NEYRO KENTRONUM
NEYRO KENTRONUM chiqarilish shakllari
NEYRO KENTRONUM haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Komponentlarga yuqori sezuvchanlik.
Maxsus ko‘rsatmalari
BFQ. Dori vositasi emas!
Xomiladorlik va emizish davrida qullanishi.
Qoʼllash faqat shifokor tavsiyasi bilan mumkin, agar ona uchun kutilgan foyda bola/xomila uchun extimoliy xavfdan ustun boʼlsa. Hayvonlarda oʼtkazilgan tadqiqotlar teratogen taʼsir koʼrsatmagan boʼlsa-da, mahsulotni shifokor nazorati ostida koʼllash tavsiya etiladi.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Tavsiya etilgan dozalar oshirilmasin.
Ishlatishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Ichga qabul qilinadi.
Kattalar: kuniga 1 marta 1-2 kapsuladan; bolalar 6 yoshdan boshlab kuniga 1 marta 1 kapsuladan buyuriladi. Ovqatdan oldin yoki keyin qabul qilinishi mumkin.
Davolash kursi kamida 10 kun. Agar koʼrsatmalar mavjud boʼlsa, preparat 20 kungacha uzaytirilishi mumkin.
Agar kerak boʼlsa, shifokor tavsiyasiga binoan kursni takrorlash mumkin.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













