BAKLOSAN tabletkalari 10mg N50

BAKLOSAN tabletkalari 10mg N50 o'xshash dorilari


BAKLOSAN tabletkalari 10mg N50 qo'llanmasi
So'rilishi
Absorbsiya - yuqori. Qon plazmasidagi Cmax ga preparat qabul qilingandan 2-3 soat o'tgach erishiladi.
Taqsimlanishi
Plazma oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 30% ni tashkil qiladi. Baklofen platsenta to'sig'i orqali o'tadi, ko'krak suti bilan ajralib chiqadi.
Metabolizmi
Jigarda metabollanadi.
Chiqarilishi
Buyraklar orqali, asosan o'zgarmagan holda chiqariladi.
Markaziy ta’sirga ega miorelaksant; GABAB-retseptorlari agonisti. Afferent sezgir tolalarning oxirgi bo‘limlari qo‘zg‘aluvchanligini pasaytirib va oraliq neyronlarni bostirib, nerv impulslarining mono- va polisinaptik uzatilishini susaytiradi; mushak urchuqlarining oldindan zo‘riqishini kamaytiradi. Nerv-mushak sinapslarida impulslar uzatilishiga ta’sir qilmaydi. Skelet mushaklarining spastikligi bilan kechuvchi nevrologik kasalliklarda og‘riqli spazmlarni va klonik tirishishlarni susaytiradi. Bo‘g‘imlardagi harakat hajmini oshiradi, passiv va faol kinezoterapiyani (jismoniy mashqlar, massaj, manual terapiya) o‘tkazishni yengillashtiradi.
Yuzaga kelish chastotasiga qarab nojo'ya ta'sirlarning quyidagi guruhlari ajratiladi: juda kam hollarda - 0.01% dan kam, kamdan-kam hollarda - 0.01% dan ko'p va 0.1% dan kam, tez-tez emas - 0.1% dan ko'p va 1% dan kam, tez-tez - 1% dan ko'p va 10% dan kam, juda tez-tez - 10% dan ko'p.
Asab tizimi tomonidan: juda tez-tez - uyquchanlik, sedativ ta'sir; tez-tez bosh aylanishi, holsizlik, charchoq, ongning chalkashishi, yurishning buzilishi, uyqusizlik, eyforiya, depressiya, asteniya, ataksiya, tremor, gallyutsinatsiyalar, tunda dahshatli tushlar ko'rish, nistagm, og'iz qurishi; kamdan-kam hollarda - paresteziyalar, dizartriya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez - yurak chiqarishining pasayishi, arterial gipotenziya.
MIT tomonidan: juda tez-tez - ko'ngil aynishi; tez-tez - qusish, qabziyat, diareya, dispeptik holatlar; kamdan-kam hollarda - abdominal og'riqlar, disgevziya, jigar faoliyatining buzilishi.
Nafas olish tizimi tomonidan: tez-tez - nafas olishning susayishi.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: tez-tez - mialgiya.
Sezgi organlari tomonidan: tez-tez - akkomodatsiya parezi, ko'rish buzilishlari.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: tez-tez - gipergidroz, toshma.
Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez - poliuriya, enurez, dizuriya; kamdan-kam hollarda - siydik tutilishi.
Reproduktiv tizim tomonidan: kamdan-kam hollarda - erektil disfunksiya.
Umumiy buzilishlar: juda kam hollarda - gipotermiya.
Yakka hollarda spastiklikning oshishi kuzatilgan, bu preparatga paradoksal reaksiya sifatida baholangan.
Nojo'ya ta'sirlar ko'pincha tranzitor xarakterga ega, ularni davolash o'tkazilayotgan kasallik simptomlaridan farqlash kerak: yo'ldosh epilepsiyada davolashni epilepsiyaga qarshi vositalarni bekor qilmasdan o'tkazadilar.
Jigar kasalliklari va qandli diabeti bo'lgan bemorlarda jigar transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligini, shuningdek qonda glyukoza miqdorini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish zarur.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Baklosan® qabul qilayotgan bemorlar yuqori diqqat va tezkor psixomotor reaksiyalar zarurati bilan bog'liq potensial xavfli faoliyat turlaridan saqlanishlari kerak.
- psixozlar;
- Parkinson kasalligi;
- epilepsiya;
- tirishishlar (shu jumladan anamnezda);
- me'da va o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi;
- laktaza yetishmovchiligi, laktoza o'zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi;
- homiladorlik;
- laktatsiya (emizish);
- baklofenga yuqori sezuvchanlik.
Serebrovaskulyar yetishmovchilikda, bosh miya tomirlari aterosklerozida, surunkali buyrak yetishmovchiligida, keksa yoshdagi bemorlarda, 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda preparatni ehtiyotkorlik bilan buyuradilar.
BaklosanВ® bir vaqtda qo'llanilganda MAT ga ta'sir qiluvchi preparatlar, gipotenziv, podagraga qarshi vositalar, etanol ta'sirini kuchaytiradi.
Baklosan tritsiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda mushak tonusining sezilarli pasayishi mumkin.
Baklosan levodopa va karbidopa bilan bir vaqtda qabul qilinganda gallyutsinatsiyalar, ong chalkashishi, qo'zg'alish paydo bo'lishi mumkin.
Ichga, ovqat vaqtida. Navbatdagi qabul o'tkazib yuborilgan taqdirda, preparatning ikki baravar dozasini qabul qilmaslik kerak.
Kattalar
Boshlang'ich doza - 5 mg dan kuniga 3 marta, keyinchalik terapevtik samara paydo bo'lguncha dozani har 3 kunda 5 mg ga oshirib boriladi (odatda sutkasiga 30-75 mg gacha). Maksimal sutkalik doza 100 mg ni tashkil qiladi.
Yakuniy doza shunday belgilanadiki, mushak tonusining pasayishi haddan tashqari miasteniyaga olib kelmasligi va harakat funksiyalarini yomonlashtirmasligi kerak. Yuqori sezuvchanlikda boshlang'ich sutkalik doza 5-10 mg ni tashkil qiladi, keyinchalik sekinroq oshiriladi.
Surunkali buyrak yetishmovchiligi va gemodializ o'tkazilayotganda sutkalik doza - 5 mg.
Baklofenning yuqori dozalarini (sutkasiga 75 mg dan 100 mg gacha) qabul qilishni talab qiladigan bemorlarda preparatni 25 mg li tabletkalarda qo'llash kerak.
65 yoshdan oshgan bemorlarda nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lishi xavfi ortishi sababli preparat dozasini ehtiyotkorlik bilan oshirish kerak.
Bolalar
Boshlang'ich doza - 5 mg dan kuniga 3 marta. Zarurat bo'lganda terapevtik samara paydo bo'lguncha dozani ehtiyotkorlik bilan har 3 kunda 5 mg ga oshirish mumkin.
Odatda quyidagi dozalar tavsiya etiladi: 3 dan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda - 20-30 mg/sut, 6 dan 10 yoshgacha - 30-60 mg/sut, 10 yoshdan katta bolalarda maksimal sutkalik doza tana vaznining har kg uchun 2,5 mg ni tashkil qiladi; boshlang'ich doza - tana vaznining har kg uchun 1,5-2 mg.
Preparatni bekor qilish asta-sekin amalga oshiriladi (1-2 hafta davomida).
Baklosan boshqa chiqarish shakllari

BAKLOSAN tabletkalari 10mg N50 analoglari







