BAKLOSAN tabletkalari 25mg N50

BAKLOSAN tabletkalari 25mg N50 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
So'rilishi
So'rilishi - yuqori. Qon plazmasida Cmax ga preparat qabul qilinganidan 2-3 soat o'tgach erishiladi.
Taqsimlanishi
Plazma oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 30% ni tashkil qiladi. Baklofen yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi, ko'krak suti bilan ajralib chiqadi.
Metabolizmi
Jigarda metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi
Siydik bilan, asosan o'zgarmagan holda chiqariladi.
Farmakologik ta'siri
Markaziy ta'sirga ega miorelaksant; GABABB-retseptorlari agonisti. Afferent sezgir tolalar oxirgi bo'limlarining qo'zg'aluvchanligini pasaytirib va oraliq neyronlarni bostirib, nerv impulslarining mono- va polisinaptik uzatilishini susaytiradi; mushak urchuqlari oldindan tarangligini kamaytiradi. Nerv-mushak sinapslarida impulslar uzatilishiga ta'sir qilmaydi. Skelet mushaklarining spastikligi bilan kechuvchi nevrologik kasalliklarda og'riqli spazmlarni va klonik tirishishlarni susaytiradi. Bo'g'imlarda harakat hajmini oshiradi, passiv va faol kinezoterapiyani (jismoniy mashqlar, massaj, manual terapiya) o'tkazishni engillashtiradi.
Nojo'ya samaralari
Paydo bo'lish tezligiga qarab quyidagi nojo'ya ta'sirlar guruhlari ajratiladi: juda kam hollarda - 0,01% dan kam, kam hollarda - 0,01% dan ortiq va 0,1% dan kam, tez-tez emas - 0,1% dan ortiq va 1% dan kam, tez-tez - 1% dan ortiq va 10% dan kam, juda tez-tez - 10% dan ortiq.
Asab tizimi tomonidan: juda tez-tez - uyquchanlik, sedativ ta'sir; tez-tez bosh aylanishi, holsizlik, charchoq, ongning chalkashishi, yurishning buzilishi, uyqusizlik, eyforiya, depressiya, asteniya, ataksiya, tremor, gallyutsinatsiyalar, dahshatli tushlar, nistagm, og'iz qurishi; kam hollarda - paresteziyalar, dizartriya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez - yurakdan qon otib chiqarilishining kamayishi, arterial gipotenziya.
OIT tomonidan: juda tez-tez - ko'ngil aynishi; tez-tez - qusish, qabziyat, diareya, dispeptik hodisalar; kam hollarda - abdominal og'riqlar, disgevziya, jigar funktsiyasining buzilishi.
Nafas olish tizimi tomonidan: tez-tez - nafas olishning susayishi.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: tez-tez - mialgiya.
Sezgi a'zolari tomonidan: tez-tez - akkomodatsiya parezi, ko'rish buzilishlari.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: tez-tez - gipergidroz, toshma.
Buyraklar va siydik chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez - poliuriya, enurez, dizuriya; kam hollarda - siydik tutilishi.
Reproduktiv tizim tomonidan: kam hollarda - erektil disfunktsiya.
Umumiy buzilishlar: juda kam hollarda - gipotermiya.
Alohida hollarda spastiklikning oshishi kuzatilgan, bu preparatga paradoksal reaksiya sifatida baholangan.
Maxsus saqlash sharoitlari
Nojo'ya ta'sirlar ko'pincha tranzitor xarakterga ega, ularni yuzasidan davolash o'tkazilayotgan kasallik simptomlaridan farqlash kerak: yondosh epilepsiyada davolashni epilepsiyaga qarshi vositalarni bekor qilmasdan o'tkazadilar.
Jigar kasalliklari va qandli diabeti bo'lgan bemorlarda vaqti-vaqti bilan jigar transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligini, shuningdek qondagi glyukoza miqdorini nazorat qilish kerak.
Avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Baklosan® qabul qilayotgan bemorlar yuqori diqqat va tezkor psixomotor reaksiyalar zarurati bilan bog'liq potensial xavfli faoliyat turlaridan saqlanishlari kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- psixozlar;
- Parkinson kasalligi;
- epilepsiya;
- tirishishlar (shu jumladan anamnezda);
- me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi;
- laktaza tanqisligi, laktozani o'zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi;
- homiladorlik;
- laktatsiya (emizish);
- baklofenga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik bilan tserebrovaskulyar yetishmovchilikda, bosh miya tomirlari aterosklerozida, surunkali buyrak yetishmovchiligida, keksa yoshdagi bemorlarga, 3 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Baklosan® MNT ga ta'sir qiluvchi preparatlar, gipotenziv, podagraga qarshi vositalar, etanol ta'sirini bir vaqtda qo'llanilganda kuchaytiradi.
Baklosan tritsiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda mushak tonusining sezilarli pasayishi mumkin.
Baklosan levodopa va karbidopa bilan bir vaqtda qabul qilinganda gallyutsinatsiyalar, ong chalkashishi, qo'zg'alish yuzaga kelishi mumkin.
Dozirovkasi
Ichga, ovqat vaqtida. Navbatdagi qabul o'tkazib yuborilganda preparatning ikki baravar dozasini qabul qilmaslik kerak.
Kattalar
Boshlang'ich doza - 5 mg dan sutkasiga 3 marta, keyinchalik dozani har 3 kunda terapevtik samara boshlanguncha 5 mg ga oshirish bilan (odatda 30-75 mg/sut gacha). Maksimal sutkalik doza 100 mg ni tashkil qiladi.
Yakuniy doza shunday belgilanadiki, mushak tonusining pasayishi haddan tashqari miasteniyaga olib kelmasligi va harakat funktsiyalarini yomonlashtirmasligi kerak. Yuqori sezuvchanlikda boshlang'ich sutkalik doza 5-10 mg ni tashkil qiladi, keyinchalik sekinroq oshirish bilan.
Surunkali buyrak yetishmovchiligida va gemodializ o'tkazishda sutkalik doza - 5 mg.
Baklofenning yuqori dozalarini (sutkasiga 75 mg dan 100 mg gacha) qabul qilishni talab qiladigan bemorlarda preparatni 25 mg tabletkalarda qo'llash kerak.
65 yoshdan katta bemorlarda nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lish xavfi ortishi sababli preparat dozasini ehtiyotkorlik bilan oshirish kerak.
Bolalar
Boshlang'ich doza - 5 mg dan sutkasiga 3 marta. Zarurat bo'lganda dozani terapevtik samara boshlanguncha ehtiyotkorlik bilan har 3 kunda 5 mg ga oshirish mumkin.
Odatda quyidagi dozalar tavsiya etiladi: 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda - 20-30 mg/sut, - 30-60 mg/sut, 10 yoshdan katta bolalarda maksimal sutkalik doza tana vazniga 2,5 mg/kg ni tashkil qiladi; boshlang'ich doza - tana vazniga 1,5-2 mg/kg.
Preparatni bekor qilish asta-sekin (1-2 hafta davomida) amalga oshiriladi.
Hajm/og'irlik
BAKLOSAN tabletkalari 25mg N50 o'xshash dorilari



Baklosan boshqa chiqarish shakllari

BAKLOSAN tabletkalari 25mg N50 analoglari

{
"data": {
"id": 65053,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "baklosan-tabletki-25-mg-n50",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "BAKLOSAN tabletkalari 25mg N50",
"brand_name": "BAKLOSAN",
"image": "uploads/iblock/88e/88edee9cb75998f1b8a8aee5275a2aa6.webp",
"atx_code": "M03BX01",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "prescription",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Pharmaceutical Works Polpharma S.A.",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 489,
"slug": "kostno-myshechnaya-sistema",
"name": "Suyak mushak tizimi",
"external_link_title": "",
"external_link": ""
},
"drug_group": {
"id": 5962,
"slug": "baklosan",
"name": "Baklosan"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 44,
"slug": "polsa",
"name": "Polsha"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 6443,
"slug": "baklofen",
"name": "Baklofen"
}
],
"tags": []
}
}



