×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ROMASHKI SVETKI 50,0/IVAN-CHAY

Kategoriya:
- Stomatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
- Иван-чай, АО
ATX kodi:
- A01AB11
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

AMETRONID gel 10g Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
19 400 s`om dan
STOMATIDIN eritma 200ml 0,1% Bosnalijek JSC Bosniya va Gertsegovina
47 500 s`om dan
SVETKI ROMASHKI 1g N25 ZAMONA RANO Узбекистан
21 200 s`om dan
GEKSORAL aerozol 40ml 0,2% Джонсон & Джонсон, ООО, Россия произведено: Фамар Орлеан Frantsiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ROMASHKI SVETKI 50,0/IVAN-CHAY qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQnoma

ROMASHKI SVETKI

FLORES CHAMOMILLAE

 

Savdo nomi: Romashki svetki.

Astradoshlar (Asteraceae) oilasiga mansub, madaniylashtirilgan va yovvoyi holda o‘suvchi bir yillik dorixona moychechagi o‘tsimon o‘simligi, (Chamomilla recutita (L.) Rauscheri, Matricaria recutita (L.), M. Chamomilla (L.), gullashi boshlanganida yig‘ilgan va quritilgan gullari (gul savatchalari).

Dori shakli: Dorivor o‘simlik xom ashyosi.

Tarkibida: efir moyi (uning asosiy komponenti xamazulen), flavonoidlar (apigenin, kversetin, lyuteolin, kversimeritrin, rutin va boshqalar), kumarinlar (gerniarin, umbelliferon), matrikarin, matrisin, antemis kislotasi, karotin, vitamin S, shilliq, taxir va boshqa moddalar saqlaydi.

Farmakoterapevtik guruhi: Mahalliy yallig‘lanishga qarshi vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Yallig‘lanishga qarshi, spazmolitik, allergiyaga qarshi, terlatuvchi, antiseptik va burishtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, regenerasiya jarayonlarini rag‘batlantiradi.

 

Qo‘llanilishi

Ichga. Me‘da-ichak yo‘llarining infeksion bo‘lmagan yallig‘lanish va spastik kasalliklari (surunkali spastik kolit, o‘tkir va surunkali gastrit, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi va ular bilan birga kechuvchi meteorizmda) qo‘llanadi.

Sirtga. Gingivitlar, stomatitlar, otitlar, tonzillitlar, vaginitlar, dermatozlar, trofik yaralar va boshqalarda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat damlama ko‘rinishida ishlatiladi. Damlamani tayyorlash uchun 1 osh qoshiq moychechak gullari emallangan idishga solinadi, ustidan 1 stakan (200 ml) qaynatilgan xona haroratidagi suv quyiladi, idishni qopqog‘i yopilib, qaynab turgan suv hammomida tez-tez aralashtirib turib 15 min davomida ushlanadi, keyin xona haroratida kamida 45 min davomida sovutiladi, dokadan o‘tkaziladi (hom-ashyosini siqib) va hajmi qaynatilgan suv bilan 200 ml (bir stakan) gacha yetkaziladi. Tayyorlangan damlamani salqin joyda ikki sutkagacha saqlash mumkin.

Ichga 1-5 osh qoshiqdan kuniga 2-3 marta ovqatdan oldin qabul qilinadi. Bolalarga 1 choy qoshiqdan kuniga 2-3 marta buyuriladi.

Damlamani sirtga chayishlar, primochkalar, vannalar ko‘rinishida qo‘llanadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Yuqori sezuvchanlikda allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga yuqori sezuvchanlik.

 

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

 

Chiqarilish shakli

30 g, 50 g, 100 g dan karton qutilarda; 10 kg, 15 kg, 20 kg dan qoplarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 300S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

1 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ROMASHKI SVETKI 50,0/IVAN-CHAY dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ROMASHKI SVETKI 50,0/IVAN-CHAY dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ROMASHKI SVETKI 50,0/IVAN-CHAY dori vositasi Иван-чай, АО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ROMASHKI SVETKI 50,0/IVAN-CHAY dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ROMASHKI SVETKI 50,0/IVAN-CHAY dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Другие формы препарата
ROMASHKI SVETKI sire 50g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Navoiy Dori-Darmon, АО
ROMASHKI SVETKI sire 50g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Andijon Dori-Darmon, AO
ROMASHKI SVETKI sire 50g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Farmakom,СП,ООО
ROMASHKI SVETKI sire 50g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Sirdaryo Dori-Darmon, OOO
ROMASHKI SVETKI sire 50g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Гослесхоз им. Абу Али Ибн Сино
ROMASHKI SVETKI sire 50g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Mehrigiyo ЧП
ROMASHKI SVETKI sire 50g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Jizzax Med Servis Ulgurji, OOO
ROMASHKI SVETKI sire 50g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Drug Offer Pharm, ООО
ROMASHKI SVETKI sire 50g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: JAYXUN TRADE IMPEX, ООО
ROMASHKI SVETKI sire 50g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: QASHQADARYO DORI-DARMON, АО
ROMASHKI SVETKI sire 50g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: DREAM PHARMA GROUP, OOO
ROMASHKI SVETKI sire 50g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Agro Pharm Medical Lux, ООО
ROMASHKI SVETKI sire 50g
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Asel, ЧП
SVETKI ROMASHKI 1g N25
ROMASHKI SVETKI 1,5 N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Лек С+»
ROMASHKI SVETKI 50,0 / ST-MEDIFARM
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9