Amitriptilin analoglari
Guruh analoglari
Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish
Amitriptilin
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Depressiyalar (ayniqsa xavotir, ajitatsiya va uyqu buzilishlari bilan kechuvchi, sh.j. bolalik davrida, endogen, involyutsion, reaktiv, nevrotik, dorili, miyaning organik shikastlanishlarida). Majmuaviy terapiya tarkibida aralash hissiy buzilishlarda, shizofreniyadagi psixozlarda, alkogol abstinentsiyasida, xulq-atvor buzilishlarida (faollik va diqqat), bolalarda tungi enurezda (qovuq gipotoniyasi bor bemorlardan tashqari), nerv bulimiyasida, surunkali og'riq sindromida (onkologik bemorlarda surunkali og'riqlar, migren, revmatik kasalliklar, yuz sohasidagi atipik og'riqlar, postgerpetik nevralgiya, posttravmatik nevropatiya, diabetik yoki boshqa periferik nevropatiya), bosh og'rig'i, migren (profilaktika), oshqozon va 12 barmoqli ichak yarasi kasalligida qo'llaniladi.
Nojo'ya ta'sirlar
- Asosan preparatning xolinoblokatorlik ta'siri bilan bog'liq: akkomodatsiya falaji, ko'rishning xiralashishi, ko'z ichki bosimining oshishi, og'iz qurishi, qabziyat, ichak tutilishi, siydik tutilishi, tana haroratining ko'tarilishi. Ushbu barcha holatlar odatda preparatga moslashganda yoki dozalar kamaytirilganda o'tib ketadi. MNT va periferik asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, ataksiya, tez charchash, holsizlik, asabiylik, bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, uyquchanlik yoki uyqusizlik, diqqatni jamlashning buzilishi, dahshatli tushlar, dizartriya, ongning chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, harakat qo'zg'alishi, dezorientatsiya, tremor, paresteziyalar, periferik nevropatiya, EEG o'zgarishlari; kamdan-kam hollarda - ekstrapiramidal buzilishlar, tirishishlar, xavotir. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, aritmiya, o'tkazuvchanlikning buzilishi, arterial qon bosimining o'zgaruvchanligi, EKGda QRS kompleksining kengayishi (qorinchalar ichki o'tkazuvchanligining buzilishi), yurak yetishmovchiligi simptomlari, hushdan ketish. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, jig'ildon qaynashi, anoreksiya, stomatit, ta'm bilishning buzilishi, tilning qorayishi, epigastriyda noqulaylik hissi, gastralgiya, jigar transaminazalari faolligining oshishi, kamdan-kam hollarda - xolestatik sariqlik, diareya. Endokrin tizimi tomonidan: erkaklar va ayollarda ko'krak bezlari o'lchamining kattalashishi, galaktoreya, antidiuretik gormon sekretsiyasining o'zgarishi, libido, potentsiyaning o'zgarishi; kamdan-kam hollarda — gipo- yoki giperglikemiya, glyukozuriya, glyukozaga tolerantlikning buzilishi, moyaklar shishi. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, fotosensibilizatsiya, angionevrotik shish, eshakemi. Boshqalar: agranulotsitoz, leykopeniya, eozinofiliya, trombotsitopeniya, purpura va qonning boshqa o'zgarishlari, soch to'kilishi, limfa tugunlarining kattalashishi, uzoq muddat qo'llanilganda tana vaznining oshishi, terlash, pollakiuriya. Uzoq muddat davolashda, ayniqsa yuqori dozalarda, davolash keskin to'xtatilganda bekor qilish sindromi rivojlanishi mumkin: bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi, qusish, diareya, shuningdek asabiylik, yorqin, g'ayrioddiy tushlar bilan kechuvchi uyqu buzilishi, yuqori qo'zg'aluvchanlik.
Retseptli
Mavjud chiqarilish shakllari
- Tabletkalar
- Eritma












