Apilak
Apilak chiqarilish shakllari


Apilak qo'llanmasi
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Preparat emizikli va kichik yoshdagi bolalarda: •anoreksiyada; •gipotrofiyada; •turli etiologiyali surunkali ovqatlanish buzilishida qo'llaniladi. Kattalarga quyidagi hollarni davolashda buyuriladi: •gipotenziya; •tug'ruqdan keyingi davrda laktatsiya buzilishi va qon yo'qotish; •nevrotik buzilishlar; •yuz terisi seboreyasi; •klimakterik davrda; •impotentsiyani davolash uchun (charchoq, nevroz, erkaklar klimaksi).
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Preparat komponentlariga, asalarichilik mahsulotlariga yuqori sezuvchanlik; Addison kasalligi, 18 yoshgacha bo‘lganlar (yetarli miqdordagi klinik ma’lumotlar yo‘qligi sababli).
Tarkibi
- 1 tab. liofilizatsiyalangan apilak (asalari ona suti kukuni) 10 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, talk, kaltsiy stearati, kartoshka kraxmali. liofilizatsiyalangan apilak (tabiiy asalari ona suti kukuni) 10 mg asalari ona suti liofilizatsiyalangan - 10 mg; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, talk, kaltsiy stearati, kartoshka kraxmali.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Allergik reaktsiyalar; uyqu buzilishi. Allergik reaktsiyalar paydo bo'lganda preparat qabul qilishni to'xtatish kerak. Uyqu buzilganda dozani kamaytirish yoki preparatni bekor qilish kerak. Nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lganda shifokor bilan maslahatlashing
Dozirovkasi
- 10 mg 10 mg/g
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- Sirtga qo'llash uchun 3% li maz, oq yoki biroz sarg'ish tusli oq rangli, o'ziga xos dolchin spirti (giatsint) hidli. Yassi-tsilindrik tabletkalar, yuzasida va sinig'ida oq yoki biroz sarg'ish tusli oq rangli, mayda sariq dog'lari bor. til osti tabletkalari Sublingval tabletkalar
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
APILAK GRINDEKS
APPILAK GRINDEX
Preparatning savdo nomi: Apilak Grindeks
Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): liofillangan apilak
Dori shakli: shimish uchun tabletkalar.
Tarkibi:
1 tabletka saqlaydi.
faol modda: liofillangan apilak 10 mg,
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, talk, kalsiy stearat.
Ta‘rifi: yassi silindrik, faskali, sindirilganda yuzasi oq yoki sarg‘imtir tusli rangdagi tabletkalar. Mayda sariq xolli dog‘larga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi: Biogen rag‘batlantiruvchilar
ATX kodi: A13A
Farmakologik xususiyatlari
Apilak yoki asalarilarning ona suti yosh ishchi asalarilarning allotrofik bezlari tomonidan ishlab chiqariluvchi biologik faol moddalarning aralashmasidan iborat sekretidir. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
- Vitaminlar (S, V1, V2, V5, V6, V8, V12, N, folat kislotasi, inozitol);
- Makroelementlar (K, Na, Ca, Mg, Fe, P) va mikroelementlar (Zn, Mn, Cu, Co, S, Si, Ni, Cr, As, Bi);
- 23 turli aminokislotalar, shu jumladan almashinmaydigan (masalan, gistidin, valin, metionin, triptofan);
- Boshqa biologik faol moddalar (masalan, xolinesteraza fermenti, asetilxolin mediatori va boshqalar).
Umumiy tonusni oshiruvchi, antispastik ta‘sirga ega, organizmni stresslarga nisbatan qarshiligini va chidamliligini oshiradi, moddalar almashinuvini rag‘batlantiradi.
Qo‘llanilishi
- O‘tkazilgan kasalliklardan keyingi sog‘ayish davri;
- Tug‘ruqdan keyingi davrda emizishni buzilishi;
- Bolalarda ishtahani yo‘qolishi;
- Nevrotik buzilishlar va arterial gipotenziya (yordamchi vosita sifatida)
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga 1 tabletkadan sutkada 3 marta, 10-15 kun davomida.
3 yoshdan katta bolalarga 1 tabletkadan sutkada 2 marta, 10-15 kun davomida buyuriladi. Tabletkani til ostiga qo‘yish va to‘liq erib ketganigacha qoldirish kerak (ichga qabul qilinganda preparat me‘da shirasini ta‘siri ostida parchalanadi).
Agar Siz preparatni navbatdagi qabulini o‘tkazib yuborsangiz, uni darhol qabul qiling. O‘tkazib yuborilganni o‘rniga ikkibarobar dozani qabul qilmang. Shifokorning tavsiyasiga ko‘ra qabul qilishni davom ettiring.
Nojo‘ya ta‘sirlari
- Allergik reaksiyalar,
- Og‘iz qurishi,
- Taxikardiya:
- Uyquni buzilishi:
Yuqorida qayd etilgan nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lganida, shuningdek yo‘riqnomada keltirilmagan nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lganida, shifokorga murojaat qilish zarur.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Liofilizirlangan appilakka va asalarichilikning boshqa mahsulotlariga yoki preparatning biron-bir yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik,
- Addison kasalligi,
- 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tabletkalar allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin. Allergik reaksiyalar paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish lozim. Og‘iz qurishi, yurak urishi yoki uyquni buzilishi paydo bo‘lganida preparatni dozasini kamaytirish yoki bekor qilish lozim. Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun laktozani o‘zlashtiraolmaslikni kam uchraydigan nasliy shakli, Lapp-laktoza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi bo‘lgan pasientlarga ushbu dozalarini qo‘llash mumkin emas. Uyquni buzilishida preparatni dozasini kamaytirish yoki bekor qilish lozim. Faqat liofilizirlangan apilakning oz miqdorigina davolovchi samara ko‘rsatadi.
Homiladorlik va emizish
Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida shifokorni maslahatidan keyin qo‘llash mumkin.
Transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarda xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri
Transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarda xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari:
Ko‘p miqdorda qabul qilinganda moddalar almashinuvi jarayonlari sekinlashadi, masalan kuniga 2,5 g qabul qilish lohaslik chaqiradi.
Davolash:
Preparatni bekor qilish. Simptomatik terapiya.
Chiqarilish shakli
Shimish uchun tabletkalar 10 mg
25 tabletkadan polivinil xlorid plyonkali va alyuminiy folgali kontur uyali o‘ramda.
1 yoki 2 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin qo‘llanilmasin.
Dorixonalarda berish tartibi
Reseptsiz
Apilak narxlari
Apilak barcha rasmlari














