Ташкент
logo
SavatKirish

BOLNOL PLYUS suspenziya 60ml N1

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Parenteral Ltd.
ATX kodi:M01AE51
Barcha BOLNOL dorilari
81 ta dorixonada bor
Narxi 21 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 81 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

BOLNOL PLYUS suspenziya 60ml N1 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

Har 5 ml suspenziya saqlaydi:

Faol moddalar: Paratsetamol 162,5 mg, ibuprofen 100 mg

Yordamchi moddalar: saxaroza, ksantan kamedi, suvsiz kolloidli kremniy, metilparaben, propilparaben, natriy benzoati, natriy saxarini, sorbitol, povidon K-30, tvin-80, eritrozin Supra bo'yovchisi, apelsin ta'mli to'ldiruvchi, tozalangan suv.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

60 ml li suspenziya plastmass flakonda. 1 flakon qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Farmakokinetikasi

Bolnol plyus suspenziyasi tarkibiga kiruvchi paratsetamol me'da-ichak yo'llaridan tez so'riladi va uning plazmadagi kontsentrasiyasining cho'qqisiga preparat qabul qilinganidan keyin 10-60 minut o'tgach erishiladi. Paratsetamol organizmning ko'pchilik suyuq muhitlarida bir me'yorda taqsimlanadi. Asosan jigarda metabolizmga uchraydi va buyraklar orqali chiqariladi. Paratsetamolning yarimchiqarilish davri 1 soatdan 3 soatgacha. Bolnol plyus suspenziyasi tarkibiga kiruvchi ibuprofen me'da-ichak yo'llaridan tez so'riladi va uning plazmadagi kontsentrasiyasining cho'qqisiga preparat qabul qilinganidan 1-2 soatdan keyin erishiladi. Ibuprofen plazma oqsillari bilan yaxshi bog'lanadi. Siydik bilan asosan metabolitlari va kon'yugatlari ko'rinishida tez chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Bolnol plyus suspenziyasining tarkibiga kiruvchi paratsetamol asosan MNT da tsiklooksigenazani ingibirlaydi. Paratsetamolning isitmani tushiruvchi xususiyati prostaglandinlarni, ayniqsa E2 prostaglandinlari va gipotalamusdagi issiqlikni boshqarish markazining F2 mediatorlarining biosintezini bevosita bostirishi bilan bog'liq. Ibuprofen og'riqsizlantiruvchi va isitmani tushiruvchi xususiyatlariga qo'shimcha sezilarli yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega. Ibuprofen tsiklooksigenaza fermentining samarali ingibitori hisoblanadi, bu og'riq va yallig'lanish patogenezida ishtirok qiluvchi prostaglandinlarning sintezini sezilarli bostirilishiga olib keladi.

Nojo'ya samaralari

O'ta yuqori sezuvchanlik, peptik yara yoki me'da-ichakdan qon ketishlar, teri toshmalari, ko'ngil aynishi, qusish, epigastral sohada diskomfort, bosh aylanishi, ba'zida turli allergik reaktsiyalar paydo bo'lishi mumkin. Nojo'ya reaktsiyalarning simptomlari odatda preparatni qabul qilish to'xtatilganidan keyin yo'qoladi. Simptomlar davomiy bo'lganida shifokorga murojaat qilish kerak.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparat buyraklar va jigar faoliyatini jiddiy buzilishlari bo'lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qabul qilish mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi

Preparatni shifokor tavsiyalaridan tashqari homiladorlik va laktasiya davrida qabul qilish mumkin emas.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tganidan so'ng ishlatilmasin. 


Qo'llanilishi

Bolnol plyus suspenziyasi og'riq hislarida, isitmada, postimmunizasion davrda, infektsion yallig'lanishda, har qanday turdagi mushak-skelet og'riqlarida, shu jumladan sport jarohatlarida qo'llanadi.


Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, bronxospazm, astma, me'da va o'nikki barmoq ichakning yara kasalligi, me'da-ichakdan qon ketishlar, buyraklar faoliyatini buzilishi, gipertoniya.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Preparatni antigipertenziv vositalar, diuretiklar, Tsiklosporin qatori preparatlari, kortikosteroidlar, antikoagulyantlar, Xloramfenikol va varfarin bilan birga ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak.

Dozirovkasi

Ichga qabul qilish uchun.

Iste'mol qilishdan oldan chayqatilsin.

7 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar: 5 ml dan 15 ml gacha kuniga 3 marta; 4 yoshdan 6 yoshgacha: 5 ml dan 10 ml gacha kuniga 3 marta; bir yoshdan 3 yoshgacha: 5 ml kuniga 3 marta; 6 oylikdan bir yoshgacha: 2,5 ml dan 5 ml gacha kuniga 3 marta yoki shifokor ko'rsatmasi bo'yicha.


Dozani oshirib yuborilishi

Paratsetamol:

10 g va ko'proq paratsetamol qabul qilinganida kattalarda jigar shikastlanishi mumkin. 5 g va ko'proq paratsetamol qabul qilinganida uzoq muddat karbamazepin, fenobarbiton, fenitoin, primidon, rifampisin yoki jigar fermentlarini rag'batlantiruvchi boshqa preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda yoki alkogolni tavsiya qilingan miqdoridan ortiq muntazam iste'mol qiluvchi pasientlarda jigar shikastlanishi mumkin.

Faollashtirilgan ko'mir bilan davolash preparat qabul qilinganidan keyin bir soat ichida asoslangan.

Ibuprofen:

Dozani oshirib yuborilishi ko'ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og'riqlar yoki kamroq hollarda diareya, bosh og'rig'i, me'da-ichakdan qon ketish simptomlari bilan kechishi mumkin.


BOLNOL PLYUS suspenziya 60ml N1 boshqa chiqarish shakllari

Bolnol DF eritmasi 3ml 75mg / 3ml N10
Bolnol DF eritmasi 3ml 75mg / 3ml N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Parenteral Ltd.
•8 ta dorixonada bor
Narxi
30 800 so'm dan
BOLNOL RELAKS gel 30g N1
BOLNOL RELAKS gel 30g N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
Narxi
22 400 so'm dan
BOLNOL tabletkalari N10
Retseptli
BOLNOL tabletkalari N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
Narxi
10 000 so'm dan
BOLNOL tabletkalari N100
Retseptli
BOLNOL tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
Narxi
10 000 so'm dan
BOLNOL AS tabletkalari N100
Retseptli
BOLNOL AS tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
Narxi
100 000 so'm dan
BOLNOL EKSTRA tabletkalari 500 mg+65 mg N100
BOLNOL EKSTRA tabletkalari 500 mg+65 mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd

BOLNOL PLYUS suspenziya 60ml N1 savollari

BOLNOL PLYUS suspenziya 60ml N1 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil