ALSATAning aptekalardagi narxlari
ALSATA 10 tabletkalari 10mg N10
|
|
11 ta dorixonada bor
|
16 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
ALSATA tabletkalari 10mg N10
|
|
5 ta dorixonada bor
|
18 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
19 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
ALSATA ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ALSATA-10
ALSATA-10
Preparatning savdo nomi: Alsata-10
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): serratiopeptidaza
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: serratiopeptidaza granulalari* – 11,0 mg;
(*10% yo‘qotilishi mumkin bo‘lgan qiymati hisobga olingan);
yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall sellyuloza, dikalsiy fosfati, tozalangan suv**, tozalangan talk, magniy stearati, natriy kraxmal glyukonati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, gidroksipropilmetilsellyuloza, izopropil spirti**, dixlormetan**, titan dioksidi, polietilenglikol-6000.
(** tayyor mahsulotning tarkibida mavjud bo‘lmaydi).
Ta‘rifi: oq dumaloq, ikki yoqlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: proteolitik ferment
ATX kodi: M09AV
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Serratiopeptidaza patogen bo‘lmagan Serratia E15 ichak bakteriyasidan ajratib olingan proteolitik ferment hisoblanadi. Unga fibrinolitik, yallig‘lanishga qarshi va shishga qarshi faolliklar xos.
Yallig‘lanish jarayonini yaqqolligini kamaytirishdan tashqari serratiopeptidaza yallig‘langan to‘qimalardan og‘riq aminlarini ajralib chiqishini bloklashi oqibatida og‘riqni yaqqolligini kamaytiradi.
Serratiopeptidaza qonning alfa-2 makroglobulini bilan 1:1 nisbatda bog‘lanadi, va uning antigenligini niqoblaydi, ammo fermentativ faolligini saqlaydi. U keyin asta-sekin yallig‘lanish joyidagi ekssudatga o‘tadi va muvofiq ravishda uning qondagi darajasi kamayadi.
Serratiopeptidaza bevosita kapillyarlarni dilatasiyasini (kengayishini) kamaytiradi, bradikinin, gistamin va serotoninni gidrolizga uchrashi tufayli ularni o‘tkazuvchanligini nazorat qiladi. Shuningdek serratiopeptidaza plazmin ingibitorini bloklaydi, shu orqali plazminni fibrinolitik faolligiga yordam beradi. Balg‘am tarkibidagi oqsillarni parchalanishi tufayli, balg‘amni reologik xususiyatlarini yaxshilaydi va uni ko‘chishiga yordam beradi.
Preparatni fermentativ faolligi α-ximotripsinga qaraganda 10 marta yuqori.
Surunkali yallig‘langan o‘chog‘da serratiopeptidaza polipeptid tabiatli yallig‘lanish mediatorlari (bradikinin, fibrin) darajasini kamayishiga olib keladi, ammo tirik organizmning albumin α- va γ-globulin kabi oqsillariga esa sezilarli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Preparat yallig‘langan joyga yaxshi o‘tadi, nekrozga uchragan to‘qimalarni va ularni parchalanish mahsulotlarini eritib yuboradi, giperemiyani kamaytiradi va antibiotiklarni kirishini va faolligini tezlashtiradi. Preparat so‘lak va burun ajralmalarini qovushqoqligini kamaytiradi, shu orqali ularni chiqarilishini yengillashtiradi.
Farmakokinetikasi
Preparat me‘da orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi va ichakda so‘riladi. Preparat me‘da shirasida faolsizlanmaydi. Qon plazmasida maksimal konsentrasiyaga 1 soatdan keyin erishadi. Serratiopeptidaza faol shaklda qon oqimiga yetadi, shuningdek safro bilan ham faol shaklda chiqariladi va oz miqdorda siydikda aniqlanadi.
Qo‘llanilishi
- jarrohlik kasalliklari: paylarni cho‘zilishi va uzilishi, sinishlar va chiqishlar;
- plastik jarrohlik: operasiyadan keyingi shishlarni kamaytiradi va transplantatlarni ko‘chish (bitmagan) joyda mikrosirkulyasiyani tiklaydi;
- LOR a‘zolarining kasalliklari: yopishqoq sekretni hosil bo‘lishi bilan kechadigan;
- teri kasalliklari: o‘tkir yallig‘langan dermatozlar;
- ayollar jinsiy a‘zolarining va sut bezlarining kasalliklari: gematomalar, sut bezlarida dimlanish;
- mushak va bo‘g‘im og‘riqlari;
- yuzaki tromboflebitda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Serratiopeptidaza tabletkalarda odatda kuniga 3 marta yoki shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilinadi. Tabletkalarni ovqatlanish vaqtida ko‘p miqdordagi suv bilan qabul qilish lozim. Davolash kursining davomiyligi va preparatning dozasi kasallikning xarakteriga va dinamikasiga, shuningdek pasientni individual xususiyatlari bog‘liq.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Serratoipeptidaza tabletkalarini, odatda qisqa muddat qabul qilganda nojo‘ya samaralarisiz yaxshi o‘zlashtiriladi. Agar Sizda qon ivishini buzilishi yoki ikki hafta davomidagi belgilangan rejali operasiyalar bo‘lsa preparatni ishlatish tavsiya qilinmaydi.
Preparat ayrim nojo‘ya samaralarga ega bo‘lib, ular odamlarga turlicha ta‘sir qilishi mumkin. Quyida ko‘pincha preparatni qabul qilish bilan bog‘liq nojo‘ya samaralarning ayrimlari keltirilgan: anoreksiya; me‘dada diskomfort, ko‘ngil aynishi
Teri toshmalari kabi yuqori sezuvchanlik belgilari paydo bo‘lganida qabul qilishni to‘xtating. Preparatni homilador va emizikli ayollarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Serratoipeptidazaga yoki preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Qon ivishini buzilishi va/yoki qon ketishlarga moyillik.
Jigar va/yoki buyrak kasalliklari bilan xastalangan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Preparatni bolalarda qo‘llash tajribasini yo‘qligi tufayli, uni faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha va davolovchi shifokorning qa‘tiy nazorati ostida buyurish mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Preparat bir vaqtda qo‘llanganda bevosita va bilvosita ta‘sirga ega antikoagulyantlar ta‘sirini kuchaytiradi. Bu preparatlarni majmuaviy qo‘llash zarur bo‘lganida ularni qat‘iy shifokor nazorati ostida qo‘llanadi va zarur holatlarda antikoagulyantlarni dozalariga tuzatish kiritiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Koagulopatiyalar (qon ivishini buzilishi): Serratiopeptidaza qonni ivishiga xalaqit qilishi mumkin, shuning uchun ayrim tadqiqotchilar, bu koagulopatiyalarni yomonlashishiga olib kelishidan xavotirlanadi. Agar Sizda koagulopatiya bo‘lsa, Alsata preparatini ishlatishdan oldin davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
Operasiya: Serratiopeptidaza qon ivishiga xalaqit qilishi mumkin. Bu esa operasiya vaqtida va operasiyadan keyin qon ketishini kuchaytirishi mumkinligi to‘g‘risida xavotirlik mavjud. Alsata preparatini qo‘llashni rejalashtirilgan operasiyadan kamida 2 hafta oldin to‘xtatish kerak.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Serratiopeptidazani homiladorlik va emizish vaqtida ishlatilishi yetarli darajada ma‘lum emas. Xavfsizlik maqsadida qabul qilishdan saqlaning.
Preparat homilaga teratogen, mutagen va embriotoksik ta‘sir ko‘rsatmaydi, ammo Alsata preparatini homiladorlik davrida qo‘llash tajribasi cheklangan. Preparatni homiladorlik davrida faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha va davolovchi shifokorning qat‘iy nazorati ostida buyurish mumkin.
Preparatni laktasiya davrida qo‘llash tajribasi yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni yuqori dozalarda qabul qilinganda, pasientlarda preparatning nojo‘ya samarlarini kuchayishi aniqlangan. Preparat dozasini ahamiyati darajada oshirilganda pasientlarda ichki qon ketishi rivojlangan.
Maxsus antidioti yo‘q. Preparat qabulini to‘xtatish va simptomatik davolashni o‘tkazish ko‘rsatilgan.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan alyumin folgali stripda. 10 strip qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari