MIDOKALM
MIDOKALM chiqarilish shakllari




MIDOKALM haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- — organik nevrologik kasallik (piramidal yo'llar shikastlanishi, tarqoq skleroz, mielopatiya, entsefalomielit, insult) oqibatida yuzaga keladigan ko'ndalang-targ'il mushaklarning patologik oshgan tonusi, spazmlari; — suyak-mushak tizimi a'zolari kasalliklari (spondilez, spondiloartroz, tservikal va lyumbal sindromlar, yirik bo'g'imlar artrozlari) bilan kechuvchi patologik oshgan tonus, mushak spazmlari, mushak kontrakturalari; — ortopedik va travmatologik operatsiyalardan keyingi tiklovchi davolash; — tomirlarning obliteratsiya qiluvchi kasalliklarini (obliteratsiya qiluvchi arterioskleroz, diabetik angiopatiya, obliteratsiya qiluvchi trombangiit, Reyno kasalligi) kombinatsiyalangan davolash tarkibida; — tomirlar innervatsiyasi buzilishi asosida rivojlanadigan kasalliklarni (akrotsianoz, oraliq angionevrotik disbaziya) kombinatsiyalangan davolash tarkibida;
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Miasteniya, homiladorlik, laktatsiya davri, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar, tolperizonga yuqori sezuvchanlik
Tarkibi
- tolperizon gidroxloridi 100 mg lidokain gidroxloridi 2.5 mg Yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat, dietilenglikol monoetil efiri, in'ektsiya uchun suv. tolperizon gidroxloridi 150 mg Yordamchi moddalar: limon kislotasi monogidrati, kolloid kremniy dioksidi (aerosil), stearin kislotasi, talk, mikrokristall tsellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, laktoza (sut qandi). Qobiq tarkibi: kolloid kremniy dioksidi (aerosil), titan dioksidi (E171), laktoza (sut qandi), makrogol 6000, gipromelloza (gidroksipropilmetiltsellyuloza). tolperizon gidroxloridi 50 mg Yordamchi moddalar: limon kislotasi monogidrati, kolloid kremniy dioksidi (aerosil), stearin kislotasi, talk, mikrokristall tsellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, laktoza (sut qandi). Qobiq tarkibi: kolloid kremniy dioksidi (aerosil), titan dioksidi (E171), laktoza (sut qandi), makrogol 6000, gipromelloza (gidroksipropilmetiltsellyuloza).
Farmakodinamikasi
Ta'sir mexanizmi
Tolperizon markaziy ta'sir etuvchi miorelaksant hisoblanadi. Tolperizonning ta'sir mexanizmi to'liq aniqlanmagan.
Farmakodinamik samaralar
U nerv to'qimasiga yuqori affinlikka ega bo'lib, bosh miya o'zagida, orqa miyada va periferik nerv tizimida ancha yuqori kontsentratsiyalarga erishadi.
Tolperizonning asosiy samarasi spinal reflektor yoylarning tormozlanishi bilan bog'liq. Ehtimol, bu samara, quyidagi intiluvchi yo'llar bo'ylab qo'zg'alishni o'tkazilishini susayishini bartaraf etish bilan birga, tolperizonning terapevtik ta'sirini ta'minlaydi.
Tolperizonning kimyoviy tuzilishi lidokainning tuzilishiga o'xshash. Lidokain kabi, u membranalarni barqarorlashtiruvchi ta'sirga ega va harakat neyronlari va birlamchi afferent tolalarning elektrik qo'zg'alishini pasaytiradi. Tolperizon ta'sir potentsialiga bog'liq natriy kanallarining faolligini dozasiga bog'liq ravishda tormozlaydi. Shunga muvofiq ta'sir potentsialining amplitudasi va tezligini pasaytiradi.
Ta'sir potentsialiga bog'liq kal'tsiy kanallariga susaytiruvchi samarasi isbotlangan. Uning membranalarni barqarorlashtiruvchi ta'siriga qo'shimcha sifatida, tolperizon mediatorni ajralib chiqishini tormozlashi ham mumkin deb tahmin qilinadi. Yuqoridagilarga qo'shimcha ravishda tolperizon al'fa-adrenergik antagonistlar va antimuskarin ta'sirlarning biroz kuchsiz xususiyatlariga ega.
Klinik samarasi va xavfsizligi
Midokalm® Long, ajralib chiqishi uzaytirilgan plyonka qobiq bilan qoplangan, 450 mg (kuniga 1 marta 1 tabletka) tabletkaning bel qismida og'riqlar bo'lgan patsientlarda samaradorligi va xavfsizligi Midokalm® plyonka qobiq bilan qoplangan, 150 mg (1 tabletkadan kuniga 3 marta) tabletkalarnikiga o'xshaydi.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Mushak kuchsizligi, bosh og'rig'i, AB pasayishi, ko'ngil aynishi, qusish, qorinda noqulaylik hissi (doza kamaytirilganda nojo'ya holatlar odatda o'tib ketadi). Kamdan-kam hollarda - allergik reaktsiyalar: teri toshmasi (shu jumladan eritematoz, eshakemi), teri qichishishi, angionevrotik shish, anafilaktik shok, hansirash). Dozani oshirib yuborish. Simptomlari: bolalarda 300-600 mg preparat peroral qabul qilinganda alohida hollarda ta'sirlanuvchanlik kuzatilgan. Hayvonlardagi tajribalarda katta dozalar ataksiya, tonik va klonik tirishishlar, hansirash va nafas falajini keltirib chiqargan. Davolash: maxsus antidot yo'q, simptomatik va ushlab turuvchi davolash.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik va emizish davrida tolperizonni qo'llash mumkin emas. Tuhish funktsiyasi bo'lgan ayollarda ishonchli kontratsepsiya vositalarning yoqligi tolperizonni qo'llashga qarshi ko'rsatma emas.
Hayvonlarda o'tkazilgan eksperemental tadqiqotlarda tolperizonning teratogen ta'siri aniqlanmagan. Ahamiyatga ega bo'lgan klinik ma'lumotlar mavjud bo'lmaganligi sababli tolperizonni homiladorlikda (ayniqsa birinchi uch oyligida) qo'llash mumkin emas, kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgan holatlar bundan mustasno.
Tolperizonni ko'krak suti bilan ajralib chiqishi yuzasidan ma'lumotlar mavjud bo'lmaganligi tufayli ushbu preparatni emizish vaqtida qo'llash mumkin emas.
Dozirovkasi
- - 0,05g, 0,15g 100 mg + 2,5 mg/ml 100 ml+2,5mg/ml 150mg 50mg
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma Parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar Oq yoki deyarli oq rangli parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida "50" gravirovkasi bo'lgan, kuchsiz o'ziga xos hidli; siniqda oq yoki deyarli oq rangda.
Maxsus ko‘rsatmalari
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Faoliyati yuqori diqqatni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
1 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - ichga 5 mg/kg/sut dozada 3 qabulda; 7-14 yoshda - ichga 2-4 mg/kg 3 marta
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)

















