Ташкент
logo
SavatKirish

SINTANIN tomchilari 50ml

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Italiya
Kategoriya:Dori vositalari
Faol modda:Glisin, Melatonin
Ishlab chiqaruvchi:GRICARCHEMICALsrl
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas

SINTANIN tomchilari 50ml qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Saqlash shartlari

Namlik va yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda, bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlang

Sotish shartlari

Dorixona tarmog'i va ixtisoslashtirilgan do'konlar, tarqatish tarmog'ining bo'limlari orqali.

Tarkibi

 

 

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi

1 ml quyidagilarni saqlaydi:

Triptofan                                       25 mg

Eshsholsiya ekstrakti                    30 mg

Melatonin                                       2 mg

Glitsin                                           50 mg

B5 vitamini                                     8 mg

Tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi, uxlashni osonlashtiradi, uyqu sifatini yaxshilaydi, aqliy va jismoniy zo’riqishlarda moslashishga yordam beradi, hissiy holat va ish faoliyatini yaxshilovchi biologik faol qo'shimchadir.

Chiqarilish shakli va qadoqlash:

50 ml li shisha flakon, dozalovchi tomizg’ich qopqog'i bilan.

Farmakologik ta'siri

Triptofan almashtirib bo’lmaydigan aminokislotadir. Triptofansiz organizmda serotonin ishlab chiqarilmaydi. Serotonin ruhiy qulaylik, quvonch, baxt hissi shakkllanishiga ko’maklashib, kayfiyatni yaxshilaydi, jismoniy va aqliy ishlash qobilyati darajasini oshiradi, bilim olishga nisbatan faollikni rag’batlantiradi, o’ziga nisbatan baholashni oshiradi, stressli vaziyatlarda o’zini tuta bilishni saqlashga yordam beradi. Depressiyaga uchragan va tushkunlikka tushgan odamlarda serotonin darajasi juda past ekanligi isbotlangan. Kunning qorong'u vaqti boshlanishi bilan serotonindan melatonin hosil bo'ladi. Melatonin uyquning fiziologik boshqaruvchisi bo’lib hisoblanadi. Melatonin uyquni boshlanishiga yordam beradi va uning fazalari hamda ularning davomiyligini boshqaradi. 

Pantoten kislotasi (B5 vitamini) - ichakdagi aminokislotalarning so'rilishini rag'batlantiradi, buyrak usti bezlari po'stlog'ining faoliyatini qo'llab-quvvatlaydi, shu jumladan serotonin va melatonin sintezida ishtirok etadi.

Glitsin markaziy asab tizimining faoliyati uchun zarur aminokislota. U tormozlovchi neyrotransmitter vazifasini bajaradi.Yetarli miqdordagi glitsin bilan organizmda ko'proq energiya ishlab chiqariladi. Bu ko'plab muhim moddalar, jumladan metionin, xolin, bir qator muhim gormonlar va DNK uchun qurilish materialidir.

Melatonin - Pineal tanasi (epifiz) gormonining analogidir; o'simlik aminokislotalaridan sintezlanadi. Melatonin adaptogen, sedativ, uxlatuvchi ta'sirlarga ega. U sirkad ritmlar (uyqu va uyg'onish davri) ni normallashtiradi. Bu hissiy va shaxsiy sohaga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Uyqu sifatini yaxshilaydi, uxlashni tezlashtiradi, tungi uyg'onishlar sonini kamaytiradi, ertalab uyg'onganidan keyin o’zini his qilishlikni yaxshilaydi, uyg'onganida lanjlik, zaiflik va charchoqlik hissini tug'dirmaydi. Tushlarni yanada yorqinroq va hissiy jihatdan boy qiladi.

Eshsholsiya ekstrakti tinchlantiruvchi va spazmolitik vosita sifatida qo’llaniladi. U yengil og'riqni qoldiruvchi ta'sirga ega. U nevrologiyada uyqu buzilishlarini tuzatish, xavotirlanishni yo'qotish va qo'zg'aluvchanlikning kuchayishi bilan kurashish uchun ishlatiladi. Uni  siydik  tuta olmaslik, giperfaollikni tuzatishda bolalarga qo'llash mumkin. Shuningdek, mushaklardagi spazm va og'riqni kamaytirishga yordam beradi. Boshqa tabiiy tinchlantiruvchi vositalar bilan birgalikda qo'llanilganda еsscholzianing ta'siri kuchayadi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Tabiiy ingredientlar bo'lishi ta'mdagi, rangdagi farqlarga va biroz cho'kma paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.

Qo'llanilishi

Sintanin asosiy davolanishga qo'shimcha sifatida va quyidagi holatlarda profilaktika maqsadida ishlatilishi mumkin:

- uyqusizlik;

- uyqu jarayonining buzilishi bilan kechuvchi holatlar;

- uyquga ketishga yordam beradi (kechiktirilgan uyqu fazasi sindromi);

- aqliy faoliyatning pasayishi;

- stressli vaziyatlar,  psixo-emotsional zo’riqish;

- o'smirlar xatti-harakatlarining buzilishlari;

- yuqori qo'zg'aluvchanlik, hissiy beqarorlik, aqliy ishlash qobiliyatining pasayishi va uyquning buzilishi bilan kechadigan asab tizimining funksional va organik kasalliklarini kompleks davolashda; atopik dermatit, allopetsiya va qon tomir distoniyasini kompleks davolashda.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- komponentlarga nisbatan yuqori sezuvchanlik;

- 12 yoshgacha bo'lgan bolalar;

- homiladorlik va emiziklik davri.

 

Dozirovkasi

Uyqudan 30-40 daqiqa oldin ichga qabul qilinadi.

12 - 16 yoshgacha 15-20 tomchidan 1 mahal.

16 yoshdan kattalarga 25-30 tomchidan 1 mahal.

Ishlatishdan oldin flakonni chayqating.

Yaroqlilik muddati (oy)

Saqlash muddati 3 yil.

SINTANIN tomchilari 50ml savollari

SINTANIN tomchilari 50ml fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilar

SINTANIN tomchilari 50ml
SINTANIN tomchilari 50ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
GRICARCHEMICALsrl

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil