Apteka.uz
SavatKirish

KETONAL krem 30g 5%

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Sloveniya
Faol modda:Ketoprofen
Farmakoterapevtik guruh:

Tashqi foydalanish uchun steroid bo'lmagan yallig'lanishga qarshi dorilar

Ishlab chiqaruvchi:Lek d.d.,Salutas Pharma GmbH
Teglar:Og'riqdan
ATX kodi:M01AE03
Barcha Ketonal dorilari
111 ta dorixonada bor
Narxi 43 800 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 111 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KETONAL krem 30g 5% qo'llanmasi

Saqlash shartlari

Bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlang. 25 ° C dan past haroratda saqlang. Naychani mahkam yopiq holda saqlang.

Tarkibi

Ta’sir etuvchi modda: ketoprofen.

Bir gramm krem 50 mg ketoprofen saqlaydi.

Yordamchi moddalar: glitserinli sorbitanning moyli stearati (Arlatsel 481 V), dodetsilglikol va polietilenglikol sopolimeri (Elfakos ST 9), izopropilmiristat, magniy sulfati geptagidrati, metilparagidroksibenzoat (E218), propilenglikol, propilparagidroksibenzoat (E216), oq yumshoq parafin, tozalangan suv.

Ketonalning ayrim yordamchi moddalari haqida ma’lumot

Krem metilparagidroksibenzoat (E218) va propilparagidroksibenzoat (E216) saqlaydi, ular allergik reaksiyalar, shu jumladan sekinlashgan tipdagi allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin.

Krem propilenglikol saqlaydi. Terini ta’sirlanishini chaqirishi mumkin.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

30 yoki 50 g krem tuba uchida membrana bilan kavsharlangan va buraladigan qopqoqcha bilan berkitilgan alyumin tubada.
Bitta tubadan qo‘llashga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

 Chiqarilish shakli
Krem.

Farmakodinamikasi

Ketonal tarkibida steroid bo'lmagan yallig'lanishga qarshi dorilarga (NSAID) tegishli ketoprofen faol moddasi mavjud. Siklooksigenaza fermentini inhibe qiladi, lipoksigenaza faolligini va bradikinin sintezini inhibe qiladi, yallig'lanish jarayonida ishtirok etadigan fermentlarning chiqarilishini oldini oladi. Ketoprofen analjezik, yallig'lanishga qarshi va antipiretik ta'sirga ega.

Farmakokinetikasi

Krem ko‘rinishida mahalliy surtilgan ketoprofen juda sekin so‘riladi va organizmda to‘planmaydi. Mahalliy surtilgandan keyin uning biokiraolishligi ichga qabul qilish uchun shakllari bilan solishtirganda taxminan 5% ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan ahamiyatli darajada (99%) bog‘lanadi. Asosan siydik bilan chiqariladi.

Farmakoterapevtik guruh

Tashqi foydalanish uchun steroid bo'lmagan yallig'lanishga qarshi dorilar

Nojo'ya samaralari

Barcha preparatlar kabi Ketonal barchadam ham yuzaga kelmaydigan nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin.
Eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya samaralari bo‘lib, eritema, qichishish va achishish kabi mahalliy teri reaksiyalari hisoblanali, ular qo‘llash sohasidan tashqariga tarqalishi mumkin.
Nojo‘ya samaralarning uchrash tez-tezligi bo‘yicha tasnifi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1 000, <1/100), kam xollarda (≥1/10 000, <1/1 000), juda kam xollarda (<1/10 000), tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida tez-tezligini baholab bo‘lmaydi).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma’lum: anafilaktik shok, angionevrotik otek, yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: eritema, ekzema, qichishish va achishish kabi mahalliy teri reaksiyalari. 
Kam xollarda: dermatologik: fotosezuvchaklik va eshakemi; bullyoz yoki fliktenulyoz eritma kabi jiddiyroq teri reaksiyalari xolatlari, ular tarqalishi yoki yoyilishi mumkin.
Tizimli qo‘llaganda ham, mahalliy qo‘llaganda ham eshakemi, teri toshmasi, fotosezuvchanlik reaksiyalari, bullyoz toshmalar, purpura, ko‘p shaklli eritema, lixenoid dermatit, teri nekrozi va Stivens-Djonson sindromi kuzatilgan.
Juda kam xollarda: og‘ir kontakt dermatit. Jiddiy kontakt fotoallergiya rivojlanishi mumkin, unda teri o‘zgarishlari tarqalgan xarakterga ega bo‘lishi va uzoq davom etishi mumkin. Sirtga qo‘llanadigan ketoprofen ayrim xolatlarda juda uzoq davom etuvchi fotosezuvchanlik rivojlanishini chaqirishi mumkin, hatto bir marta qo‘llagandan keyin ham. Toksik epidermal nekroliz ta’riflangan.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Juda kam xollarda: mavjud buyrak yetishmovchiligini yomonlashishi, interstitsial nefrit.

Qo'llanilishi

Ketonal kremi quyidagilarni mahalliy davolash uchun qo‘llanadi:

 sport jarohatlaridan keyingi mushak va bo‘g‘imlardagi og‘riq va posttravmatik og‘riqli holatlarda (cho‘zilish, paylar va bo‘g‘imlarni uzilishi kabi);

 haddan tashqari jismoniy yuklamadan keyingi mushak og‘rig‘i;

 beldagi og‘riq va yallig‘lanish (bel-dumg‘aza sohasi) va bo‘g‘imlarning degenerativ kasalliklarida qo‘llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

• ketoprofen yoki preparatning yordamchi moddalaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik;
• ketoprofenga, tiaprofen kislotasiga, fenofibratga, quyoshdan himoyalovchi vositalar yoki parfyumeriya mahsulotlariga avvaldagi teri allergik reaksiyalari;
• avvalda fotosezuvchanlikning har qanday reaksiyasi;
• avval ketoprofen, fenofibrat, tiaprofen kislotasi, atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYAQP ga yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (astma simptomlari, allergik rinit kabi);
• shikastlangan yoki patologik jarayon bilan o‘zgargan teriga, masalan ekzemani, husnbuzar, turli dermatozlar, ochiq yaralar yoki infeksion shikastlanishlarni mavjudligida surtish;
• homiladorlikning oxirgi uch oyligi;
• 15 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Preparatni qo‘llash vaqtida yoki uni qo‘llash yakunlangandan keyin ikki xafta davomida krem surtilgan teri sohalari quyosh ta’siri (hatto yorqin bo‘lmascha ham) va solyariyda ultrabinafsha nurlanish ta’siriga duchor qilish mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Ketoprofen sirtga qo‘llanilganda uning zardobdagi konsentratsiyasi pastligi tufayli, boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta’siri ehtimoli kam.

Metotreksatning (psoriaz, revmatoid artrit va rakni davolash uchun preparat) yuqori dozalarini hamroh yuboriladigan NYAQP, shu jumladan ketoprofen bilan qo‘llaganda jiddiy o‘zaro ta’sirlar ta’riflangan. Ketoprofen metotreksatning chiqarilishini pasaytiradi va uning toksikligini oshishiga olib keladi.

Salitsilatlarni (masalan atsetilsalitsil kislotasi, u ko‘pincha og‘riqni yengillashtirish uchun qo‘llanadi) bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Kumarin antikoagulyantlari (qon ivishiga qarshi vositalar) bilan davolanayotgan shaxslarni kuzatish tavsiya etiladi.

Ta'rifi

Oq yoki deyarli oq rangli, bir xil krem.

Dozirovkasi

Ketal krem sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalar

Krem kuniga ikki marta teriga ehtiyotkorlik bilan surtiladi. Doza og‘riqli sohaning o‘lchamiga qarab tanlanadi.

Ko‘zlar yoki shilliq qavatlar bilan kontaktiga yo‘l qo‘yilmasin.

Kremni surtgandan keyin og‘riqli joyni boylam yoki plastir bilan berkitilmasin.

Kremni surtgandan keyin darhol qo‘llar yuvilsin (agar kremni surtish joyi qo‘llar bo‘lgan holatlardan tashqari).

Ketonal kremni Ketonalning boshqa dori shakllari (kapsulalar, tabletkalar, suppozitoriylar) bilan majmuada qo‘llash mumkin. Dori shaklidan qat’iy nazar ketoprofenning umumiy sutkalik dozasi 200 mg dan oshmasligi kerak.

Keksa yoshdagi patsiyentlar: dozalash bo‘yicha alohida tavsiyalar yo‘q. Keksa patsiyentlarda (nojo‘ya samaralar rivojlanishiga moyilroq) preparatning eng past klinik samarali va ayni vaqtda xavfsiz dozasini qo‘llash kerak.

Bolalar: 15 yodan kichik bolalarda Ketonal kremni qo‘llash mumkin emas.

Qo‘llash vaqti o‘tkazib yuborilganda, gelni keyingi dozani surtish vaqti kelganda surting. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki marta qo‘llamang.

Dozani oshirib yuborilishi

Ketonal kremning haddan tashqari ko‘p miqdori ishlatilganda preparatni teridan oqava suv bilan yuvib tashlang va shifokor bilan maslahatlashing. Sirtga qo‘llaganda dozani oshirib yuborilishi ehtimoli kam. Preparat to‘satdan yutib yuborilganda, yutib yuborilgan miqdorga qarab tizimli nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin. Agar tizimli nojo‘ya samaralar paydo bo‘lsa, peroral NYAQP dozasini oshirib yuborilganda qo‘llanidigan simptomatik va tutib turuvchi davolash talab etiladi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlikning birinchi va ikkinchi uch oyliklarida Ketonal kremni qo‘llashdan saqlanish kerak. Homiladorlikning uchinchi uch oyligida Ketonal kremni qo‘llash mumkin emas. Emizikli ayollarda Ketonal kremni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Ehtiyot choralari

Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari
Yurak, jigar yoki buyrak funksiyasini susayishida Ketonal kremni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki buyrak funksiyasini buzilishiga mansub tizimli nojo‘ya samaralarning alohida holatlari ta’riflangan.
Surunkali rinit, surunkali sinusit va (yoki) burunda poliplar bilan kechuvchi astma mavjud bo‘lganida, atsetilsalitsil kislotasi va (yoki) NYAQP ga allergiya rivojlanishining katta ehtimoli mavjud.
Ketonal kremni shilliq qavatlar, anal teshik sohasi, genitaliylar va ko‘z atrofidagi teriga surtish mumkin emas. Ko‘zlarga tushishidan saqlanish kerak.
Fotosezuvchanlikni rivojlanishidan saqlanish uchun, gelni qo‘llashning butun davrida davomida yoki uni qo‘llash to‘xtatilgandan keyin yana ikki xafta davomida Ketonal krem bilan ishlov berilgan teri sohalarini kiyim bilan himoyalash tavsiya etiladi.
Agar teri reaksiyalari, shu jumladan oktokrilen saqlovchi mahsulotlar bilan birga surtilgandan keyin teri reaksiyalari kuzatilsa, preparatni qo‘llashni darhol to‘xtatish kerak. Oktokrilen kosmetik va gigiyenik mahsulotlarda yorug‘lik ta’sirida mahsulotlarni parchalanishini oldini oluvchi yordamchi modda sifatida ishlatiladi.
Okklyuzion boylam bilan qo‘llanilmasin.
Preparatni har bir surtgandan keyin qo‘llarni sinchkovlik yuvish kerak.
Preparatni qo‘llashning tavsiya etilgan davomiyligi oshirilmasin, chunki preparatni uzoq vaqt qo‘llaganda kontakt dermatit va fotosezuvchanlik reaksiyasi rivojlanishi xavfi oshadi.
Bolalarda Ketonal kremning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Yaroqlilik muddati (oy)

3 yil. Paketda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tganidan keyin foydalanmang.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. KETONAL krem 30g 5% preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

KETONAL krem 30g 5% xususiyatlari

Ketonal boshqa chiqarish shakllari

KETONAL gel 50g 2,5%
Retseptli
KETONAL gel 50g 2,5%
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek d.d., Sloveniya proizvedeno: Salutas Pharma GmbH
•121 ta dorixonada bor
Narxi
42 900 so'm dan
KETONAL inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N10
Retseptli
KETONAL inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N10
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Sandoz Pharmaceuticals d.d., Sloveniya proizvedeno: Lek d.d.
•117 ta dorixonada bor
Narxi
55 000 so'm dan
KETONAL kapsulalar  50mg N25
Retseptli
KETONAL kapsulalar 50mg N25
Sloveniya/Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sandoz Pharmaceuticals d.d., Sloveniya proizvedeno: Lek d.d.
•101 ta dorixonada bor
Narxi
26 900 so'm dan
KETONAL FORTE tabletkalari 100mg N20
KETONAL FORTE tabletkalari 100mg N20
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Sandoz Pharmaceuticals d.d., Sloveniya proizvedeno: Lek d.d.
•124 ta dorixonada bor
Narxi
32 000 so'm dan
KETONAL suppozitorii 100mg N12
Retseptli
KETONAL suppozitorii 100mg N12
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek d. d
•4 ta dorixonada bor
Narxi
62 800 so'm dan
KETONAL DUO kapsulalar  150mg N30
Retseptli
KETONAL DUO kapsulalar 150mg N30
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek d.d.
•113 ta dorixonada bor
Narxi
51 100 so'm dan

KETONAL krem 30g 5% narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
51 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
51 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
51 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
51 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
51 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №28
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 51 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
51 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №23
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1 uy, 36 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
51 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №21
Chilonzor tumani, 2 mavze, 1 uy, 2 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
51 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №5
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 53 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
51 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
51 900 so'm
Bron qilish

KETONAL krem 30g 5% haqida savollar

KETONAL krem 30g 5% haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilari

KETONAL krem 30g 5%
KETONAL krem 30g 5%
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Lek d.d.,Salutas Pharma GmbH
•111 ta dorixonada bor
Narxi
43 800 so'm dan

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil