Apteka.uz
SavatKirish

SERISHAAN tabletkalari 10mg N100

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
ATX kodi:M09AB
Barcha SERISHAAN dorilari
3 ta dorixonada bor
Narxi 87 600 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 3 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SERISHAAN tabletkalari 10mg N100 haqida qo'llanma

Tarkibi

Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: serratiopeptidaza – 10,0 mg;

yordamchi moddalar: suvsiz kolloid kremniy dioksidi, suvsiz natriy karbonati, mikrokristall tsellyuloza, magniy stearati, krospovidon, tozalangan talk.

Ichakda eruvchi qobiq: Aque EZE (metkaril kislotasi kopolimeri, trietisitrat natriy bikorbonat, talk, temir III oksidi)

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

10 tabletkadan alyumin folgali stripda. 10 strip tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida

Farmakodinamikasi

Serratiopeptidaza patogen bo'lmagan Serratia E15 ichak bakteriyasidan ajratib olingan proteolitik ferment hisoblanadi. Unga fibrinolitik, yallig'lanishga qarshi va shishga qarshi faolliklar xos.

Yallig'lanish jarayonini yaqqolligini kamaytirishdan tashqari serratiopeptidaza yallig'langan to'qimalardan og'riq aminlarini ajralib chiqishini bloklashi oqibatida og'riqni yaqqolligini kamaytiradi.

Serratiopeptidaza qonning alfa-2 makroglobulini bilan 1:1 nisbatda bog'lanadi, va uning antigenligini niqoblaydi, ammo fermentativ folligini saqlaydi. U keyin asta-sekin yallig'lanish joyidagi ekssudatga o'tadi va muvofiq ravishda uning qondagi darajasi kamayadi.

Serratiopeptidaza bevosita kapillyarlar dilatasiyasini (kengayishini) kamaytiradi, bradikinin, gistamin va serotoninni gidrolizga uchrashi tufayli ularni o'tkazuvchanligini nazorat qiladi. Shuningdek serratiopeptidaza plazmin ingibitorini bloklaydi, shu orqali plazminni fibrinolitik faolligiga yordam beradi. Balg'am tarkibidagi oqsillarni parchalanishi tufayli, balg'amni reologik xususiyatlarini yaxshilaydi va uni ko'chishiga yordam beradi.

Preparatni fermentativ faolligi α-ximotripsinga qaraganda 10 marta yuqori.

Surunkali yallig'langan o'chog'da serratiopeptidaza polipeptid tabiatli yallig'lanish mediatorlari (bradikinin, fibrin) darajasini kamayishiga olib keladi, ammo tirik organizmning albumin α - va γ-globulin kabi oqsillariga esa sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi. Preparat yallig'langan joylariga yaxshi o'tadi, nekrozga uchragan to'qimalarni va ularni parchalanish mahsulotlarini eritib yuboradi, giperemiyani kamaytiradi va antibiotiklarni kirishini va faolligini tezlashtiradi. Preparat so'lak va burun ajralmalarini qovushqoqligini kamaytiradi, shu orqali ularni chiqarilishini engillashtiradi.

Farmakokinetikasi

Preparat me'da orqali o'zgarmagan holda o'tadi va ichakda so'riladi. Preparat me'da shirasida faolsizlanmaydi. Qon plazmasida maksimal kontsentrasiyaga 1 soatdan keyin erishadi. Serratiopeptidaza faol shaklda qon oqimiga etadi, shuningdek safro bilan faol shaklda chiqariladi va oz miqdorda siydikda aniqlanadi.

Nojo'ya samaralari

Serratoipeptidaza tabletkalarini, odatda qisqa muddat qabul qilganda nojo'ya samaralarisiz yaxshi o'zlashtiriladi. Agar sizda qon ivishini buzilishi yoki ikki hafta davomidagi belgilangan rejali operasiyalar bo'lsa preparatni ishlatish tavsiya qilinmaydi.

Preparat ayrim nojo'ya samaralarga ega bo'lib, ular odamlarga turlicha ta'sir qilishi mumkin. Quyida ko'pincha preparatni qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan nojo'ya samaralarning ayrimlari keltirilgan: anorektsiya; me'dada diskomfort, ko'ngil aynishi

Teri toshmalari kabi yuqori sezuvchanlik belgilari paydo bo'lganida qabul qilishni to'xtating. Preparatni homilador va emizikli ayollarga ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim. 


Maxsus saqlash sharoitlari

Koagulopatiyalar (qon ivishini buzilishi): Serratiopeptidaza qonni ivishiga xalaqit qilishi mumkin, shuning uchun ayrim tadqiqotchilar, bu koagulopatiyalarni yomonlashishiga olib kelishidan xavotirlanadi. Agar sizda koagulopatiya bo'lsa, Serishan preparatini ishlatishdan oldin davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.

Operasiya: Serratiopeptidaza qon ivishiga xalaqit qilishi mumkin. Bu esa operasiya vaqtida va operasiyadan keyin qon ketishini kuchaytirishi mumkinligi to'g'risida xavotirlik mavjud. Serishan preparatini qo'llashni rejalashtirilgan operasiyadan kamida 2 hafta oldin to'xtatish kerak.

Qo'llanilishi

-    jarrohlik kasalliklari: paylarni cho'zilishi va uzilishi, sinishlar va chiqishlar;

-    plastik jarrohlik: operasiyadan keyingi shishlarni kamaytiradi va transplantatlarni ko'chish (bitmagan) joyida mikrosirkulyasiyani tiklaydi;

-    LOR a'zolarining kasalliklari: yopishqoq sekretni hosil bo'lishi bilan kechadigan;

-    teri kasalliklari: o'tkir yallig'langan dermatozlar;

-    ayollar jinsiy a'zolarining va sut bezlarining kasalliklari: gematomalar, sut bezlarida dimlanish;

-    mushak va bo'g'im og'riqlari;

-    yuzaki tromboflebitda qo'llaniladi.


Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Serratoipeptidazaga yoki preparatning boshqa komponentlariga o'ta yuqori sezuvchanlik.

Qon ivishini buzilishi va/yoki qon ketishlarga moyillikda qo'llash mumkin emas.

Jigar va/yoki buyrak kasalliklari bilan xastalangan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Preparatni bolalarda qo'llash tajribasini yo'qligi tufayli, uni faqat hayotiy ko'rsatmalar bo'yicha va davolovchi shifokorning qa'tiy nazorati ostida buyurish mumkin. 



Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Preparat bir vaqtda qo'llanganda bevosita va bilvosita ta'sirga ega antikoagulyantlar ta'sirini kuchaytiradi. Bu preparatlarni majmuaviy qo'llash zarur bo'lganida ularni qat'iy shifokor nazorati ostida qo'llanadi va zarur holatlarda antikoagulyantlarni dozalariga tuzatish kiritiladi.

Ta'rifi

dumaloq ikki tomonlama qavariq. jigarrang rangli, ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan, ikki tomonlama silliq tabletkalar

Dozirovkasi

Serratiopeptidaza tabletkalarda odatda kuniga 3 marta yoki shifokorning ko'rsatmasi bo'yicha qabul qilinadi. Tabletkalarni ovqatlanish vaqtida ko'p miqdordagi suv bilan qabul qilish lozim. Davolash kursining davomiyligi va preparatning dozasi kasallikning xarakteriga va dinamikasiga, shuningdek pasientni individual xususiyatlariga bog'liq.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatni yuqori dozalarda qabul qilinganda, pasientlarda preparatning nojo'ya samarlarini kuchayishi aniqlangan. Preparat dozasini ahamiyati darajada oshirilganda pasientlarda ichki qon ketishi rivojlangan.

Maxsus antidioti yo'q. Preparat qabulini to'xtatish va simptomatik davolashni o'tkazish ko'rsatilgan.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. SERISHAAN tabletkalari 10mg N100 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

SERISHAAN tabletkalari 10mg N100 o'xshash dorilari

TERAFLEKS ULTRA kapsulalar  N60
Retseptsiz
TERAFLEKS ULTRA kapsulalar N60
Rossiya Federatsiyasi
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «VTF», 601125, Rossiya
Narxi
206 000 so'm dan
TERAFLEKS kapsulalar  N120
Retseptsiz
TERAFLEKS kapsulalar N120
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
408 000 so'm dan
ALSERA tabletkalari 10mg N10
Retseptli
ALSERA tabletkalari 10mg N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Nucleus Formulation Pvt. Ltd.
Narxi
75 800 so'm dan
ALSERA tabletkalari 10mg N30
Retseptli
ALSERA tabletkalari 10mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Nucleus Formulation Pvt. Ltd.
•7 ta dorixonada bor
Narxi
69 000 so'm dan

SERISHAAN tabletkalari 10mg N100 analoglari

ALSATA 10 tabletkalari 10mg N10
Retseptli
ALSATA 10 tabletkalari 10mg N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
God Gift Laboratory Pvt. Ltd.
•2 ta dorixonada bor
Narxi
20 000 so'm dan
SERRATA tabletkalari 10mg N150
SERRATA tabletkalari 10mg N150
Hindiston
Vakil:
Kusum
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
•42 ta dorixonada bor
Narxi
259 500 so'm dan
SERRIDAZA tabletkalari 10mg N30
SERRIDAZA tabletkalari 10mg N30
Hindiston
Vakil:
Farmalife
Ishlab chiqaruvchi:
Scott-Edil Pharmacia Limited
•24 ta dorixonada bor
Narxi
44 400 so'm dan
SERRABEST-10 tabletkalari 10 mg N100
Retseptli
SERRABEST-10 tabletkalari 10 mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «West- Coast Pharmaceutical Works LTD»
•1 ta dorixonada bor
Narxi
137 000 so'm dan

SERISHAAN tabletkalari 10mg N100 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Eco Pharm №10
Yunusobod tumani, Yunusobod, 8-mavze, 29-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
175 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №5
Mirobod tumani, Oltinko'l ko'ch., 10 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
175 000 so'm
Bron qilish
D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
177 700 so'm
Bron qilish
Top-Pharm №4
Chilonzor tumani, 9 kvartal, Cho'pon ota ko'ch., 17 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
87 600 so'm
Nosir Zokir Farm
Chilonzor tumani, 19 daha, Al-Xorazmiy ko'ch., 66/1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
140 000 so'm
Insof Baraka Farm
Olmazor tumani, Sebzor ko'chasi, c-17/18, uy-44
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
150 000 so'm
Shafran №9
Olmazor tumani, Keles ko'ch., 2 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
160 000 so'm
A1
Uchtepa tumani, Chilonzor 12 daha, 18 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
165 000 so'm
Top-Pharm №16
Mirzo Ulug'bek tumani, Sayram ko'ch., 35 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
172 100 so'm
Shafran №14
Yashnobod tumani, Beshariq ko'ch., 115uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
175 000 so'm

SERISHAAN tabletkalari 10mg N100 haqida savollar

SERISHAAN tabletkalari 10mg N100 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil