TREPTOVELLUM kapsulalar N20

TREPTOVELLUM kapsulalar N20 qo'llanmasi
Saqlash shartlari
Quruq, yorugʼlikdan himoyalangan joyda, 25 °C dan yuqori boʼlmagan xaroratda saqlansin.
Sotish shartlari
Retseptsiz beriladi.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
1 kapsula tarkibi:
faol moddalar: 5-gidroksitriptofan – 100,0 mg; Qulmoq ekstrakti – 20,0 mg; Dalachoy oʼti ekstrakti – 20,0 mg; Vitamin V6 – 10,0 mg.
yordamchi moddalar: magniy stearati, makkajoʼxori kraxmal.
Chiqarilish shakli:
Kapsulalar 0,5 g dan № 20
Nojo'ya samaralari
Odatda Treptovellum yaxshi oʼzlashtiriladi. Kamdan-kam holatlarda kungil aynish, bosh ogʼrigʼi, allergik reaktsiyalar boʼlishi mumkin. Oʼzgarishlar paydo boʼlganda, qabul qilishni toʼxtatib, shifokorga murojaat qilish kerak.
Maxsus saqlash sharoitlari
BFQ. Dori vositasi emas!
Bolalar qoʼli yetmaydigan joyda saqlang.
Tavsiya etilgan dozalarni oshirmang.
Ishlatishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi
Qo'llanilishi
- Treptovellum organizmga stress taʼsirini kamaytirish, stressga chidamlilikni oshirish va tashqi taʼsirlarga reaktsiyani adaptatsiya qilish uchun qoʼllaniladi. Treptovellum emotsional holat va kayfiyatni yaxshilaydi, xavotir va tashvish, asabiylik va agressivlikni kamaytiradi.Treptovellum yengil va oʼrta darajadagi depressiya holatlarida, xavotir-voxima bilan birga boʼlganida (shuningdek, klimaks sindromi, ob-havo oʼzgarishi va boshqalar bilan bogʼliq holatlarda) qoʼllaniladi.
- Treptovellum uyqu sifati va davomiyligini yaxshilashga yordam beradi, uyqu va hushyorlik holatini meʼyorlashtiradi.
- Vakt zonalari oʼzgarishini yengilroq koʼtarishga yordam beradi, adaptatsiya qilishga yordam beradi.
- Ishtaxani meʼyorlashda, ovqatlanish odatlarini normallashtirishga yordam beradi, shirinlik va non maxsulotlariga boʼlgan ishtiyoqni kamaytiradi, erta toʼyimlik hissini shakllantirishi mumkin, ortikcha vaznni davolash kompleksida ishlatiladi.
- Zararli moddalarga (spirtli ichimliklar, tamaki va boshqa moddalar) boʼlgan ishtiyoqni kamaytiradi.
- Baʼzi ogʼriq sindromlarida (mushak spazmlari, fibromialgiya), uzoq davom etuvchi bosh ogʼrigʼi va migren bosh ogʼriqlari holatlarida simptomlarni yengillashtiradi.
- Treptovellum energiya bilan taʼminlaydi, kunduzgi faollikni oshiradi, ish qobiliyatini oshiradi. 5-gidroksitriptofan tadqiqotlarida depressiyani davolashda platsebo bilan solishtirganda katta samara berishini
koʼrsatdi, chunki beta-endorfinlarning chiqarilishini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, Parkinson kasalligi simptomlarini yengillashtirish uchun parkinsonizmga qarshi preparatlar bilan birgalikda qoʼllaniladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Komponentlarga ortiqcha sezuvchanlik, homiladorlik, sut emizish davri.
Dozirovkasi
Ichga qabul qilinadi.
Kattalar – kuniga 1 kapsuladan 1-2 maxal ovqatdan keyin, kunning vaqtidan qatʼi nazar.
Аgar zarur boʼlsa, dozani kuniga 4 ta kapsulagacha oshirish mumkin. Qabul qilish muddati – kamida 20 kun.
Аgar zarur boʼlsa, qabul qilishni 12 haftagacha davom ettirish mumkin.
Аyollar uchun PMS simptomlarini bartaraf etish va klimaks davrida 5-6 ta kurs tavsiya etilgan.
Xususiyatlari
5-gidroksitriptofan (5-HTP) serotonin neyrotransmitterining prekursori hisoblanadi. 5-HTP asab tizimi uchun va metabolik jarayonlarda muhim rol oʼynaydi. U depressiya, xovotir va panika holatlari, uyqusizlik, mioklonus va boshqa kasalliklar bilan kurashishda yordam berishi mumkin. 5-NTR almashtirib boʼlmaydigan aminokislotalar qatoriga kiradi, demak organizmda sintezlanmaydi. Shuning uchun uni yetarli miqdorda ovqat yoki BАDlar orqali organizm kabul kilish kerak.
5-gidroksitriptofan — dori emas, tabiiy antidepressant boʼlib, serotonin (xursandchilik, ijobiy kayfiyat neyromediatori) va melatonin (uyqu va kunduzgi bioritmlarning tartibga soluvchisi) sintezini ragʼbatlantiradi.
5-gidroksitriptofanning antidepressiv taʼsirini oʼrganish boʼyicha 108 klinik tadqiqotning meta-analiz natijalari koʼrsatishicha, 95% holatlarda yaxshi natija berdi, bu natija formalizatsiyalangan soʼrovnomalarga asosan
aniqlandi. Qoʼshimcha ravishda 5-gidroksitriptofan qabul qilinganda, toʼyinganlik hissi ertarok paydo buladi va shu tariqa, isteʼmol qilinayotgan ovqat miqdorini, shirinliklarga bulgan extiekni kamaytirishda va sogʼlom ovqatlanish odatlarini shakllantirishda yordam beradi. Vitamin V6 bilan birga, u endorfinlar sintezini ragbatlantiradi, bu PMS vaqtida ogʼriq va noqulayliklar sezishni kamaytirishga masʼuldir.
Qulmoq ekstrakti - bu oʼsimlikning davolash xususiyatlari qadim zamonlardan maʼlum. U koʼplab foydalimoddalarni oʼzida mujassamlagan: efir moylari, glikozid, lupulin, xolin, karotin, gumulen, shuningdek, VR, S, V1, V3 va V6 vitaminlari, makro va mikroelementlar: kaliy, alyuminiy, marganets, bor, kalьtsiy, yod, sink va mis va boshqalar.
Qulmoqni yengil uyqusizlik, ogʼriqni bosish, kon-tomirlarni mustahkamlash, modda almashuv jarayonlarini meʼyorlashda va sedativ vosita sifatida qabul qilishadi. Tinchlantiruvchi vosita sifatida qulmoq, nevroz va yuqori
darajadagi xavotirlik terapiyasida ishlatishadi. Nerv tizimiga ijobiy taʼsir koʼrsatib, qulmoq nerv tolalarini relaksatsiya qiladi, nerv impulslarining sogʼlom uzatilishini tiklaydi. Qulmoq ekstrakti taʼsirida bosh miya va yurak mushaklarida qon aylanishi yaxshlanadi, qon-tomirlari devorlari elastik boʼladi va tonusi tiklanadi. Qulmoq ayol organizmiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Yevropaning xalqaro tibbiy jamiyat jurnali Maturitas da chop etilgan tadqiqot natijalariga koʼra, qulmoq ekstrakti nevrologik simptomlar bilan bogʼliq diskomfortni kamaytirib,
ayollarda klimaks davrida «qizish» hurujlarini kamaytiradi. Qulmoqning foydali xususiyatlari ayol organizmini faqat klimaks davrida emas, balki menstrual ogʼriqlarni yengillashtirish, mushak spazmlarini yoʼqotish uchun ham tavsiya etiladi. Qulmoq flavonoidlari uglevodlar parchalanishini sekinlashtirish qobiliyatiga ega boʼlib, qondaglyukoza, insulin va triglitseridlarni mikdorini tartibga soladi, modda almashinuv jarayonlarini kuchaytirish va lipolizni stimullashtirishda yordam beradi.
Dalachoy – bu antidepressant faoliyatiga ega boʼlgan fitomaxsulot. Dalachoyni davolash kuchini rasmiy tibbiyotda ham qadrlashadi. Dalachoy oʼti oʼzida asosan giperitsin, flavonoidlar, kvertsitin, rutina, efir moylprivaboshqamoddalarni qamrab oladi. U yengil antidepressant taʼsiriga ega (tushkunlikga tushish va apatiyani bartaraf etadi). Koʼplab tadqiqotlar natijasida shunga ishonch keltirilganki, dalachoy oʼti preparatlari bilan depressiyani davolash natijalari sintetik antidepressantlardan olingan natijalar bilan tenglashadi. Ushbu
oʼsimlikning aktiv moddalarining serotonin va boshqa neyrotransmitterlarning qayta oʼtkazilishini ingibitsiya qilish qobiliyatiga ega, shuningdek, GАMK va dopamin ishlashini meʼyorlashtirib, melatonin ishlab chiqarishini kuchaytiradi.
Dalachoy sedativ va anksiolitik taʼsir koʼrsatadi, xavotir–voxima, shuningdek, vegetativ barqarorlashtiruvchi taʼsirga ega (yurak urishni va arterial bosimning normallashtiradi). Organizmni tetiklashtiradi, psixik va jismoniy faollikni oshiradi, surunkali charchok sindromini kamaytiradi. Аngioprotektor taʼsiriga ega – oʼsimlikning komponentlari qon-tomirlari devorlarini mustahkamlab, tomirlarning tonusini oshiradi, bu esa qon aylanishini yaxshilashga, ichki aʼzolarning qon bilan taʼminlanishini yaxshilashga yordam beradi, shuning uchun dalachoy oʼti kardiologik va diabetik fitochoylarga kiradi. Dalachoy oʼti spazmolitik taʼsirga ega – mushak spazmlarini kamaytiradi, shuningdek, oshkozon-ichak tizimidagi spazmlarni bartaraf etadi, ichakning kinetik funktsiyasini normallashtiradi. Dalachoy oʼti neyroprotektiv xususiyatlarga ega, shuningdek, 5-gidroksitriptofan kabi, spirtli ichimliklarga ishtiyoqni kamaytiradi.
«B» - vitaminlar guruhi – modda almashinuv jarayonlarida muhim rolь uynaydi, shu jumladan energiya ishlab chiqarishda, agar hujayralarda yetarli mikdorda energiya boʼlsa, kayfiyat va faollik oʼz-oʼzidan oshadi. Vitamin V6
tabiiy yoʼl bilan sintezlanmaydi, shuning uchun uni ovqat orqali kabul kilish kerak. Piridoksin proteinlar, uglevodlar va yogʼlarni parchalayotgan jarayonlarda, gomotsistein mikdorinii normallashtirishda, immun tizimining faoliyati va miya sogʼligini saqlashda ishtirok etadi.
Piridoksin DNK, RNK, neyrotransmitterlar, aminokislotalar sintezida ishtirok etadi, uning yetishmuvchiligi nervlarning zararlanishiga (neyropatiya), entsefalopatiya, ongning boshqarilishidagi buzilishlarga, uyqusizlikka, asabiylikka, apatiyaga, tashvishga, mushak spazmlariga olib kelishi mumkin, shuningdek, ovqat xazm kilish tizimining faoliyati buziladi.
Piridoksin nerv tizimining intoksikatsiyasini profilaktika va davolashda qoʼllaniladi, shu jumladan tutkanok, etilenglikol bilan zaharlanish holatlarida. Vitamin V6 hujayralar orasidagi maʼlumotning uzatilishini
yengillashtiradi, kognitiv funktsiyani oshiradi. U «yaxshi kayfiyat gormonlari» (serotonin, noradrenalin, GАMK) ishlab chiqarishga ijobiy taʼsir koʼrsatadi, shuningdek, ayollarda PMS va klimaks davrida holatni yengillashtiradi.
Yaroqlilik muddati (oy)
24 oy.
Yaroqlilik muddati tugaganidan keyin preparatni qoʼllash mumkin emas.






