Apteka.uz
SavatKirish

BOLNOL tabletkalari N10

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
ATX kodi:M01AB55
Barcha BOLNOL dorilari
132 ta dorixonada bor
Narxi 10 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 132 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

BOLNOL tabletkalari N10 qo'llanmasi

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:500 mg paratsetamol (kukunsimon), 65 mg suvsiz kofein;

yordamchi moddalar: povidon K90, makkajuxori kraxmali, natriy glikolyat kraxmali (A-tipdagi), benzoy kislotasi, natriy benzoati, tozalangan tal'k, tozalangan suv

Сhiqarilish shakli

10 tabletkadan alyumin fol'ga va PVX blisterda.

10 blisterlardan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan karton qutida. 


Farmakodinamikasi

Paratsetamol – anal'getik-antipiretikdir. Gipotalamusda prostaglandinlar sintezini bostirish yo'li orqali og'riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi samara ko'rsatadi. Shu bilan bog'liq periferik to'qimalarda prostaglandinlar sintezini susayishining  afzalligi bo'lmagan patsientlarda masalan, anamnezida me'da-ichakdan qon ketishlar bo'lsa yoki keksa patsientlarda paratsetamolni qo'llash maqsadga muvofiqdir.
Kofein alkaloidlar (metilksantinlar) guruhiga mansub. Psixostimulyatsiya qiluvchi va analeptik ta'sirga ega. Anal'getiktiklar bilan ko'p xollarda paratsetamol bilan majmuada uning og'riqsizlantiruvchi samarasini kuchaytiradi. 
Preparat suv-tuz almashinuviga ta'sir qilmaydi, chunki periferik to'qimalarda prostaglandinlar sinteziga ta'sir ko'rsatmaydi.

Farmakokinetikasi

Paratsetamol – me'da-ichak yo'llaridan tez va deyarli to'liq so'riladi (96%). Paratsetamol xomila-yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi va axamiyatsiz miqdorda ko'krak suti bilan ajraladi. Tadqiqotlarda paratsetamol genotoksik va teratogen samaraga ega emasligi aniqlangan.

Qonda maksimal kontsentratsiya taxminan 6 mkg/ml, maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti 10-60 min. Terapevtik kontsentratsiyalarda plazma oqsillari bilan bog'lanishi minimal darajada. Paratsetamol jigarda metabolizmga uchraydi, uning ko'p qismi faol bo'lmagan metabolitlar xosil bo'lishi bilan glyukuron kislotasi va sul'fatlar bilan kon'yugatsiya reaktsiyasiga kirishadi va siydik orqali sul'fat va glyukuron kon'yugatlari ko'rinishida chiqariladi.Yarim chiqarilish davri (shu jumladan keksalarda) o'rtacha 2-3 soatni tashkil qiladi.

Kofein – peroral qabul qilinganda tez so'riladi, qon plazmasida maksimal kontsentratsiyaga bir soat davomida erishiladi, yarim chiqarilish davri taxminan 4-9 soat.

Qabul qilingan kofeinning 65-80% siydik bilan 1-metilsiydik kislotasi va 1-metilksantin ko'rinishida chiqariladi. 

Dori shakli

Tabletkalar

Nojo'ya samaralari

Juda kam xollarda (<1/10 000)

- trombotsitopeniya

- anafilaktik reaktsiyalar

- yuqori sezuvchanlik teri reaktsiyalari, shu jumladan terida toshma, angionevrotik shish, Stivens-Djonson sindromi.  

- atsetilsalitsil kislotasi va boshqa NYaQV yuqori sezuvchanligi bo'lgan patsientlardagi bronxospazm 

- jigar funktsiyasini buzilishlari

Tez-tezligi noma'lum

- nervozlik

- bosh aylanishi

Kofeinsaqlovchi maxsulotlar bilan preparatni bir vaqtda qo'llash (masalan, kofe, choy, kofeinsaqlovchi ichimliklar) uyquni buzilishi, bezovtalik, qo'zg'aluvchanlik, bosh og'rig'i, me'da-ichak buzilishlari va yurak urishini tezlashishiga olib kelishi mumkin. 

Yuqorida sanab o'tilgan reaktsiyalar paydo bo'lganda, shuningdek og'iz bo'shlig'ida yaralarni kepaklanishi, nafasni qiyinlashishi, gematoma, qon ketishlar yoki preparatga biron-bir noxush reaktsiyalar paydo bo'lganda preparatni qo'llashni bekor qilish va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. 

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslaxatlashish kerak: 

- qon ivuchanligini pasaytirish uchun varfarin yoki boshqa preparatlarni qabul qiluvchi patsientlarga;

- surunkali buyrak va jigar kasalligi bo'lgan patsientlarga;

- agar bosh og'rig'i doimiy xolat bo'lib qolsa.

Preparatni qabul qilish vaqtida kofein saqlovchi ichimliklar (masalan kofe, choy) qabul qilish tavsiya etilmaydi. 

Past tuzli yoki tuzsiz parxezdagi patsientlarga xar bir tabletka 427 mg natriy saqlashini inobatga olish kerak. 

Fruktozani nasliy o'zlashtiraolmasligi bo'lgan patsientlarga preparatni qabul qilish mumkin emas, chunki xar bir tabletka 50 mg sorbitol saqlaydi.  

Boshqa paratsetamolsaqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. 

Tavsiya etilgan dozadan oshirilgan xollarda jigarga shikastlovchi ta'sir ko'rsatishi mumkin. 

Glutation darajasini pasaytiruvchi xolatlarda paratsetamolni qo'llash (masalan sepsis) metabolik atsidozni paydo bo'lish xavfini oshiradi. 

Quyidagi simptomlarni majmuada paydo bo'lishi:

- chuqur tez-tez qiyin nafas

- o'zini yomon xis qilish (ko'ngil aynishi, qusish)

- ishtaxani yo'qolishi 

Shifokorga murojaat qilish kerak.

Homiladorlik va laktatsiya davri

Preparatni homiladorlikda qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki kofeinni qo'llaganda o'z o'zidan bola tashlash xavfining extimoli mavjud. Emizish vaqtida preparatni qabul qilishdan saqlanish kerak, chunki kofein ko'krak suti bilan ajraladi va bolada qo'zg'aluvchanlik chaqirishi mumkin.  

Dori vositasining transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri 

Avtomobilni xaydash va mexanizmlar bilan ishlashda cheklovlar yo'q.

Qo'llanilishi

Engil va o'rtacha og'irlikdagi og'riq sindromi: bosh og'rig'i, migren', tish og'rig'i, tish olingandan keyingi og'riq yoki boshqa stomatologik aralashuvlardagi og'riq, osteoartritlardagi og'riq, mushaklardagi va bo'g'imlardagi og'riq, tomoqdagi og'riq, hayz ko'rishdagi og'riq.

Isitma sindromi: haroratni ko'tarilishi va shamollash kasalliklaridagi va gripp, shuningdek vaktsinatsiyadan keyingi og'riqlarda qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- paratsetamolga yoki biron-bir preparat ingredientiga yuqori sezuvchanlikda

- jigar va buyrak funktsiyasining og'ir buzilishlari 

- arterial gipertenziya

- glaukoma

- uyquni buzilishi

- 12 yoshgacha bo'lgan bolalar 

- homiladorlikda qo'llash mumkin emas.


Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Paratsetamol qabul qilinganda uzoq vaqt davomida bevosita antikoagulyantlar (varfarin va boshqa kumarinlar) samarasini kuchaytiradi, bu o'z navbatida qon ketishini kuchaytiradi. Preparatni muntazam qabul qilmaslik ushbu samarani ko'rsatmaydi. 

Ta'rifi

Qobiqsiz, kapsula shaklli, bir tomonida o'yiqchasi, ikkinchchi tomoni silliq, oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar. 

Dozirovkasi

Tabletkalarni chaynamasdan, yetarlicha miqdordagi suv bilan qabul qilish kerak. Preparat ovqatdan keyin qabul qilish kerak. 

Kattalarga 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta buyuriladi. 

30 kg ko'p bo'lgan 12 yoshdan katta bolalarga kuniga 3 marta ½ tabletkadan buyuriladi.

Xar keyingi qabul uchun xar bir oraliq kamida 4 soatni tashkil qilishi kerak. 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Paratsetamol

Simptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, me'dada og'riq, ko'p terlash, teri qoplamini oqarib ketishi. 1-2 sutkadan keyin jigar shikastlanishi belgilari aniqlanadi (jigar soxasida og'riq, «jigar» fermentlari faolligini oshishi). Og'ir xollarda jigar yetishmovchiligi, entsefalopatiya va komatoz xolat rivojlanishi mumkin.
 
Davolash: preparat qabulini bekor qilish va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. Me'dani yuvish va enterosorbentlar qabul qilish tavsiya etiladi (faollashtirilgan ko'mir, polifepan). N-atsetiltsistein yoki metionin qo'llash mumkin.

Kofein

Simptomlari: epigastral soxada og'riq, ko'ngil aynishi, ko'p siyish, taxikardiya yoki aritmiya, MNT stimulyatsiya simptomlari (uyqusizlik, xayajonlanish. Bezovtalik, yuqori qo'zg'aluvchanlik, nerv tufayli qaltirash, tremor va tirishishlar).

Davolash: Simptomatik davolash. Spetsifik antidoti yo'q.  β-adrenoretseptorlar antagonistini qo'llash kardiotoksik samarasini kamaytirishi mumkin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. BOLNOL tabletkalari N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

BOLNOL boshqa chiqarish shakllari

BOLNOL EKSTRA tabletkalari 500 mg+65 mg N100
BOLNOL EKSTRA tabletkalari 500 mg+65 mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
BOLNOL PLYUS suspenziya 60ml N1
BOLNOL PLYUS suspenziya 60ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Parenteral Ltd.
Narxi
22 900 so'm dan
Bolnol DF eritmasi 3ml 75mg / 3ml N10
Bolnol DF eritmasi 3ml 75mg / 3ml N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Parenteral Ltd.
•5 ta dorixonada bor
Narxi
33 600 so'm dan
BOLNOL RELAKS gel 30g N1
BOLNOL RELAKS gel 30g N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
Narxi
24 000 so'm dan
BOLNOL tabletkalari N100
Retseptli
BOLNOL tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
Narxi
10 000 so'm dan
BOLNOL AS tabletkalari N100
Retseptli
BOLNOL AS tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
Narxi
100 000 so'm dan

BOLNOL tabletkalari N10 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

CITY PHARM Askiya 1
Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'ch., 53A uy
24/7
70 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №3
Yashnobod tumani, Oltin tepa ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
70 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №9
Mirzo Ulug'bek tumani, Sayram ko'ch., 2 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
70 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №7
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk ipak yo'li ko'ch., 299 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
70 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №1
Mirzo Ulug'bek tumani, Yuzrabot ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
70 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Parket bozori 30
Mirzo Ulug'bek tumani, Parket ko'ch., 9 uy, 2 xonadon
24/7
70 000 so'm
Bron qilish
D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
71 000 so'm
Bron qilish
D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
71 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
80 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 41
Sergeli tumani, 8A mavze, 12 uy
24/7
80 000 so'm
Bron qilish

BOLNOL tabletkalari N10 haqida savollar

BOLNOL tabletkalari N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilari

ISHAGRA 100 tabletkalari 100mg N4
Retseptli
ISHAGRA 100 tabletkalari 100mg N4
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
Narxi
14 100 so'm dan
VRAGDIAREYa tabletkalari 400mg N100
Retseptli
VRAGDIAREYa tabletkalari 400mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
BOLNOL AS tabletkalari N100
Retseptli
BOLNOL AS tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
Narxi
100 000 so'm dan
AZIDIAR 250 tabletkalari 250mg N6
Retseptli
AZIDIAR 250 tabletkalari 250mg N6
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
•10 ta dorixonada bor
Narxi
14 100 so'm dan
BOLNOL tabletkalari N100
Retseptli
BOLNOL tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
Narxi
10 000 so'm dan
DIARKAL tabletkalari N30
Retseptsiz
DIARKAL tabletkalari N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
SERISHAAN tabletkalari 10mg N100
Retseptli
SERISHAAN tabletkalari 10mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
•22 ta dorixonada bor
Narxi
140 000 so'm dan
BOLNOL RELAKS gel 30g N1
BOLNOL RELAKS gel 30g N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
Narxi
24 000 so'm dan
BOLNOL tabletkalari N10
Retseptli
BOLNOL tabletkalari N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
Narxi
10 000 so'm dan
VRAGGLIST PLYUS tabletkalari 400mg N1
Retseptli
VRAGGLIST PLYUS tabletkalari 400mg N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3
Retseptli
AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
•7 ta dorixonada bor
Narxi
29 100 so'm dan

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil