SIBISIL
SIBISIL chiqarilish shakllari
SIBISIL haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi
Farmakologik ta'siri
Gepatoprotektor va antitoksik ta’sirga ega. Davolovchi ta’siri gepatotsitlar metabolizmiga ta’siri bilan bog‘liq. Gepatotsitlarda oqsillar va fermentlar sintezini faollashtiradi, gepatotsit membranasiga barqarorlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, toksinlarning jigar hujayralariga kirishini sekinlashtiradi, jigardagi distrofik jarayonlarni ingibitsiya qiladi va regenerativ jarayonlarni kuchaytiradi.
SIBISIL tarkibidagi silibininning yuqori biologik o‘zlashtirilishi PHOSPHOcomplex ™ patentlangan fitosom texnologiyasi bilan ta’minlanadi, bu esa silibininning so‘rilishi va biologik o‘zlashtirilishini oshirish imkonini beradi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Nojo‘ya ta’sirlarning kuchayishi mumkin.
Davolash: simptomatik.
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparatning alohida e’tibor va tezkor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishga ta’siri o‘rganilmagan.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Ichga qabul qilinadi, chaynamasdan, yetarli miqdorda suv bilan ichiladi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga ovqatdan 30 daqiqa oldin kuniga 1–2 marta 1 kapsuladan buyuriladi.
Davolash kursi — 1–3 oy.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













