Apteka.uz
SavatKirish

Xondroask

Xondroask chiqarilish shakllari

XONDROASK PLYUS kapsulalar  N100
XONDROASK PLYUS kapsulalar N100
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•12 ta dorixonada bor
Narxi
117 600 so'm dan
- Xondroask qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Xondroaskning tarkibi
- Xondroask ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Xondroask narxi Toshkent dorixonalarida

Xondroask haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Xondroask plyus ni quyidagi hollarda: 
-preparatning har qanday tarkibiy qismiga individual yuqori sezuvchanlik (allergik reaktsiyalar), 
-fenilketonuriya, 
-buyrak funktsiyasini yaqqol buzilishlari, 
-15 yoshgacha bo'lgan bolalar, 
-homiladorlik va laktasiya davrida qo'llash mumkin emas.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganida xondroitin sulfatining 90% me'da-ichak yo'llari (miy) dan so'riladi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasi 3-4 soatdan so'ng, sinovial suyuqligida esa 4-5 soatdan keyin aniqlanadi. Sinovial suyuqlikka nisbatan biokirishaolishligi: xondroitin uchun - 13%, glyukozamin uchun esa - 25% (jigar orqali "birinchi o'tish" samarasi ifodalangan). To'qimalarda taqsimlanishida eng katta kontsentrasiyalari jigarda, buyrakda va bo'g'im tog'ayida aniqlanadi. Qabul qilingan dozaning taxminan 30% suyak va mushak to'qimasida uzoq aylanib yuradi. T1/2 - 6-8 soat. Asosan siydik bilan o'zgarmagan holda, qisman ahlat bilan chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Tog'ay to'qimasi regenerasiyasini rag'batlantiradi. Glyukozamin va xondroitin sulfati biriktiruvchi to'qima biosintezida ishtirok etadi, Tog'ay to'qimasining buzilish jarayonlarini oldini oladi va to'qima tiklanishini rag'batlantiradi. Ekzogen glyukozaminning to'qimaga kiritilishi Tog'ay matriksi ishlab chiqarilishini kuchaytiradi va nospesifik himoyani, jumladan nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar (NYAQV) va glyukokortikosteroidlar (GKS) dan himoyani ham, ta'minlaydi. Glyukozamin gidroxloridi xondroprotektorlik va o'rtacha yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega.
Xondroitin sulfati intakt shaklda yoki alohida komponentlar ko'rinishida so'rilishidan qat'iy nazar, sog'lom Tog'ay matriksining paydo bo'lishi uchun qo'shimcha substrat bo'lib xizmat qiladi. Proteoglikanlar va kollagenning II-turini ishlab chiqarilishini rag'batlantiradi, hamda Tog'ay matriksini fermentativ parchalanishidan (gialuronizadani faolligini bosish yo'li bilan) va erkin radikallarning ta'siridan himoya qiladi; sinovial suyuqlik qovushqoqligini ta'minlaydi, tog'ayning reparasiya mexanizmini rag'batlantiradi va tog'ayni parchalaydigan (elastaza, gialuronidaza) fermentlar faolligini susaytiradi. Osteoartritni davolashda kasallik simptomlarini engillashtiradi va NYAQV ga bo'lgan ehtiyojni kamaytiradi. 
Xondroask plyus qabul qilinganda barqaror davolovchi samaraga kamida 6 oydan kam bo'lmagan muddatda erishiladi.
Glyukozamin gidroxloridi xondroprotektor xususiyatga ega, organizmda glikozaminoglikanlar tanqisligini kamaytiradi, proteoglikanlar va gialuron kislotasining biosintezida ishtirok etadi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Agar Xondroask plyus bilan davolanish vaqtida sizning homilador ekanligizni aniqlagan bo'lsangiz, darhol shifokoringizga murojat qiling, chunki fakat u davolanishni davom ettirish masalasini hal qilishi mumkin. 
Homiladorlik va laktasiya davrida preparatning samaradorligi va xavsizligi to'g'risida klinik ma'lumotlar yo'qligi sababli preparatni ushbu davrda qo'llash mumkin emas

Dozani oshirib yuborilishi

Sizga buyurilgan dozadan yuqoriroq doza qabul qilinganida darhol shifokorga murojaat qiling! Ta'riflanmagan va ehtimoli kam. Dozani oshirib yuborish hollarida simptomatik davolash, me'dani yuvish tavsiya qilinadi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Shifokor tomonidan tavsiya etilgan doza oshirilmasin. Parodontopatiyalarning turli shakllarida davolash kursini kamida 3 oy davom ettirish kerak.
Qandli diabet, bronxial astmaga chalingan va qon ketishlarga moyilligi bo'lgan bemorlarda dorini ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Qandli diabetga chalingan bemorlarda davolashning boshlanishida qondagi qand miqdorini nazorat qilish maqsadga muvofiqdir. 
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanilishi
Agar Xondroask plyus bilan davolanish vaqtida sizning homilador ekanligizni aniqlagan bo'lsangiz, darhol shifokoringizga murojat qiling, chunki fakat u davolanishni davom ettirish masalasini hal qilishi mumkin. 
Homiladorlik va laktasiya davrida preparatning samaradorligi va xavsizligi to'g'risida klinik ma'lumotlar yo'qligi sababli preparatni ushbu davrda qo'llash mumkin emas. 
Avtomobilni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Xondroask plyus preparatining qabuli pasientlardagi yuqori diqqat va tez ruhiy-xarakat reaktsiyalarini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Xondroask plyus ni xar doim sizni davolayotgan shifokorning ko'rsatmalariga amal qilgan holda qo'llang. Agar sizda biron narsaga ishonchsizlik bo'lsa farmasevtga yoki shifokoringizga murojat qiling. 
Kattalar va 15 yoshdan katta bolalarga birinchi 3 hafta davomida 2 ta kapsuladan sutkada 3 marta, keyingi kunlarda esa 2 ta kapsuladan sutkada 2 marta buyuriladi. Davolash muddati 3-6 oy. Qayta davolash kurslari o'tkazilishiga zarurat bo'lganda ularning davomiyligi individual belgilanadi. Preparatni ovqat qabulidan qat'iy nazar ko'p bo'lmagan mikdordagi suv bilan ichish kerak.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Xondroask preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Xondroask haqida savollar

Xondroask haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil