Ichish uchun, ovqat paytida, to'la stakan suv bilan ichiladi. Atsiklovir bilan davolashda ko'p miqdorda suyuqlik ichish tavsiya etiladi (buyrak kanalchalarida atsiklovir cho'kmasi hosil bo'lishini oldini olish uchun).
Preparatni ovqat vaqtida qabul qilish mumkin, chunki oziq-ovqat iste'mol qilish atsiklovirning yemirilishida sezilarli buzilishlarga olib kelmaydi.
Kattalar
Oddiy gerpes virusi chaqirgan infektsiyalarni davolash. Atsiklovirning tavsiya etilgan dozasi kuniga 200 mg 5 martani tashkil qiladi, har 4 soatda, tungi uyqu davridan tashqari. Odatda, davolash kursi 5 kun, lekin og'ir birlamchi infektsiyalarda uzaytirilishi mumkin.
Og'ir immunitet tanqisligida (masalan, suyak iligi transplantatsiyasidan keyin) yoki ichakda so'rilishi buzilganda, og'iz orqali yuborish uchun Atsiklovir dozasi kuniga 400 mg 5 martagacha oshirilishi mumkin. Davolashni infektsiyadan keyin iloji boricha erta boshlash kerak; qaytalanishlarda preparatni prodromal davrda yoki toshmaning birinchi elementlari paydo bo'lganda tavsiya qilish tavsiya etiladi.
Immun holati normal bo'lgan patsientlarda oddiy gerpes virusi tomonidan chaqirilgan infektsiyani qaytalanishini oldini olish
Immun holati normal bo'lgan patsientlarda oddiy gerpes virusi chaqirgan qaytalanuvchi infektsiyalarni oldini olish uchun Atsiklovirning tavsiya etilgan dozasi kuniga 4 marta 200 mg (har 6 soatda)ni tashkil qiladi.
Ko'plab patsientlarga yanada qulay davolash rejimi to'g'ri keladi – kuniga 2 marta 400 mg (har 12 soatda)
Qator hollarda Atsiklovirning past dozalari samarali bo'ladi — kuniga 3 mart 200 mg (har 8 soatda) yoki kuniga 2 marta (har 12 soatda). Ba'zi patsientlarda 800 mg umumiy sutkalik dozani qabul qilishda infektsiya uzilishi sodir bo'lishi mumkin.
Atsiklovir bilan davolashni kasallik davomida mumkin bo'lgan o'zgarishlarni aniqlash uchun vaqti-vaqti bilan 6-12 soatga to'xtatib turish kerak.
Immunitet tanqisligi bo'lgan patsientlarda oddiy gerpes virusi chaqirgan infektsiyalarni oldini olish
Immunitet tanqisligi bo'lgan patsientlarda oddiy gerpes virusi tufayli kelib chiqadigan infektsiyalarning oldini olish uchun Atsiklovirning tavsiya etilgan dozasi kuniga 4 marta 200 mg ni (har 6 soatda) tashkil qiladi.
Og'ir immunitet tanqisligi (masalan, suyak iligi transplantatsiyasidan keyin) yoki ichak so'rilishi buzilganda, ichish uchun Atsiklovir dozasi kuniga 5 marta 400 mg gacha oshirilishi mumkin. Davolashning profilaktik kursining davomiyligi infektsiya xavfi mavjud bo'lgan davrning davomiyligi bilan belgilanadi. Klinik tadqiqotlarda suyak iligi transplantatsiyasi retsipientlari uchun davolashning maksimal muddati 6 oy (ko'chirib o'tkazilgandan so'ng 1-oydan 7-oygacha) ni tashkil qiladi. OIV infektsiyasining yaqqol klinik ko'rinishi bo'lgan patsientlarda Atsiklovir bilan davolash kursi 12 oy ni tashkil qiladi, ammo bunday patsientlarda davolanishning uzoqroq kurslari samarali bo'lishi mumkinligiga ishonish uchun asos bor.
Suvchechak va o'rab oluvchi gerpesni davolash
Atsiklovirning tavsiya etilgan dozasi kuniga 5 marta 800 mg; preparat har 4 soatda qabul qilinadi, tungi uyqu davridan tashqari. Davolash kursi 7 kunni tashkil qiladi. Preparat infektsiya boshlanganidan keyin iloji boricha tezroq buyurilishi kerak, chunki bu holda davolanish yanada samarali bo'ladi.
Bolalar
Immunitet tanqisligi bo'lgan bolalarda oddiy gerpes virusi chaqirgan infektsiyalarni oldini olish va oddiy gerpes virusi chaqirgan infektsiyani davolash:
2 yoshdan va undan kattalar –kattalar bilan bir xil dozalarda 200 mg kuniga 4 marta (har 6 soat);
2 yoshdan kichik - kattalar uchun tavsiya etilgan dozaning yarmi.
Suvchechakni davolash:
6 yosh va undan katta yoshdagi bolalar -800 mg kuniga 4 marta;
2 dan 6 yoshgacha-400 mg kuniga 4 marta
2 yoshdan kichik-200 mg kuniga 4 marta. Aniqroq, dozani 20 mg/kg miqdoridan aniqlash mumkin, lekin 800 mg dan kuniga 4 martadan ko'p emas.
Davolash kursi 5 kun.
Maxsus guruhdugi patsientlar
Keksa yoshdagi patsientlar. Keksa yoshda kreatinin klirensi kamayishi bilan parallel ravishda organizmda atsiklovir klirensi kamayishi kuzatiladi.
Keksa yoshdagi patsientlar, Atsiklovirning yuqori dozalarini ichish fonida yetarli miqdorda suyuqlik ichishlari kerak, buyrak yetishmovchiligidaAtsiklovir dozasini kamaytirish uchun qaror qabul qilish kerak.
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlar. Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda oddiy gerpesvirusi chaqirgan infektsiyalarni davolash va oldini olish uchun tavsiya etilgan dozalarda atsiklovirni ichish, preparatni belgilangan xavfsiz darajalardan oshib ketadigan kontsentratsiyalargacha yig'ilishiga olib kelmaydi. Biroq buyrak yetishmovchiligi og'ir bo'lgan patsientlarda (kreatinin klirensi <10 ml/min) Atsiklovir dozasini 200 mg kuniga 2 martaga (har 12 soatda) kamaytirish tavsiya etiladi.
Suvchechak, o'rab oluvchi gerpesni davolashda, shuningdek, og'ir immunitet tanqisligi bo'lgan patsientlarni davolashda Atsiklovirning tavsiya etilgan dozalari:
- og'ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi<10 ml / min): kuniga 2 marta 800 mg, har 12 soatda;
- buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 10-25 ml/min) kuniga 3 marta, 800 mg, har 8 soatda .