Baklosan ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
BAKLOSAN
BACLOSAN
Qayd qilish raqami: B-8-242 № 2665
Preparatning savdo nomi: Baklosan
Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): baklofen
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: baklofen 10 mg yoki 25 mg;
Yordamchi moddalar: laktoza, kartoshka kraxmali, jelatin, talk, magniy stearati, etilsellyuloza.
Ta‘rifi:
10 mg li tabletkalar: oq, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bo‘luvchi riskali tabletkalar.
25 mg li tabletkalar: oq rangli, dumaloq, ikki tomonlama qavariq tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: markaziy ta‘sir qiluvchi miorelaksantlar
ATX kodi: M03VX01
Farmakodinamik xususiyatlari
Baklofen orqa miyani shikastlanishi bilan bog‘liq yuqori mushak tonusini kamaytiradi. Preparat bir vaqtda va bir xil darajada teri reflekslarini va mushaklar tonusini susaytiradi, bunda kam darajada paylar reflekslari amplitudasini pasaytiradi.
Bu ta‘sirning mexanizmi ko‘proq yuqoriga ko‘tariluvchi nervlarni o‘ta qutblanishi va orqa miya darajasida mono- hamda polisinaptik reflekslarni tormozlanishidan iborat.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda baklofen dopamin metabolizmini tezlashtirgan, ammo odamlarda preparat ta‘siri ostida, orqa miya suyuqligida 5-gidroksiindol asetati yoki dopamin metabolitlarining konsentrasiyasi o‘zgarmagan.
Baklofen yuqori dozalarda qo‘llanganda markaziy nerv tizimining faoliyatini susaytirishini chaqirishi mumkinligi sababli, preparatni orqa miyadan yuqorida joylashgan markazlarga ta‘sir qilish ehtimoli borligi mavjud.
Baklofen shuningdek og‘riq sezuvchanligini kamaytiradi. Markaziy nerv tizimiga ta‘sir etuvchi boshqa dori preparatlarini qo‘llagandagiga nisbatan, pasientning o‘zini yaxshi xis qilishi va tinchlanishi kamroq qiyinchilik tug‘diradi.
Baklofen me‘da shirasini ajralib chiqishini rag‘batlantiradi.
Farmakokinetik xususiyatlari
So‘rilishi
Baklofen me‘da-ichak yo‘llaridan tez va deyarli to‘liq so‘riladi.
So‘rilish darajasi yuqori dozalarni buyurilganda kamayadi.
Terapevtik konsentrasiyasi 80-395 ng/ml ni tashkil qiladi.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda baklofen ko‘pchilik to‘qimalarda taqsimlanishi, faqat kam qismi gematoensefalik to‘siqdan o‘tishi aniqlangan.
Pasientlarda qabul qilgandan keyin 2-3 soat o‘tgach maksimal konsentrasiyaga Smax (500-
600 ng/ml) erishiladi, 200 ng/ml dan yuqori konsentrasiya esa 8 soat davomida saqlanib turadi.
Taqsimlanishi
Baklofen yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi.
Preparatning minimal miqdori ko‘krak suti bilan ajraladi.
Baklofenning taqsimlanish hajmi baklofenni 0,7 l/kg plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 30% tashkil qiladi. Orqa miya suyuqligida ta‘sir etuvchi modda konsentrasiyasi zardobdagiga nisbatan 8,5 marta kam.
Biotransformasiyasi
Dezaminirlanish hisobiga jigarda qabul qilingan dozaning taxminan 15% biotransformasiyaga uchraydi.
Chiqarilishi
Yarim chiqarilish davri 2,5 dan 4 soatgachani tashkil qiladi.
Baklofen 70-80% o‘zgarmagan xolda yoki metabolitlari shaklida siydik bilan chiqariladi. Qolgan qismi ahlat bilan chiqariladi.
Ichga qabul qilinganda baklofen 72 soat davomida deyarli to‘liq chiqariladi.
Keksa yoshli pasientlar
Keksa yoshli pasientlardagi farmakokinetikasi deyarli kattalardagi kabi bir xil.
Baklofenning plazmadagi maksimal konsentrasiyasi sog‘lom, yoshlardagiga nisbatan ahamiyatsiz past, ammo AUC ko‘rsatkichi ikkala guruh pasientlarda bir xil bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
Quyidagi spastik holatlarda:
- tarqalgan sklerozda;
- orqa miyaning boshqa shikastlanishlarida (masalan, orqa miya o‘smasi, siringomieliya, harakat neyroni kasalligi, ko‘ndalang mielit, orqa miya jarohatlari);
- miya insulti;
- serebral falajda;
- bosh miya va orqa miya qobiqlarini yallig‘lanishi;
- bosh jaroxatlarida qo‘llanadi.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar
Baklofen bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda serebral genezli holatlarida, ayniqsa, bolalar serebral falaji natijasida yuzaga kelgan, shuningdek o‘smalar yoki degenerativ genezli bosh miya kasalliklari natijasida serebral tomirli insidentlarni simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.
Baklofen shuningdek orqa miya infeksiyalari kasalliklarda degenerativ o‘zgarishlar, natijasida paydo bo‘lgan, mushaklar spastikligini, jaroxatlar, o‘smalar va kelib chiqishi noma‘lum tarqalgan skleroz, yon amiotrofik skleroz, siringomieliya, ko‘ndalang mielit, jarohatga oid yoki pastki paraparez yoki orqa miya kompressiyasini simptomatik davolash uchun ko‘rsatilgan.
Qo‘llash usuli va dozalari
Doza nojo‘ya samaralari chaqirmaydigan, samarali eng past dozani aniqlash maqsadida shaxsiy ravishda aniqlanadi.
Preparatni ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak.
Davolashdan oldin baklofen qabul qilgandan keyin pasientning umumiy holati qaysi darajada yaxshilanishini baholash kerak. Preparatning dozasini pasientning umumiy xolati me‘yorlashmagunicha asta-sekin oshirish kerak (ayniqsa 65 yoshdan katta shaxslarda). Agar xaddan ziyod yuqori boshlang‘ich doza qo‘llansa yoki dozani oshirish tez yuz bersa, unda nojo‘ya samaralar paydo bo‘lishi mumkin. Bu ayniqsa pasientlarda sog‘lom qo‘l-oyoqlardagi mushaklarni bo‘shashini kamaytirish maqsadida yoki mushak tarangligini kamaytirishga erishish hollarida muhimdir.
Agar tavsiya etilgan maksimal doza qo‘llanganda, 6 hafta davomida davolashda terapevtik samaraga erishilmasa, baklofen preparati bilan davolashni davom ettirish masalasini hal qilish kerak.
Quyidagi dozalash sxemasi tavsiya etiladi:
Kattalar
Davolashni bir necha teng qabul uchun – 15 mg sutkalik dozadan boshlash kerak.
Birinchi 3 kunda sutkada 3 marta 5 mg dan (10 mg dan yarim tabletka),
keyingi 3 kun davomida – sutkada 3 marta 10 mg dan, 1 tabletka
keyingi 3 kun – sutkada 3 marta 10 mg dan 1 ½ tabletka,
keyingi 3 kun davomida – sutkada 3 marta 10 mg dan 2 tabletka.
Ko‘pchilik pasientlarda terapevtik samara sutkada 30 mg dan 75 mg gacha dozada erishiladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan tartibda qo‘llash preparatni yaxshi o‘zlashtiraolishni ta‘minlaydi.
Zarurati bo‘lganda dozani ehtiyotkorlik bilan oshirish mumkin.
Preparatni yuqori dozalarda qo‘llash zarurati bo‘lgan pasientlarda (sutkada 75 mg dan 100 mg gacha) baklofenni 25 mg li tabletka shaklida qo‘llash mumkin.
Dozani sutkada 100 mg dan oshirmaslik kerak.
Davolashning davomiyligi pasientning klinik holatiga bog‘liq.
Baklofen preparatini to‘satdan bekor qilish mumkin emas, chunki gallyusinasiya va spastik xolatlarni zo‘rayish xavfi paydo bo‘lishi mumkin.
Keksa yoshli pasientlar
Nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lish xavfi oshishi sababli, keksa yoshli pasientlarda preparatning dozasini asta-sekin ehtiyotkorlik bilan oshirish kerak.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar
Davolashni juda past dozalardan boshlash kerak qayta hisoblanganda (sutkada taxminan tana vazniga 0,3 mg/kg dozaga muvofiq), 2-4 qabulga (yaxshisi jami 4 teng qabulga).
Dozani bolada optimal terapevtik samaraga erishilgunicha bir hafta interval bilan, ehtiyotkorlik bilan oshirish kerak.
Odatda qo‘llanuvchi tutib turuvchi davolashdagi sutkalik doza tana vazniga 0,75 mg dan
2 mg/kg gachani tashkil qiladi.
8 yoshdan kichik bolalarda maksimal sutkalik doza 40 mg dan oshmasligi kerak. 8 yoshdan katta bolalar uchun maksimal sutkalik doza 60 mg ni tashkil qiladi.
Tana vazni 33 kg dan kam bolalarga baklofenni tabletka ko‘rinishida buyurish mumkin emas.
Buyrak faoliyatini buzilishlari bilan bo‘lgan pasientlar
Bunday pasientlarda, shuningdek dializdagi pasientlarda tavsiya etiladigan dozani sutkada 5 mg gacha kamaytirish kerak.
Buyrak yetishmovchiligini terminal bosqichida bo‘lgan pasientlarda potensial foyda xavfdan yuqori bo‘lsa, baklofenni qo‘llash mumkin.
Bunday pasientlarda erta zaxarlanish simptomlarini monitoringini o‘tkazish kerak (masalan, uyquchanlik, koma).
Serebral spastik holatlari bo‘lgan pasientlar
Ko‘pincha ushbu guruh pasientlarda noxush samaralar kuzatiladi. Bunday pasientlarda dozalash tartibini muvofiq aniqlash kerak va ular sinchkov shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishi kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Noxush samaralar ko‘pincha davolashning boshida (masalan, tinchlanish, uyquchanlik va ko‘ngil aynishi), dozani tez oshirilganda yoki baklofenni yuqori dozalari qo‘llanganda, shuningdek keksa yoshdagi pasientlarda kuzatiladi.
Asosan ular qaytuvchan xarakterga ega va doza kamaytirilgandan keyin yo‘qoladi. Nojo‘ya ta‘sirning og‘ir xollarida preparatni bekor qilish zarurati tug‘iladi.
Agar ko‘ngil aynishi doza kamaytirilgandan keyin davom etsa, baklofenni ovqat bilan yoki sut bilan qabul qilish tavsiya etiladi.
Anamnezida ruhiy kasalligi yoki serebrovaskulyar kasalligi (masalan, insult), shuningdek keksa yoshdagi pasientlarda noxush samaralar jiddiy oqibatlar bilan kechishi mumkin.
Baklofen qo‘llanganda namoyon bo‘lish tez-tezligi bo‘yicha guruhlangan quyidagi noxush samaralar kuzatilgan:
Juda tez-tez (≥1/10);
tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha);
tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha);
kam (≥1/100000 dan <1/1000 gacha);
juda kam (<1/10000);
noma‘lum – mavjud ma‘lumot /asosida tez-tezligini aniqlash mumkin emas.
Ruxiy buzilishlar | |
Juda tez-tez | ongni chalkashishi |
Tez-tez | uyqusizlik, dezorientasiya, eyforiya, qo‘zg‘alish, depressiya, gallyusinasiyalar, dahshatli tush ko‘rishlar, tirishishlarga tayyorlik bo‘sag‘asini pasayishi va tirishish xurujlari sonini oshishi, ayniqsa tutqanog‘i bo‘lgan pasientlarda |
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar | |
Juda tez-tez | uyquchanlik, tinchlanish |
Tez-tez | nafas depressiyasi, boshda bo‘shliq xissi, charchoqlik, bosh og‘rishi, ataksiya |
Kam | paresteziya, nutqni buzilishi, ta‘mni buzilishi |
Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar | |
Tez-tez | ko‘rishni buzilishi, akkomodasiyani buzilishi, nistagm |
Yurak-tomir tizimi tomonidan buzilishlar | |
Kam | Yurak minutlik xajmini kamayishi, bo‘g‘ilish xissi, yurak urishini tezlashishi, ko‘krak qafasida og‘riq |
Tomirlar tomonidan buzilishlar | |
Tez-tez | qon bosimini tushishi |
Kam | Xushdan ketish, tovonlarni shishishi |
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar | |
Juda tez-tez | Ko‘ngil aynishi |
Tez-tez | Og‘iz qurishi, ta‘mni buzilishi, ovqatga ko‘ngil tortmasligi, qusishga qistovlar, qusish, qabziyat, diareya |
Kam | qorin og‘rishi |
Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan buzilishlar | |
Kam | jigar faoliyatini buzilishi |
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar | |
Tez-tez | toshma, ko‘p terlash |
Tez-tezligi noma‘lum | qichishish, eshakemi |
Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar | |
Tez-tez | Mushaklar holsizligi, mushaklarni titrashi, mushaklarda og‘riq |
Buyrak va siydik yo‘llari tomonidan buzilishlar | |
Tez-tez | poliuriya, beixtiyor siyish, og‘riqli siyishlar |
Kam | siydikni tutilishi, tungi enurez, gematuriya |
Sut bezlari va reproduktiv tizimi tomonidan buzilishlar | |
Kam | eyakulyasiyani buzilishi, ereksiyani buzilishi, impotensiya |
Metabolizm va moddalar almashinuvini buzilishlari | |
Tez-tezligi noma‘lum | vaznni oshishi |
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar | |
Kam | nafasni qiyinlashishi |
Tez-tezligi noma‘lum | Burun bitish xissi |
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaksiyalar | |
Tez-tez | xolsizlik, charchoqlik xissi, xoldan toyish |
Juda kam | gipotermiya |
Diagnostik tekshiruvlar | |
Tez-tezligi noma‘lum | axlatdagi yashirin qon taxlilini ijobiy natijalari |
Ayrim pasientlarda spastiklikni oshishi (preparatning ta‘siriga paradoksal reaksiyalar) kuzatilgan.
Pasientlar uchun yurishda yoki mustaqil xarakatda qiyinchilik tug‘diruvchi, kutilmagan darajada mushaklarning taranglashishi,odatda dozani to‘g‘rilagandan keyin o‘tib ketadi (masalan kun davomida qo‘llanuvchi, dozani kamaytirish ammo kechki qabulda doza oshirish yo‘li bilan).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Baklofenga yoki dori preparatining biron-bir yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik.
Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Baklofenni markaziy nerv tizimiga ta‘sir qiluvchi boshqa preparatlar, sintetik opiatlar yoki alkogol bilan, bir vaqtda qo‘llanganda ularning sedativ ta‘sirini kuchaytiradi.
Baklofenni qo‘llovchi pasientlarda nafas depressiyasi rivojlanishi xavfi oshadi.
Yurak faoliyati va nafas tizimi monitoringini sinchkov o‘tkazish kerak, ayniqsa qon tomir va nojo‘ya tizimi va nafas mushaklari xolsizligi yondosh kasalliklari bo‘lgan pasientlarda.
Baklofen litiy tuzini bir vaqtda qo‘llovchi pasientlarda giperkineziyani kuchaytirish mumkin.
Trisiklik antidepressantlar baklofen ta‘sirini kuchaytirish va axamiyatli darajada mushak tonusini pasaytirishi mumkin.
Baklofen antigipertenziv vositalarni ta‘sirini kuchaytiradi (dozani to‘g‘rilash zarur bo‘lishi mumkin).
Buyrak faoliyatiga (masalan, ibuprofen) ta‘sir etuvchi dori vositasi baklofenni chiqarilishini sekinlashtiradi, bu zaxarlanish simptomlarini paydo bo‘lishi sababi hisoblanadi.
Parkinson kasalligi bo‘lgan levodopa va karbidopa preparatlari qabul qilayotgan pasientlarda, baklofen bilan majmuada qo‘llanganda, ongning chalkashuvi, xolatini gallyusinasiya va ruhiy qo‘zg‘alishlar paydo bo‘lishi mumkin.
Baklofen fentanil chaqirgan analgeziyani uzaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ruxiy buzilishlar va nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Psixotik sindromlar, shizofreniya, tirishishlar xolatlari, ongning chalkashish xolatlari va parkinsonizm simptomlari baklofen bilan davolash vaqtida kuchayadi. Bunday pasientlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, xamda pasient muntazam shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishi kerak.
Tutqanoq
Bir vaqtda baklofen bilan davolash zarur bo‘lgan tutqanog‘i bo‘lgan pasientlarga doimiy klinik kuzatuv va EEG ni bajarish kerak, chunki tutqanoqqa qarshi qo‘llanuvchi preparatlarni samaradorligini kamayishi va EEG ni ko‘rinishini o‘zgarishi kuzatilgan.
Boshqalar
Tananing vertikal holatini va muvozanatni saqlash yoki harakatlar amplitudasini oshishi yaqqol mushaklar xarakatini zo‘rayish harakatiga bog‘liq. Pasientlarda baklofen bilan davolashda ehtiyotkorlikga rioya qilish kerak.
Antigipertenziv preparatlarni qo‘llovchi pasientlarda baklofenni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak (o‘zaro ta‘sir paydo bo‘lishi mumkin).
Insult, nafas tizimi buzilishlari, jigar faoliyatining buzilishlari bo‘lgan pasientlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Buyrak tomonidan buzilishlar
Baklofen asosan o‘zgarmagan xolda siydik bilan chiqariladi, shuning uchun buyrak faoliyati buzilishlari bo‘lgan pasientlarga extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Bunday pasientlarga preparatning dozasini muvofiq kamaytirish kerak. Terminal darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan (XZP – 5 darajasi, SKF <15 ml/min) pasientlarda faqat potensial foyda xavfdan yuqori bo‘lgan xoldagina baklofenni qo‘llash mumkin.
Dozani oshirib yuborilish buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda baklofenni sutkada 5 mg/kg dan ko‘proq dozada peroral qabul qilganlarda kuzatilgan.
O‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda baklofen bilan zaxarlanish xollari kuzatilgan.
Agar baklofen buyrak faoliyatiga ta‘sir qiluvchi boshqa preparatlar bilan baklofen majmuada qo‘llanilsa, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Zaxarlanishdan saqlanish uchun, buyrak faoliyatini sinchkov nazorat qilish va baklofenni sutkalik dozasini belgilash kerak.
Bundan tashqari davolanishni bekor qilgandan keyin baklofen bilan zaxarlangan pasientlar uchun gemodializ alternativ davolanish usuli bo‘lishi mumkin. Gemodializ baklofenni organizmdan samarali chiqaradi, dozani oshirib yuborilish simptomlarini klinik namoyon bo‘lishini va pasientlarni yaxshilanishini davrini kamaytiradi.
Siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Qovuq sfinkterini tonusi yuqori bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (siydik tutilib qolishi mumkin). Qovuqni bo‘shalishini neyrogen buzilishlari bo‘lgan pasientlarda baklofenni qo‘llangandan keyin xolatining yaxshilanishi kuzatiladi.
Laborator tekshiruvlar
Baklofen bilan davolanishdagi ayrim pasientlarda zardobda aspartataminotransferaza, ishqoriy fosfataza faolligini va glyukoza darajasini oshishi kuzatilgan. Jigar faoliyatini buzilishlari va qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda laborator tekshiruvlarni o‘tkazish tavsiya etiladi.
To‘satdan bekor qilish
Preparat to‘satdan bekor qilinganda (ayniqsa uzoq muddatli davolanishdan keyin) xavotirli va ongni chalkashish holatlari, gallyusinasiyalar, psixotik reaksiyalar, maniakal, paranoiidal va tirishish holatlari, diskineziya, taxikardiya, gipertermiya paydo bo‘lishi mumkin, shuningdek spastik xolatlarning kuchayishi kuzatilishi mumkin, shuning uchun preparatning dozasini 1-2 hafta davomida asta-sekin kamaytirish kerak.
65 yoshgan katta pasientlar
Keksa yoshli pasientlarni davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lish xavfi oshishi).
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilishi
Baklofenni bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilishiga oid cheklangan klinik ma‘lumotlar mavjud.
Bunday guruh yoshidagilarda baklofenni qo‘llanilishi xavf va foydani nisbatini shaxsiy ravishda baholanishga asoslanadi.
Baklofenni bachadon ichi ekspozisiyasidan keyin yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tirishishlar paydo bo‘lishi kuzatilgan.
Kam uchraydigan nasliy galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi (Lappa turi) yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiya sindromi bo‘lgan pasientlarda dori preparatini qo‘llash mumkin emas.
Fertillik, homiladorlik va laktasiyaga ta‘siri
Homilador ayollarda preparatni qo‘llanilishi bo‘yicha nazoratli tekshiruvlar yo‘q.
Baklofen yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi.
Baklofen preparati homiladorlik vaqtida (ayniqsa birinchi uch oyligida) agar shifokor fikriga ona uchun foyda homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lsagina qo‘llanilishi mumkin.
Onasi homiladorlik vaqtida sutkada 80 mg dozada baklofenni qabul qilgan yetti kunli yangi tug‘ilgan chaqaloqda bekor qilish sindromini (tirishish) bir holati kuzatilgan. Standart tirishishga qarshi preparatlar bilan tutqanoqni davolashni qo‘llanganda baklofenni yuborilgandan 30 minutdan keyin yo‘qolgan.
Baklofen terapevtik dozalarda qabul qilinganda yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi noxush ta‘siri paydo bo‘lmaydigan juda kam miqdorda ona suti orqali ajraladi.
Avtotransportni boshqarish va xarakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash qobilitiga ta‘siri
Baklofen tinchlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatishi va diqqatni jamlashni pasaytirishi mumkin. Pasientlar davolanish davrida transport vositalarini boshqarmasligi va xarakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlamasligi, shuningdek boshqa xavfli faoliyatlar bilan shug‘ullanmasligi kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni dozasini oshirib yuborilgan holatlarda markaziy nerv tizimi tomonidan quyidagi nojo‘ya holatlar rivojlanishi mumkin: uyquchanlik, xushdan ketish, koma, nafasni susayishi.
Quyidagi boshqa simptomlar namoyon bo‘lishi mumkin: ongni chalkashish xolatlari, gallyusinasiyalar, ruhiy qo‘zg‘alishlar, akkomodasiyani buzilishlari, qorachiq refleksini yo‘qligi, mushaklar gipotoniyasi, klonik tutqanoqlar, reflekslarni susayishi va yo‘qolishi, tutqanoqlar, EEG da o‘zgarishlar (avj olishini bostirilishi va uch fazali to‘lqinlar), periferik tomirlarni kengayishi, gipotoniya yoki gipertoniya, bradikardiya, taxikardiya yoki taxiaritmiya, gipotermiya, ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, ko‘p so‘lak ajralishi, laktatdegidrogenaza aspartataminatransferaza va ishqoriy fosfataza faolligini oshishi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozani oshirib yuborilishi simptomlari baklofenni pastroq dozalarida kuzatilishi mumkin.
Agar ayni shu vaqtda pasient markaziy nerv tizimiga ta‘sir etuvchi (masalan alkogol, diazepam, trisiklik antidepressantlar) boshqa preparatlar va moddalar qabul qilgan bo‘lsa pasientning umumiy holatini yomonlashishi.
Dozani oshirib yuborilishini davolash:
Spesifik antidoti yo‘q.
Gipotenziya, gipertenziya, tutqanoq, nerv tizimi yoki qon aylanishi tizimi depressiyasi bilan bog‘liq asoratlarni chegaralashga asoslangan, simptomatik davolashni qo‘llash kerak.
Iloji boricha tez qusishni chaqirish va me‘dani yuvish, shuningdek faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash kerak.
Komatoz holatda pasientlarda me‘dani yuvishdan oldin intubasiya qilinishi kerak.
Zarurati bo‘lganda tuzli surgi vositalarini qo‘llash kerak.
Nafasi to‘xtagan pasientlarda sun‘iy nafas o‘tkazish va yurak tomir faoliyatini tutib turishni ta‘minlash kerak.
Ayrim adabiyotdagi ma‘lumotlar shuni ko‘rsatadiki, yengil zaxarlanishda, vena ichiga yuborilgan fizostigmni (1-2 mg dozada, 5-10 minut davomida), MNT tomonidan bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlarni, ayniqsa uyquchanlik va nafasni susayishini bartaraf qiladi. Fizostigminning birinchi dozasidan keyin yaxshilanish bo‘lmasa, keyingi dozani 30-60 minutdan keyin yuborish mumkin. Shuningdek baklofenni siydik bilan chiqarilishini oshirish maqsadida suyuqliklarni diuretiklar bilan bir vaqtda yuborish ko‘rsatilgan. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarning og‘ir zaxarlanish xollarida gemodializ buyurish mumkin.
Agar tirishish paydo bo‘lsa, juda ehtiyotkorlik bilan vena ichiga diazepam yuborish mumkin.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 10 mg va 25 mg dan, 50 tabletka birinchi ochilishi nazoratsiz bo‘lgan polietilen qopqoqchali polipropilen bankada. Banka qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Preparatni 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yorug‘likdan va namlikdan ximoya qilish maqsadida original o‘ramida saqlansin.
Polipropilen flakon karton qutida.
50 tabletka (1 flakonda 50 dona).
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari