Ташкент
logo
SavatKirish

VITANGO

VITANGO chiqarish shakllari

VITANGO tabletkalari N40
VITANGO tabletkalari N40
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Dr.Willmar Schwabe GmbH & Co. KG
VITANGO tabletkalari N20
VITANGO tabletkalari N20
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Dr.Willmar Schwabe GmbH & Co. KG
- VITANGO qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- VITANGOning tarkibi
- VITANGO ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- VITANGO narxi Toshkent dorixonalarida

VITANGO qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Germaniya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VITANGO®

VITANGO®

Preparatning savdo nomi: Vitango®

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: Rodiola roza (Rhodiola rosea) ildizining quruq ekstrakti (1,5-5:1) (WS®1375) – 200 mg (ekstragent – 60% li etanol (m/m)),

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmeloza, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, gipromeloza, stearin kislotasi, temir (II) oksidi (Ye 172), titan dioksidi (Ye 171), ko‘pikka qarshi emulsiya (simetikon, metilsellyuloza, sorbin kislotasi).

Ta‘rifi: dumaloq shaklli, qizg‘ish-jigarrang rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: umumiy tonusni oshiruvchi vositalar.

ATX kodi: A13A

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

O‘simliklardan olinadigan antistress, adaptogen dori preparatidir. Rodiola roza ekstrakti stress omillariga nospesifik rezistentlikni rag‘batlantiruvchi adaptogen hisoblanadi. Rodiola roza ekstrakti o‘zining adaptogen ta‘sirini monoamin, kortizol va 3-endorfinning almashinuvini normallashishi; odam organizmini stressga nisbatan birlamchi javob tizimini modulyasiyasi, HPA tizimini modulyasiyasi hisobiga namoyon bo‘ladi. U shuningdek antioksidant samaraga ega, hujayrada energiyasi hosil bo‘lishini yaxshilaydi, masalan ATF miqdorini oshiradi.

Farmakokinetikasi

Vitango® ko‘pgina komponentlardan tarkib topgan kompleks aralashmadir. Barcha ekstraktni faol modda deb hisoblash mumkin. Individual komponentlari bo‘yicha farmakokinetik ma‘lumotlar ma‘lum emas.

Qo‘llanilishi

Stress va toliqishning mental va jismoniy simptomlarini (toliqish, nevrasteniya, vegeto-tomir distoniyasi, ta‘sirchanlik, zo‘riqish) oldini olish va yengillashtirish uchun qo‘llanadigan o‘simlikdan olinadigan adaptogen preparatdir.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga kuniga 2 tabletkadan ovqatlanishdan 30 minut oldin qabul qilish buyuriladi. Bir tabletka nonushtadan oldin, ikkinchisi tushlikdan oldin bir stakan suv bilan qabul qilinadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shuningdek gipoglikemiya bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Rodiola roza ildizining ekstraktiga yoki dori vositasining yordamchi komponentlaridan birortasiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda
  • homiladorlik va laktasiya davrida
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ta‘riflanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli, jigar yoki buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarga Vitango® dori vositasini qo‘llash tavsiya etilmagan.

Transport vositasini boshqarish yoki boshqa potensial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatni ta‘sir qilish xususiyati

Ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilish holatlari aniqlanmagan.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan 20 tabletka PVX/PVDX va alyumin folgali kontur uyali o‘ramga joylanadi. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

VITANGO barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

VITANGO savollari

VITANGO fikr-mulohazalari

Reyting 5.0, 1 ta sharh asosida
Вера
08.10.2021 13:38
5
Препарат Витанго – это скорая помощь при нервных моментах. Я часто пользуюсь этим препаратом, чтобы поддерживать организм в порядке.

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil