Dori preparatining birlamchi erami
faol modda: dosetaksel trigidrati (dosetakselga hisoblanganda) – 21,34 mg/42,68 mg
(20 mg/40 mg);
yordamchi moddalar: polisorbat 80 – 567,0 mg/ 567,0 mg, etanol 96 % - 1 ml gacha/1 ml gacha.
Dosetakselning samaradorligi sut bezlari raki, mayda hujayrali bo'lmagan o'pka raki, tuxumdonlar raki, prostata bezini gormonga rezistent raki, me'da raki, bosh va bo'yin rakida isbotlangan.
Dosetakselning farmakokinetikasi dozasiga bog'liq emas va α, β va γ fazalari uchun yarim chiqarilish davri muvofiq ravishda 4 minut, 36 minut va 11,1 soat bo'lgan uch fazali farmakokinetik modeliga mos keladi.
Dosetaksel 100 mg/m2 dozada bir soatlik infuziyadan so'ng plazmadagi dosetakselning o'rtacha maksimal kontsentrasiyasi (Smax) 3,7 mkl/ml ni tashkil etgan, "kontsentrasiya-vaqt" egri chizig'i ostidagi maydoni (AUC) muvofiq 4,6 mkg*soat/ml ni tashkil etgan. Muvozanat holatida umumiy klirensi va taqsimlanish hajmi uchun o'rtacha qiymati muvofiq ravishda 21 l/soat/m2 va 113 l ni tashkil etgan. Dosetakselning umumiy klirens qiymati turli pasientlarda taxminan 50% ga farqlangan. Dosetaksel plazma oqsillari bilan 95% dan ortiq darajada bog'lanadi.
Dosetaksel R450 izofermentlari tizimi yordamida tert-butil efir guruhi bilan oksidlanganidan so'ng 7 kun davomida buyraklar orqali, siydik bilan (yuborilgan dozaning 6%) va me'da-ichak yo'llari orqali, axlat bilan (yuborilgan dozaning 75%) chiqariladi. Dosetakselning yuborilgan dozasini taxminan 80% 48 soat davomida axlat bilan metabolitlar ko'rinishida (asosiy nofaol metaboliti va uchta kamroq ahamiyatli nofaol metabolitlari) va juda kam miqdorda – o'zgarmagan ko'rinishda chiqariladi.
Dosetakselning farmakokinetikasi pasientning yoshi va jinsiga bog'liq emas.
Jigar funktsiyasini engil va o'rtacha buzilishlarida (alaninaminotransferaza (Alt) va aspartataminotransferaza (ACT)ning faolligi normaning yuqori chegarasi (NYUCH)dan
≥ 1,5, bunda ishqoriy fosfatazaning faolligi NYUCH ≥ 2,5) dosetakselning umumiy klirensi o'rtacha 27% ga pasayadi. Organizmda suyuqlik engil yoki o'rtacha darajada ushlanib qolganida dosetakselning klirensi o'zgarmaydi; suyuqlik yaqqol ushlanib qolganida uning klirensi yuzasidan ma'lumotlar yo'q. Majmuaviy qo'llanganida dosetaksel doksorubitsinning klirensiga va doksorubitsinolning (doksorubitsinning metaboliti) qon plazmasidagi kontsentrasiyasiga ta'sir qilmaydi. Dosetaksel, doksorubitsin va tsiklofosfamidning farmakokinetik ko'rsatkichlari ular bir vaqtda qo'llanganida o'zgarmagan.
Kapesitabin dosetakselning farmakokinetikasiga (Cmax, AUC) ta'sir qilmaydi, dosetaksel esa, o'z navbatida, kapesitabin va kapesitabinning eng muhim metaboliti
(5'-DFUR) ning farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi.
Tsisplatin bilan majmuaviy davolanganda dosetakselning klirensi monoterapiya o'tkazilgandagi klirensiga nisbatan o'zgarmaydi. Dosetaksel infuziya qilinganidan so'ng tez orada yuborilgan tsisplatinning farmakokinetik profili faqat tsisplatin yuborilgandagi profildan farqlanmagan.
Prednizon deksametazon bilan standart premedikasiyadan so'ng yuborilgan dosetakselning farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi.
Dosetaksel, tsisplatin va ftorurasil bilan majmuaviy davolash ularning farmakokinetik ko'rsatkichlarini o'zgartirmaydi.
Bolalardagi farmakokinetikasi
Bolalarda farmakokinetik ko'rsatkichlari dosetaksel bilan monoterapiya o'tkazilganida va dosetaksel tsisplatin va ftorurasil bilan majmuada qo'llanganida kattalardagi ko'rsatkichlar bilan o'xshash bo'lgan.
Takselen preparati bilan monoterapiya (75 mg/m2 i 100 mg/m2)
Qon va limfa tizimlari tomonidan kuzatilgan buzilishlar
Juda tez-tez: g-KSF olmagan 96,6% pasientlarda kuzatiladigan orqaga qaytmas va kumulyativ bo'lmagan (takroriy yuborishlarda kuchaymaydigan) neytropeniya. O'rtacha
7 kundan keyin neytrofillarning miqdori minimal qiymatlargacha pasayadi (oldindan jadal kimyoviy davolash olgan pasientlarda ushbu davr qisqarishi mumkin), yaqqol neytropeniyaning (<500 hujayra/mkl) o'rtacha davomiyligi ham 7 kunni tashkil etadi. Febril neytropeniya, infektsiyalar.
Tez-tez: periferik qondagi neytrofillarning miqdorini <500/mkl pasayishi bilan kechuvchi og'ir infektsiyalar; sepsis va pnevmoniyadan iborat bo'lgan, shu bilan birga yakunlangan og'ir infektsiyalar; trombositopeniya <100000/mkl; trombositopeniya <50000/mkl va anemiya (gemoglobin <11 g/dl), shu bilan birga og'ir anemiya (gemoglobin
<8 g/dl) bilan birga kechuvchi qon ketishlari.
Tez-tez emas: og'ir trombositopeniya.
Immun tizimi tomonidan kuzatilgan buzilishlar
Juda tez-tez: Takselen preparatini vena ichiga infuziyasi boshlanganidan so'ng odatda bir necha minutdan keyin rivojlanadigan allergik reaktsiyalar ham engil ham o'rtacha ifodalangan bo'ladilar (teri qoplamlariga qonni "kuchli oqimi"; qichishish bilan va usiz kechuvchi toshma; ko'krakni qisilish hissi; belda og'riq; hansirash; dori vositasi ta'sirida isitma ko'tarilishi yoki etni uvishishi).
Tez-tez: arterial bosimni pasayishi va/yoki bronxospazm yoki organizm bo'ylab tarqalgan toshma/eritema bilan xarakterlanadigan og'ir allergik reaktsiyalar, vena ichiga infuziyasi to'xtatilganidan va muvofiq davolash o'tkazilganidan so'ng yo'qoladi.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan kuzatilgan buzilishlar
Ayrim holatlarda ushbu reaktsiyalarni rivojlanishiga qo'shimcha ta'sir qilish yondosh infektsiyalar, yondosh davolash va asosiy kasallik kabi bir qancha omillarga ta'sir ko'rsatgan.
Juda tez-tez: orqaga qaytuvchan teri reaktsiyalari, odatda engil yoki o'rtacha ifodalangan bo'ladi: mahalliy toshmalar, eng avvalo qo'llarda va oyoqlarda, shuningdek yuzda va ko'krak qafasida kuzatiladi, ko'pincha qichishish bilan kechadi. Toshmalar odatda dosetaksel vena ichiga infuziya qilinganidan so'ng bir hafta davomida toshgan.
Tirnoqlar tomonidan kuzatilgan buzilishlar gipo - va giperpigmentasiya, og'riq va onixolizis (tirnoq falangasidan tirnoq plastinkasini tushib qolishi) bilan xarakterlanadi.
Alopesiya.
Tez-tez: keyinchalik deskvamasiyaga olib keluvchi toshmalar, shu jumladan dosetaksel bilan davolashni bekor qilish yoki to'xtatishni talab etishi mumkin bo'lgan og'ir darajadagi kaft-tovon sindromi kabi og'ir darajadagi teri reaktsiyalari.
Tez-tez emas: og'ir alopesiya.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan kuzatilgan buzilishlar
Juda tez-tez: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, anoreksiya, stomatit.
Tez-tez: og'ir ko'ngil aynishi; og'ir darajadagi qusish; og'ir darajadagi diareya; qabziyat; og'ir darajadagi stomatit; ezofagit, qorinda og'riq, shu jumladan kuchli og'riq; me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi.
Tez-tez emas: me'da-ichak yo'llaridan og'ir darajadagi qon ketishlari, og'ir qabziyat, og'ir ezofagit.
Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan kuzatilgan buzilishlar
Tez-tez: ast, Alt, ishqoriy fosfatazaning faolligini va qon zardobida bilirubinning kontsentrasiyasini NYUCH dan 2,5 barobardan ko'proq oshishi.
Nerv tizimi tomonidan kuzatilgan buzilishlar
Juda tez-tez: engil yoki o'rtacha ifodalangan neyrosensor reaktsiyalar: paresteziya, dizesteziya, og'riq, jumladan achishish hissi; va neyromotor reaktsiyalar, eng avvalo mushaklarni zaifligi bilan namoyon bo'ladi; ta'm bilish hislarini buzilishi.
Tez-tez: og'ir darajadagi neyrosensor va neyromotor reaktsiyalar (3-4 og'irlik darajasidagi);
Kam hollarda: ta'm bilan hislarini og'ir buzilishi.
Shunday nevrologik simptomlar rivojlanganida dozalash tartibiga tuzatish kiritish kerak.
Agar neyropatiya simptomlari qat'iy saqlanib tursa, u holda davolashni to'xtatish kerak. Neyrotoksik reaktsiyalarni to'satdan bartaraf bo'lgunigacha ketgan o'rtacha muddat ular boshlangandan 81 kunni tashkil etgan (1 dan 741 kungacha).
Yurak tomonidan kuzatilgan buzilishlar
Tez-tez: yurak ritmini buzilishlari.
Tez-tez emas: yurak etishmovchiligi.
Qon-tomirlari tomonidan kuzatilgan buzilishlar
Tez-tez: arterial bosimni oshishi yoki pasayishi, qon ketishi.
Nafas tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan kuzatilgan buzilishlar
Juda tez-tez: hansirash.
Tez-tez: og'ir hansirash.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to'qimalar tomonidan kuzatilgan buzilishlar
Juda tez-tez: mialgiya.
Tez-tez: artralgiya.
Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar
Juda tez-tez: asteniya, jumladan og'ir asteniya; tarqalgan va mahalliy og'riq sindromi, shu jumladan ko'krak qafasida kardial genezli bo'lmagan og'riq.
Suyuqlikni ushlanib qolishi: periferik shishlarni rivojlanganligi va tana vaznini oshganligi xaqida va kamroq darajada plevra va perikardial bo'shliqda suyuqlik yig'ilganligi, assit paydo bo'lganligi xaqida xabarlar tushgan. Periferik shishlar odatda oyoqlardan boshlangan va tana vaznini 3 kg va undan ortiq oshishi bilan organizm bo'ylab tarqalgan. Suyuqlikni ushlanib qolishi kumulyativ hisoblanadi (preparat takroran yuborilganida ortadi). Suyuqlikni ushlanib qolishi oliguriyani o'tkir xurujlari yoki arterial bosimni pasayishi bilan kechgan.
Tez-tez: preparat yuborilgan joydagi reaktsiyalar, odatda kuchsiz ifodalangan, va giperpigmentasiya, yallig'lanish, pokrasneniya yoki terini qurishi, flebitlar, punktsiya qilingan venadan qon ketishi yoki venalarni shishi ko'rinishida namoyon bo'ladi.
Yaqqol ifodalangan tarqalgan va mahalliy og'riq sindromi; shu jumladan ko'krak qafasida kardial genezli bo'lmagan og'riqlar kuzatilgan.
Suyuqlikni ushlanib qolishini og'ir shakllari
Dosetakselning 100 mg/m2 dozasi bilan monoterapiya ko'rinishida davolangan pasientlarda suyuqlikni ushlanib qolishi sababli davolash tugaganiga qadar bo'lgan umumiy doza medianasi 1000 mg/m2 dan ortiq qiymatni tashkil etgan, suyuqlik ushlanib qolishini orqaga rivojlanguniga qadar bo'lgan vaqt medianasi - 16,4 hafta (0 dan
42 haftagacha bo'lgan muddatni) tashqil etadi. Premedikasiya o'tkazilgan pasientlarda suyuqlikni o'rtacha yoki yaqqol ushlanib qolishini kechikishi kuzatilgan (suyuqlikni ushlanib qolishi kuzatilgan o'rtacha umumiy doza premedikasiya o'tkazilganida - 818,9 mg/m2, va premedikasiya o'tkazilmaganida - 489,7 mg/m2 ni tashkil etgan), biroq ayrim holatlarda suyuqlikni ushlanib qolishi dastlabki davolash kurslari vaqtida rivojlangan.
Takselen preparatini boshqa preparatlari bilan majmuasi
Takselen preparatini doksorubitsin bilan majmuasi
Takselen preparati doksorubitsin bilan majmuada qo'llanganida Takselen preparati bilan monoterapiyaga nisbatan neytropeniya uchrash tezligini oshishi kuzatilgan, shu jumladan og'ir neytropeniya; febril neytropeniya; trombositopeniya, jumladan og'ir trombositopeniya; anemiyalar; infektsiyalar, shu jumladan og'ir infektsiyalar; ko'ngil aynishi, qusish; diareyalar; jumladan og'ir diareya; qabziyat; stomatit, jumladan og'ir stomatit; yurak etishmovchiligi; alopesiya ko'proq kuzatilgan; ammo kamroq uchrash tezligida allergik reaktsiyalar; teri reaktsiyalari, shu bilan birga og'ir reaktsiyalar; Tirnoqlarni shikastlanishi, shu bilan birga og'ir shikastlanishi; suyuqlikni ushlanib qolishi, shu bilan birga og'ir ushlanib qolishi; anoreksiya, neyrosensor va neyromotor reaktsiyalar, jumladan og'ir shakllari; gipotenziya; yurak ritmini buzilishi; qonda "jigar" transaminazalari, ishqoriy fosfatazaning faolligini, bilirubinning kontsentrasiyasini oshishi; mialgiya; asteniya kuzatilgan.
Takselen preparatini doksorubitsin va tsiklofosfamid bilan majmuasi (TAS sxemasi)
Ushbu kimyoterapevtik sxema qo'llanganida Takselen preparati bilan monoterapiyaga nisbatan neytropeniya, og'ir anemiya, febril neytropeniya, infektsiyalar, allergik reaktsiyalar, periferik shishlar, neyrosensor va neyromotor reaktsiyalar, Tirnoqlarni shikastlanishi, diareya, aritmiyalarni rivojlanish tezligi kamroq kuzatilgan, ammo og'ir bo'lmagan anemiya, trombositopeniya, ko'ngil aynishi, qusish, stomatit, ta'm bilishni buzilishi, qabziyat, asteniya, artralgiya, alopesiyani rivojlanish tezligini oshishi kuzatilgan.
G-Ksfni profilaktik qo'llash neytropeniyani rivojlanish tezligini (60% ga) va 3-4 og'irlik darajasidagi neytropenik infektsiyalarni rivojlanish tezligini kamaytirgan.
Qo'shimcha ravishda: kolit, enterokolit, yo'g'on ichakni o'lim bilan yakunlanmagan perforasiyasi (4 nafar pasientdan 2 nafarida davolashni to'xtatish talab etilgan), o'tkir mieloid leykoz/mielodisplastik sindrom kuzatilgan.
Uzoq muddat (10 yil va 5 oy) davomida kuzatish davrida: dimlangan yurak etishmovchiligini
3 ta rivojlanish holati: o'lim bilan yakunlangan dilatasion kardiomiopatiyani 1 ta holati; alopesiya (shu jumladan kuzatish vaqtida alopesiyani namoyon bo'lishini kuchayishi), amenoreya, asteniya, limfatik shishlar, periferik shishlar, periferik sensor neyropatiya kuzatilgan. Ko'pgina barqaror nojo'ya ko'rinishlar kuzatish davrida yo'qolib ketgan.
Takselen preparatini kapesitabin bilan majmuasi
Takselen preparati kapesitabin bilan majmuada qo'llanganida me'da-ichak yo'llari tomonidan nojo'ya ko'rinishlarni (stomatit, diareya, qusish, qabziyat, qorinda og'riq, ta'm bilish faoliyatini buzilishi) yanada ko'proq rivojlanishi; artralgiya; og'ir darajadagi tromboitopeniya va anemiya; giperbilirubinemiya; kaft-tovon sindromi (qo'l-oyoqlar (kaft va tovon) terisini giperemiyasi keyinchalik shishi va deskvamasiyasi bilan birga) yanada ko'proq rivojlanishi kuzatiladi; ammo og'ir neytropeniya, alopesiya; tirnoqlar tomonidan buzilishlar, jumladan onixolizis; asteniya; mialgiya; ishtahani pasayishi va anoreksiyani kamroq rivojlanishi kuzatiladi.
Takselen preparati bilan davolanayotgan pasientlarda qon tahlilini tez-tez nazorat qilish kerak. Neytrofillarning miqdorini maksimal pasayishi 7 kunga kelib kuzatiladi, ammo ilgari jadal kimyoterapiya kursini o'tkazgan pasientlarda ushbu oraliq qisqarishi mumkin. Takselen preparati bilan davolash vaqtida yaqqol neytropeniya (7 kun davomida <500/mkl) rivojlanganida navbatdagi tsikllarda preparatning dozasini kamaytirish yoki adekvat simptomatik davolash choralarini o'tkazish tavsiya etiladi. Neytrofillarning miqdori ≥ 1500/mkl ga tiklanganidan so'ng Takselen preparati bilan davolashni davom ettirish mumkin.
Takselen preparatini tsisplatin va ftorurasil bilan majmuada (TCF kimyoterapiya sxemasi) qabul qilayotgan pasientlarga g-KSF yuborilganida, febril neytropeniya va/yoki neytropenik infektsiyalar kam rivojlanadilar. TCF kimyoterapiya sxemasi qo'llanganida asoratlangan neytropeniyani (febril neytropeniya, davomli neytropeniya, neytropenik infektsiya) rivojlanish havfini kamaytirish uchun profilaktika maqsadida g-Ksfni yuborish kerak. TCF sxemasi bo'yicha kimyoterapiya olayotgan pasientlarda ularning ahvoli va laborator ko'rsatkichlarini yaxshilab kuzatish kerak.
Takselen preparati doksorubitsin va tsiklofosfamid bilan majmuada qo'llanganida (TAS kimyoterapiya tartibi) birlamchi profilaktika uchun g-KSF qabul qilayotgan (dastlabki tsikldan boshlab) pasientlarda febril neytropeniya va/yoki neytropenik infektsiya kam rivojlanadi. Sut bezi rakini TAS sxemasi bo'yicha ad'yuvant kimyoterapiya o'tkazishda asoratlangan neytropeniyani (febril neytropeniya, davomli neytropeniya, neytropenik infektsiya) rivojlanish havfini kamaytirish uchun dastlabki tsikldan boshlab g-Ksfni profilaktik yuborish masalasini ko'rib chiqish kerak. TAS sxemasi bo'yicha kimyoterapiya olayotgan pasientlarda ularning ahvolini yaxshilab kuzatish kerak.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan reaktsiyalar
Neytropeniyasi bo'lgan pasientlarda, ayniqsa me'da-ichak yo'llari tomonidan asoratlarni rivojlanish havfi bo'lganida ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi. Butun davolash davomida enterokolit rivojlanishi mumkin. Enterokolit hatto dastlabki rivojlangan kunida o'limga olib kelishi mumkin. Me'da-ichak yo'llari tomonidan jiddiy toksiklik ko'rinishlarini erta aniqlash maqsadida pasientlarni sinchkov monitoringini o'tkazish kerak ("nojo'ya ta'sirlari" bo'limiga qarang).
O'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari
Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini aniqlash maqsadida, ayniqsa dastlabki va ikkinchi infuziyani o'tkazish vaqtida pasientlarni yaxshilab kuzatish kerak. Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari Takselen preparatini infuziyasini dastlabki minutlarida rivojlanishi mumkin, shuning uchun u yuborilganida arterial gipotoniya va bronxospazmni davolash uchun dori vositalari va tibbiy uskunalar mavjud bo'lishi kerak. Yuqori sezuvchanlikning engil ko'rinishlarida (yuzni qizarishi yoki mahalliy teri reaktsiyalari) preparatni yuborishni bekor qilish talab etilmaydi. Arterial bosimni yaqqol pasayishi, bronxospazm yoki tarqalgan toshma/eritema kabi og'ir darajadagi yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari va juda kam holatlarda o'lim bilan yakunlangan anafilaktik reaktsiyalar rivojlanganligi xaqida xabarlar bor. Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini rivojlanishi Takselen preparatini yuborishni zudlik bilan to'xtatish va muvofiq davolash o'tkazish talab etiladi. Og'ir darajadagi yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari kuzatilgan pasientlarga Takselen preparati bilan davolashni qaytadan boshlash mumkin emas.
Anamnezida paklitakselga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari bo'lgan pasientlarga dosetaksel yuborilganida potentsial o'limga olib keluvchi yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanishi mumkin.
Teri reaktsiyalari
Dosetaksel qo'llanganida qo'l-oyoqlarni (kaftlar va tovonni) shishi va keyinchalik qipiqlanishi (kaft-tovon sindromi) bilan kechuvchi mahalliy eritema kuzatilgan ("nojo'ya ta'sirlari" bo'limiga qarang).
Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlar
Dosetakselning 100 mg/m2 dozasi bilan monoterapiya o'tkazilayotgan va "jigar" transaminazalari (Alt va/yoki ast) ning faolligini NYUCH dan 1,5 barobardan oshishi, shu bilan birga ishqoriy fosfatazaning faolligini NYUCH dan 2,5 barobardan oshishi kuzatilgan pasientlarda, sepsis, me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi, febril neytropeniya, infektsiyalar, trombositopeniya, terini hatto o'limga olib kelishi mumkin bo'lgan og'ir toksik shikastlanishi, shuningdek stomatit va asteniya kabi og'ir nojo'ya samaralarni rivojlanish havfi ancha yuqori bo'ladi. Shu sababli jigarning funktsional sinamalari ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan bunday pasientlarda Takselen preparatining tavsiya etiladigan dozasi 75 mg/m2 ni tashkil etadi. Jigarning funktsional sinamalari Takselen preparati bilan davolash boshlanishidan avval va har navbatdagi davolash tsiklidan oldin o'tkazilishi kerak. Bilirubinning kontsentrasiyalari yuqori bo'lgan va/yoki Alt va ast larning faolligini oshishi (Nyuchdan >3,5) bilan birga ishqoriy fosfatazaning faolligi Nyuchdan >6 yuqori bo'lgan pasientlarda dosetakselning dozasini pasaytirish tavsiya etilishi mumkin emas va qat'iy ko'rsatmalar bo'lmasa dosetakselni qo'llash mumkin emas.
Hozirgi vaqtda jigar funktsiyasini buzilishlari bo'lgan pasientlarda Takselen preparatini boshqa preparatlar bilan majmuada qo'llashga nisbatan ma'lumotlar yo'q.
Suyuqlikni ushlanib qolishi
Suyuqlikni yaqqol ushlanishi: plevra bo'shlig'i, perikardga suyuqlik yig'ilishi yoki assit bo'lgan pasientlarni yaxshilab kuzatish kerak. Shishlar paydo bo'lganida tuz va suyuqlik iste'mol qilish tartibini cheklash va diuretiklarni qo'llash ko'rsatilgan.
Ikkilamchi havfli o'smalar
Takselen preparati ikkilamchi havfli o'smalarni rivojlanishi bilan assosiasiyalangan boshqa kimyoterapevtik preparatlar bilan majmuada qo'llanganida ikkilamchi havfli o'smalar (shu jumladan o'tkir mieloid leykoz, mielodisplastik sindrom, xodjikin bo'lmagan limfoma va buyraklar raki) rivojlanishi mumkin. Dosetaksel saqlovchi davolash o'tkazilganidan so'ng bir necha oy yoki yildan keyin rivojlanishi mumkin bo'lgan ikkilamchi havfli o'smalarni rivojlanishini aniqlash maqsadida pasientlarni monitoringini o'tkazish talab etiladi.
Kardiotoksiklik
O'sma ekspressiyasi HER2 bo'lgan metastatik SBR yuzasidan, ayniqsa antrasiklinlar (doksorubitsin yoki epirubitsin) saqlovchi kimyoviy davolashdan keyin Takselen preparatini Trastuzumab bilan majmuada qabul qilgan pasientlarda o'rtacha darajada yoki o'limga olib keladigan og'ir darajada bo'lishi mumkin bo'lgan yurak etishmovchiligi rivojlanishi mumkin. Ayol pasientga Takselen preparatini Trastuzumab bilan majmuada qo'llash ko'rsatilganida, u davolash boshlanishidan oldin kardiologik tekshiruvdan o'tishi kerak. Har uch oyda yurak funktsiyasini nazorat qilish kerak, bu holat yurak etishmovchiligi rivojlanishi mumkin bo'lgan ayol pasientlarni aniqlash imkonini beradi. Yanada batafsil trastuzumabning qo'llash bo'yicha yo'riqnomasiga qarang.
Dosetakselni doksorubitsin, ftorurasil va/yoki tsiklofosfamid bilan majmuada qabul qilgan pasientlarda, yurak qorinchalari aritmiyasi, jumladan yurak qorinchalari taxikardiyasi (ba'zida o'lim bilan yakunlangan) rivojlanganligi xaqida xabarlar berilgan ("nojo'ya ta'sirlari" bo'limiga qarang).
Yurak funktsiyasini dastlabki (davolash boshlanishidan oldingi) ko'rsatkichlarini baholash tavsiya etiladi.
Ko'rish a'zolari tomonidan kuzatilgan buzilishlar
Dosetaksel, shuningdek boshqa taksanlar bilan davolangan pasientlarda makulani kistoz shishi rivojlanganligi xaqida xabar berilgan. Ko'rish faoliyatini buzilishi yuzaga kelayotgan pasientlar zudlik bilan va to'liq oftalmologik tekshiruvdan o'tishlari kerak. Makulani kistoz shishi tashxisi qo'yilganida dosetaksel bilan davolashni to'xtatish kerak, va pasientga muvofiq davolash o'tkazish boshlanishi kerak ("nojo'ya ta'sirlari" bo'limiga qarang).
Keksa yoshdagi pasientlar
Dosetaksel + kapesitabin bilan majmuaviy kimyoviy davolash olayotgan 60 yoshdan kichik pasientlarga nisbatan 60 yosh va undan oshgan pasientlarda davolash bilan bog'liq 3 va 4 og'irlik darajasidagi noxush ko'rinishlar, davolash bilan bog'liq jiddiy NNR uchrash tezligini oshishi va NNR rivojlanishi oqibatida davolashni erta bekor qilish tezligini oshishi kuzatilgan.
70 yoshdan oshgan pasientlarda dosetakselni doksorubitsin va tsiklofosfamid bilan majmuada qo'llash yuzasidan cheklangan ma'lumotlar mavjud.
Prostata bezi rakini Takselen preparati bilan har 3 haftada davolash olgan 65 yosh va undan oshgan pasientlarda Tirnoqlarni o'zgarish tezligi, anemiya, infektsiya, anoreksiyani rivojlanish tezligi, tana vaznini pasayishi tezligi yoshroq pasientlarga nisbatan ≥10% ga ko'p bo'lgan, 75 yosh va undan oshgan pasientlarda esa isitma, diareya, anoreksiya va periferik shishlarni uchrash tezligi yoshroq pasientlarga nisbatan ≥10% ga ko'p bo'lgan. Biroq davolash samaradorligi bo'yicha keksa va yosh pasientlar solishtirilganida farqlar aniqlanmagan.
Dosetaksel tsisplatin va ftorurasil bilan majmuada qo'llanganida quyidagi nojo'ya reaktsiyalar (barcha og'irlik darajadagi): letargiya (uyquchanlik, tormozlanish, qotib qolish), stomatit, febril neytropeniya/neytropenik infektsiya, 65 yoshdan oshgan pasientlardagi diareya yoshroq pasientlargi nisbatan ≥10% ga ko'proq uchragan. Shuning uchun ushbu majmuani qabul qilayotgan 65 yoshdan oshgan pasientlar sinchkov kuzatuvga muhtoj bo'ladilar.
Kontratsepsiyani zaruriyati
Tug'ruq yoshidagi erkaklar va ayollar Takselen preparati bilan davolanish vaqtida ishonchli kontratsepsiya usullaridan foydalanishlari kerak. Klinika oldi tadqiqotlarida, dosetakselni genotoksik ta'sirga egaligi va erkaklar fertilligini (otalantirish hususiyatini) izdan chiqarishi mumkinligi ko'rsatilganligi tufayli, dosetaksel bilan davolanayotgan erkaklarga dosetaksel bilan davolanish vaqtida va kimyoviy davolash tugaganidan so'ng kamida 6 oy davomida otalantirishdan saqlanish va davolashdan oldin spermani konservasiyasini o'tkazishni maslahat berish lozim.
Davolanish vaqtida homiladorlik kuzatilgan ayollarga zudlik bilan davolovchi shifokorga bu xaqida xabar berish kerakligini tavsiya etish lozim.
Etanol
Ad'yuvant va neoad'yuvant davolash
Ad'yuvant davolash
Operasiya o'tkazish mumkin bo'lgan SBR (Takselen preparati doksorubitsin va tsiklofosfamid bilan majmuada):
regionar limfa tugunlarini shikastlanishi bilan kechuvchi operasiya o'tkazish mumkin bo'lgan SBR;
SBR erta bosqichini birlamchi kimyoterapiyasini o'tkazish uchun belgilangan xalqaro tanlov mezonlariga muvofiq kimyoterapiya o'tkazish ko'rsatilgan ayol pasientlarda (qaytalanishni bir yoki undan ortiq yuqori havf omillari: o'smaning o'lchami 2 sm dan katta, estrogen va progesteron reseptorlarni manfiy holati, havfli o'smani gistologik darajasini yuqori bo'lishi (2-3 daraja), yoshi 35 yoshdan kichik bo'lganida) regionar limfa tugunlar shikastlanmagan operasiya o'tkazish mumkin bo'lgan SBR.
O'sma giperekspressiyasi HER2 bo'lgan operasiya o'tkazish mumkin bo'lgan SBR (doksorubitsin va tsiklofosfamid keyinchalik Takselen preparatini Trastuzumab bilan majmuada qo'llash (AS-tn sxemasi)).
Neoad'yuvant davolash
Operasiya o'tkazish mumkin bo'lgan va mahalliy-tarqalgan SBR (doksorubitsin va tsiklofosfamid keyinchalik Takselen preparatini qo'llash bilan)
Metastatik va/yoki mahalliy-tarqalgan SBR
mahalliy tarqalgan yoki metastatik SBR (Takselen preparati doksorubitsin bilan majmuada, 1-chi qator davolash);
o'sma giperekspressiyasi HER2 bo'lgan metastatik SBR (Takselen preparati Trastuzumab bilan majmuada, 1-chi qator davolash);
mahalliy-tarqalgan yoki metastatik SBR, oldindan antrasiklinlar yoki alkillovchi vositalardan iborat bo'lgan kimyoviy davolash samarasiz bo'lganida (Takselen preparati bilan monoterapiya o'tkazilganida);
mahalliy-tarqalgan yoki metastatik SBR, oldindan antrasiklinlardan iborat bo'lgan kimyoviy davolash samarasiz bo'lganida (Takselen preparati kapesitabin bilan majmuada).
O'pkani mayda hujayrali bo'lmagan raki
o'pkani mahalliy-tarqalgan yoki metastatik mayda hujayrali bo'lmagan raki oldin o'tkazilgan kimyoviy davolash samarasiz bo'lganida (Takselen preparati bilan monoterapiya o'tkazilganida);
o'pkani rezektsiya qilib bo'lmaydigan mahalliy-tarqalgan yoki metastatik mayda hujayrali bo'lmagan raki (Takselen preparati tsisplatin bilan majmuada, Takselen preparati karboplatin bilan majmuada tsisplatinga asoslangan davolash uchun muqobil davolash varianti hisoblanadi, 1-chi qator davolash).
Tuxumdonlar raki
tuxumdonlarni metaastatik raki oldindan 1-chi qator davolash samarasiz bo'lganida (Takselen preparati bilan monoterapiya o'tkazilganida, 2-chi qator davolash).
Prostata bezi raki
prostata bezini metastatik kastrasion-rezistent raki (Takselen preparati prednizon yoki prednizolon bilan majmuada).
prostata bezini metastatik gormonga sezgir raki (Takselen preparati prednizon yoki prednizolon bilan birga yoki prednizon yoki prednizolonsiz o'tkaziladigan antiandrogen davolash (AAT) bilan majmuada).
Me'da raki (adenokarsinoma)
me'dani metastatik adenokarsinomasi, jumladan qizilo'ngach-me'da o'tish sohasini adenokarsinomasi (Takselen preparati tsisplatin va ftorurasil bilan majmuada, 1-chi qator davolash).
Bosh va bo'yin raki
bosh va bo'yinni mahalliy-tarqalgan yassi hujayrali rakini davolash (Takselen preparati tsisplatin va ftorurasil bilan majmuada, induktsion davolash) uchun qo'llanadi.
periferik qondagi neytrofillarning dastlabki miqdori <1500/mkl;
jigar funktsiyasini yaqqol ifodalangan buzilishlari;
homiladorlik va emizish davri;
18 yoshgacha bolalarda qo'llash mumkin emas.
Takselen preparati boshqa preparatlar bilan majmuada qo'llanganida ularni qo'llashga qarshi ko'rsatmalarni inobatga olish kerak.
Ehtiyotkorlik bilan
CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlari (masalan, ketokonazol, intrakonazol, klaritromisin, indinavir, nefazodon, nelfivarin, ritonavir, sakvinavir, telitromisin, vorikonazol) bilan bir vaqtda qo'llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak ("dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).
CYP3A izofermentlarini induktsiya qiluvchi yoki ingibitsiya qiluvchi, yoki CYP3A izofermentlari yordamida metabolizmga uchraydigan, Tsiklosporin, terfenadin, eritromisin va troleandomisin kabi preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak ("dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).
Dosetaksel CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llanganida Takselen preparatining nojo'ya samaralarini rivojlanish tezligi uning metabolizmini pasayishi oqibatida oshishi mumkin. 7 nafar pasient ishtirokida o'tkazilgan farmakokinetik tadqiqotda, dosetaksel va CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitori ketokonazolni bir vaqtda qo'llash dosetakselning klirensini ahamiyatli darajada (49% ga) kamayishiga olib kelgan. Agar CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlarini (ketokonazol, Itrakonazol, klaritromisin, indinavir, nefazodon, nelfinavir, ritonavir, sakvinavir, telitromisin va vorikonazol kabilar) birga qo'llashdan saqlanish imkoni bo'lmasa, u holda ushbu majmuani ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak ("ehtiyotkorlik bilan" bo'limiga qarang); bunda sinchkov klinik kuzatish va Takselen preparatining dozasiga tuzatish kiritish ehtimoli talab etiladi.
Prednizolon ta'sirida dosetakselning farmakokinetikasi prostata bezining metastatik raki bo'lgan bemorlarda o'rganilgan. Dosetaksel CYP3A4 izofermenti yordamida metabolizmga uchrashi, prednizolon esa CYP3A4 izofermentining induktori bo'lishiga qaramay, dosetakselning farmakokinetikasiga prednizolonning statistik ishonarli ta'siri kuzatilmagan.
Dosetaksel plazma oqsillari bilan yuqori darajada (>95%) bog'lanadi. In vitro sharoitida plazma oqsillari bilan mustahkam bog'lanadigan, eritromisin, difegidramin, propranolol, propafenon, fenitoin, salisilatlar, sulfametoksazol va natriy valproati kabi dori preparatlari dosetakselni plazma oqsillari bilan bog'lanishini izdan chiqarmaydi. Deksametazon ham shuningdek dosetakselni plazma oqsillari bilan bog'lanish darajasiga ta'sir qilmaydi.
Dosetaksel digitoksinni plazma oqsillari bilan bog'lanishiga ta'sir qilmaydi.
Dosetaksel, doksorubitsin va tsiklofosfamidning farmakokinetikasi ular birga qo'llanganida o'zgarmagan.
Dosetaksel va karboplatinni o'zaro ta'sir qilishi yuzasidan ma'lumotlar bor. Karboplatin va dosetaksel majmuasi qo'llanganida karboplatinning klirensi karboplatin bilan monoterapiyaga nisbatan 50% ga oshadi.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng qo'llanilmasin.
Takselen preparatini qabul qilayotgan barcha pasientlarda (prostata bezini raki bo'lgan pasientlardan tashqari, ular uchun premedikasiya bo'yicha tavsiyalarni quyida qarang) yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanishini oldini olish uchun, shuningdek suyuqlikni ushlanib qolishini kamaytirish maqsadida, glyukokortikosteroidlar bilan premedikasiya o'tkazishga qarshi ko'rsatmalar bo'lmaganida, Takselen preparatini yuborishdan 1 kun oldin deksametazonni ichga sutkada 16 mg dozada (8 mg dan sutkada
2 marta) 3 kun davomida qabul qilish tavsiya etiladi.
Prostata bezini metastatik kastrasion-rezistent raki bo'lgan, prednizon yoki prednizolon bilan yondosh davolanayotgan pasientlarda Takselen preparatini yuborishni boshlashdan 12 soat, 3 soat va 1 soat avval deksametazonning 8 mg dozasi bilan premedikasiya o'tkaziladi.
Prostata bezining metastatik gormonga sezgir raki bo'lgan pasientlarda prednizon yoki prednizolonni bir vaqtda qo'llashdan qat'iy nazar, Takselen preparatini yuborishni boshlashdan 12 soat, 3 soat va 1 soat avval ichga deksametazonning 8 mg dozasi bilan premedikasiya o'tkaziladi.
Gematologik toksiklikni rivojlanish havfini pasaytirish uchun granulositar koloniyalarni rag'batlantiruvchi faktor (g-KSF) profilaktik yuborish tavsiya etiladi. Takselen preparati 3 haftada 1 marta vena ichiga bir soatlik infuziya yo'li bilan yuboriladi.
Sut bezi raki (SBR)
Ad'yuvant davolash
Regionar limfa tugunlari shikastlangan operasiya qilish mumkin bo'lgan SBR va regionar limfa tugunlari shikastlanmagan operasiya qilish mumkin bo'lgan Sbrni ad'yuvant davolashda Takselen preparatining tavsiya etiladigan dozasi 75 mg/m2 ni tashkil etadi, doksorubitsin (50 mg/m2) va tsiklofosfamid (500 mg/m2) yuborilganidan so'ng 1 soatdan keyin har uch haftada (TAS sxemasi bo'yicha) yuboriladi. Umumiy 6 tsikl o'tkaziladi (shuningdek "kimyoviy davolashda dozaga tuzatish kiritish" ga qarang).
O'sma ekspressiyasi HER2 bo'lgan sut bezlarini operasiya qilina olinadigan raki bilan xastalangan pasientlarni ad'yuvant davolashda Takselen preparatining quyida ko'rsatilgan dozalari tavsiya etiladi:
AS tn sxemasi bo'yicha kimyoterapiya o'tkazish:
AS (1-4 tsikllar): doksorubitsin (A) 60 mg/m2 keyinchalik tsiklofosfamid (S) 600 mg/m2 har 3 haftada yuboriladi, 4 tsikl.
Tn (5-8 tsikllar): quyidagi sxemaga muvofiq har haftada yuboriladigan dosetaksel (T) 100 mg/m2 3 haftada 1 marta, 4 tsikl va Trastuzumab (N):
5 tsikl (AS ning oxirgi tsiklidan so'ng 3 haftadan keyin boshlanadi):
1 kun: Trastuzumab 4 mg/kg (yuklama dozasi),
2 kun: dosetaksel 100 mg/m2,
8 va 15 kunlar: Trastuzumab 2 mg/kg;
6-8 tsikllar:
1 kun: dosetaksel 100 mg/m2 va Trastuzumab 2 mg/kg,
8 va 15 kunlar: Trastuzumab 2 mg/kg;
8 tsiklning 1 kunidan keyin 3 hafta o'tgach: Trastuzumab 6 mg/kg har 3 haftada yuboriladi.
Trastuzumab umuman olganda 1 yil davomida yuboriladi.
Neoad'yuvant davolash
Sut bezlarini operasiya qilish mumkin bo'lgan va mahalliy-tarqalgan raki bo'lgan pasientlarni neoad'yuvant davolash uchun Takselen preparatining quyida ko'rsatilgan dozalarini qo'llash tavsiya etiladi:
AS (1-4 tsikllar): doksorubitsin (A) 60 mg/m2 keyinchalik tsiklofosfamid (S) 600 mg/m2 har 3 haftada yuboriladi, 4 tsikl.
T (5-8 tsikllar): dosetaksel (T) 100 mg/m2 3 haftada 1 marta, 4 tsikl.
Mahalliy-tarqalgan yoki metastatik SBR
Mahalliy-tarqalgan yoki metastatik SBR birinchi qator davolash sifatida dosetaksel
75 mg/m2 doksorubitsin 50 mg/m2 bilan majmuada yuboriladi; 2 qator davolash sifatida dosetakselning monoterapiya sifatidagi tavsiya etilgan dozasi 100 mg/m2 ni tashkil etadi.
Takselen preparati plyus Trastuzumab majmuasi uchun Takselen preparatining tavsiya etilgan dozasi 100 mg/m2 ni tashkil etadi, har haftada trastuzumabni yuborish bilan har
3 haftada yuboriladi. Dosetakselning vena ichiga dastlabki infuziyasi trastuzumabning dastlabki dozasi yuborilganidan so'ng keyingi kunida amalga oshiriladi. Dosetakselning navbatdagi dozalari trastuzumabning vena ichiga infuziyasi (trastuzumabning oldingi dozasi yaxshi o'zlashtirilganida) bevosita tugaganidan so'ng yuboriladi. Trastuzumabning dozalari va qo'llash usuli to'g'risidagi ma'lumotlarni olish uchun trastuzumabning tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasiga qarang.
Kapesitabin bilan majmuada qo'llanganida dosetakselning tavsiya etilgan dozasi 75 mg/m2 ni tashkil etadi, har 3 haftada yuboriladi, kapesitabinning dozasi – 1250 mg/m2 ni tashkil etadi, sutkada ikki marta ichga (ovqatdan keyin 30 minut davomida) 2 hafta davomida qabul qilinadi, keyinchalik bir hafta davomida dam olinadi. Kapesitabinning tana yuzasi maydoniga muvofiq hisoblash uchun kapesitabinning qo'llash bo'yicha yo'riqnomasiga qarang.
O'pkani mayda hujayrali bo'lmagan raki
Ilgari kimyoviy davolash olmagan pasientlarda quyidagi davolash sxemasi tavsiya etiladi: dosetaksel 75 mg/m2 yuboriladi, yuborilgandan so'ng o'sha zahoti tsisplatin 75 mg/m2 dozada 30-60 minut davomida yoki karboplatin (AUC 6 mg/ml/min) 30-60 minut davomida yuboriladi.
Platina preparatlari asosida o'tkazilgan kimyoviy davolash samarasiz bo'lganidan keyin davolash uchun dosetakselning 75 mg/m2 dozasi bilan monoterapiya o'tkazish tavsiya etiladi.
Prostata bezi raki
Prostata bezini metastatik kastrasion-rezistent raki
Prostata bezini metastatik kastrasion-rezistent raki bo'lgan pasientlarni davolash uchun Takselen preparatining tavsiya etilgan dozasi 75 mg/m2 ni tashkil etadi, uch haftada 1 marta yuboriladi. Prednizon yoki prednizolon ichga 5 mg dan sutkada 2 marta uzoq muddat qabul qilinadi.
Prostata bezini metastatik gormonga sezgir raki
Prostata bezini metastatik gormonga sezgir raki bo'lgan pasientlarni davolash uchun Takselen preparatining tavsiya etilgan dozasi 75 mg/m2 ni tashkil etadi, uch haftada
1 marta 6 kurs davomida yuboriladi. Prednizon yoki prednizolon ichga 10 mg dan har kuni uzoq muddat qabul qilinadi.
Tuxumdonlarni metastatik raki
Tuxumdonlar rakini 2-chi qator davolash uchun dosetakselni 100 mg/m2 dozada har 3 haftada monoterapiya sifatida qo'llash tavsiya etiladi.
Me'da raki (adenokarsinomasi)
Me'daning adenokarsinomasi bo'lgan pasientlarni davolash uchun Takselen preparatining tavsiya etilgan dozasi 75 mg/m2 ni tashkil etadi, vena ichiga bir soatlik infuziya ko'rinishida keyinchalik tsisplatin 75 mg/m2 dozada vena ichiga 1-3 soat davomida (har ikkala preparat har kimyoterapiya tsiklining faqat dastlabki kunida) yuboriladi. Tsisplatinni yuborish tugaganidan so'ng ftorurasilni sutkada 750 mg/m2 dozada vena ichiga 24-soatlik infuziya ko'rinishida 5 sutkada davomida yuboriladi. Davolash har 3 haftada takrorlanadi. Pasientlar tsisplatinni yuborish vaqtida qusishga qarshi preparatlar bilan premedikasiya qilinishi va adekvat gidratasiya olishlari lozim. Gematologik toksiklikni rivojlanish havfini kamaytirish uchun profilaktik maqsadda g-KSF yuborish ko'rsatilgan ("kimyoviy davolashda dozaga tuzatish kiritish" bo'limiga qarang).
Bosh va bo'yin raki
Pasientlar qusishga qarshi preparatlar bilan premedikasiya olishlari kerak, ularga muvofiq ravishda adekvat gidratasiya (tsisplatinni yuborishdan oldin va keyin) o'tkazish kerak. Neytropenik infektsiyalarni rivojlanishini oldini olish kerak. Takselen preparatini saqlovchi davolash sxemasi qo'llanilgan barcha pasientlar profilaktika maqsadida antibiotiklar oladilar.
Induktsion kimyoterapiya keyinchalik nur terapiyasi bilan birga
Bosh va bo'yinni mahalliy-tarqalgan operasiya qilish bo'lmaydigan yassi hujayrali rakini induktsion davolash uchun Takselen preparatining tavsiya etilgan dozasi 75 mg/m2 ni tashkil etadi, vena ichiga bir soatlik infuziya ko'rinishida keyinchalik tsisplatin 75 mg/m2 dozada 1 soat davomida yuboriladi (har ikkala preparat har kimyoterapiya tsiklining faqat dastlabki kunida yuboriladi). Shundan keyin ftorurasilni sutkada 750 mg/m2 dozada vena ichiga uzluksiz infuziya ko'rinishida 5 sutka davomida yuboriladi. Ushbu sxema 4 tsikl davomida har 3 haftada takrorlanadi. Kimyoviy davolashdan so'ng pasientlarni nur bilan davolash o'tkazilishi kerak.
Induktsion kimyoterapiya keyinchalik kimyonur terapiyasi bilan birga
Bosh va bo'yinni mahalliy-tarqalgan yassi hujayrali rakini induktsion davolash uchun (texnik jihatdan rezektsiya qilib bo'lmaydigan, jarrohlik yo'li bilan olib tashlash ehtimoli kam yoki a'zoni saqlash qolish maqsadida) Takselen preparatining tavsiya etilgan dozasi 75 mg/m2 ni tashkil etadi, vena ichiga bir soatlik infuziya ko'rinishida keyinchalik tsisplatin 100 mg/m2 dozada vena ichiga 0,5-3 soatlik infuziya ko'rinishida yuboriladi (har ikkala preparat har kimyoterapiya tsiklining faqat dastlabki kunida yuboriladi) va keyinchalik ftorurasil sutkada 1000 mg/m2 dozada vena ichiga uzluksiz infuziya ko'rinishida 1 dan 4 kungacha yuboriladi. Ushbu davolash sxemasi har 3 haftada takrorlanadi, hammasi bo'lib 3 tsikl o'tkaziladi. Kimyoviy davolash o'tkazilganidan so'ng pasientlarga kimyonur terapiyasi o'tkazilishi kerak. Tsisplatin va ftorurasilning dozalariga tuzatish kiritish yuzasidan ma'lumotlarni olish uchun ushbu preparatlarning qo'llash bo'yicha yo'riqnomalariga qarang.
Kimyoviy davolashda dozaga tuzatish kiritish
Umumiy qoidalar
Takselen preparati periferik qondagi neytrofillarning miqdori ≥ 1500/mkl bo'lganida yuborilishi kerak. Dosetaksel bilan davolanish fonida febril neytropeniya rivojlanganida, neytrofillarning miqdori bir haftadan ortiq muddat davomida <500/mkl pasayganida, yaqqol ifodalangan yoki kumulyativ (takroriy yuborishlarda kuchayadigan) teri reaktsiyalar, yoki yaqqol ifodalangan periferik neyropatiya rivojlanganida, uning dozasi navbatdagi yuborishlarda 100 mg/m2 dan 75 mg/m2 gacha yoki
75 mg/m2 dan 60 mg/m2 gacha pasaytirilishi kerak. Agar dosetaksel 60 mg/m2 dozada yuborilganida ham bunday reaktsiyalar saqlanib tursa, davolashni to'xtatish kerak.
SBR davolash uchun Takselen preparati kiritilgan majmuaviy davolash
Sut bezi rakini ad'yuvant davolash
Sut bezini raki bilan xastalangan, Takselen doksorubitsin va tsiklofosfamid bilan majmuada Takselen preparati bilan ad'yuvant davolash olayotgan (TAS sxemasi) ayol pasientlarga, birlamchi profilaktika maqsadida g-KSF yuborish tavsiya etiladi. Febril neytropeniya yoki neytropenik infektsiyani o'tkazgan ayol pasientlarga, navbatdagi barcha tsikllarda Takselen preparatining dozasini 60 mg/m2 gacha kamaytirish kerak. 3 yoki
4 og'irlik darajasidagi stomatit rivojlangan pasientlarga dosetakselning dozasini 60 mg/m2 gacha pasaytirish kerak.
Takselen preparati AS-T kimyoterapevtik sxemada
Sut bezining operasiya qilish mumkin bo'lmagan va mahalliy-tarqalgan rakida AS-T sxemasi bo'yicha neoad'yuvant davolash fonida febril neytropeniya yoki infektsiya epizodlaridan keyin navbatdagi barcha tsikllarda profilaktika maqsadida g-KSF qo'llash kerak, Takselen preparatining dozasi esa AS-T sxemada 100 mg/m2 dan 75 mg/m2 gacha pasaytirilishi kerak.
Takselen preparati AS-tn kimyoterapevtik sxemada
O'sma giperekspressiyasi NER2 bo'lgan sut bezining operasiya qilish mumkin bo'lgan rakida AS-tn sxemasi bo'yicha ad'yuvant davolash fonida febril neytropeniya yoki infektsiya epizodlaridan keyin navbatdagi barcha tsikllarda profilaktika maqsadida g-KSF qo'llash kerak, Takselen preparatining dozasi esa AS-tn sxemada 100 mg/m2 dan 75 mg/m2 gacha pasaytirilishi kerak.
Klinika amaliyotida kimyoterapiyaning dastlabki tsiklida neytropeniyani rivojlanishi kuzatilganligi tufayli, neytropeniya havf va hozirgi vaqtda umumiy tan olingan tavsiyalarni inobatga olish va zarurat bo'lganida g-KSF qo'llash kerak.
3 yoki 4 og'irlik darajasidagi stomatit rivojlanganida, Takselen preparatining dozasini esa AS-tn sxemada 100 mg/m2 dan 75 mg/m2 gacha pasaytirish kerak.
Trastuzumabning dozasiga tuzatish kiritish uchun trastuzumabni qo'llash bo'yicha yo'riqnomasidagi ma'lumotlarga qarang.
Takselen preparati kapesitabin bilan majmuada
Kapesitabin Takselen preparati bilan majmuada qo'llanganida uning dozasiga tuzatish kiritish uchun kapesitabinning tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasiga qarang.
Takselen preparati kapesitabin bilan majmuada qo'llanganida navbatdagi tsikl boshlangunicha saqlanib turadigan 2 darajadagi toksiklik dastlab paydo bo'lganida navbatdagi davolash tsikli toksiklik 0-1 darajagacha pasaygunigacha qoldirilishi mumkin, davolash tiklanganida 100% dastlabki boshlang'ich doza yuboriladi.
Istalgan davolash tsikli vaqtida 2 og'irlik darajasidagi toksiklikni takroriy rivojlanishi yoki 3 og'irlik darajasidagi toksiklikni dastlabki rivojlanishi bo'lgan pasientlarda davolash tsikli toksiklik 0-1 darajagacha pasaygunicha qoldiriladi, so'ngra Takselen preparati bilan davolash 55 mg/m2 dozasi bilan boshlanadi.
Toksiklikni har qanday navbatdagi rivojlanishida yoki 4 og'irlik darajasidagi toksiklik rivojlanganida Takselen preparatini yuborish to'xtatilishi kerak.
O'pkaning mayda hujayrali bo'lmagan rakida Taksalen preparati kiritilgan majmuaviy davolash
Takselen preparati tsisplatin yoki karboplatin bilan majmuada
Takselen preparatini dastlab 75 mg/m2 dozada tsisplatin yoki karboplatin bilan majmuada qabul qilgan va trombositlarning miqdori ilgarigi davolash tsiklida 25000/mkl gacha pasaygan (tsisplatin bilan majmuada) yoki 75/mkl gacha pasaygan (karboplatin bilan majmuada) pasientlarda, yoki febril neytropeniya rivojlangan pasientlarda, yoki og'ir nogematologik toksiklik bo'lgan pasientlarda, dosetakselning dozasi navbatdagi davolash tsikllarida 65 mg/m2 gacha pasaytirilishi kerak.
Tsisplatinning dozasiga tuzatish kiritish uchun tsisplatinning qo'llash bo'yicha yo'riqnomasiga qarang.
Me'da rakida yoki bosh va bo'yin rakida Takselen preparati tsisplatin va ftorurasil bilan majmuada
Takselen preparati tsisplatin va ftorurasil bilan majmuada, mavjud klinik tavsiyalarga muvofiq ravishda qabul qilayotgan pasientlar qusishga qarshi preparatlarni qabul qilishlari va adekvat gidratasiya olishlari kerak. Asoratlangan neytropeniya havfini kamaytirish uchun g-KSF qo'llash kerak.
Agar g-KSF qo'llashga qaramay, febril neytropeniya, davomli neytropeniya yoki neytropenik infektsiya epizodlari rivojlansa, Takselen preparatining dozasini 75 dan 60 mg/m2 gacha kamaytirish kerak. Asoratlangan neytropeniyani navbatdagi epizodlari rivojlanganida Takselen preparatining dozasini 60 mg/m2 dan 45 mg/m2 gacha kamaytirish tavsiya etilgan. 4 og'irlik darajasidagi trombositopeniya rivojlanganida Takselen preparatining dozasini 75 mg/m2 dan 60 mg/m2 gacha kamaytirish tavsiya etiladi. Dosetakselni qo'llash bilan o'tkaziladigan navbatdagi tsikllar neytrofillarning miqdori >1500/mkl va trombositlarning miqdori >100000/mkl bo'lganida mumkin. Ushbu toksik ko'rinishlar saqlanib turganida davolashni to'xtatish kerak.
Takselen preparatini tsisplatin va ftorurasil (Fu) bilan majmuada qabul qilayotgan pasientlarda toksiklik rivojlanganida tavsiya etilgan dozalar korrektsiyasi
Toksiklik |
Dozalash tartibiga tuzatish kiritish |
3 og'irlik darajasidagi diareya |
Dastlabki epizod: Funing dozasini 20% ga kamaytirish Takroriy epizod: Takselen preparatining dozasini 20% ga kamaytirish |
4 og'irlik darajasidagi diareya |
Dastlabki epizod: Takselen preparati va Funing dozasini 20% ga kamaytirish. Takroriy epizod: davolashni to'xtatish. |
3 og'irlik darajasidagi mukozit/ stomatit |
Dastlabki epizod: Funing dozasini 20% ga kamaytirish. Takroriy epizod: navbatdagi barcha tsikllarda faqat Funi qabul qilishni to'xtatish. Uchinchi epizod: Takselen preparatining dozasini 20% ga kamaytirish |
4 og'irlik darajasidagi mukozit/ stomatit |
Dastlabki epizod: navbatdagi barcha tsikllarda faqat Funi qabul qilishni to'xtatish. Takroriy epizod: Takselen preparatining dozasini 20% ga kamaytirish |
Tsisplatin va ftorurasilning dozasiga tuzatish kiritish bo'yicha tavsiyalarni olish uchun ularni qo'llash bo'yicha yo'riqnomalariga qarang.
Bosh va bo'yinni yassi hujayrali raki bo'lgan, asoratlangan neytropeniya (jumladan davomli neytropeniya, febril neytropeniya yoki infektsiya) rivojlangan pasientlarda, navbatdagi barcha tsikllarda profilaktika maqsadida g-KSF (masalan davolash tsiklining 1 kunidan 15 kunigacha) qo'llash tavsiya etiladi.
Pasientlarning maxsus guruhlari
Bolalar
Bolalarda Takselen preparatini qo'llash havfsizligi va samaradorligi o'rganilmagan. Bolalarda dosetakselni qo'llash tajribasi cheklangan. 1 oylikdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlarda burun xalqum rakida Takselen preparatini qo'llash havfsizligi va samaradorligi xanuzgacha aniqlanmagan. Takselen preparati bolalarda quyidagi ko'rsatmalar: sut bezi raki, o'pkani mayda hujayrali bo'lmagan raki, prostata bezi raki, me'da raki va bosh va bo'yin rakida qo'llanilmagan, kam differentsiasiyalangan burunxalqum raki (I va II turlari) bunday mustasno.
Keksa yoshdagi pasientlar
Populyasion farmakokinetik tahlil ma'lumotlaridan kelib chiqib, keksa yoshdagi shaxslarda Takselen preparatini qo'llash bo'yicha maxsus ko'rsatmalar yo'q.
60 yosh va undan oshgan pasientlarda Takselen preparati kapesitabin bilan majmuada qo'llanganida kapesitabinning dozasini 25% ga pasaytirish tavsiya etiladi (kapesitabinning qo'llash bo'yicha yo'riqnomasiga qarang).
Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlar
Alt va/yoki Astning faolligi Nyuchdan >1,5 yoki ishqoriy fosfatazaning faolligi Nyuchdan >2,5 bo'lgan pasientlarda Takselen preparati 100 mg/m2 dozada monoterapiya sifatida qo'llashda olingan farmakokinetik ma'lumotlardan kelib chiqib, Takselen preparatining tavsiya etilgan dozasi 75 mg/m2 ni tashkil etadi. Qondagi bilirubinning kontsentrasiyasi (NYUCH >1) yuqori bo'lgan va/yoki Alt va Astning faolligini (NYUCH >3,5) oshishi bilan ishqoriy fosfatazaning faolligi (NYUCH >6) yuqori bo'lgan pasientlarga dosetakselning dozasini pasaytirish tavsiya etilmasligi mumkin va qat'iy ko'rsatmalar bo'lmaganida qo'llash mumkin emas.
Me'da raki bo'lgan pasientlarni davolashda Takselen preparatini tsisplatin va ftorurasil bilan majmuasi ishqoriy fosfatazaning faolligini (NYUCH >2.5) oshishi va qondagi bilirubinning kontsentrasiyasini (NYUCH >1) oshishi bilan birga Alt va/yoki ast larning faolligini (NYUCH >1,5) oshishi kuzatilgan pasientlarda qo'llanilmagan.
Bunday pasientlarda dozani pasaytirish tavsiya etilmasligi mumkin va qat'iy ko'rsatmalar bo'lmaganida dosetakselni qo'llash mumkin emas.
Xozirgi vaqtda jigar funktsiyasini buzilishlari bo'lgan bemorlarda Takselen preparatini boshqa preparatlar bilan majmuada qo'llashga nisbatan ma'lumotlar yo'q.
Takselen preparati jigar funktsiyasini buzilishlari bo'lgan pasientlarda qo'llanganida yordamchi modda sifatida etanol borligini hisobga olish kerak ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
Buyrak funktsiyasini buzilishlari bo'lgan pasientlar
Buyrak funktsiyasini og'ir buzilishlari bo'lgan pasientlarda Takselen preparatini qo'llash bo'yicha ma'lumotlar yo'q.
Infuzion eritmani tayyorlash
Infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kontsentrat (20 mg/1,0 ml): flakondagi moddaning xaqiqiy miqdori 23,0 mg/1,15 ml bo'ladi, bu ko'piklanish, flakonning devoriga adgeziyasi va "o'lik bo'shliq"ni borligi sabab bo'ladigan, oldindan aralashgan eritmani tayyorlashda suyuqlikni yo'qolishini kompensasiya qilish imkonini beradi. Shunday qilib, flakondagi preparatning ortiqcha miqdori, infuzion eritma tayyorlanganidan so'ng dori preparatining dozasi 20 mg ga (flakonning yorlig'ida ko'rsatilgan doza) to'g'ri kelishini kafolatlaydi.
Infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kontsentrat 40 mg/1 ml: flakondagi moddaning xaqiqiy miqdori 46,0 mg/1,15 ml bo'ladi, bu ko'piklanish, flakonning devoriga adgeziyasi va "o'lik bo'shliq"ni borligi sabab bo'ladigan, oldindan aralashgan eritmani tayyorlashda suyuqlikni yo'qolishini kompensasiya qilish imkonini beradi. Shunday qilib, flakondagi preparatning ortiqcha miqdori, infuzion eritma tayyorlanganidan so'ng dori preparatining dozasi 40 mg ga (flakonning yorlig'ida ko'rsatilgan doza) to'g'ri kelishini kafolatlaydi.
Vena ichiga bitta infuziyani o'tkazishda dosetaksel infuzion eritmani tayyorlash uchun kontsentrat (20 mg/0,5 ml va 80 mg/2 ml) preparatining ikkita flakonda chiqariladigan dori shakllarini (kontsentrat va erituvchi), dosetaksel infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kontsentrat (20 mg/ml va 40 mg/ml) preparatining bitta flakonda chiqariladigan shakllari bilan birga qo'llash mumkin emas.
Infuziya uchun eritma tayyorlash
Takselen infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kontsentrat preparatining bitta flakonda chiqariladigan shaklini oldindan erituvchi bilan suyultirish shart emas va u infuzion eritmaga qo'shish uchun tayyor.
Har bir flakon bir marta qo'llash uchun mo'ljallangan va darhol qo'llanilishi kerak.
Agar preparatli flakonlar sovutgichda saqlangan bo'lsa, u holda ularni suyultirishdan avval xona xaroratida (25oS dan past) 5 minut davomida ushlab turish lozim.
Takselen preparatining infuzion eritma tayyorlash uchun kontsentratining talab etilgan dozasiga 20 mg/ ml i 40 mg/ ml muvofiq kerakli hajmi 250 ml 5% li dekstroza eritmasi yoki 0,9% li natriy xloridi eritmasini saqlovchi flakonga yoki infuziya uchun qopchaga qo'shiladi (kontsentrat infuzion eritmali sig'imga barcha kerakli dozasini bir marta yuborish yo'li bilan amalga oshiriladi). Agar dosetakselning talab etiladigan dozasi
200 mg dan oshsa, u holda dosetakselning kontsentrasiyasi 0,74 mg/ml oshmasligi uchun infuziya uchun eritmaning katta hajmida suyultirish kerak.
Infuziya uchun qopcha yoki flakonning ichidagi eritmani aylantiruvchi harakatlar yordamida aralashtirish kerak. Tayyorlangan eritmani infuziyasi xona xaroratida (25oS dan past) va odatdagi yoritilgan sharoitlarda saqlanganida tayyorlangandan so'ng uzog'i bilan 4 soat ichida (shu j
";s:4:"TYPE";s:4:"HTMLDavolash: hozirgi vaqtda dosetakselning antidoti ma'lum emas. Preparatning dozasi oshirib yuborilganida bemorni ixtisoslashtirilgan bo'limga gospitalizasiya qilish va hayotiy muhim a'zolarning funktsiyasini yaxshilab nazorat qilish kerak. Bemorlarga, imkon qadar tez g-KSF buyurish kerak. Zarurat bo'lganida – simptomatik davolash o'tkaziladi.