BAKLOSAN 0,01 tabletkalari N50

BAKLOSAN 0,01 tabletkalari N50 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
So'rilishi
Ichga qabul qilingandan so'ng baklofen MITYdan tez va to'liq so'riladi. Qon plazmasida Cmax ga preparat qabul qilinganidan 2-3 soat o'tgach erishiladi.
Taqsimlanishi
Plazma oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 30% ni tashkil qiladi. Baklofen yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi, ko'krak suti bilan ajralib chiqadi.
Metabolizmi
Jigarda metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi
Siydik bilan, asosan o'zgarmagan holda chiqariladi.
Nojo'ya samaralari
MNS va periferik asab tizimi tomonidan: uyquchanlik, bosh aylanishi, yurishning buzilishi, yuqori toliqish, ongning chalkashishi, apatiya, eyforiya, depressiya, paresteziyalar, ataksiya, tremor, nistagm, akkomodatsiya parezi, gallyutsinatsiyalar, tirishishlar, tirishish bo'sag'asining pasayishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, og'iz qurishi, qabziyat, diareya.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: siydik tutilishi, dizuriya, enurez; uzoq muddat qo'llanilganda - buyrak funktsiyasining buzilishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: qon bosimining pasayishi.
Boshqalar: mialgiya, mushak kuchsizligi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Jigar kasalliklari va qandli diabeti bo'lgan bemorlarda vaqti-vaqti bilan jigar transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligini, shuningdek qondagi glyukoza miqdorini nazorat qilish kerak.
Avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Baklosan qabul qilayotgan bemorlar yuqori diqqat va tezkor psixomotor reaksiyalar zarurati bilan bog'liq potensial xavfli faoliyat turlaridan saqlanishlari kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
— psixozlar;
— Parkinson kasalligi;
— epilepsiya;
— tirishishlar (anamnezda);
— surunkali buyrak yetishmovchiligi;
— homiladorlik;
— laktatsiya (emizish);
— baklofenga yuqori sezuvchanlik.
Tserebrovaskulyar yetishmovchilikda, bosh miya tomirlari aterosklerozida, me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi bo'lgan bemorlarga, keksa yoshdagi bemorlarga, 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Baklosan MNT ga ta'sir qiluvchi preparatlar, gipotenziv vositalar, etanol ta'sirini bir vaqtda qo'llanilganda kuchaytiradi.
Baklosan tritsiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda mushak tonusining sezilarli pasayishi mumkin.
Parkinson kasalligi bo'lgan bemorlarda Baklosan levodopa va karbidopa bilan bir vaqtda qabul qilinganda gallyutsinatsiyalar, ong chalkashishi, qo'zg'alish yuzaga kelishi mumkin.
Dozirovkasi
Kattalarga preparat boshlang'ich 5 mg dozada 3 marta tayinlanadi; asta-sekin har 3 kunda doza optimal terapevtik samara rivojlanguncha (odatda 30-75 mg/ gacha) oshiriladi. Preparatni yuqori dozalarda (odatda 30-75 mg/ gacha) qo'llashni talab qiladigan bemorlarga Baklosan 25 mg tabletkalarda tayinlanadi. Maksimal sutkalik doza - 100 mg.
65 yoshdan katta bemorlarda nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lish xavfi ortishi sababli preparat dozasini ehtiyotkorlik bilan oshirish kerak.
Bolalar uchun preparatning boshlang'ich bir martalik dozasi 5 mg ni tashkil qiladi, qabul qilish chastotasi 3. Zarurat bo'lganda dozani ehtiyotkorlik bilan har 3 kunda oshiradilar. O'rtacha tavsiya etilgan dozalar 1 yoshdan 2 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun - 10-20 mg/, 2 yoshdan 6 yoshgacha - 20-30 mg/, 6 yoshdan 10 yoshgacha - 30-60 mg/ ni tashkil qiladi 10 yoshdan katta bolalarda maksimal sutkalik doza tana vazniga 1,5-2 mg/kg hisobidan belgilanadi.
Preparat ovqat vaqtida qabul qilinadi. Navbatdagi qabul o'tkazib yuborilganda preparatning ikki baravar dozasini qabul qilmaslik kerak.Dozani oshirib yuborishmushak gipotoniyasi, nafas olish markazining susayishi, ongning chalkashishi, koma (ong qaytgandan keyin mushak gipotoniyasi 72 soat davomida saqlanib qolishi mumkin
BAKLOSAN 0,01 tabletkalari N50 o'xshash dorilari



1

