Ташкент
logo
SavatKirish

TERAFLEKS ULTRA kapsulalar N60

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Dori vositalari
Ishlab chiqaruvchi:OOO «VTF», 601125, Rossiya
Vakil:Bayer
Barcha TERAFLEKS dorilari
123 ta dorixonada bor
Narxi 206 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 123 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas

TERAFLEKS ULTRA kapsulalar N60 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi

Glyukozamin gidroxloridi, xondroitin natriy sulfati; jelatin kapsulasi (jelatin, bo'yovchisi: titan dioksidi); zanjabil ildizi ekstrakti, vitaminli premiks (II turdagi tabiiy kolagen (II turdagi tabiiy kollagen (Collavant™ n2), nikotinamid, tashuvchisi: mikrokristall sellyuloza, kalsiy pantotenat, piridoksin gidroxloridi, riboflavin, tiamin gidroxloridi, sianokobalamin), askorbin kislotasi; tashuvchisi: mikrokristall sellyuloza; yopishqoqlikga qarshi agentlar: amorf kremniy dioksidi, stearin kislotasining magniyli tuzi (magniy stearati).

Komponent nomi

4 ta kapsuladagi tarkibi

Tavsiya etilgan darajani sutkalik iste'mol qilish  %1/Sutkalik iste'mol qilish darajasini2 adekvat %

Glyukozamin, mg

1240

177*,2

Glyukozamin gidroxloridi ko‘rinishida, mg

1500,4

-

Xondroitin sulfati, mg

1000

167*,2

B1 Vitamini, mg

2,1

150*,1

В2 Vitamini, mg

2,4

150*,1

В3 Vitamini /РР, mg

27

150*,1

В5 Vitamini, mg

9

150*,1

В6 Vitamini, mg

3

150*,1

В12 Vitamini, mkg

1,5

150*,1

С Vitamini, mg

100

167*,1

Gingerol, mg

kamida 15

-

zanjabil ildizi ekstrakti ko’rinishida, mg

300

-

Shu jumladan:

denaturatsiyalanmagan  (tabiiy)  II  turdagi  kollagen (Colavant™ n2), mg

40

-

1 - TR CU 022/2011 "Oziq-ovqat mahsulotlari ularning markirovka qismida".

2 – EvrAzES «Sanitariya-epidemiologik nazoratga (nazorati)» tegishli mahsulotlarga yagona sanitariya-epidemiologik va gigienik talablari.

*- iste'mol qilishning yuqori chegarasidan oshmaydi.

Mahsulotning ozuqaviy qiymati haqidagi ma'lumotlar mahsulotdagi biologik faol moddalar (BAF) tarkibining o'rtacha qiymati bilan hisoblanadi.

4 ta kapsulaning ozuqaviy qiymati: oqsillar - 0,468 g.

4 ta kapsulaning energetik qiymati -1,9 kkal / 8 kDj.

Chiqarish shakli:

875 mg og'irlikdagi kapsulalar.



Farmakodinamikasi

Glyukozamin va xondroitin sulfati ispotlangan samarali dozalarda mavjud va majmuada osteoartrit simptomlari (bo'g'imlardagi noqulaylik, og'riq, qattiqlik va boshqalar) bilan bog'liq holda bir-birlarining maqbul samaralarini to'ldirib va kuchaytirib sinergizmni namoyon etadi. Glyukozamin va xondroitin sulfati bo'g'imlarning tog’ay to'qimalarida tiklanish jarayonlarni rag'batlantiradi, bu esa jismoniy zo'riqish, yoshga bog'liq o'zgarishlar va osteoartrit va osteoxondrozdagi degenerativ-distrofik jarayonlar ta'sirida eskirish va yomonlashihshiga duchor bo'ladi.

Glyukozamin xondroitin va gialuron kislotasining sintezi uchun zarur, II turdagi kollagen sintezini rag'batlantiradi va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega.

Xondroitin sulfati analgetik va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega, tog’ay to’qimasiga faol regeneratsiyasiga yordam beradi va nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarga bo'lgan ehtiyojni kamaytiradi.

Birgalikda qo'llanilganda, xondroitin va glyukozamin alohida-alohida ko'ra samaraliroq bo'ladi, xususan, tog’ay tarkibiy qismlarining sinteziga ta'siri, tiklanish jarayonlari va osteoartrit simptomlariga.

Noyob ta'sir mexanizmi tufayli denaturatsiyalanmagan (tabiiy) II turdagi kollagen (Colavant™ n2) bo'g'imlardagi og'riqni kamaytirishga, xarakat faolligini yaxshilashga va bo'g'im to'qimalarining yallig'lanishini oldini olishga yordam beradi.

II    turdagi kollagen bo'g'imlarning biriktiruvchi to'qimalarining asosiy oqsili bo'lib, ularning tuzilishini tashkil qiladi. Osteoartrit, yoshga bog'liq yoki degenerativ-distrofik o'zgarishlar bilan tog’ay to'qimalarning o'z kollagenini shikastlanishi yuz beradi.

Kollagenning bo'laklari organizm tomonidan begona deb tan olinadi va yallig'lanishni keltirib chiqaradigan moddalarni chiqaradigan immunitet hujayralarini faollashtiradi. Yallig'lanish bo'g'imdagi kollagen va boshqa tog’ay to’qimalari tuzilmalarini yo'q qilishni kuchaytiradi. Shunday qilib, tog’ay va barcha qo'shma to'qimalarning kuchayishiga va keyinchalik asta-sekin yo'q qilinishiga olib keladigan turg’un doira hosil bo'ladi.

Denaturatsiyalanmagan (tabiiy) II turdagi kollagen (Colavant™ n2) bu (tabiiy) saqlangan tuzilishga ega va immun-yallig'lanish javobini bostirishga qaratilgan noyob ta'sir mexanizmiga ega kollagendir.

Tabiiy kollagen, oddiy ozuqaviy kollagendan farqli o'laroq, me’da kislotasi va ovqat hazm qilish fermentlari tomonidan yo'q qilinishidan himoyalangan, shuning uchun u o'zgarmagan ko’rinishda ichaklarga yetib boradi va u yerda o'z faolligini ko'rsatadi. Tabiiy kollagen molekulasining soxalari ichakdagi limfoid to'qima hujayralari bilan o'zaro ta'sir qiladi, ular maxsus signal molekulalarini chiqaradi, natijada tog’ay to’qimaning o’z kollagen va yallig'lanishga patologik immunitet javobini bostiradi. Shunday qilib, tabiiy kollagen tog’ay to’qimaning keyingi shikastlanishini avj olishini oldini oladi va bo'g'imlarning yangilanishini rag'batlantiradi.

Gingerol (zanjabil ekstraktining faol komponenti) ko'plab yallig'lanishga qarshi moddalarning shakllanishi va ta'sirini susayishi orqali og’riq qoldiruvchi va yallig'lanishga qarshi ta'sir ko’rsatadi.

Nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalardan farqli, gingerol tabiiy va xavfsiz og'riq qoldiruvchi vosita xisoblanadi va shuning uchun uzoq muddatli og’riq qoldiruvchi samaraga erishish uchun uni uzoq kurslarda olish mumkin. Eksperimental tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, analgetik samarasi bo'yicha gingerol nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar bilan taqqoslanadi, shuningdek, me’da shilliq qavatining himoya omillarini ishlab chiqarishni oshiradi va NYQVlarning zararli ta'sirini kamaytiradi.

C vitamini o'z kollagenini sintez qilish va bo'g'imlarning va umurtqa pog'onasining biriktiruvchi to'qimalarining paylari, bog’lamlari va boshqa tuzilmalarining elastikligini saqlash uchun zarurdir; tog’ay to'qimalarning yangilanishiga yordam beradi; yallig'lanishga qarshi va antioksidant ta'sirga ega; bo'g'imlarning to'qimalarida metabolik jarayonlarni normallashtirish uchun zarur.

Ko'pgina tadqiqotlar C vitaminini yetarli darajada iste'mol qilmaslik va tog’ay to’qimasini yo’qotilishi o'rtasidagi bog'liqlikni aniqladi.

B vitaminlari glyukozamin va xondroitinning xondroprotektiv ta'sirini kuchaytiradi. B vitamini tanqisligi bo’gimlar patologiyasini rivojlanishi bilan bog'liq.

Dori shakli

Kapsulalar

Qo'llanilishi
Aholiga oziqaga biologik faol qo'shimchasi sifatida sotish uchun - xondroitin sulfati va glyukozamin manbai, gingerolalarni saqlaydigan C, B1, B2, B3 / PP, B5, B6, B12 vitaminlari qo'shimcha manbai sifatida qo‘llanadi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Komponentlarni individual o’zlashtiraolmaslik, homiladorlik, emizish, varfarin va boshqa kumarin antikoagulyantlarini qabul qilish. Ozuqaga biologik faol qo’shimchani qo’llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Dozirovkasi
Kattalarga 2 kapsuladan kuniga 2 marta, ovqat vaqtida yoki undan keyin.

Qabul qilish davomiyligi kamida 2 oy. Zarurati bo’lganda, qabul qilish kursi takrorlanishi mumkin.

TERAFLEKS boshqa chiqarish shakllari

TERAFLEKS XONDRO krem 30g
Retseptsiz
TERAFLEKS XONDRO krem 30g
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
53 700 so'm dan
TERAFLEKS kapsulalar  N60
Retseptsiz
TERAFLEKS kapsulalar N60
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
280 000 so'm dan
TERAFLEKS XONDRO FORTE krem 30g N1
Retseptsiz
TERAFLEKS XONDRO FORTE krem 30g N1
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm, AO
Narxi
53 700 so'm dan
TERAFLEKS ADVANS kapsulalar  N60
Retseptsiz
TERAFLEKS ADVANS kapsulalar N60
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
135 000 so'm dan
TERAFLEKS ADVANS kapsulalar  N120
Retseptsiz
TERAFLEKS ADVANS kapsulalar N120
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
193 000 so'm dan
TERAFLEKS kapsulalar  N120
Retseptsiz
TERAFLEKS kapsulalar N120
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
408 000 so'm dan
TERAFLEKS kapsulalar  N30
Retseptsiz
TERAFLEKS kapsulalar N30
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
124 000 so'm dan

TERAFLEKS ULTRA kapsulalar N60 haqida savollar

TERAFLEKS ULTRA kapsulalar N60 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilari

TERAFLEKS ULTRA kapsulalar  N60
Retseptsiz
TERAFLEKS ULTRA kapsulalar N60
Rossiya Federatsiyasi
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «VTF», 601125, Rossiya
Narxi
206 000 so'm dan

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil