Ташкент
logo
SavatKirish

Aloe keyr

Aloe keyr chiqarish shakllari

ALOE KEYR kapsulalar  N30
ALOE KEYR kapsulalar N30
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Qarshi Industries (Pvt) Ltd
•12 ta dorixonada bor
Narxi
56 000 so'm dan
- Aloe keyr qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Aloe keyrning tarkibi
- Aloe keyr ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Aloe keyr narxi Toshkent dorixonalarida

Aloe keyr qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Pokiston
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ALOE KEYR

ALOE KARE

 

Preparatning savdo nomi: Aloe Keyr

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 273 mg qizil atirgul (Rosa Damascena); 27 mg Barbados aloyi ekstrakti (Aloe barbedensis).

Ta‘rifi: oq rangli korpusli va yashil rangli qopqoqchali, och-jigarrang rangli kukun saqlovchi qattiq jelatin kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: adaptogen va umumiy rag‘batlantiruvchi vositalar.

ATX kodi: A13A

Farmakologik xususiyatlari

Aloe Keyr tabiiy detoksikasiya qiluvchi vosita bo‘lib hisoblanadi, safro ajralishini, ovqat hazm qilish bezlari sekresiyasini kuchaytiradi, antasid vosita bo‘lib hisoblanadi, surgi va bakterisid ta‘sirlarga ega, jigar va taloq faoliyatini yaxshilaydi, teri allergiyasi simptomlarini yengillashtiradi, organizmda siydik kislotasi darajasini oshishi chaqirgan og‘riqlarni kamaytiradi.

Aloe Keyr preparatining tarkibiga kiruvchi barbados aloyi va qizil atirgul uning asosiy farmakologik xususiyatlarini belgilaydi:

Barbados aloyi ekstrakti (Aloe barbedensis) – ko‘pgina hayot uchun muhim biologik faol moddalar saqlaydi: vitaminlar, minerallar, enzimlar va aminokislotalar, ular birgalikda ta‘sir ko‘rsatadi, antioksidant, antibakterial, yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga, me‘da-ichak yo‘llari devoriga tinchlantiruvchi ta‘sirga ega, antasid xususiyatlarga ega, tabbiy adeptogen bo‘lib hisoblanadi, to‘qimalar trofikasi va regenerasiyasini yaxshilaydi, epitelizasiyani tezlashtiradi, organizmdan toksinlarni chiqarilishiga yordam berib, tabiiy detoksikant sifatida ta‘sir ko‘rsatadi.

Qizil atirgul (Rosa Damascena) – yallig‘lanishga qarshi va antiseptik, spazmolitik, yengil safro haydovchi xususiyatlarga ega.

Qo‘llanilishi

  • Ekzogen va endogen intoksikasiyalar.
  • Jigar va taloq faoliyatini buzilishi.
  • Me‘da-ichak yo‘llarining surunkali kasalliklari (me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, enterokolitlar, surunkali kolit, qabziyat, shu jumladan spastik va atonik).
  • Terining surunkali yallig‘lanishli va infeksion kasalliklari: husnbuzar toshma, spreptodermiya, neyrodermit, allergik dermatit.
  • Organizmda siydik kislotasi darajasini oshishi chaqirgan og‘riq.
  • Majmuaviy davolashda umumiy quvvatlantiruvchi va immunitetni rag‘batlantiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

1-2 kapsuladan kuniga ikki marta ovqatdan oldin yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilinadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kuchsiz surgi samaraga ega bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik kuzatilishi mumkin.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Kuzatilmagan.

 

Maxsus kщrsatmalar

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida preparatning xavfsizligi aniqlanmagan.

Mexanizmlarni va avtotransport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Kuzatilmagan.

Chiqarilish shakli

10 kapsulalar alyumin blisterga qadoqlangan. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Aloe keyr narxlari

Aloe keyr barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Aloe keyr savollari

Aloe keyr fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil