Xondroask analoglari
Guruh analoglari
Xondroask
Glyukozamin va xondroitinning majmuasi bolalar, kattalar va keksa yoshdagi shaxslarda bo'g'im tog'ayi to'qimalarining degenerativ-distrofik o'zgarishlari bilan kechadigan tayanch-harakat apparatining kasalliklari va boshqa holatlarni majmuaviy davolash uchun tavsiya qilinadi.
Quyidagilarda:
- I-III-darajali birlamchi va ikkilamchi osteoartroz, osteoporoz, parodontopatiyalar;
- elka-kurak periartriti;
- osteoxondroz, spondilyoz, tizza qopqog'ining xondromalyasiyasi;
- sinishlar (suyak qadog'i hosil bo'lishini tezlashtirish uchun);
- bo'g'imlar va umurtqa pog'onasining degenerativ-distrofik kasalliklarida qo'llanadi
Retseptli
- Kapsulalar
TERAFLEKS
- Preparat tayanch-harakat apparatining degenerativ-distrofik kasalliklarini kompleks davolash tarkibida qo'llash uchun tavsiya etiladi: ' osteoartroz, umurtqa pog'onasi osteoxondrozi; og'riq sindromi bilan kechuvchi bo'g'imlarning boshqa kasalliklari.
- Terafleks® Advans preparati qo'llanilganda ko'ngil aynishi, qorinda og'riq, meteorizm, diareya, qabziyat, allergik reaktsiyalar bo'lishi mumkin. Bu reaktsiyalar preparat bekor qilingandan so'ng yo'qoladi. Preparat tarkibiga kiruvchi ibuprofen bilan bog'liq nojo'ya reaktsiyalar rivojlanishi ehtimolini hisobga olish kerak. Ibuprofen preparatlari Terafleks® Advans preparatida saqlanadiganidan yuqori dozalarda ishlatilganda quyidagi noxush hodisalar uchrashi mumkin. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: NYaQV-gastropatiya (abdominal og'riqlar, ko'ngil aynishi, qusish, jig'ildon qaynashi, ishtahaning pasayishi, diareya, meteorizm, qabziyat; kamdan-kam hollarda — OHT shilliq qavatining yaralanishi, ular qator hollarda perforatsiya va qon ketishlar bilan asoratlanadi); og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining ta'sirlanishi yoki qurishi, og'izda og'riq, milk shilliq qavatining yaralanishi, aftoz stomatit, pankreatit, gepatit, transaminazalar faolligining oshishi. Nafas olish tizimi tomonidan: hansirash, bronxospazm. MNT tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyqusizlik, xavotirlik, asabiylik, ta'sirlanuvchanlik, psixomotor qo'zg'alish, uyquchanlik, depressiya, ongning chalkashishi, gallyutsinatsiyalar; kamdan-kam hollarda - aseptik meningit (ko'proq autoimmun kasalliklari bo'lgan bemorlarda). Sezgi a'zolari tomonidan: eshitishning buzilishi (eshitishning pasayishi, quloqlarda jaranglash yoki shovqin), ko'rishning buzilishi (ko'ruv nervining toksik shikastlanishi, noaniq ko'rish yoki ikkilanish, skotoma, ko'zning qurishi va ta'sirlanishi, allergik genezli kon'yunktiva va qovoqlar shishi).
Retseptli / Retsepsiz
- Kapsulalar
- Krem












