SIBISIL kapsulalar N60

O‘simlik kelib chiqishiga ega gepatoprotektor vosita
SIBISIL kapsulalar N60 haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25 °С dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Sotish shartlari
Retseptsiz.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:
Kapsulalar 1 kapsula
silibinin 80 mg
Chiqarilish shakli:
15 dona — konturli yacheykali qadoqlar (4) — karton qutilarda.
Farmakoterapevtik guruh
O‘simlik kelib chiqishiga ega gepatoprotektor vosita
Farmakologik ta'siri
Gepatoprotektor va antitoksik ta’sirga ega. Davolovchi ta’siri gepatotsitlar metabolizmiga ta’siri bilan bog‘liq. Gepatotsitlarda oqsillar va fermentlar sintezini faollashtiradi, gepatotsit membranasiga barqarorlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, toksinlarning jigar hujayralariga kirishini sekinlashtiradi, jigardagi distrofik jarayonlarni ingibitsiya qiladi va regenerativ jarayonlarni kuchaytiradi.
SIBISIL tarkibidagi silibininning yuqori biologik o‘zlashtirilishi PHOSPHOcomplex ™ patentlangan fitosom texnologiyasi bilan ta’minlanadi, bu esa silibininning so‘rilishi va biologik o‘zlashtirilishini oshirish imkonini beradi.
Nojo'ya samaralari
Allergik reaksiyalar, ayrim hollarda ichni yumshatuvchi ta’sir kuzatilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparatning alohida e’tibor va tezkor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishga ta’siri o‘rganilmagan.
Qo'llanilishi
Virusli va toksik etiologiyali gepatitlardan keyingi holatlar, jigar shikastlanishlari, qorin bo‘shlig‘i a’zolaridagi operatsiyalardan keyingi davr;
Surunkali gepatitlar, gepatoxolesistitlar, o‘t yo‘llari diskineziyasi, pankreatitlar, jigar sirrozi;
Jigarning toksik shikastlanishlari (shu jumladan aminoglikozidlar, tetratsiklin, immunodepressantlar, NYQV vositalari, silga qarshi preparatlar, barbituratlar, trankvilizatorlar, organik erituvchilarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar);
Qo‘ziqorinlar, og‘ir metall tuzlari, galogenlangan uglevodorodlar bilan zaharlanishlarda;
Alkogolli intoksikatsiyada.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi
Dozirovkasi
Ichga qabul qilinadi, chaynamasdan, yetarli miqdorda suv bilan ichiladi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga ovqatdan 30 daqiqa oldin kuniga 1–2 marta 1 kapsuladan buyuriladi.
Davolash kursi — 1–3 oy.
Dozani oshirib yuborilishi
Nojo‘ya ta’sirlarning kuchayishi mumkin.
Davolash: simptomatik.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Yaroqlilik muddati (oy)
3 yil. Yaroqlilik muddati tugagandan keyin qo‘llanilmasin.
SIBISIL kapsulalar N60 o'xshash dorilari




