Apteka.uz
SavatKirish

Xondroksid

Xondroksid chiqarilish shakllari

XONDROKSID gel 30g 5%
Retseptsiz
XONDROKSID gel 30g 5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm, AO
•110 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan
XONDROKSID maz 30g 5%
Retseptsiz
XONDROKSID maz 30g 5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm, AO
•4 ta dorixonada bor
Narxi
84 000 so'm dan
- Xondroksid qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Xondroksidning tarkibi
- Xondroksid ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Xondroksid narxi Toshkent dorixonalarida

Xondroksid qo'llanmasi

Umumiy ma'lumot

XONDROKSID®

dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Preparatning savdo nomi Xondroksid®

Xalqaro patentlanmagan yoki guruhlangan nomi Xondroitin sulfati

Dori shakli sirtga qo‘llash uchun gel

Tarkibi

Faol modda: xondrotin natriy sulfati – 0,05 g (100% quruq moddaga hisoblanganda); yordamchi moddalar: dimetilsulfoksid (dimeksid) – 0,1 g, propilenglikol (1,2-propandiol) – 0,05 g, izopropanol (izopropil spirti, 2-propanol)-0,05 g, etanol (etil spirti) – 0,2 g, natriy disulfati (natriy metabisulfiti) – 0,0005 g, metilparagidroksibenzoat (nipagin, metilparaben) – 0,0012 g, propilparagidroksi-benzoat (nipazol, propilparaben) – 0,0003 g, karbomer (karbopol) – 0,035 g, apelsin aromatizatori (ozuqa “Apelsin” aromatizatori) – 0,005 g, suv (tozalangan suv) – 1 g gacha.

Ta‘rifi

Sarg‘ish, yarimtiniq, meva hidli bir xil gel.

Farmakoterapevtik guruhi

To‘qimalarning reparasiyasini rag‘batlantiruvchisi

ATX kodi: M01AX25.

Farmakologik ta‘siri

Xondroksid® geli majmuviy ta‘sirga ega:

  • osteoartrozni va osteoxondrozni kuchayib borishini sekinlashtiradi;
  • og‘riqni qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi;
  • yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi;
  • bo‘g‘im tog‘ayining tiklanishini rag‘batlantiradi;
  • bo‘g‘imlarning harakatchanligini yaxshilaydi;
  • bo‘g‘imlarning shishini kamaytiradi.

Gelning komponentlarini optimal mos qo‘shilishi tufayli ularning og‘riqni qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi samaralarini o‘zaro kuchayishi aniqlanadi.

Xondroksid® gel preparatini qo‘llash qabul qilayotgan nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarning dozalarini kamaytirish imkonini beradi.

Xondroksid® tabiiy komponent xondroitin sulfatini (yuqori molekulyar mukopolisaxarid) saqlaydi, u tog‘ay to‘qimalarni qurilishida ishtirok etadi.

Xondroitin sulfati:

  • tog‘ay to‘qimasida fosfor-kalsiy almashinuvini yaxshilaydi;
  • tog‘ay to‘qimasini parchalaydigan fermentlarning faolligini pasaytiradi;
  • tog‘ay to‘qimasida degenerasiya (parchalanish) jarayonlarini tormozlaydi;
  • glikozaminoglikanlar sintezini rag‘batlantiradi;
  • biriktiruvchi to‘qimasining kollapsiga to‘sqinlik qiladi;

Bu shikastlangan bo‘g‘imlarda og‘riqni kamayishiga va harakatchanlikni oshishiga olib keladi.

Farmakokinetikasi

Xondroksid® geli yaxshi so‘riladi. Sichqonlarda radionishonlangan 3N-xondroitin sulfati ishlatilgan holda eksperimental tekshirishlardan olingan ma‘lumotlarga muvofiq xondroitin sulfatining so‘rilish ko‘rsatkichi 14% ni tashkil qiladi. Dimetilsulfoksid xondroitin sulfatni xujayra membranalari orqali to‘qimalarni ichkarisiga yaxshi kirishiga yordam beradi. Xondroksid® gel preparati teriga surtilgandan keyin xondroitin sulfat bo‘g‘imlarga tez va tanlab o‘tadi, 30 minutdan keyin maksimal konsentrasiyaga erishadi va keyinchalik preparat tog‘ay to‘qimasidan ikki bosqichli chiqariladi. Chiqarilishining tez bosqichini tugallanishi qo‘llangandan 1 soatdan keyin yuz beradi. Preparatni bo‘g‘imlarda tutilib qolishi 5 soatni tashkil qiladi.

Qo‘llanilishi

Periferik bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining degenerativ-distrofik kasalliklari: osteartroz, umurtqa pog‘onasining osteoxondrozni davolash va oldini olish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Preparat surtilgan sohada teri qoplamalarini shikastlanishida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Homiladorlik, laktasiya davri, bolalik yoshi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga. Xondroksid®  geli teriga shikastlanish o‘chog‘i ustiga kuniga 2-3 marta surtiladi va yengil qarsaksimon harakatlar bilan to‘liq shimilguncha 2-3 minut davomida ishqalanadi. Davolash kursi 2-3 haftadan 2-3 oygacha tashkil qiladi.

Zarurati bo‘lganida davolash kursi takrorlanadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Xondroksid® gel preparati dozasini oshirib yuborilish hollari to‘g‘risida xabar qilinmagan.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sirlashishi yoki nomutanosibligi hollari noma‘lum.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni shilliq qavati va ochiq jarohatlarga tushishidan saqlanish kerak. Teriga yoki kiyimga tushganida gel suv bilan iz qoldirmasdan oson yuviladi. Preparat homiladorlikda, laktasiya davrida, bolalik yoshida shifokorni maslahatsiz qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Xondroksid® geli sedativ samara, psixomotor buzilishlar chaqirmaydi va pasientni yuqori e‘tibor va tezkor ruhiy va harakat reaksiyalarini talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun 5% li gel. 20, 25, 30, 35, 40 g dan alyuminiy tubalarda yoki polietilen laminat tubalarda. Har bir tuba preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylanadi.

Saqlash sharoiti

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil. Preparat o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Xondroksid preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Xondroksid narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Europharm
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
90 000 so'm
Buyurtma berish
GoPharm
Olmazor tumani, Адрес
24/7
100 000 so'm
Buyurtma berish
А5
Mirobod tumani,
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-02:00
84 000 so'm
А5 Filial Markaz 1
Mirzo Ulug'bek tumani, 1 mavze, 6/1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
84 000 so'm

Xondroksid barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Xondroksid haqida savollar

Xondroksid haqida fikr-mulohazalar

Reyting 3.7, 3 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil