VAMELAN kapsulalar N30

VAMELAN kapsulalar N30 qo'llanmasi
Farmakologik ta'siri
Vamelan - sedativ ta'sirga ega majmuaviy fitopreparat. Uning tarkibiga uchta komponent - dorivor o'simliklar ekstraktlari: valeriana, yalpiz va melissa kiradi.
Valeriana ekstrakti sedativ xususiyatlarga ega, ruhiy toliqish va nevrasteniyaga xos bo'lgan taranglik va asabiylashishni kamaytiradi. Uyqusizlikda normal uyquni tiklaydi. Spazmolitik ta'sir ko'rsatadi.
Yalpiz ekstrakti oshqozon-ichak trakti silliq mushaklariga spazmolitik ta'sir ko'rsatadi, shuningdek o't haydovchi va karminativ ta'sirga ega, engil uyqusizlikda samarali.
Melissa ekstrakti efir moylari mavjudligi tufayli o'ziga xos yoqimli hid va ta'mga ega. Melissa efir moylari og'riq va tirishishlarni bartaraf etadi. Ushbu xususiyati tufayli melissa sanchiqlarda spazmolitik, og'riq qoldiruvchi vosita sifatida keng qo'llaniladi. Melissa efir moylari shuningdek tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi, nevrasteniya bilan og'rigan bemorlarda tez-tez pasaygan ishtahani oshiradi.
Nojo'ya samaralari
Kam hollarda: allergik reaksiyalar, holsizlik.
Uzoq muddat qo'llanilganda – qabziyat.
Maxsus saqlash sharoitlari
Vamelan preparatini qo'llash davomiyligi cheklanmagan. Preparat bekor qilinganda abstinensiya sindromi rivojlanmaydi.
Preparat uyqu buzilishi va asab qo'zg'aluvchanligining yengil shakllarida qo'llaniladi.
Davolash davrida avtotransportni boshqarishda va yuqori diqqatni jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- 12 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Vamelan bir vaqtda qo'llanilganda markaziy asab tizimiga susaytiruvchi ta'sir ko'rsatadigan preparatlar ta'sirini kuchaytiradi.
Dozirovkasi
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga odatda 1-2 kapsuladan kuniga 2-3 marta buyuriladi.
Uyqusizlikda preparat dozasi 1-2 kapsulani uyqudan bir-ikki soat oldin tashkil qiladi.
VAMELAN kapsulalar N30 o'xshash dorilari







