Serrabest
Serrabest chiqarish shakllari

Serrabest qo'llanmasi
Oshqozon yara kassaligi;
- Preparatga yuqori sezuvchanlik;
- Homiladorlik va emizish davrida;
- 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar;
Eslatma: Qonning quyulish xususiyatlarida, jigar va buyrak tomonidan buzilishlari bo'lgan bemorlar va antikoagulyantlar bilan davolanayotgan bemorlar serratiopeptidaza buyurilganda vrach tomonidan nazorat qilinishlari lozim.
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: serratiopeptidaza 10 mg
Yordamchi moddalar: makkajo'xori kraxmali, ikki asosli fosfat kaltsiy, kroskarmeloza natriysi, tozalangan talk, magniy stearati, metakril kislota kukuni, titan dioksid, gidroksilpropilmetil tsellyuloza, atsetatftalat tsellyuloza, dibutil ftalat, kizil temir oksidi, izopropil spirti, dixlorometan.
Ta'sir etuvchi moddasi – serratiopeptidaza, patogan bo'lmagan ichak Serratia E15 bakteriyasidan ajratib olingan, proteolitik ferment bo'lib, fibrinolitik, yalig'lanishga qarshi va shishga qarshi faolligi mavjud. Yalig'lanishga qarshi hususiyatidan tashqari, og'riq o'chog'ida og'riqni bloklash xususiyatiga ega. Preparat 1:1 ga nisbatda qonda alfa-2-makroglobulin bilan bog'lanib,uni antigenlik xossasini yashiradi, lekin fermentlik faolligini saqlab qoladi. Sekin asta yalig'lanish bilan ekssudatga o'tadi va bora bora qonda miqdori kamayadi. Bradikinin, gistamin va serotoninni gidroliz qilish orqali serratiopeptidaza kapillyarning kegayishini va ularning o'tkazuvchanligini pasaytiradi. Perparat plazmin ingibitorlarini bloklaydi, shu yo'l bilan fibrinolitik faolligini oshiradi. Preparat shishni qaytarish hisobiga balham yumshashi va suyulishi mikrosirkulyasiyasini yaxshilaydi.
Preparat oshqozon orqali o'zgarmagan holda o'tadi va ichakda absorblanadi. Qonda 1 soatdan keyin maksimal miqdoriga etadi. Serratiopeptidaza siydikda kam miqdorda aniqlanadi. Terapevtik dozada serratiopeptidaza tavsiya etish farmakinetikasini o'rganish qonda fermentning stabil bo'lmasligi hisobiga sodir bo'ladi. Serratiopeptidaza absorbtsiyasini yuqori dozada ko'ngillilarga berilganda o'rganish mumkin. Serratiopeptidaza qon plazmasida 100 mg/kg dozada qabul qilinganda aniqlanadi, miqdor cho'qqisi 30 min dan so'ng ko'rinadi va qabul qilgandan keyin 2 soat ichida ingichka ichakda so'riladi, qonda enzimsimon bo'lib faol holda tsirkulyasiyaga uchraydi.
Preparat 10 mg dozada kompleks davolash uchun (1 ta tabletka) 2-3 marta kuniga ozuqaga bog'lanmagan holda. Tabletka chaynalmasdan 1 stakan suv bilan ichiladi.
Maksimal bir martalik doza -10 mg.
Kunlik maksimal doza - 30 mg.
Davolash kursining davomiyligi 1-4 hafta bo'lib, patologik jarayonning tabiati va dinamikasiga bog'liq.
Belgilari: qo'ngil aynishi, qayt qilish, anoreksiya, epigastriyada diskomfort, qon aralash balg'am ko'chishi.
Preparat qon qovushqonligiga ta'sir etganligi sababli, qon ketishi xavfi bor kasallarga berishda ehtiyotkorlik zarur, qachonki antikoagulyantlar qabul qilganda. Jigar va buyrak og'ir kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak. Transport vositalari va boshqa mexanizmlar boshqarishda ta'sir etmaydi.
Birgalikda qo'llanganda preparat antioksidantlar ta'sirini kuchaytiradi.
10 tadan qobiq bilan qoplangan tabletkalar alyumin folgali blisterlarda. 10 ta blister №100 (10x10) bitta karton qutida qo'llash uchun yo'riqnomasi bilan birgalikda.
Kompleks davolashda
- Yuqori nafas yo'llari kasalliklarida (balg'am qovushqoqligini oshirish va antibiotiklar so'rilishini oshirish),
- LOR-organlari kasalliklari,
- Og'riq sindormi bilan dermatit,
- Mastit (gematomlarni so'rilishi, shishni kamayishi),
- Travmalar; sport shikastlanishi, paylar cho'zilishi, suyak chiqishi va sinishi (shishni kamaytirish va jarohat joyida mikrosirkulyasiyani yaxshilash),
- Operasiyadan keyingi davr (infektsiyani surunkali bo'lishini oldini olish va yopishqoqlik prosesslarining rivojlanish xavfi va shishlarni kamaytirish),
- To'qimalar va organlar transplantasiyasi (transplantasiyani rad etishni oldini olish va rad qilingan joyda mikrosirkulyasiyani tiklash uchun).
Yumaloq, ikki tomoni silliq, jigar rangli, qobiqli ichakda so'riluvchan tabletkalar.
Serrabest narxlari
Serrabest barcha rasmlari









