Ташкент
logo
SavatKirish

VRAGGLIST PLYUS tabletkalari 400mg N1

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
ATX kodi:P02
Barcha VRAGGLIST dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

VRAGGLIST PLYUS tabletkalari 400mg N1 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

1 chaynash uchun tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: Ivermektin – 6 mg, albendazol – 400 mg;

yordamchi moddalar: mannitol, laktoza monogidrati, aspartam, sariq Sanset Supra, natriy laurilsulfati, makkajo'xori kraxmali, kolloid kremniy dioksidi, natriy kraxmalglikolyati A turi, mikrokristall tsellyuloza, apelsin aromatizatori, magniy stearati, tozalangan suv.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

1 tabletkadan alyumin folga va PVX blisterda. Har bir blister qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Farmakodinamikasi

Vragglist plyus chaynash uchun tabletkalar – Ivermektin va albendazolning majmuasidir; Strongyloides, Filariasis va Morgellons tomonidan chaqirilgan ichak, ektoparazitar va tizimli infektsiyalarni davolash uchun buyuriladigan keng ta'sir doirasiga ega bo'lgan parazitlarga qarshi ikkita preparat.

Ivermektin yarim sintetik, gelmintlarga qarshi vosita. Streptomyces avermitilis bakteriyalarning hayot faoliyatini mahsuloti hisoblangan avermektinlar asosidagi preparatlarga qiradi. Avermektinlar kuchli, parazitlarga qarshi kuchli vositalar hisoblanadi. Ivermektin eng ko'p qo'llanadigan avermektindir. Ichga qabul qilish uchun keng ta'sir doirasiga ega bo'lgan parazitlarga qarshi vositadir. U ba'zida odamlarda onxoserkoz (duduqlik) ni davolash uchun ishlatiladi. 22,23-digidroavermektin V1a (taxminan 90% va undan ortiq) va 22,23-digidroavermektin V1b (10% dan kam) ning aralashmasidir. Preparat parazitlarda nerv impulslarini o'tishini izdan chiqarib, muvofiq sinapslarda GAMK-ergik tormozlanishni chaqiradi, bu ularni falajiga hamda ularni nobud bo'lishiga olib keladi. Shuningdek xalqumning mushak hujayralaridagi Cl-bog'liq kanallarni ochib, uning mushaklarini bo'shashtiradi, buning oqibatida gelmintni oziqlanishi mumkin bo'lmay qoladi. Parazitlarning urg'ochilarida mikrofillyariylarni shikastlanishi va degenerasiyasi hisobiga embriogenezni buzadi.

Albendazol – benzidimazol karbomati guruhiga mansub bo'lgan protozoylarga qarshi va gelmintlarga qarshi preparat. Preparat ham ichak, ham to'qimalardagi tuxum, lichinka va etuk gelmintlar shaklidagi parazitlarga ta'sir qiladi. Albendazolning antigelmint ta'siri tubulinni polimerizasiyasini susayishi bilan ifodalanadi, bu gelmintlarning metabolizmini buzilishiga va ularni nobud bo'lishiga olib keladi.

Farmakokinetikasi

Ivermektin

So'rilishi. Ivermektinni so'rilishi rozatseaning papulopustulyoz shaklini og'ir darajasi bilan xastalangan, yo'l qo'yiladigan maksimal dozani qabul qilgan katta yoshdagi pasientlar ishtirok etgan klinik tadqiqotda baholangan. Muvozanat holatida (2 haftalik davolashdan keyin) qon plazmasida ivermektinning eng yuqori o'rtacha ((± standart siljish) kontsentrasiyasi qabul qilingandan so'ng 10 ± 8 soat davomida kuzatilgan, (SMax – 2,1 ± 1 ng/ml, diapazon – 0,7-4 ng/ml), eng yuqori o'rtacha (± standart siljish) AUC0-24 – 36 ± 16 ng·soat/ml, diapazon – 14-75 ng·soat/ml ni tashkil etgan. Ivermektin tizimli ekspozisiyasiga muvozanat holati sharoitlarida davolashning ikkinchi haftasi oxirida platoga erishgan. Klinik tadqiqotlarning III fazasida uzoq muddat davolanganda ivermektinning tizimli ekspozisiyasi ko'rsatkichi ikki haftalik davolashdan keyingi ko'rsatkich bilan o'xshash bo'lgan. Css sharoitlarida ivermektinning tizimli ekspozisiyasi (AUC0-24 – 36±16 ng·soat/ml), 6 mg Ivermektin sog'lom ko'ngillilar tomonidan ichga bir marta qabul qilingandagi ko'rsatgichga nisbatan (AUC0-24 – 134±66 ng·soat/ml) past bo'lgan.

Taqsimlanishi. In vitro sharoitlarida o'tkazilgan tadqiqotlar, ivermektinni plazma oqsillari (asosan albumin) bilan bog'lanishi 99% ni tashkil etishini ko'rsatgan. Ivermektinni eritrositlar bilan ahamiyatli bog'lanishi kuzatilmagan.

Metabolizmi. In vitro sharoitlarida, jigar mikrosomalari, va CYP450 rekombinant fermentlari ishtirokida o'tkazilgan tadqiqotlarda, Ivermektin asosan CYP3A4 izofermenti hisobiga metabolizmga uchrashi aniqlangan.

Albendazol

Peroral qabul qilinganida albendazol sust (5% dan kam) so'riladi. Agar preparat preparatning dozasi yog'li ovqat bilan qabul qilinsa, uning tizimli ta'siri oshadi, bunda preparatning so'rilishi 5 marta oshadi. Jigarda birinchi marta o'tganida tez metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti – to'qima infektsiyalarini davolashda asosiy faol modda hisoblangan albendazol sulfat hisoblanadi. Yarim chiqarilish davri 8,5 soatni tashkil etadi. Albendazol sulfat va uning metabolitlari asosan safro bilan chiqariladi, katta bo'lmagan qismigina – siydik bilan chiqariladi. Preparat yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llanganida uni tsistalardan eliminasiyasi bir necha hafta davom etishi aniqlangan.

Nojo'ya samaralari

Preparat yaxshi o'zlashtiriladi, biroq kam hollarda bosh og'rig'i, bosh aylanishi, umumiy holsizlik va uyquchanlik, xushdan ketishlar, harakatlar koordinasiyasini pasayishi, ko'ngil aynishi, qusish, diareya kuzatiladi. Juda kam hollarda ko'rish o'tkirligini pasayishi va limfa tugunlarini kattalashishi kuzatilgan.


Maxsus saqlash sharoitlari

Homiladorlikning erta muddatlarida preparatni qo'llashdan saqlanish maqsadida, reproduktiv yoshdagi ayollarni hayz ko'rish tsiklidan keyin birinchi haftada yoki homiladorlikni aniqlash sinamasi manfiy bo'lganidan keyin davolash kerak. Preparat bilan davolanish vaqtida va u bekor qilinganidan so'ng bir oy davomida samarali kontratseptiv vositalarni qo'llash kerakligi xaqida pasientlarni ogohlantirish kerak.

Gematoentsefalik to'siqning o'tkazuvchanligi buzilishi mumkin bo'lgan pasientlarga, masalan meningitda yoki uyqu kasalligida preparatni yuborish mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi

Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida, yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarni davolash uchun qo'llash mumkin emas.

Bolalar

Preparatni 2 yoshgacha bo'lgan bolalarni davolash uchun qo'llash mumkin emas.

Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish hususiyati

Bosh aylanishi kabi nojo'ya reaktsiyalar ehtimoli borligini hisobga olib, preparatni qo'llash davrida avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish tavsiya etiladi.

Qo'llanilishi

Vragglist plyus tabletkalari ichak va boshqa to'qimalarni Glistlar va parazitlardan tozalash uchun buyuriladi. Preparat ipsimon nematoda, ostrisalar, askaridalar, vlasoglav, lentasimon gijjalar va ankilostomalarni davolashda samaralidir. Preparat ham etuk parazitlarni, ham tuxumlari va lichinkalarini nobud qiladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga o'ta yuqori sezuvchanlik, ko'z to'r pardasini shikastlanishi; dori vositalari oqibatidagi agranulositoz (anamnezida); buyrak va jigar etishmovchiligi; immun tizimini susayishi; astma va meningit; 2 yoshgacha bo'lgan bolalar; homiladorlik va laktasiya davrida qo'llash mumkin emas. Rejalashtirilayotgan homiladorlikdan oldin bitta hayz ko'rish tsikliga teng davomiylikda qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Ivermektin

Ivermektin qonda varfarinning darajasini oshirishi mumkin, shunigg uchun preparatlarni bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish yoki dozasiga tuzatish kiritish kerak. Ivermektin boshqa ingibitorlar bilan birga qo'llanganida gematoentsefalik to'siqdan o'tish havfi mavjud, bu holat jiddiy nojo'ya samaralarga olib keladi.

Ivermektin GAMK-ergik faollikni oshirishi mumkinligi tufayli, uni o'xshash samaralarga ega bo'lgan boshqa preparatlar, masalan, barbituratlar, benzodiazepinlar va valproat kislotasi bilan birga qo'llashdan saqlangan afzal.

Albendazol

Tsimetidin Prazikvantel va deksametazon albendazolning metabolitlarini plazmadagi darajasini oshiradi, bu preparatning tizimli faolligi uchun javob beradi, muvofiq ravishda uning dozasini oshirib yuborilishiga olib kelishi mumkin.

Ritonavir, fenitoin, karbamazepin va fenobarbital preparatning faol metabolitini plazmadagi kontsentrasiyasini kamaytirishi mumkin. Buni klinik ahamiyati noma'lum, biroq ayniqsa tizimli gelmintli infektsiyalarni davolashda samaradorligi kamayishi mumkin. Pasientlarni davolash samaradorligini nazorat qilish kerak, muqobil dozalash tartibi va davolash talab etilishi mumkin.

Preparat teofillin bilan bir vaqtda qo'llanganida qonda teofillinning darajasini nazorat qilish kerak.

Agar preparatning dozasi yog'li ovqat bilan qabul qilinsa, tizimli ta'siri kuchayadi, bu preparatning so'rilishini 5 barobar oshiradi.

Preparat spirtli ichimliklar bilan bir vaqtda qabul qilinganida disulfiramsimon ko'rinishlar kuzatiladi.

Vragglist plyus qon yaratilishiga ta'sir qiluvchi preparatlar bilan qo'llanganida ehtiyotkorlik talab etiladi.

Preparat kumarinsimon antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida protrombin vaqti uzayishi mumkin, shuning uchun peroral antikoagulyantning dozasiga tuzatish kiritish kerak. Vragglist plyus qonda fenitoinning darajasini oshiradi, shuning uchun ular bir vaqtda qo'llanganida qonda fenitoinning darajasini nazorat qilish kerak.

Preparatni tetraxlormetan, tetraxloretilen, xenopodiya moyi, xloroform yoki efir kabi lipofil preparatlari bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas, chunki uning toksikligi kuchayishi mumkin.

Ta'rifi

to'q sariq rangli, bir tomonida o'yiqchasi va boshqa tomoni silliq bo'lgan kapsula shakldagi tabletkalar.

Dozirovkasi

Vragglist plyus tabletkalari ichak va boshqa to'qimalarni Glistlar va parazitlardan tozalash uchun buyuriladi. Preparat ipsimon nematoda, ostrisalar, askaridalar, vlasoglav, lentasimon gijjalar va ankilostomalarni davolashda samaralidir. Preparat ham etuk parazitlarni, ham tuxumlari va lichinkalarini nobud qiladi.

  

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, uyquni buzilishi, ko'rishni buzilishi, ko'rish gallyusinasiyalari, bosh aylanishi, taxikardiya, jigarning o'lchamlarini kattalashishi, sariqlik, transaminazalarning darajasini oshishi, xushni yo'qolishi, teri, siydik, ter, so'lak, ko'z yoshi va axlatning rangini qabul qilingan dozaga proportsional ravishda to'q sariq yoki jigarrang-qizil rangga bo'yalishi mumkin.

Davolash: preparatni bekor qilish, me'dani yuvish, simptomatik davolash o'tkaziladi

VRAGGLIST PLYUS tabletkalari 400mg N1 boshqa chiqarish shakllari

VRAGGLIST PLYUS suspenziya 10ml 1,5mg/5ml
Retseptli
VRAGGLIST PLYUS suspenziya 10ml 1,5mg/5ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
Narxi
22 000 so'm dan

VRAGGLIST PLYUS tabletkalari 400mg N1 savollari

VRAGGLIST PLYUS tabletkalari 400mg N1 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil