Amiksin ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
AMIKSIN®
AMIXIN
Preparatning savdo nomi: Amiksin®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): tiloron
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: tiloron – 60,0 mg yoki 125,0 mg;
yordamchi moddalar:
yadrosi: kartoshka kraxmali – 25,500 mg yoki 46,000 mg, mikrokristall sellyuloza –
60,000 mg yoki 120,000 mg, povidon (povidon K30) – 1,500 mg yoki 3,000 mg, kalsiy stearati – 1,500 mg yoki 3,000 mg, krosskarmelloz (kroskarmelloza natriy) – 1,500 mg yoki 3,000 mg;
qobig‘i: gipromelloza (gidroksipropilmetilsellyuloza) – 3,4050 mg yoki 6,8100 mg, titan dioksidi – 1,7815 mg yoki 3,5630 mg, makrogol (polietilenglikol-4000) – 0,4565 mg yoki 0,9130 mg, polisorbat-80 (tvin-80) – 0,0570 mg yoki 0,1104 mg, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi
(Ye 104) – 0,1235 mg yoki 0,2470 mg, shafaq sariq bo‘yovchisi (Ye 110) – 0,1765 mg yoki 0,3530 mg.
Ta‘rifi: to‘q-sariq rangli, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Sindirilganida to‘q-sariq rangli, biroz to‘q-sariq va oq rangli dog‘lari bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi: viruslarga qarshi vosita.
ATX kodi: J05AX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Organizmda interferonlar (alfa, beta, gamma va lyambda) ni hosil bo‘lishini rag‘batlantiruvchi interferonni quyimolekulyar sintetik induktori. Tiloronni yuborilishiga javoban interferonni asosiy ishlab chiqaruvchilari – ichak epiteliysining xujayralari, gepatositlar, T-limfositlar, neytrofillar va granulositlardir. Ichga qabul qilinganidan keyin hosil bo‘lishi ichak–jigar–qon ketma-ketlikda 4-24 soatdan keyin aniqlanadi. Amiksin® immunomodulyator va viruslarga qarshi samaraga ega.
Eksperimental tadqiqot ma‘lumotlariga ko‘ra Amiksin® preparati odam uchun maksimal sutkalik dozaga teng dozada bir marta peroral yuborilgandan keyin o‘pka to‘qimasida interferon lyambdaning maksimal konsentrasiyasi 24 soatdan keyin, interferon alfaning maksimal konsentrasiyasi – 48 soatdan keyin aniqlanadi. O‘pka to‘qimasida interferon lyambdani induksiyasi grippoz va boshqa respirator virusli infeksiyalarda respirator yo‘llarning viruslarga qarshi himoyasini oshishiga yordam beradi.
Odam leykositlarida interferon sintezini induksiya qiladi. Suyak ko‘migining o‘zak xujayralarini rag‘batlantiradi, dozaga qarab antitelalarni hosil bo‘lishini kuchaytiradi, immunodepressiya darajasini kamaytiradi, T-supressorlar va T-xelperlar nisbatini tiklaydi. Turli virusli infeksiyalar, shu jumladan gripp virusiga qarshi, boshqa o‘tkir respirator virusli infeksiyalar, gepatit viruslari va gerpes viruslariga qarshi samarador. Viruslarga qarshi ta‘sir mexanizmi infeksiyalangan xujayralarda virus-spesifik oqsillarning translyasiyasini ingibisiya qilinishi bilan bog‘liq bo‘lib, buning natijasida viruslarning reproduksiyasi susaytiradi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Biokiraolishligi – 60% ni tashkil qiladi. Preparatning taxminan 80% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Preparat deyarli o‘zgarmagan holda ichak orqali (70%) va buyrak orqali (9%) chiqariladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 48 soatni tashkil qiladi. Preparat biotransformasiyaga uchramaydi va organizmda to‘planmaydi.
Qo‘llanilishi
7 yoshdan oshgan bolalarda:
- gripp va O‘RVI ni davolash uchun qo‘llanadi.
Kattalarda (18 yoshdan kattalar):
- gripp va O‘RVI ni davolash va oldini olish;
- A, V va S virusli gepatitlarni davolash;
- gerpetik va sitomegalovirusli infeksiyalarni davolash;
- infeksion-allergik va virusli ensefalomielitlarni (tarqalgan skleroz, leykoensefalit, uveoensefalit va boshqalar) majmuaviy davolash tarkibida;
- urogenital va respirator xlamidiozni majmuaviy davolash tarkibida;
- o‘pka tuberkulezini majmuaviy davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Amikcin ichga, ovqatdan keyin qabul qilinadi.
7 yoshdan oshgan bolalar uchun:
Grippning asoratlanmagan shakllari va boshqa O‘RVI – 60 mg dan kuniga 1 marta davolash boshlanganidan keyingi 1-nchi, 2-nchi va 4-nchi kunlari buyuriladi. Kurs dozasi – 180 mg (3 tabletka) ni tashkil qiladi. Gripp va O‘RVI ning boshqa asoratlari paydo bo‘lganida – davolash boshlanganidan keyingi 1-nchi, 2-nchi, 4-nchi va 6-nchi kunlari 60 mg dan buyuriladi. Kurslik doza – 240 mg (4 tabletka) ni tashkil qiladi.
Kattalar uchun (18 yoshdan katta):
Gripp va boshqa O‘RVI ni davolash uchun – sutkada 125 mg dan davolashning birinchi 2 kuni, so‘ngra 48 soat o‘tgach 125 mg dan buyuriladi. Kursga – 750 mg (6 tabletka) ni tashkil qiladi.
Gripp va boshqa O‘RVI ni oldini olish uchun – 6 hafta davomida haftada 1 marta 125 mg dan buyuriladi. Kursga – 750 mg (6 tabletka) ni tashkil qiladi.
Gerpetik, sitomegalovirusli infeksiyani davolash uchun – birinchi ikki sutka 125 mg dan, so‘ngra 48 soat o‘tgach 125 mg dan buyuriladi. Kurslik doza – 1,25-2,5 g (10-20 tabletka) ni tashkil qiladi.
Virusli A gepatitni nospesifik oldini olish uchun –6 hafta davomida haftada 1 marta 125 mg dan buyuriladi.
Virusli A gepatitini davolash uchun – birinchi sutkalarda 125 mg dan 2 marta, so‘ngra 48 soat o‘tgach 125 mg dan buyuriladi. Kursga – 1,25 mg (10 tabletka) ni tashkil qiladi.
O‘tkir V gepatitini davolash uchun – birinchi ikki kunlari 125 mg dan, so‘ngra 48 soat o‘tgach 125 mg, davolash kursiga – 2 g (16 tabletka) buyuriladi. V gepatitini davomli kechishida – 125 mg dan sutkada 2 marta birinchi kuni, so‘ngra 48 soat o‘tgach 125 mg dan buyuriladi. Davolash kursiga 2,5 g (20 tabletka).
Surunkali V gepatitida – davolashning boshlang‘ich fazasi (2,5 g – 20 tabletka) – birinchi ikki kun 125 mg dan kuniga 2 marta, so‘ngra 48 soat o‘tgach 125 mg. Davom etish fazasi
(1,25 g – 10 tabletkadan 2,5 g – 20 tabletkagacha) – haftada 125 mg dan buyuriladi. Amiksin® ning kurslik dozasi 3,75 g dan 5 g gacha, davolash davomiyligi, jarayonning faollik darajasini aks ettiruvchi biokimyoviy, immunologik va morfologik tekshirishlarning natijalariga qarab, 3,5-6 oyni tashkil qiladi.
O‘tkir S gepatitida – sutkada 125 mg dan davolashning birinchi 2 kunlari, so‘ngra 48 soat o‘tgach 125 mg dan buyuriladi. Davolash kursiga – 2,5 g (20 tabletka).
Surunkali S gepatitida – davolashning boshlang‘ich fazasi (2,5 g – 20 tabletka) – birinchi ikki kun 125 mg dan kuniga 2 marta, so‘ngra 48 soat o‘tgach 125 mg . Davom etish fazasi
(2,5 g – 20 tabletka) – haftada 125 mg dan buyuriladi. Amiksin® ning kurslik dozasi 5 g, davolash davomiyligi, jarayonning faollik darajasini aks ettiruvchi biokimyoviy, immunologik va morfologik tekshirishlarning natijalariga qarab – 6 oyni tashkil qiladi.
Neyrovirusli infeksiyalarni majmuaviy davolashda – sutkada 125-250 mg dan davolashning birinchi ikki kunlari, so‘ngra 48 soat o‘tgach 125 mg dan buyuriladi. Doza shaxsiy belgilanadi, davolash kursi 3-4 haftani tashkil qiladi.
Urogenital va respirator xlamidiozda – birinchi ikki sutka 125 mg dan, so‘ngra 48 soat o‘tgach 125 mg dan buyuriladi. Kursli doza – 1,25 g (10 tabletka) ni tashkil qiladi.
O‘pka tuberkulezini majmuaviy davolashda – davolashning birinchi ikki sutkasida
250 mg dan, keyinchalik 48 soat o‘tgach 125 mg dan buyuriladi. Kurslik doza – 2,5 g (20 tabletka) ni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar, dispepsik ko‘rinishlar, qisqa muddatli etni uvishishi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va laktasiya davri. 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Antibiotiklar va virusli va bakterial kasalliklarni davolashning an‘anaviy dori vositalari bilan mutanosib. Amiksin®ni antibiotiklar va virusli va bakterial kasalliklarni davolashning an‘anaviy dori vositalari bilan klinik axamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.
Homiladorlikda preparatni qo‘llash mumkin emas. Laktasiya davrida preparatni qo‘llash zarurat bo‘lganda emizishni to‘xtatish kerak.
Transport vositalarni, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Preparat transport vositalarni va yuqori diqqat va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyatlarga salbiy ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilash xollari noma‘lum.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 60 mg, 125 mg. 6 yoki 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda; 10 tabletkadan polimer bankada. 1 kontur uyali o‘ramlar yoki 1 polimer banka qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 30ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz – qobiq bilan qoplangan tabletkalar 125 mg.
Resept bo‘yicha – qobiq bilan qoplangan tabletkalar 60 mg.
Ёрдамчи моддалар:
ядроси: картошка крахмали – 25,500 мг ёки 46,000 мг, микрокристаллик целлюлоза – 60,000 мг ёки 120,000 мг, повидон-К30 (коллидон 30) – 1,500 мг ёки 3,000 мг, кальций стеарати - 1,500 мг ёки 3,000 мг, кросскармеллоза натрий (примеллоза) - 1,500 мг ёки 3,000 мг;
қобиғи: гипромеллоза (гидроксипропилметилцеллюлоза) – 3,4050 мг ёки 6,8100 мг, титан диоксиди – 1,7815 мг ёки 3,5630 мг, макрогол-4000 (полиэтиленгликоль-4000) – 0,4565 мг ёки 0,9130 мг, полисорбат-80 (твин-80) – 0,0570 мг ёки 0,1104 мг, хинолин сариғи бўёвчиси (Е 104) – 0,1235 мг ёки 0,2470 мг, шафақ сариқ бўёвчиси (Е 110) – 0,1765 мг ёки 0,3530 мг.
Амиксин® иммуномодулятор ва вирусларга қарши самарага эга.
Одам лейкоцитларида интерферон синтезини индукциялайди. Суяк кўмигининг ўзак хужайраларини рағбатлантиради, дозага қараб антителаларни ҳосил бўлишини кучайтиради, иммунодепрессия даражасини камайтиради, Т-супрессорлар ва Т-хелперлар нисбатини тиклайди. Турли вирусли инфекциялар, шу жумладан грипп вирусига қарши, бошқа ўткир респиратор вирусли инфекциялар, гепатит вируслари ва герпес вирусларига қарши самарадор. Вирусларга қарши таъсир механизми инфекцияланган хужайраларда вирус-специфик оқсилларнинг трансляциясини ингибирланиши билан боғлиқ бўлиб, бунинг натижасида вирусларнинг репродукцияси бостирилади.
Chiqarish shakllari
Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?
Savol qoldirishFaqat 3 ta tabletka va bola tirik, sog'lom va sog' -salomat))) Qolgan tabletkalarni kelajakka qoldirish mumkin (o'g'lim tez -tez kasal bo'lib turadi). Garchi, albatta, umid qilamanki, Amiksin kursidan keyin immunitet pasayadi. kuchliroq bo'lish