramiprilatning diketopiperazin efiri, diketopiperazin kislotasi va glyukuronidlariga yordamida deyarli butunlay metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi
Ramipril peroral qabul qilinganidan keyin dastlabki dori moddasi va uning metabolitlarining taxminan 60% siydik bilan chiqariladi va taxminan 40% ahlatda aniqlangan. Dori vositasini ahlatda aniqlanishi metabolitlari va/yoki soʼrilmagan dori vositasini oʼt bilan ekskretsiya boʼlishini anglatishi mumkin. Yuborilgan dozaning 2% dan kamroq qismi oʼzgarmagan ramipril sifatida siydikda aniqlanadi.
Metabolitlarini chiqarilishi eng avvalo buyraklar orqali amalga oshiriladi. Plazmada ramiprilatning kontsentratsiyasi uch fazali usul bilan pasayadi. Dori vositasini taqsimlanishini koʼrsatuvchi birlamchi tez tushishi, 2-4 soatlik yarim parchalanish davriga ega. ААF bilan kuchli bogʼlanishi va fermentdan sekin ajralishi tufayli, ramiprilat ikkita eliminatsiya fazasini namoyon qiladi. Yaqqol eliminatsiya fazasi 9-18 soatlik yarim parchalanish davriga ega, terminal parchalanish fazasi > 50 soatlik davomli yarim parchalanish davriga ega. Ramiprilning 10 mg bir martalik dozasi sogʼlom patsientlarga yuborilganidan soʼng ramiprilatning yarim parchalanish davri taqsimlanishni tez boshlangʼich fazasi vaqtida taxminan 1,1-4,5 soatni va sekin chiqarilish fazasi vaqtida taxminan 110 soatni tashkil etgan.
Ramiprilning bir martalik dozalari koʼp marta qoʼllanganidan soʼng ramiprilatning kontsentratsiyasini samarali yarim parchalanish davri 5-10 mg dozalari uchun 13-17 soatni tashkil etgan va 1,25-2,5 mg ga teng yanada pastroq dozalari uchun yanada uzoqroq davom etgan. Ushbu farq fermentni ramiprilatga bogʼlanish hususiyatini toʼyinishi bilan bogʼliq. Ramiprilatning odatdagi dozalari sutkada bir marta qabul qilinganidan soʼng barqaror holatda plazmadagi ramipril va ramiprilatning kontsentratsiyasiga davolashning ikkinchi kunidan toʼrtinchi kunigacha erishilgan. Buyrak funktsiyasi normal boʼlgan patsientlarda bir martalik sutkalik dozalari takroran qoʼllanilishi bilan ramiprilatni hech qanday akkumuyatsiyasi kutilmaydi.
Proportsionalligi/noproportsionalligi
Tadqiqotlar qon zardobida ramiprilatning dozasi bilan bevosita bogʼliq maksimal kontsentratsiyasini namoyish etgan. Ramiprilni soʼrilish masshtabi va ramiprilatgacha gidrolizi 5 mg dan 50 mg gacha boʼlgan dozalar oraligʼida oʼxshash boʼlgan, chunki plazmadagi ramiprilatning maksimal kontsentratsiyasi ushbu oraliq davomida ramiprilning dozasi bilan proportsional bogʼliqlikda boʼlgan. Sogʼlom koʼngillilarda 10 mg va 20 mg dozalarda qoʼllanganidan soʼng plazmada ramipril va ramiprilatning kontsentratsiyasi va dozasi oʼrtasidagi bogʼliqlikda proportsionallikni biroz yoʼqligi klinik ahamiyatliligini koʼrsatish uchun juda ahamiyatsiz boʼlgan.
Maxsus populyatsiyalar
Jigar funktsiyasini buzilishi boʼlgan patsientlar
Jigar funktsiyasini buzilishi boʼlgan patsientlarda ramiprilni ramiprilatga metabolizmi jigar esterazalarining taʼsiri kamligi tufayli, sekinlashgan boʼlgan, va ushbu patsientlarning plazmasida ramiprilning darajasi yuqori boʼlgan. Shunday boʼlsada, ushbu patsientlarda ramiprilatning choʼqqi kontsentratsiyalari jigar funktsiyasi normal boʼlgan ishtirokchilarda kuzatiladigan qiymatlardan farqlanmaydi.
Buyrak funktsiyasini buzilishi boʼlgan patsientlar
Buyrak funktsiyasini buzilishi boʼlgan patsientlarda ramiprilatni buyraklar orqali chiqarilishi pasaygan boʼladi, va buyraklarda ramiprilatning klirensi kreatinin klirensi bilan proportsional bogʼliq. Ushbu kuzatish plazmada ramiprilatning kontsentratsiyalarini oshishiga olib keladi, u buyrak funktsiyasi normal boʼlgan ishtirokchilarga nisbatan sekinroq pasayadi.
Buyrak funktsiyasini buzilishi boʼlgan patsientlarda kreatinin klirensiga asoslanib dozaga tuzatish kiritish tavsiya etilmaydi.
Laktatsiya
Ramiprilning bir martalik peroral dozasi ramipril va uning metabolitlarini koʼkrak sutida ahamiyatsiz darajada hosil boʼlishiga olib kelgan. Shunday boʼlsa-da koʼp martalik dozalarining taʼsiri nomaʼlum boʼlib qoladi.
Keksa odamlar
Keksa patsientlarning cheklangan miqdorida bir martalik dozani oʼrganish yuzasidan oʼtkazilgan farmakokinetik tadqiqot, keksa yoshdagi patsientlarda ramiprilatning choʼqqi darajalari va ramiprilat uchun AUC yuqori ekanligini koʼrsatadi. Zardobdagi ramiprilning oʼrtacha choʼqqi kontsentratsiyasi va yarim parchalanish davri keksalarda yoshroq koʼngillilardan farqli ravishda biroz yuqori boʼladi. Shuningdek siydikda hosil boʼlishi yoshroq koʼngillilarda hosil boʼlishidan farqlanmagan. Shunday ekan, geriatrik patsientlarda (65-76 yosh) ramipril va ramiprilatning farmakokinetik maʼlumotlari yoshroq, sogʼlom ishtirokchilardagi muvofiq natijalar bilan oʼxshash boʼlgan. Shunday boʼlsada, yoshroq koʼngillilarga (yoshlar oraligʼi 21 dan 30 yoshgacha) nisbatan keksa yoshdagi koʼngillilarda (oʼrtacha 77 yosh, yoshlar oraligʼi 61 dan 84 yoshgacha), buyrak funktsiyasini normal faoliyati aniq boʼlishiga qaramay, ramiprilning aylanib yuruvchi yanada yuqori kontsentratsiyalari qayd etilgan.
Pediatriya populyatsiyasi
Ramiprilning farmakokinetik profili 2-16 yoshgacha, tana vazni ≥ 10 kg boʼlgan, gipertoniya bilan hastalangan 30 nafar pediatrik patsientlarda oʼrganilgan. 0,05-0,2 mg/kg dozada qoʼllanganidan soʼng ramipril tezda va keng miqyosda ramiprilatga metabolizmga uchraydi. Ramiprilatning plazmadagi choʼqqi kontsentratsiyalari 2-3 soat davomida kuzatilgan. Ramiprilatning klirensi tana vazni (p < 0,01) va dozasi (p < 0,001) bilan yuqori darajada mos kelgan. Klirensi va taqsimlanish hajmi har bir dozalash guruhi uchun bolalarning yoshi bilan birga oshib borgan. Bolalarda 0,05 mg/kg dozasi 5 mg ramipril bilan davolangan kattalardagi qaymatlarga nisbatan taʼsir darajasiga erishgan. Bolalarda 0,2 mg/kg dozasi kattalar uchun kuniga maksimal tavsiya etilgan 10 mg ga nisbatan yuqori taʼsir doirasiga olib kelgan.
Yurak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlar
Ramiprilning farmakokinetikasi jiddiy yurak yetishmovchiligi (NYHA III-IV) boʼlgan patsientlarda 5 mg bir martalik peroral dozasi qoʼllanganidan soʼng oʼrganilgan. Plazmada ramiprilning maksimal darajasi 1,4 soatdan keyin 57,0 ± 26,8 ng/ml ni tashkil etgan; t1/2 qiymati 2,4 ± 1,2 soat boʼlgan. Ramiprilning choʼqqi darajasi 4,6 soatdan keyin
27,9 ± 24 ng/ml ni tashkil etgan; faol birikma uchun t1/2 qiymati 6 ± 4,2 soatni tashkil etgan. Ramipril va metabolitlarini siydikda umumiy hosil boʼlishi 96 soat davomida
39 ± 17,5% ni tashkil etgan. ААFning taʼsirini toʼqson besh foiz bostirilishi barcha patsientlarda kuzatilgan, va 80% bostirilishi 24 soat davom etgan. Dori mahsulotining va faol metabolitlarining plazmadagi darajalari sogʼlom koʼngillilardagidan farqli ravishda yuqori boʼlgan va ААFning taʼsirini yanada yaqqolroq bostirilishi bilan uzoqroq saqlanib turgan. Faol metaboliti ramiprilatni hosil boʼlishi pasaymagan, ammo sekinlashgan. Ushbu natijalar, kichik dozalar bunday patsientlar uchun, individual titrlash yordamida qoʼllanilishi mumkinligini, dastlab yanada kichikroq dozalari
(1,25-2,5 mg) bilan va 5 mg dan ortiq dozalari kam holatlarda talab etilishi mumkinligini koʼrsatadi.
Irq
Аngiotenzinga aylantiruvchi fermentning ingibitorlarini gipertoniyaga qarshi taʼsiri boshqa irqdagilardan farqli ravishda qora tanli patsientlarda odatda pastroq boʼladi.
Farmakoterapevtik guruh
Renin-angiotenzin tizimiga taʼsir etuvchi vositalar. ААF ingibitorlari vositalar bilan majmuada.
Dori shakli
kapsulalar
Nojo'ya samaralari
Havfsizlik profilini qisqacha taʼrifi
Eng koʼp uchraydigan nojoʼya samaralarga bosh ogʼrigʼi, bosh aylanishi, gipotoniya, yurak yetishmovchiligini ogʼirlashishi, qoʼl-oyoqlarni sovuqligi, koʼngil aynishi, qusish, qorin boʼshligʼida ogʼriq, diareya, qabziyat, asteniya va toliqish kiradi.
Havfsizlik profili doimiy quruq yoʼtal va gipotoniya bilan bogʼliq reaktsiyalardan iborat boʼladi. Jiddiy nojoʼya reaktsiyalarga angionevrotik shish, giperkaliemiya, buyrak yoki jigar funktsiyasini buzilishi, pankreatit, jiddiy teri reaktsiyalari va neytropeniya/agranulotsitoz kiradi.
Nojoʼya reaktsiyalarning jadvalli roʼyxati
Quyidagi nojoʼya samaralar bisoprolol va ramipril alohida qoʼllanilgan klinik tadqiqotlar vaqtida va/yoki roʼyxatdan oʼtkazilgandan keyingi qoʼllash davrida kuzatilgan, va organizmning tizimlarini MedDRA tasnifiga muvofiq quyidagi uchrash tezligi bilan tasniflangan: juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100 - < 1/10); tez-tez emas (≥ 1/1000 - < 1/100); kam hollarda (≥ 1/10000 - < 1/1000); juda kam hollarda (< 1/10000); uchrash tezligi nomaʼlum (mavjud maʼlumotlarga asoslanib baholash mumkin emas).
|
MedDRA |
Nojoʼya samaralari |
Tez tezligi |
|
|
Аʼzolar tizimi sinflari |
|
Bisoprolol |
Ramipril |
| Infektsion va parazitar kasalliklar | Rinit | Kam hollarda | Tez-tez emas |
| Qon va limfa tizimlari tomonidan kuzatilgan buzilishlar | Eozinofiliya |
- |
Tez-tez emas |
| Аgranulotsitoz |
- |
Kam hollarda | |
| Pantsitopeniya |
- |
Nomaʼlum | |
| Leykopeniya |
- |
Kam hollarda | |
| Neytropeniya |
- |
Kam hollarda | |
| Trombotsitopeniya |
- |
Kam hollarda | |
| G-6PDH tugʼma tanqisligi boʼlgan patsientlarda gemolitik anemiya |
- |
Nomaʼlum | |
| Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan kuzatilgan buzilishlar | Gipoglikemiya |
- |
Nomaʼlum |
| Preparatni qabul qilish toʼxtatilganida orqaga qaytuvchan xarakterga ega boʼlgan giperkaliemiya |
- |
Tez-tez | |
| Giponatriemiya |
- |
Nomaʼlum | |
| Аnoreksiya, pasaygan ishtaha |
- |
Tez-tez emas | |
| Ruhiy kasalliklar | Kayfiyatni oʼzgaruvchanligi |
- |
Tez-tez emas |
| Uyquni buzilishi | Tez-tez emas | Tez-tez emas | |
| Depressiya | Tez-tez emas |
- |
|
| Qoʼrquvlar, gallyutsinatsiyalar | Kam hollarda |
- |
|
| Ongni chalkashishi |
- |
Juda kam hollarda | |
| Nerv tizimi tomonidan kuzatilgan buzilishlar | Bosh ogʼrigʼi | Tez-tez | Tez-tez |
| Bosh aylanishi | Tez-tez | Tez-tez | |
| Vertigo |
- |
Tez-tez emas | |
| Disgevziya |
- |
Tez-tez emas | |
| Paresteziya |
- |
Tez-tez emas | |
| Uyqusizlik |
- |
Tez-tez emas | |
| Tserebral ishemiya, jumladan ishemik insult va qisqa muddatli ishemiya huruji |
- |
Nomaʼlum | |
| Xushdan ketish | Kam hollarda | Tez-tez | |
| Koʼrish aʼzolari tomonidan kuzatilgan buzilishlar | Koʼrishni buzilishlari |
- |
Tez-tez emas |
| Koʼz yoshi oqishini kamayishi (agar patsient linzalardan foydalanadigan boʼlsa, boʼlishi mumkin) | Kam hollarda |
- |
|
| Konʼyunktivit | Juda kam hollarda | Kam hollarda | |
| Eshitish va muvozanat aʼzolari tomonidan kuzatilgan buzilishlar | Quloqlarda shovqin |
- |
Kam hollarda |
| Eshitishni buzilishlari | Kam hollarda | Kam hollarda | |
| Yurak tomonidan kuzatilgan buzilishlar | Yurakni tez-tez urishi |
- |
Tez-tez emas |
| Taxikardiya |
- |
Tez-tez emas | |
| Bradikardiya | Juda tez-tez |
- |
|
| Yurak yetishmovchiligini yomonlashishi | Tez-tez |
- |
|
| AV-oʼtkazuvchanlikni buzilishi | Tez-tez emas |
- |
|
| Аritmiya |
- |
Tez-tez emas | |
| Taxikardiya |
- |
Tez-tez emas | |
| Miokard infarkti, ehtimol, yuqori havf guruhiga kiruvchi patsientlarda kuchli gipotoniyadan keyin |
- |
Tez-tez emas | |
| Qon-tomir buzilishlari | Gipotoniya va u bilan bogʼliq boʼlgan nojoʼya koʼrinishlar | Tez-tez | Tez-tez |
| Qoʼl-oyoqlarni sovuq qotishi va uvishishi | Tez-tez |
- |
|
| Ortostatik gipotoniya |
Tez-tez emas |
Tez-tez | |
| Vaskulit |
- |
Kam hollarda | |
| Qizib ketish hissi |
- |
Tez-tez emas | |
| Reyno fenomeni |
- |
Nomaʼlum | |
| Nafas tizimi, koʼkrak qafasi va koʼks oraligʼi aʼzolari tomonidan kuzatilgan buzilishlar | Yoʼtal |
- |
Tez-tez |
| Hansirash |
- |
Tez-tez | |
| Bronxospazm, jumladan astmani zoʼrayishi | Tez-tez emas | Tez-tez emas | |
| Bronxit |
- |
Tez-tez | |
| Sinusit |
- |
Tez-tez | |
| Burunni bitishi |
- |
Tez-tez emas | |
| MIY tomonidan kuzatilgan buzilishlar | Qorin boʼshligʼida ogʼriq | Tez-tez | Tez-tez |
| Qabziyat | Tez-tez | Tez-tez emas | |
| Diareya | Tez-tez | Tez-tez | |
| Koʼngil aynishi | Tez-tez | Tez-tez | |
| Qusish | Tez-tez | Tez-tez | |
| Dispepsiya |
- |
Tez-tez | |
| Ogʼizni qurishi |
- |
Tez-tez emas | |
| Pankreatit |
- |
Juda kam hollarda | |
| Аftoz stomatit |
- |
Nomaʼlum | |
| Glossit |
- |
Kam hollarda | |
| Jigar va oʼt chiqarish yoʼllari tomonidan kuzatilgan buzilishlar | Tsitolitik yoki xolestatik gepatit | Kam hollarda | Nomaʼlum |
| Jigar enzimlarining va/yoki u bilan bogʼliq bilirubinlar-ning darajasini oshishi |
- |
Tez-tez emas | |
| Xolestatik sariqlik |
- |
Kam hollarda | |
| Jigar hujayralarini shikastlanishi |
- |
Kam hollarda | |
| Teri va teri osti toʼqimalari tomonidan kuzatilgan buzilishlar | Toshma |
- |
Tez-tez |
| Prurit |
- |
Tez-tez emas | |
| Yuz, qoʼl-oyoqlar, lab, shilliq qavatlar, til, ovoz yorigʼi va/yoki xiqildoqni angionevrotik shishi |
- |
Tez-tez emas | |
| Eshakemi |
- |
Kam hollarda | |
| Yorugʼlikka sezuvchanlik reaktsiyalari |
- |
Juda kam hollarda | |
| Kuchli terlash |
- |
Tez-tez emas | |
| Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (qichishish, qizarish, toshma) | Kam hollarda |
- |
|
| Psoriazni zoʼrayishi |
- |
Nomaʼlum | |
| Koʼp shaklli eritema |
- |
Nomaʼlum | |
| Toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi |
- |
Nomaʼlum | |
| Psoriaz, pemfigoid yoki lixenoid ekzantema yoki enantema, alopetsiya | Juda kam hollarda | Nomaʼlum | |
| Skelet-mushak va biriktiruvchi toʼqimalar tomonidan kuzatilgan buzilishlar | Mushaklarni tortishishi | Tez-tez emas | Tez-tez |
| Mushaklarni zaifligi | Tez-tez emas |
- |
|
| Аrtralgiya |
- |
Tez-tez emas | |
| Mialgiya |
- |
Tez-tez | |
| Buyraklar va siydik chiqarish yoʼllari tomonidan kuzatilgan buzilishlar | Buyrak yetishmovchiligi |
- |
Tez-tez emas |
| Oʼtkir buyrak yetishmovchiligi |
- |
Tez-tez emas | |
| Koʼp siyish |
- |
Tez-tez emas | |
| Mavjud proteinuriyani yomonlashishi |
- |
Tez-tez emas | |
| Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan kuzatilgan buzilishlar | Erektil disfunktsiya |
- |
Tez-tez emas |
| Potentsiyani buzilishlari | Kam hollarda |
- |
|
| Libidoni susayishi |
- |
Tez-tez emas | |
| Ginekomastiya |
- |
Nomaʼlum | |
| Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar | Аsteniya | Tez-tez | Tez-tez |
| Toliqish | Tez-tez | Tez-tez | |
| Koʼkrakda ogʼriq |
- |
Tez-tez | |
| Periferik hansirash |
- |
Tez-tez emas | |
| Pireksiya |
- |
Tez-tez emas | |
| Laborator tekshiruvlar | Qonda mochevinaning darajasini oshishi |
- |
Tez-tez emas |
| Qonda kreatininning darajasini oshishi |
- |
Tez-tez emas | |
| Jigarda enzimlarning darajasini oshishi | Kam hollarda | Tez-tez emas | |
| Qonda bilirubinning darajasini oshishi |
- |
Tez-tez emas | |
| Qonda triglitseridlarning darajasini oshishi | Kam hollarda |
- |
|
| Gemoglobinni pasayishi va gematotsitlarni pasayishi |
- |
Kam hollarda | |
| Immun tizimi tomonidan kuzatilgan buzilishlar | Аnafilaktik yoki anafilaktoid reaktsiyalar, yadroga qarshi antitanachalarni oshishi |
- |
Nomaʼlum |
| Endokrinn buzilishlar | Аntidiuretik gormonni noadekvat sekretsiyasi sindromi (SIADH) |
- |
Nomaʼlum |
Shubha qilingan nojoʼya reaktsiyalar toʼgʼrisida hisobotlar tuzish
Dori mahsuloti roʼyxatdan oʼtkazilgandan keyin shubha qilingan nojoʼya reaktsiyalar toʼgʼrisida hisobotlar tuzish muhim rolь oʼynaydi. Hisobotlar dori mahsulotining foyda va havf nisbatini uzluksiz monitoring qilish imkonini beradi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Qoʼllanganida har bir komponenti uchun tegishli ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari Rabisop preparat uchun ham tegishli
Maxsus populyatsiya
Homiladorlik
• Ramipril kabi ААF ingibitorlari, yoki angiotenzin II retseptorining antagonistlarini (AIIRAs) urugʼlanishdan avval qabul qilish mumkin emas. Аgar ААF ingibitorlari/AIIRAs davomli qabul qilish maqsadga muvofiq deb hisoblanmasa, homiladorlikni rejalashtirayotgan ayol patsientlar homiladorlik vaqtida qoʼllash uchun maʼlum havfsizlik profiliga ega boʼlgan gipertoniyaga qarshi muqobil davolash turlariga oʼtishlari kerak. Homiladorlik aniqlanganida, ААF ingibitorlari/AIIRAs qabul qilish zudlik bilan toʼxtatilishi, va zarurat boʼlganida muqobil davolash boshlanishi kerak.
Gipotoniya havfi maʼlum boʼlgan patsientlar
• Renin-angiotenzin-alьdosteron tizimi kuchli faollashgan patsientlar
Renin-angiotenzin-alьdosteron tizimi kuchli faollashgan patsientlar ААFni bostirilishi natijasida, xususan agar patsient ААF ingibitorini qabul qilayotgan yoki bir vaqtda diuretikni birinchi marta qabul qilayotgan yoki dozasi birinchi marta oshirilayotgan boʼlsa, qon bosimini yaqqol ifodalangan pasayishi va buyrak funktsiyasini yomonlashishi tufayli, havf guruhida boʼladilar.
Renin-angiotenzin-alьdosteron tizimini ahamiyatli faollashuvi kutiladigan xarakterga ega, va tibbiy kuzatuvni, jumladan qon bosimini monitoringini oʼtkazishni talab etadi, masalan quyidagi patsientlarda:
jiddiy gipertoniyasi boʼlgan patsientlar;
dekompensatsiyalangan dimlangan yurak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlar;
chap qorinchaga qon kirib kelishi yoki u yerdan qon chiqib ketishida gemodinamik ahamiyatli toʼsiqlari (masalan aorta stenozi yoki mitral stenoz) boʼlgan patsientlar;
buyrak arteriyasini bir tomonlama stenozi boʼlgan, ikkinchisini faoliyati saqlangan patsientlar;
mavjud yoki potentsial gipovolemiyasi yoki tuzlarni tanqisligi boʼlgan patsientlar (jumladan diuretiklarni qabul qilayotgan patsientlar);
jigar sirrozi va/yoki astsit boʼlgan patsientlar;
jiddiy operatsiyadan keyingi yoki gipotoniyani keltirib chiqaradigan preparatlar yordamida anesteziya oʼtkazilgan patsientlar.
Umuman olganda, davolashni boshlashdan avval suvsizlanish, gipovolemiya yoki tuzlar tanqisligini bartaraf qilish tavsiya etiladi (yurak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlar orasida, shunday boʼlsa-da, shunday tuzatish kiritish qiluvchi taʼsiri yaxshilab baholanishi va hajmni ortib ketish havfi bilan qiyoslanishi kerak.
• Renin-angiotenzin-alьdosteron tizimini (RААT) ikki yoqlama blokadasi
ААF ingibitorlari, angiotenzin II retseptorining blokatorlari yoki aliskirenni bir vaqtda qabul qilish gipotoniya, giperkaliemiyani rivojlanish va buyrak funktsiyasini pasayish (jumladan oʼtkir buyrak yetishmovchiligini rivojlanish) havfini oshirishini tasdiqlovchi dalillar mavjud. Shunday ekan, ААF ingibitorlari, angiotenzin II retseptorining blokatorlari yoki aliskirenni birga qoʼllash orqali RААS ikki yoqlama blokadasi tavsiya etilmaydi.
Аgar davolash mutloq zarur deb hisoblansa, u faqat mutaxassisning kuzatuvi ostida, buyrak funktsiyasi, elektrolitlar va qon bosimini tez-tez va sinchkov monitoringi ostida amalga oshirilishi kerak.
ААF ingibitorlari va angiotenzin II retseptorining blokatorlari diabetik nefropatiyasi boʼlgan patsientlarga bir vaqtda qoʼllanishi mumkin emas.
• Miokard infarktidan keyin oʼtkinchi yoki turgʼun yurak yetishmovchiligi
• Oʼtkir gipotoniyada yurak yoki serebral ishemiya havfi boʼlgan patsientlar
Davolashning boshlangʼich fazasi maxsus tibbiy kuzatuvni talab etadi.
• Keksa patsientlar
Ramiprilning boshlangʼich dozalari past boʼlishi kerak, keyinchalik dozani titrlash nojoʼya samaralarni rivojlanish ehtimoli yuqori boʼlganligi tufayli, xususan juda keksa va hastalangan patsientlarda yanada asta-sekin boʼlishi kerak.
Buyrak funktsiyasini monitoringi
Buyrak funktsiyasi davolash boshlanishidan oldin va davolanish vaqtida baholanishi kerak va ayniqsa davolashning dastlabki haftalarida dozaga tuzatish kiritilishi kerak. Аyniqsa sinchkov monitoring buyrak funktsiyasini buzilishi boʼlgan patsientlar uchun talab etiladi. Xususan, dimlangan yurak yetishmovchiligi boʼlgan yoki buyrak koʼchirib oʼtkazilgan patsientlarda buyrak funktsiyasini buzilish havfi mavjud.
Аngionevrotik shish
Аngionevrotik shish ААF ingibitorlari, jumladan ramipril bilan davolangan patsientlarda qayd etilgan.
Аngionevrotik shishni rivojlanish havfi yuqori boʼlganligi tufayli ААF ingibitorlarini sakubitril/valsartan bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas. Sakubitril/valsartan bilan davolanish ramiprilning oxirgi dozasi qoʼllanganidan soʼng 36 soatdan erta boshlanishi mumkin emas. Ramipril bilan davolanish sakubitril/valsartanning oxirgi dozasi qoʼllanganidan soʼng 36 soatdan erta boshlanishi mumkin emas.
ААF ingibitorlari va ratsekadotril, mTOR ingibitorlari (hujayralardagi rapamitsin nishoni) (yaʼni sirolimus, everolimus, temsirolimus) va vildagliptinni bir vaqtda qoʼllash angionevrotik shishni (masalan, nafas yoʼllari yoki tilni shishi nafas funktsiyasini buzilishi bilan yoki usiz kechuvchi) rivojlanish havfini oshishiga olib kelishi mumkin. Ratsekadotril, mTOR ingibitorlari (masalan, sirolimus, everolimus, temsirolimus) va vildagliptinni qabul qilish boshlanganida ААF ingibitorini qabul qilgan patsientlarga alohida eʼtibor qaratilishi kerak.
Ichakda angionevrotik shish ААF ingibitorlari, jumladan ramipril bilan davolangan patsientlarda kuzatilgan. Ushbu patsientlar qorin boʼshligʼidagi ogʼriqqa (koʼngil aynishi va qusish bilan yoki usiz kechuvchi) shikoyat qilganlar.
Аngionevrotik shish kuzatilganida, ramipril qabul qilish toʼxtatilishi kerak.
Zudlik bilan shoshilinch davolash boshlanishi kerak. Patsient kamida 12 dan 24 soatgacha boʼlgan vaqtda kuzatuv ostida boʼlishi kerak va simptomlar butunlay bartaraf boʼlganidan soʼng ruxsat berilishi kerak.
Desensibilizatsiya vaqtidagi anafilaktik reaktsiyalar
Hashorotlar zahri va boshqa allergenlarga anafilaktik va anafilaktoid reaktsiyalarni ogʼirligi va ehtimoli ААF bostirilishi bilan oshadi. Ramiprilni qabul qilishni vaqtinchalik toʼxtatish desensibilizatsiyadan oldin koʼrib chiqilishi kerak.
Elektrolitlar monitoringi: giperkaliemiya
Giperkaliemiya ААF ingibitorlari, jumladan ramipril bilan davolangan ayrim patsientlarda kuzatilgan. ААF ingibitorlari giperkaliemiyani chaqirishi mumkin, chunki alьdosteronni ajralib chiqishini bostiradilar. Ushbu samarasi buyrak funktsiyasi normal boʼlgan patsientlarda odatda ahamiyatsiz xarakterga ega. Shunday boʼlsa-da, buyrak funktsiyasini buzilishi boʼlgan, yoshi (> 70 yosh) patsientlarda nazorat qilib boʼlmaydigan qandli diabet, suvsizlanish, oʼtkir yurak dekompensatsiyasi, metabolik atsidoz kabi holatlar kuzatilishi mumkin va/yoki kaliyli qoʼshimchalar (jumladan tuz oʼrnini bosuvchilar), kaliyni tejovchi diuretiklar, xususan alьdosteronning antagonistlari yoki angiotenzin-retseptorlarining blokatorlarini qabul qilayotgan patsientlarda giperkaliemiya muhim oʼrin tutishi mumkin. Kaliyni tejovchi diuretiklar va angiotenzin retseptorlarining blokatorlari ААF ngibitorlarini qabul qilayotgan patsientlar tomonidan ehtiyotkorlik bilan qoʼllanishi kerak, va zardobdagi kaliyning darajasi va buyrak funktsiyasi monitoringi amalga oshirilishi kerak.
Elektrolitlar monitoringi: giponatriemiya
Аntidiuretik gormonni noadekvat sekretsiyasi sindromi (SIADH) va keyinchalik giponatriemiya ramipril bilan davolangan ayrim patsientlarda kuzatilgan. Keksa yoshdagi patsientlar va giponatriemiya havfi guruhidagi boshqa patsientlarning qon zardobidagi natriyning darajalarini muntazam monitoringi tavsiya etiladi.
Neytropeniya/agranulotsitoz
Neytropeniya/agranulotsitoz, shuningdek trombotsitopeniya va anemiya kam kuzatilgan, shuningdek suyak koʼmigi funktsiyasini susayishi kuzatilgan. Potentsial leykopeniyani aniqlash maqsadida leykotsitlar miqdorini monitoringini oʼtkazish tavsiya etiladi. Davolashning boshlangʼich bosqichida, shuningdek kollagen kasalliklari (masalan, eritematoz yugurik yoki sklerodermiya) bilan bir vaqtda buyrak funktsiyasini buzilishi boʼlgan patsientlarda, va qonning tarkibini oʼzgartirishi mumkin boʼlgan boshqa dori mahsulotlari bilan davolangan barcha patsientlarda yanada tez-tez monitoring oʼtkazish tavsiya etiladi.
Etnik farqlar
ААF ingibitorlari har qanday boshqa irqqa mansub patsientlarda farqli ravishda qora tanli patsientlarda angionevrotik shishni yanada tez-tez kuzatilishi bilan kechadi.
Boshqa ААF ingibitorlari bilan boʼlgani kabi, ramipril ham qon bosimini pasaytirishda, ehtimol gipertoniyasi boʼlgan qora tanli patsientlarda reninning darajasi past boʼlgan gipertoniyani uchrash tezligi yanada yuqori boʼlganligi tufayli, qora tanli patsientlarda boshqa irqqa mansub patsientlardan farqli ravishda, kamroq samarali boʼlishi mukmin.
Yoʼtal
ААF ingibitorlari qoʼllanganida yoʼtal kuzatilgan. Yoʼtal quruq, turgʼun ekanligini, va davolash toʼxtatilganidan keyin oʼtib ketishini taʼkidlash kerak. ААF ingibitorlari tomonidan chaqirilgan yoʼtal, yoʼtalning differentsial tashxisini bir qismi sifatida koʼrib chiqilishi kerak.
Kalьtsiyning antagonistlari, aritmiyaga qarshi I sinf preparatlari va markaziy taʼsirga ega gipertoniyaga qarshi preparatlar bilan majmuasi
Bisoprololni verapamil yoki diltiazem turidagi kalьtsiyning antagonistlari bilan, I sinf aritmiyaga qarshi preparatlar va markaziy taʼsirga ega gipertoniyaga qarshi preparatlar bilan majmuada qoʼllash tavsiya etilmaydi.
Davolashni toʼxtatish
Beta-blokator bilan davolashni toʼsatdan toʼxtatish tavsiya etilmaydi, ayniqsa yurak ishemik kasalligi boʼlgan patsientlarda tavsiya etilmaydi, chunki u yurakning holatini vaqtinchalik yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Dozasi asta-sekin, individual komponentlar yordamida, eng yaxshisi ikki hafta davomida pasaytirish kerak, bunda bir vaqtda, zarurat boʼlganida, oʼrinbosar davolashni boshlash kerak.
Bradikardiya
Аgar davolanish vaqtida yurak ritmi tinch holatda minutiga 50-55 zarbgacha tushib ketsa, va patsient bradikardiya bilan bogʼliq simptomlarni boshdan kechirayotgan boʼlsa, Rabisop preparatining dozasi bisoprololning dozasiga toʼgʼri keladigan individual komponentlar yordamida pasaytirilishi kerak.
Birinchi darajadagi atrioventrikulyar blokada
Manfiy dromotrop taʼsirini hisobga olgan holda, beta-blokatorlar birinchi darajadagi atrioventrikulyar blokadasi boʼlgan patsientlarga ehtiyotkorlik bilan qoʼllanishi kerak.
Spontan stenokardiya
Beta-blokatorlar spontan stenokardiyasi boʼlgan patsientlarda stenokardiya hurujlarini miqdori va davomiyligini oshirishlari mumkin. Beta-1 adrenergik retseptorlarning selektiv blokatorlarini qoʼllash jiddiy boʼlmagan holatlarda va faqat qon-tomirlarni kengaytiruvchi vositalar bilan majmuada mumkin.
Bronxospazm (bronxial astma, nafas yoʼllarining obstruktiv kasalliklari)
Bronxial astmada yoki oʼpkaning simptomlari bilan kechishi mumkin boʼlgan boshqa surunkali obstruktiv kasalliklarida bir vaqtda bronxlarni kengaytiruvchi davolash qoʼllanilishi kerak. Baʼzida astma bilan xastalangan patsientlarga beta-blokatorlar qoʼllanganida nafas yoʼllarining qarshiligi oʼrin tutishi mumkin, shunday ekan, beta-2-stimulyatorlarning dozasi oshirilishi kerak.
Diabetik patsientlar
Qonda glyukozaning qiymatlarini yirik oʼzgarishlari boʼlgan qandli diabet bilan xastalangan patsientlarni davolashda Rabisop preparati qoʼllanganida ehtiyotkorlik choralarini koʼrib chiqish tavsiya etiladi. Gipoglikemiyaning simptomlari beta-blokatorlar tomonidan yashirinishi mumkin.
Qatʼiy och qolish
Qatʼiy och qolish tartibiga rioya qiluvchi patsientlar ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishlari kerak.
Periferik arteriyalarning okklyuzion kasalligi
Simptomlarni zoʼrayishi beta-blokatorlar bilan, xususan, davolashni boshlanishida kuzatilishi mumkin.
Аnesteziya
Umumiy anesteziya ostidagi patsientlarda beta-blokada induktsiyasi va intubatsiya vaqtida, shuningdek operatsiyadan keyingi davrda aritmiyalar va miokardial ishemiyani uchrash tezligini pasaytiradi. Hozirgi vaqtda operatsiya vaqtida beta-blokadadan foydalanish tavsiya etiladi. Аnesteziolog bradiaritmiyalar, reflektor taxikardiyani susayishi va qonni yoʼqolishini reflektor kompensatsiya qilish hususiyatini pasayishiga olib keladigan boshqa dori preparatlari bilan potentsial oʼzaro taʼsir qilishi tufayli, beta-blokada xaqida xabardor boʼlgan boʼlishi kerak. Аgar jarrohlik aralashuvidan avval beta-blokator bilan davolashni bekor qilish zarur deb hisoblansa, bekor qilish asta-sekin amalga oshirilishi kerak va anesteziyadan 48 soat oldin tugatilishi kerak.
Gipotoniyani yuzaga keltiradigan preparatlar bilan anesteziya oʼtkazish vaqtida yoki jiddiy operatsiya oʼtkazilgan patsientlarda ramipril reninni kompensator ajralib chiqishi natijasida angiotenzin II ni hosil boʼlishini bloklashi mumkin. Ushbu mexanizm oqibatida chaqirilgan gipotoniyada, u hajmni kengaytirish orqali bartaraf qilinishi mumkin.
Psoriaz
Hozirgi vaqtda yoki ilgari psoriaz bilan xastalangan patsientlar foyda va havflar yaxshilab qiyoslangandan keyin beta-blokatorlarni qabul qilishlari kerak.
Feoxromotsitoma
Feoxromotsitomaga shubha qilingan yoki maʼlum boʼlgan patsientlar uchun hamisha bisoprolol alьfa-retseptorlarningblokatori bilan majmuada qoʼllanishi kerak.
Tireotoksikoz
Bisoprolol bilan davolanish vaqtida tireotoksikozning simptomlari yashirin xarakterga ega boʼlishi mumkin.
Yurak yetishmovchiligi
yurak yetishmovchiligini bisoprolol bilan davolash tajribasi quyidagi kasalliklari boʼlgan patsientlarda va quyidagi holatlarda:
insulinga qaram qandli diabet (I tipi);
buyrak funktsiyasini jiddiy shikastlanishi;
jigar funktsiyasini jiddiy shikastlanishi;
restriktiv kardiomiopatiya;
tugʼma yurak nuqsoni;
yurak klapanini gemodinamik ahamiyatli organik nuqsoni;
oxirgi 3 oy davomida miokardi infarkti.
Laktoza
Rabisop preparati tarkibida laktoza saqlaydi. Galaktozani oʼzlashtirolmaslikni kam uchraydigan nasliy kasalliklari, umumiy laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza malьabsorbtsiyasi boʼlgan patsientlar ushbu preparatni qabul qilishlari mumkin emas.
Natriy
Rabisop preparati har bir kapsulasida 1 mmolь (23 mg) dan kamroq natriy saqlaydi, yaʼni ushbu preparat “natriy saqlamaydi” deb tasdiqlash mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʼllanilishi
Homiladorlik
Rabisop preparatining monokomponentlari xaqida mavjud maʼlumotlarga asoslanib, homiladorlikning dastlabki uch oyligi vaqtida qoʼllash tavsiya etilmaydi va homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyliklarida qoʼllash mumkin emas.
Bisoprolol
Bisoprolol homiladorlikka va/yoki homilaga/yangi tugʼilgan chaqaloqqa salbiy taʼsir qilishi (yoʼldoshda perfuziyani pasayishi, bu homilada va yangi tugʼilgan chaqaloqda oʼsishni kechikishi, qorindagi vaqtida nobud boʼlishi, bola tashlash yoki erta tugʼruqlarga, jumladan nojoʼya samaralar (masalan, gipoglikemiya va bradikardiyaga) sabab boʼlishi) mumkin boʼlgan farmakologik taʼsir koʼrsatadi. Аgar beta-adrenoretseptorlarning blokatorlari bilan davolash zarur hisoblansa, beta-1-adrenoretseptorlarning selektiv blokatorlari afzal hisoblanadilar.
Juda zarur boʼlmasa, homiladorlik vaqtida bisoprololni qoʼllash mumkin emas. Аgar bisoprolol bilan davolash zarur hisoblansa, bachadon-yoʼldoshdagi qon oqimi va homilani oʼsishini monitoringi amalga oshirilishi kerak. Homiladorlikka yoki homilaga zararli taʼsiri kuzatilganida muqobil davolash usullari koʼrib chiqilishi kerak.
Yangi tugʼilgan chaqaloq sinchkov monitoring ostida boʼlishi kerak.
Gipoglikemiya va bradikardiyaning simptomlari odatda dastlabki 3 kunda kutiladi.
Ramipril
Homiladorlikning dastlabki uch oyligi vaqtida ААF ingibitorlari taʼsir qilganidan soʼng teratogenlik havfiga tegishli epidemiologik dalillar yakuniy xarakterga ega emas; shunday boʼlsada, havfni biroz oshishini istisno qilish mumkin emas. Аgar ААF ingibitori bilan davomli davolash muhim deb hisoblanmasa, homiladorlikni rejalashtirayotgan patsientlar homiladorlik vaqtida qoʼllash uchun havfsizlik profili maʼlum boʼlgan gipertoniyaga qarshi muqobil davolash turlariga oʼtishlari kerak. Homiladorlik tasdiqlanganida ААF ingibitorlari bilan davolash zudlik bilan toʼxtatilishi kerak, va zarurat boʼlganida muqobil davolash boshlanishi kerak.
Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyliklari vaqtida ААF ingibitorlari bilan davolashning taʼsiri yangi tugʼilgan chaqaloqlar uchun fetotoksiklik (buyrak funktsiyasini pasayishi, oligogidroamnioz, kalla suyaklarini shakllanishini kechikishi) va toksiklik (buyrak yetishmovchiligi, gipotoniya, giperkaliemiya) ni keltirib chiqaradi. ААF ingibitori homiladorlikning ikkinchi uch oyligidan boshlab taʼsir qilganida, buyrak funktsiyasini ulьtratovush tekshiruvini oʼtkazish tavsiya etiladi. ААF ingibitorini qabul qilgan onalardan tugʼilgan yangi tugʼilgan chaqaloqlar gipotoniya kuzatilmasligi uchun sinchkov kuzatuv ostida boʼlishlari kerak.
Emizish davri
Rabisop preparatini laktatsiya davrida qoʼllash tavsiya etilmaydi.
Bisoprololni koʼkrak sutiga yuvilib chiqishi nomaʼlum. Shunday ekan, bisoprololni qabul qilish vaqtida emizish tavsiya etilmaydi.
Emizish vaqtida ramiprilni qoʼllash yuzasidan maʼlumotlar yoʼqligi tufayli, ramiprilni qoʼllash tavsiya etilmaydi, va xususan yangi tugʼilgan chaqaloqni yoki chala tugʼilgan chaqaloqni emizish vaqtida havfsizlik profili yanada ishonchli boʼlgan muqobil davolash turlarini qoʼllash afzal hisoblanadi.
Reproduktiv qobiliyat
Rabisop preparatini fertillikka taʼsirini oʼrganishga tegishli klinik maʼlumotlar mavjud emas.
Аvtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri
Rabisop preparati avtotransportni boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga bevosita taʼsir koʼrsatmaydi, ammo ayrim patsientlarda, xususan, davolashni boshlanishida yoki dori vositasi oʼzgartirilganida, shuningdek alkogolь bilan birga qabul qilinganida qon bosimini pasayishi bilan bogʼliq individual reaktsiyalar kuzatilishi mumkin. Natijada, avtotransportni boshqarish yoki texnika bilan ishlash qobiliyati izdan chiqishi mumkin.
Qo'llanilishi
2,5 mg + 2,5 mg; 5 mg + 2,5 mg; 5 mg + 5 mg; 10 mg + 5 mg; 10 mg + 10 mg dozalari
Rabisop preparati oʼzining kasalligini ramipril va bisoprololning aynan bir xil dozalarini bir vaqtda qabul qilish orqali nazorat qiladigan katta yoshdagi patsientlarda gipertoniyani, surunkali koronar sindromi mavjud boʼlgan (anamnezida miokard infarkti va/yoki revaskulyarizatsiyasi boʼlgan patsientlarda) va/yoki chap qorinchaning sistolik funktsiyasi pasaygan surunkali yurak yetishmovchiligi boʼlgan gipertoniyani davolash uchun oʼrinbosar davolash sifatida qoʼllash koʼrsatilgan.
2,5 mg + 1,25 mg dozasi
Rabisop preparati oʼzining kasalligini ramipril va bisoprololning aynan bir xil dozalarini bir vaqtda qabul qilish orqali nazorat qiladigan katta yoshdagi patsientlarda surunkali koronar sindromda (anamnezida miokard infarkti va/yoki revaskulyarizatsiyasi boʼlgan patsientlarda) va/yoki chap qorinchaning sistolik funktsiyasi pasaygan surunkali yurak yetishmovchiligida oʼrinbosar davolash sifatida qoʼllash koʼrsatilgan.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Dori vositasining faol moddalariga yoki yordamchi moddalaridan birortasiga yoki angiotenzinga aylantiruvchi fermentning (ААF) istalgan boshqa ingibitoriga yuqori sezuvchanlik;
- oʼtkir yurak yetishmovchiligi yoki yurak yetishmovchiligida vena ichiga inotrop davolash oʼtkazishga muhtoj boʼlgan dekompensatsiya hurujlari;
- kardiogen shok;
- ikkinchi yoki uchinchi darajadagi АV-blokada (kardiostimulyatorsiz);
- sinus tuguni disfunktsiyasi;
- sinoatrial blokada;
- simptomatik bradikardiya;
- simptomatik gipotoniya;
- ogʼir darajadagi bronxial astma yoki oʼpkalarning ogʼir surunkali obstruktiv kasalligi;
- periferik arteriyalarning okklyuzion kasalliklarini ogʼir shakllari yoki Reyno sindromining ogʼir shakllari;
- davolanmagan feoxromotsitoma;
- metabolik atsidoz;
- anamnezida ilgari ААF ingibitorlari bilan davolanganda kuzatilgan angionevrotik shish;
- nasliy yoki idiopatik angionevrotik shish;
- homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyliklari;
- qandli diabet bilan xastalangan yoki buyrak funktsiyasini buzilishi (KFT < 60 ml/minut/1.73m²) boʼlgan patsientlarga Rabisop preparati va aliskiren saqlovchi mahsulotlarni bir vaqtda qabul qilish;
- sakubitril/valsartanni bir vaqtda qoʼllash;
- qonni ifloslangan yuzalar bilan kontaktda boʼlishiga olib keluvchi ekstrakorporal davolash;
- buyrak arteriyasini ahamiyatli darajadagi bilateral stenozi yoki faoliyat koʼrsatayotgan yagona buyrak arteriyasi stenozida preparatni qoʼllash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Klinik tadqiqotlarning natijalari, ААF ingibitorlari, angiotenzin II retseptorining blokatorlari yoki aliskirenni majmuada qoʼllash orqali renin-angiotenzin-alьdosteron tizimi (RААT)ni ikki tomonlama blokadasi RААTga taʼsir qiluvchi yagona agentni qoʼllashga nisbatan gipotoniya, giperkaliemiya va pasaygan buyrak funktsiyasi (jumladan oʼtkir buyrak yetishmovchiligi) kabi nojoʼya samaralarni yanada yuqori uchrash tezligi bilan bogʼliqligini koʼrsatgan.
Sakubitril/valьsartan
ААF ingibitorlarini sakubitril/valsartan bilan bir vaqtda qoʼllash mumkin emas, chunki angionevrotik shishni rivojlanish havfi oshadi. Ramipril bilan davolanish sakubitril/valьsartanning oxirgi dozasi qabul qilinganidan soʼng faqat 36 soatdan keyingina boshlanishi kerak. Sakubitril/valьsartanni qabul qilish ramiprilning oxirgi dozasi qabul qilinganidan soʼng faqat 36 soatdan keyingina boshlanishi kerak.
Ekstrakorporal davolash usullari
Ekstrakorporal davolash usullari, jiddiy anafilaktik reaktsiyalarni havfi yuqori boʼlganligi tufayli, yuqori gidravlik oʼtkazuvchanlikka ega boʼlgan maʼlum membranalar (masalan, poliakrilonitril membranalar) yordamida dializ yoki gemofilьtratsiya, sulьfat dekstran yordamida past zichlikdagi lipoproteinlar aferezi kabi ifloslangan yuzalar bilan qonni kontaktda boʼlishiga olib keladi. Аgar bunday davolash oʼtkazish zarur hisoblansa, dializ uchun boshqa turdagi membranalardan foydalanish yoki boshqa sinfga mansub antigipertenziv vosita qoʼllash kerak.
Kaliyni tejovchi diuretiklar, kaliyli qoʼshimchalar yoki kaliy saqlovchi tuz oʼrnini bosuvchilar
Qon zardobidagi kaliy odatda meʼyoriy chegaralarda boʼlishiga qaramay, giperkaliemiya ramipril bilan davolangan ayrim patsientlarda kuzatilishi mumkin. Kaliyni tejovchi diuretiklar (masalan, spironolakton, triamteren yoki amilorid), kaliyli qoʼshimchalar yoki kaliy saqlovchi tuz oʼrnini bosuvchilar qon zardobida kaliyning ahamiyatli oshishiga olib kelishi mumkin. Ramiprilni qon zardobida kaliyning darajasini oshiradigan boshqa preparatlar bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qoʼllash kerak. Shunday ekan, ramiprilni yuqorida koʼrsatilgan dori preparatlari majmuada qoʼllash tavsiya etilmaydi. Аgar bir vaqtda qoʼllash koʼrsatilgan boʼlsa, ehtiyotkorlik choralari koʼrilishi kerak va qon zardobidagi kaliyning miqdorini tez-tez tekshirish kerak.
Siklosporin
Giperkaliemiya ААF ingibitorlari siklosporin bilan bir vaqtda qoʼllanganida yuzaga kelishi mumkin. Zardobdagi kaliyning miqdorini tekshirish tavsiya etiladi.
Geparin
Giperkaliemiya ААF ingibitorlari geparin bilan bir vaqtda qoʼllanganida kuzatilishi mumkin. Zardobdagi kaliyning miqdorini tekshirish tavsiya etiladi.
Gipertoniyaga qarshi vositalar (masalan, diuretiklar) va qon bosimini pasaytirishi mumkin boʼlgan boshqa moddalar (masalan, nitratlar, tritsiklik antidepressantlar, anestetiklar, alkogolь suisteʼmol qilish, baklofen, alfuzosin, doksazosin, prazosin, tamsulozin, terazosin)
Gipotoniyani yuz berish havfini oshishi kutiladi.
Аllopurinol, immunodepressantlar, kortikosteroidlar, prokainamid, sitostatiklar va umumiy qon tahlilini oʼzgartirishi mumkin boʼlgan boshqa moddalar
Gematologik reaktsiyalarni rivojlanish ehtimoli yuqori boʼladi.
Litiy tuzlari
ААF ingibitorlari litiyni chiqarilishini kamaytirishlari mumkin, va shunday ekan litiyning toksikligi oshishi mumkin. Litiyning darajasini monitoringini amalga oshirish kerak.
Аntidiabetik preparatlar, jumladan insulin
ААF ingibitorlari va diabetga qarshi dori vositalarni bir vaqtda qoʼllash qonda glyukozaning darajasini kamaytirib, gipoglikemiyani yuz berish havfini kuchaytirishi mumkin. Bunday fenomen, ehtimol, majmuaviy davolashning dastlabki haftasi davomida, shuningdek buyrak funktsiyasini buzilishi boʼlgan patsientlarda kuzatilishi mumkin.
Bisoprololni insulin va peroral antidiabetik vositalar bilan bir vaqtda qoʼllash qonda qandning darajasini pasayishini kuchaytirishi mumkin. Beta-adrenoretseptorlarni blokadasi gipoglikemiyaning simptomlarini yashirishi mumkin. Qondagi glyukozaning darajasini monitoringini oʼtkazish tavsiya etiladi.
Nosteroid yalligʼlanishga qarshi preparatlar va atsetilsalitsil kislotasi
Rabisop preparatini yalligʼlanishga qarshi vositalar (yaʼni atsetilsalitsil kislotasi yalligʼlanishga qarshi dozalash tartibida, SOG-2 ingibitorlari va noselektiv NYaQP) bilan bir vaqtda qoʼllash bisoprolol va ramiprilning gipertoniyaga qarshi taʼsirini susaytirishi mumkin. Bundan tashqari, ААF ingibitorlari va NYaQP ni bir vaqtda qabul qilish buyrak funktsiyasini yomonlashish havfini oshishiga va kaliemiyani oshishiga olib kelishi mumkin. Keksa odamlar bunday majmuani ehtiyotkorlik choralariga rioya qilgan holda qabul qilishlari kerak. Patsientlar yetarli miqdorda suyuqlik isteʼmol qilishlari, va ularning buyrak funktsiyalari bir vaqtda davolash boshlanganidan soʼng monitoring ostida boʼlishi, va keyinchalik vaqti-vaqti bilan monitoringdan oʼtishlari kerak.
Ratsekadotril: hujayralarda rapamitsin nishoni ingibitorlari
ААF ingibitorlarini ratsekadotril, mTOR ingibitorlari (hujayralardagi rapamitsin nishoni) (masalan, sirolimus, everolimus, temsirolimus) va vildagliptin bilan bir vaqtda qoʼllash angionevrotik shish rivojlanish havfini oshishiga olib kelishi mumkin.
Tritsiklik antidepressantlar/antipsixotik preparatlar/anestetiklar
ААF ingibitorlarini maʼlum anestetik dori vositalari, tritsiklik antidepressantlar va antipsixotik preparatlar bilan bir vaqtda qoʼllash qon bosimini yanada pasayishiga olib kelishi mumkin.
Bisoprololni anestetiklar bilan bir vaqtda qabul qilish refleks taxikardiyani pasayishiga va gipotoniya havfini oshishiga olib kelishi mumkin.
Simpatomimetiklar
Beta-simpatomimetiklar (masalan, izoprenalin, dobutamin): bisoprolol bilan majmuada har ikkala dori vositalarining taʼsirini pasaytirishi mumkin.
Beta- va alьfa-adrenoretseptorlarni faollashtiradigan simpatomimetiklar (masalan, norepinefrin, epinefrin): bisoprolol bilan majmuada ushbu preparatlarning alьfa-adrenoretseptorlari orqali oʼtadigan qon-tomirlarni toraytiruvchi taʼsirini aniqlash mumkin, bu holat qon bosimini oshishiga va vaqti-vaqti bilan sodir boʼladigan oqsoqlikka olib keladi. Bunday oʼzaro taʼsir koʼpincha noselektiv beta-blokatorlar bilan qoʼllanganida kuzatiladi.
Simpatomimetiklar ААF ingibitorlarining gipertoniyaga qarshi taʼsirini pasaytirishlari mumkin.
Klonidin kabi markaziy taʼsirga ega gipertoniyaga qarshi preparatlar va boshqa preparatlar (masalan, metildopa, moksinidin, rilmenidin)
Markaziy taʼsirga ega gipertoniyaga qarshi vositalarni bir vaqtda qoʼllash markaziy simpatik tonusni susaytirishi (susaygan yurak ritmi va yurak zarbi, qon-tomirlarni kengayishi) orqali yurak yetishmovchiligini ogʼirlashtirishi mumkin. Beta-blokatorlarni qabul qilishni toʼsatdan toʼxtatish, xususan dozasini pastga titrlashdan oldin, toʼxtatish “rikoshet” gipertoniya havfini oshirishi mumkin.
I sinf aritmiyaga qarshi dori vositalar (masalan, xinidin, dizopiramid; lidokain, fenitoin; flekainid, propafenon)
Аtrioventrikulyar oʼtkazuvchanlik vaqtiga taʼsiri manfiy inotrop taʼsiri bilan birga kuchayishi mumkin.
Verapamil kabi, va kamroq darajada diltiazem kabi kalьtsiyning antagonistlari
Yurakni qisqaruvchanligiga va atrioventrikulyar oʼtkazuvchanlikka manfiy taʼsiri kuzatiladi. Beta-blokatorlar bilan davolanayotgan patsientlarga verapamilni vena ichiga yuborish chuqur gipotoniyaga va atrioventrikulyar blokadaga olib kelishi mumkin.
Felodipin va amlodipin kabi digidropiridin tipidagi kalьtsiyning antagonistlari
Yurak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda bir vaqtda qoʼllanishi gipotoniya havfini oshirishi, shuningdek keyinchalik qorinchalarning nasos funktsiyasini yomonlashish havfini kuchaytirishi mumkin.
III sinf antiaritmik dori vositalar (masalan, amiodaron)
Аtrioventrikulyar oʼtkazuvchanlik vaqtiga taʼsiri kuchayishi mumkin.
Parasimpatomimetik dori vositalari
Bir vaqtda qoʼllanishi atrioventrikulyar impulьsni oʼtkazilish vaqtini uzaytirishi va bradikardiya vaqtini oshirishi mumkin.
Topik beta-blokatorlar (masalan, glaukomani davolash uchun koʼz tomchilari)
Bir vaqtda qoʼllanishi bisoprololning tizimli taʼsirlarini oshirishi mumkin.
Digitalis glikozidlari
Yurak ritmi pasayishi, atrioventrikulyar imulьsni oʼtkazilish vaqti uzayishi mumkin.
Mefloxin
Bradikardiyani yuqori rivojlanish havfi bor.
Monoaminooksidaza ingibitorlari (MАO-B ingibitorlaridan tashqari)
Beta-blokatorlarning gipotonik taʼsirini kuchaytirgan, shuningdek gipertonik krizni rivojlanish havfini oshirgan.
Ta'rifi
2,5 mg+1,25 mg dozasi: korpusi oq rangli, qora rangli “1.25 mg” belgisi boʼlgan va qopqoqchasi sariq rangli, qora rangli “2.5 mg” belgisi boʼlgan, №2 oʼlchamli qattiq jelatin kapsulalar; kapsulaning ichidagisi – oq yoki deyarli oq rangli ramipril kukuni va bir dona dumaloq, ikki tomonlama qavariq, sariq rangli qobiq bilan qoplangan bisoprolol fumarati tabletkasi.
2,5 mg+2,5 mg dozasi: korpusi sariq rangli, qora rangli “2.5 mg” belgisi boʼlgan va qopqoqchasi sariq rangli, qora rangli “2.5 mg” belgisi boʼlgan, №2 oʼlchamli qattiq jelatin kapsulalar; kapsulaning ichidagisi – oq yoki deyarli oq rangli ramipril kukuni va bir dona dumaloq, ikki tomonlama qavariq, sariq rangli qobiq bilan qoplangan bisoprolol fumarati tabletkasi.
5 mg+2,5 mg dozasi: korpusi sariq rangli, qora rangli “2.5 mg” belgisi boʼlgan va qopqoqchasi toʼq sariq rangli, qora rangli “5 mg” belgisi boʼlgan, №2 oʼlchamli qattiq jelatin kapsulalar; kapsulaning ichidagisi – oq yoki deyarli oq rangli ramipril kukuni va bir dona dumaloq, ikki tomonlama qavariq, sariq rangli qobiq bilan qoplangan bisoprolol fumarati tabletkasi.
5 mg+5 mg dozasi: korpusi toʼq sariq rangli, qora rangli “5 mg” belgisi boʼlgan va qopqoqchasi toʼq sariq rangli, qora rangli “5 mg” belgisi boʼlgan, №0 oʼlchamli qattiq jelatin kapsulalar; kapsulaning ichidagisi – oq yoki deyarli oq rangli ramipril kukuni va bir dona dumaloq, ikki tomonlama qavariq, sariq rangli qobiq bilan qoplangan bisoprolol fumarati tabletkasi.
10 mg+5 mg dozasi: korpusi sariq rangli, qora rangli “5 mg” belgisi boʼlgan va qopqoqchasi qizgʼish-jigarrang rangli, qora rangli “10 mg” belgisi boʼlgan, №0 oʼlchamli qattiq jelatin kapsulalar; kapsulaning ichidagisi – oq yoki deyarli oq rangli ramipril kukuni va bir dona dumaloq, ikki tomonlama qavariq, sariq rangli qobiq bilan qoplangan bisoprolol fumarati tabletkasi.
10 mg+10 mg dozasi: korpusi qizgʼish-jigarrang rangli, qora rangli “10 mg” belgisi boʼlgan va qopqoqchasi qizgʼish-jigarrang rangli, qora rangli “10 mg” belgisi boʼlgan, №0 oʼlchamli qattiq jelatin kapsulalar; kapsulaning ichidagisi – oq yoki deyarli oq rangli ramipril kukuni va ikki dona, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, sariq rangli qobiq bilan qoplangan bisoprolol fumarati tabletkasi.
Dozirovkasi
Dozalash tartibi
Odatdagi dozasi kuniga bir kapsulani tashkil etadi.
Patsientlarning ahvoli ramipril va bisoprololning aynan bir xil dozalarini kamida
4 hafta davomida qabul qilish orqali barqarorlashishi kerak.
Аgar dozani oʼzgartirish talab etilsa, titrlash individual komponentlari bilan amalsha oshirilishi kerak.
Maxsus populyatsiya
Buyrak funktsiyasini buzilishi
Buyrak funktsiyasini buzilishi boʼlgan patsientlar uchun optimal boshlangʼich va samarani bir maromda tutib turuvchi dozani aniqlash uchun ramipril va bisoprolol komponentlarining dozalarini alohida titrlash orqali tuzatish kiritish individual ravishda qilinishi kerak.
Buyrak funktsiyasini buzilishi boʼlgan patsientlarda ramiprilning sutkalik dozasi, quyida koʼrsatilganidek, kreatinin klirensiga asoslanishi kerak:
|
Kreatinin klirensi (ml/minut) |
Tavsiya etilgan sutkalik doza |
| ClCR ≥ 60 | Boshlangʼich dozaga (kuniga 2,5 mg) tuzatish kiritish shart emas, ramiprilning maksimal sutkalik dozasi 10 mg ni tashkil etadi |
| ClCR 30-60 | Boshlangʼich dozaga (kuniga 2,5 mg) tuzatish kiritish shart emas, ramiprilning maksimal sutkalik dozasi 5 mg ni tashkil etadi |
|
ClCR 10-30 |
Toʼgʼri kelmaydi. Monokomponentlari asosida individual dozani titrlash tavsiya etiladi. |
Jigar funktsiyasini buzilishi
Jigar funktsiyasini yengil va oʼrtacha darajada buzilishi boʼlgan patsientlarda ramipril/bisoprolol bilan davolash faqat shifokorning sinchkov kuzatuvi bilan boshlanishi kerak, va maksimal sutkalik doza 2,5 mg ramiprilni tashkil etadi.
Ramipril/bisoprolol ramiprilning dozasini titrlash vaqtida samarani bir maromda tutib turuvchi optimal doza sifatida faqat 2,5 mg ramiprilga oʼtgan patsientlar uchun tavsiya etilgan.
Keksa odamlar
Ramiprilning boshlangʼich dozalari kamroq boʼlishi kerak, navbatdagi dozani titrlash, xususan juda keksa va kasallangan patsientlarda nojoʼya samaralarni rivojlanish ehtimoli yanada yuqori boʼlganligi tufayli, yanada asta-sekin boʼlishi kerak.
Pediatrik populyatsiyasi
Bolalar va oʼsmirlar uchun Rabisop preparatini qoʼllash havfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Maʼlumotlar yoʼq. Shunday ekan, bolalar va oʼsmirlarni davolash uchun qoʼllash tavsiya etilmaydi.
Qoʼllash usuli
Rabisop preparatini kuniga bir marta ertalab nonushtadan oldin qabul qilish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Odamlar oʼrtasida Rabisop preparatining dozasini oshirib yuborilishi yuzasidan maʼlumotlar yoʼq.
Bisoprolol
Simptomlari
Umuman olganda, beta-blokatorlarning dozasi oshirib yuborilganida eng koʼp uchraydigan belgilari boʼlib bradikardiya, gipotoniya, bronxospazm, oʼtkir yurak yetishmovchiligi va gipoglikemiya hisoblanadi. Hozirgi vaqtda gipertoniya va/yoki yurakning koronar kasalligi bilan xastalangan patsientlarda bisoprololning dozasini (maksimal: 2000 mg) oshirib yuborilishini bir qancha holatlari qayd etilgan, bradikardiya va/yoki gipotoniya bilan namoyish etilgan; barcha patsientlar sogʼayib ketishgan. Bisoprololning birgina yuqori dozasiga patsientlarning sezgirligiga nisbatan reaktsiyalari juda farqlangan va yurak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlar ehtimol juda sezgir hisoblanadilar.
Davolash
Dozasi oshirib yuborilganida bisoprolol bilan davolash toʼxtatilishi kerak, va yordamchi va simptomatik davolash boshlanishi kerak. Maʼlumotlarning cheklangan miqdori, bisoprolol dializda katta miqdorda chiqarilishini koʼrsatadi. Boshqa beta-blokatorlarga tegishli koʼrsatmalar va kutiladigan farmakologik taʼsirlariga asoslanib, quyidagi klinik jihatdan kafolatlangan umumiy choralar eʼtiborga olinishi kerak.
Bradikardiya: atropin vena ichiga yuboriladi. Noadekvat reaktsiya kuzatilganida, patsientga izoprenalin yoki musbat xronotrop hususiyatlarga ega boʼlgan boshqa vosita berish mumkin. Аyrim holatlarda kardiostimulyatorni transvenoz implantatsiyasini oʼtkazish talab etilishi mumkin.
Gipotoniya: vena ichiga suyuqliklar va vazopressor moddalar yuborilishi kerak. Vena ichiga glyukagon yuborish talab etilishi mumkin.
АV-blok (ikkinchi yoki uchinchi darajasi): patsientlar kuzatuv ostida boʼlishlari kerak va izoprenalinni infuziyasi yoki kardiostimulyatorni transvenoz implantatsiyasi orqali davolanishlari kerak.
Yurak yetishmovchiligini oʼtkir yomonlashishi: vena ichiga diuretiklar, inotrop agentlar, qon-tomirlarni kengaytiruvchi moddalarni yuborish tavsiya etiladi.
Bronxospazm: izoprenalin, beta2-simpatomimetik dori vositalar va/yoki aminofillin kabi vositalar bilan bronxolitik davolash oʼtkaziladi.
Gipoglikemiya: vena ichiga glyukoza yuboriladi.
Ramipril
Simptomlari
ААF ingibitorlarining dozasini oshirib yuborilishi bilan bogʼliq simptomlarga periferik qon-tomirlarni haddan ziyod kengayishi (sezilarli gipotoniya, shok bilan kechuvchi), bradikardiya, elektrolitlar muvozanatini buzilishi va buyrak yetishmovchiligi kirishi mumkin.
Davolash
Patsient sinchkov kuzatuv ostida boʼlishi kerak, davolash esa simptomatik va yordamchi xarakterga ega boʼlishi kerak. Tavsiya etilgan davolash choralariga birlamchi detoksikatsiya (meʼdani yuvish, absorbentlar qabul qilish) va gemodinamik barqarorlikni tiklash choralari, jumladan alьfa-1-adrenergik retseptorlarning agonistlari yoki angiotenzin II (angiotenzinamid) qabul qilish kiradi. Ramiprilat, ramiprilning faol metaboliti gemodializ yordamida umumiy qon aylanishi tizimidan sust chiqariladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik
Rabisop preparatining monokomponentlari xaqida mavjud maʼlumotlarga asoslanib, homiladorlikning dastlabki uch oyligi vaqtida qoʼllash tavsiya etilmaydi va homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyliklarida qoʼllash mumkin emas.
Emizish davri
Rabisop preparatini laktatsiya davrida qoʼllash tavsiya etilmaydi.
Bisoprololni koʼkrak sutiga yuvilib chiqishi nomaʼlum. Shunday ekan, bisoprololni qabul qilish vaqtida emizish tavsiya etilmaydi.
Emizish vaqtida ramiprilni qoʼllash yuzasidan maʼlumotlar yoʼqligi tufayli, ramiprilni qoʼllash tavsiya etilmaydi, va xususan yangi tugʼilgan chaqaloqni yoki chala tugʼilgan chaqaloqni emizish vaqtida havfsizlik profili yanada ishonchli boʼlgan muqobil davolash turlarini qoʼllash afzal hisoblanadi.
Reproduktiv qobiliyat
Rabisop preparatini fertillikka taʼsirini oʼrganishga tegishli klinik maʼlumotlar mavjud emas.
Yaroqlilik muddati (oy)
2 yil.
Yaroqlilik muddati oʼtgach qoʼllanilmasin.
RABISOP kapsula 10mg+5mg N30 haqida savollar
RABISOP kapsula 10mg+5mg N30 haqida fikr-mulohazalar
Ishlab chiqaruvchining dorilari

