Amprilanning aptekalardagi narxlari
AMPRILAN HL tabletkalari 2,5mg/12,5mg N30
|
|
2 ta dorixonada bor
|
54 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
AMPRILAN HD tabletkalari 5mg/25mg N30
|
|
2 ta dorixonada bor
|
70 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
AMPRILAN tabletkalari 10mg N30
|
|
199 ta dorixonada bor
|
53 800 so'mdan
Dorixonadan topish
|
78 200 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
65 000 so'mdan
Bron qilish
|
AMPRILAN tabletkalari 2,5mg N30
|
|
188 ta dorixonada bor
|
15 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
45 600 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
25 000 so'mdan
Bron qilish
|
AMPRILAN tabletkalari 5mg N30
|
|
226 ta dorixonada bor
|
38 181 so'mdan
Dorixonadan topish
|
57 300 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
45 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Amprilan ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
AMPRILAN®
AMPRILAN®
Preparatning savdo nomi: Amprilan®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ramipril
Dori shakli: tabletkalar 1,25 mg, 2,5 mg, 5 mg va 10 mg.
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: ramipril 1,25 mg, 2,5 mg, 5 mg va 10 mg;
yordamchi moddalar: natriy gidrokarbonati, laktoza monogidrati, kroskarmelloza natriy, oldindan jelatinlangan kraxmal, natriy stearilfumarati, pigment aralashmasi PB22886 sariq (laktoza monogidrati, temir oksidi sariq (Ye172)), pigment aralashmasi PB24899 pushti (laktoza monogidrati, temir oksidi sariq (Ye172),temir oksidi qizil (Ye172)).
Ta‘rifi:
Tabletkalar 1,25 mg va 10 mg: oval, oq yoki deyarli oq rangli, chetlari qiya, yassi tabletkalar.
Tabletkalar 2,5 mg: oval, och-sariq rangli, chetlari qiya, qobiqsiz yassi tabletkalar.
Tabletkalar 5 mg: oval, pushti rangli, ko‘rinadigan dog‘lari bo‘ladigan, chetlari qiya, qobiqsiz yassi tabletkalar.
Tabletkalar 10 mg: oval, oq yoki deyarli oq rangli, chetlari qiya, qobiqsiz yassi tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Angiotenzin-aylantiruvchi ferment ingibitori.
ATX kodi: [S09AA05]
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Ta‘sir mexanizmi
Ramipril olddori hisoblanadi, u so‘rilganidan keyin jigarda ramiprilatga metabolizmga uchraydi. Ramipril – davomli ta‘sir qiluvchi angiotenzin-aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitori. AAF angiotenzin I ni angiotenzin II ga aylanishini katalizlaydi. AAF bradikininni parchalanishini katalizlovchi ferment kininazaga o‘xshash. AAF ni blokadasi angiotenzin II ning konsentrasiyasini pasayishiga, qon plazmasida reninning faolligini oshishiga, bradikininning samarasini kuchayishiga va aldosteronning sekresiyasini oshishiga olib keladi, bu qon zardobida kaliyning darajasini oshishini sababi bo‘lishi mumkin.
Farmakokinetik samaralari
Arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda ramiprilning antigipertenziv va gemodinamik samaralari rezistiv tomirlarning kengayishi va umumiy periferik qarshilikni pasayishini natijasi hisoblanadi, bu o‘z navbatida asta-sekin arterial bosimni (AB) pasaytiradi. Yurak ritmi odatda o‘zgarmaydi. Davomli davolashda yurak faoliyatiga salbiy ta‘sirsiz chap qorinchaning gipertrofiyasi kamayadi.
Bir martalik dozaning gipotenziv samarasi qabul qilgandan keyin 1-2 soat o‘tgach namoyon bo‘ladi, maksimumga 3-6 soat o‘tgach erishiladi va 24 soat davom etadi. Ramipril bilan davolashda maksimal antigipotenziv samaraga 3-4 hafta o‘tgach erishiladi va 2 yil davomidagi uzoq muddatli davolashda saqlab turiladi. Ramiprilni qo‘llashni keskin to‘xtatish arterial bosimni tez va haddan ziyod oshishini chaqirmaydi.
Ramipril shuningdek surunkali yurak yetishmovchiligini davolash uchun ham samarali. Miokard infarktidan keyingi surunkali yurak yetishmovchiligining belgilari bo‘lgan pasientlarda, to‘satdan o‘lim havfini, yurak yetishmovchiligini og‘ir/rezistent yetishmovchilikka o‘tishini pasaytiradi va yurak yetishmovchiligi bo‘yicha gospitalizasiyalar sonini kamaytiradi.
Adabiyot ma‘lumotlariga muvofiq, ramipiril miokard infarkti tez-tezligini, insultni va yurak-tomir kasalliklar (yurak ishemik kasalligi, o‘tkazilgan insult yoki periferik tomirlarning kasalliklari kabi) yoki qandli diabet oqibatidagi kardiovaskulyar havfi yuqori bo‘lgan pasientlarda o‘lim tez-tezligini ahamiyatli pasaytiradi, ularda eng kamida bir qo‘shimcha havf omili bo‘ladi (mikroalbuminuriya, arterial gipertenziya, umumiy xolesterin darajasini oshishi, yuqori zichlikdagi lipoproteinlarni past darajasi, chekish). Preparat shuningdek umumiy o‘lim va revaskulyarizasiya bo‘yicha muolajalarga ehtiyojni pasaytiradi, surunkali yurak yetishmovchiligi paydo bo‘lishi va rivojlanishini sekinlashtiradi. Qandli diabeti bo‘lgan ham, bo‘lmagan ham pasientlarda, preparat mavjud bo‘lgan mikroalbuminuriyani va nefropatiya rivojlanishi xavfini ahamiyatli pasaytiradi. Bu samaralar arterial bosimi yuqori bo‘lgan, arterial bosim normal bo‘lgan pasientlarda ham aniqlanadi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Ichga qabul qilgandan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, ovqat hazm qilish so‘rilishini sekinlashtirmaydi. Qon zardobidagi maksimal konsentrasiyaga 1 soat o‘tgach erishiladi. So‘rilish qiymati kamida 56% va me‘da-ichak yo‘llarida ovqat borligiga bog‘liq emas. Ramipril qabul qilingandan keyin faol metaboliti ramiprilatining biokiraolishi 2,5 mg va 5 mg dozalarda 45% ni tashkil qiladi.
Ramipril jigarda faol metabolit – ramiprilat hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Qon zardobidagi ramiprilatning maksimal konsentrasiyasiga qabul qilgandan keyin 2-4 soat o‘tgach erishiladi, muvozanat konsentrasiyasiga – preparat qabul qilgandan keyin 4 kun.
Taqsimlanishi
Ramiprilning taxminan 73% va ramiprilatni 56% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi.
Metabolizmi
Ramipril deyarli to‘liq ramiprilatga va diketopiperazin efir, diketopiperazin kislota va ramipril va ramiprilat glyukuronidlariga metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi
Metabolitlarning chiqarilishi asosan buyraklar orqali amalga oshiriladi.
Ramiprilatning plazmadagi konsentrasiyalari ko‘p bosqichli tarzda pasayadi. Angiotenzin-aylantiruvchi ferment bilan kuchli bog‘lanishi tufayli, va fermentdan sekin dissosiasiyasi tufayli, past plazma konsentrasiyalarda ramiprilat chiqarilishni davomli terminal bosqichga ega.
Terapevtik doza buyurilgandan keyin ramiprilatning yarimchiqarilish davri 5-10 mg dozalar uchun 13-17 soatni tashkil qiladi va 1,25-2,5 mg dozalar uchun davomliroq bo‘ladi.
Tekshirishlar bir marta buyurilganda preparatni sut bilan chiqarilishi aniqlanmagan, lekin ko‘p marta qo‘llashning samaralari xali o‘rganilmagan.
Buyraklar faoliyati buzilganda ramipril va uning metabolitlarining chiqarilishi kreatin klirensiga proporsional pasayadi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ramipril va ramiprilatning metabolizmi sekinlashgan, qon zardobida ramiprilning konsentrasiyasi esa oshgan bo‘lishi mumkin.
Qo‘llanilishi
– Arterial gipertenziya
Yurak-tomir profilaktikasi: quyidagi pasientlarda yurak-tomir kasalliklari va o‘limni pasaytirish:
– aterotrombotik yurak-tomir kasalliklarining (yurak ishemik kasalligi, insult yoki anamnezdagi periferik tomirlarning kasalliklari) ko‘rinishlari yoki
– kamida bir yurak-tomir xavf omillari bo‘lgan qandli diabet.
Surunkali buyrak yetishmovchiligi:
– diabetik kalava nefropatiyasining boshlang‘ich bosqichilari (mikroalbuminuriya mavjudligi bilan xarakterlanuvchi)
– yurak-tomir havf omillaridan biri bo‘lgan diabetik kalava nefropatiyasini ko‘rinishlarida (makroproteinuriya bilan namoyon bo‘luvchi)
– nodiabetik kalava nefropatiyasini ko‘rinishlarida (kuniga ≥ 3 g mikroalbuminuriya mavjudligi bilan xarakterlanuvchi)
Simptomatik yurak yetishmovchiligi:
– O‘tkir miokard infarktidan keyingi ikkilamchi profilaktika: yurak yetishmovchiligini klinik belgilari bo‘lgan bemorlarda miokard infarktining o‘tkir bosqichida o‘limni pasaytirish (o‘tkir miokard infarktidan keyin ≥ 48 soat).
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga qabul qilinadi.
Tabletkani butunligicha, chaynamasdan va maydalamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan, har kuni bir vaqtda yutish tavsiya etiladi. Preparat ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilinadi.
Kattalar
Diuretiklarni qabul qilayotgan pasientlar
Amprilan® bilan davolashni boshida, bir vaqtda diuretiklarni qabul qilayotgan pasientlarda gipotoniya rivojlanishi mumkin. Amprilan® bilan davolashni boshlashdan 2-3 kun oldin iloji boricha diuretik bilan davolash to‘xtatilishi kerak. Agar gipertoniya kasalligi bo‘lgan pasientda diuretiklar bilan davolash to‘xtatilmagan bo‘lsa, Amprilan® bilan davolashni 1,25 mg dozadan boshlash kerak. Buyraklar faoliyati va plazmadagi kaliyning darajasini kuzatish lozim. Amprilan® ning keyingi dozalari qon bosimiga qarab to‘g‘rilanishi kerak.
Arterial gipertenziya
Doza pasientning profili va qon bosimini nazorat qilinishiga qarab shaxsiy tanlanishi kerak.
Amprilan® monoterapiya sifatida yoki boshqa antigipertenziv dori vositalari bilan majmuada qo‘llanishi mumkin.
Boshlang‘ich doza
Amprilan® bilan davolashni asta-sekin sutkada 2,5 mg boshlang‘ich tavsiya etiladigan doza bilan boshlash kerak.
Renin-angiotenzin-aldosteron tizimi kuchli faollashgan pasientlarda birinchi dozadan keyin bosimni xaddan ziyod pasayishi kuzatilishi mumkin. Bunday pasientlarga davolashni shifokor nazorati ostida 1,25 mg dozadan boshlash tavsiya etiladi.
Titrlash va bir maromda saqlab turuvchi doza
Qon bosimini maqsadli darajasiga asta-sekin erishish uchun doza ikkidan to to‘rt haftagacha intervalda ikki marta oshirilishi mumkin; maksimal yo‘l qo‘yiladigan doza sutkada 10 mg. Odatda doza sutkada bir marta qabul qilinadi.
Yurak-tomir profilaktikasi
Boshlang‘ich doza
Amprilan® ning tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozasi sutkada 2,5 mg.
Titrlash va bir maromda saqlab turuvchi doza
Ta‘sir qiluvchi moddani pasient tomonidan o‘zlashtirilishiga qarab, doza asta-sekin oshirilishi kerak. Davolashni 1 yoki 2 haftasidan keyin dozani ikkiga oshirish va navbatdagi 2 yoki 3 haftadan keyin – bir maromda saqlab turuvchi dozani sutkada bir marta 10 mg gacha oshirish tavsiya etiladi.
Buyrak kasalliklarini davolash
Qandli diabet va mikroalbuminuriyali pasientlar
Boshlang‘ich doza
Amprilan® ning tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozasi sutkada 1,5 mg.
Titrlash va bir maromda saqlab turuvchi doza
Ta‘sir qiluvchi moddani pasient tomonidan o‘zlashtirilishiga qarab, doza asta-sekin oshirilishi kerak. Davolashni 2 haftasidan keyin sutkalik dozani 2,5 mg gacha ikki marotaba oshirish va so‘ngra navbatdagi 2 hafta davomida 5 mg ga yetkazish tavsiya etiladi.
Xech bo‘lmasa bir yurak-tomir xavf omili bo‘lgan qandli diabetli pasientlar
Boshlang‘ich doza
Amprilan® ning tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozasi sutkada bir marta 2,5 mg.
Titrlash va bir maromda saqlab turuvchi doza
Ta‘sir qiluvchi moddani pasient tomonidan o‘zlashtirilishiga qarab, doza asta-sekin oshirilishi kerak. Davolashni 1 yoki 2 haftasidan keyin dozani 5 mg gacha ikki marta oshirish va so‘ngra navbatdagi 2 yoki 3 hafta davomida 10 mg gacha yetkazish tavsiya etiladi. Maksimal yo‘l qo‘yiladigan doza sutkada 10 mg.
Kuniga ≥ 3 g makroproteinuriya bilan xarakterlanuvchi nodiabetik nefropatiyasi bo‘lgan pasientlar
Boshlang‘ich doza
Amprilan® ning tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozasi sutkada bir marta 1,25 mg.
Titrlash va bir maromda saqlab turuvchi doza
Ta‘sir qiluvchi moddani pasient tomonidan o‘zlashtirilishiga qarab, doza asta-sekin oshirilishi kerak. Davolashni 2 haftasidan keyin dozani 2,5 mg gacha va so‘ngra navbatdagi 2 hafta davomida 5 mg gacha ikki marta oshirish tavsiya etiladi.
Simptomatik yurak yetishmovchiligi
Boshlang‘ich doza
Diuretiklar bilan davolashni barqarorlashtirgan pasientlar uchun, Amprilan® ning tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozasi sutkada bir marta 1,25 mg ni tashkil qiladi.
Titrlash va bir maromda saqlab turuvchi doza
Amprilan® ning dozasi har haftada ikki marta oshirish yo‘li bilan yoki ikki sutkada 10 mg maksimal sutkalik dozagacha tanlangan bo‘lishi kerak. Preparatni sutkada ikki marta qabul qilish afzalroq.
O‘tkir miokard infarktidan keyin va yurak yetishmovchiligini ikkilamchi profilaktikasi
Boshlang‘ich doza
Miokard infarktidan keyin 48 soat o‘tgach klinik va gemodinamik barqaror pasientlar uchun uch kun davomida boshlang‘ich doza kuniga ikki marta 2,5 mg ni tashkil qiladi. Agar 2,5 mg boshlang‘ich doza yomon o‘zlashtirilsa, keyingi kuniga ikki marta 2,5 mg va 5 mg gacha oshirish bilan 2 kun davomida kuniga ikki marta 1,25 mg boshlang‘ich doza buyurilishi kerak. Agar dozani kuniga ikki marta 2,5 mg gacha oshirish mumkin bo‘lmasa, davolashni bekor qilish kerak.
Titrlash va bir maromda saqlab turuvchi doza
Sutkalik doza 1-3 kunlik intervalda ikki marta oshirish yo‘li bilan sutkada ikki marta 5 mg gacha oshirilishi kerak. Iloji bo‘lganda sutkalik dozani xar kuni ikki qabulga bo‘lish kerak.
Agar dozani kuniga ikki marta 2,5 mg gacha oshirish mumkin bo‘lmasa, davolashni bekor qilish kerak.
Miokard infarktidan keyin darhol og‘ir yurak yetishmovchiligi (NYHA) bo‘lgan pasientlarni davolashni klinik tajribasi yo‘q. Bunday bemorlarda davolashni buyurish haqida qaror qabul qilingan holda, davolashni sutkada bir marta 1,25 mg dozada buyurish tavsiya etiladi, bunda dozani oshirishda alohida ehtiyotkorlik ko‘rsatish kerak.
Pasientlarning alohida guruhlari
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun sutkalik doza kreatinin klirensiga qarab tanlanadi:
-agar kreatinin klirensi ≥ 60 ml/min bo‘lsa, unda boshlang‘ich doza (2,5 mg xar kuni) to‘g‘irlanmaydi. Maksimal sutkalik doza 10 mg;
-agar kreatinin klirensi 30-60 ml/min bo‘lsa, unda boshlang‘ich doza (2,5 mg xar kuni) to‘g‘irlanmaydi. Maksimal sutkalik doza 5 mg;
-agar kreatinin klirensi 10-30 ml/min bo‘lsa, unda boshlang‘ich doza har kuni 1,25 mg ni tashkil qiladi, maksimal sutkalik doza esa 5 mg;
-gemodializga duchor bo‘lgan gipertoniyali pasientlarda: ramipril yomon dializlanadi; boshlang‘ich doza – 1,25 mg har kuni, maksimal sutkalik doza – 5 mg; preparatni gemodializdan keyin bir necha soat o‘tgach qabul qilish kerak.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda Amprilan® bilan davolashni 2,5 mg maksimal sutkalik dozada, faqat shifokorning kuzatuvi ostida boshlash kerak
Keksalar
Nojo‘ya samaralar, ayniqsa juda qari va kuchsiz pasientlarda, paydo bo‘lishi havfi tufayli, boshlang‘ich doza past bo‘lishi va asta-sekin oshirilishi kerak. Boshlang‘ich dozani 1,25 mg gacha pasaytirish imkoniyatini ko‘rish lozim.
Bolalarda qo‘llanilishi
Havfsizligi va samaradorligi bo‘yicha ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi uchun, bolalar va 18 yoshdan kichik o‘smirlarda Amprilan® ni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Havfsizlik profilini rezyumesi
Ramiprilning havfsizlik profili doimiy quruq yo‘tal va gipertoniya bilan bog‘liq bo‘lgan reaksiyalarni o‘z ichiga oladi. Jiddiy nojo‘ya reaksiyalarga angionevrotik shish, giperkaliemiya, buyrak yoki jigar yetishmovchiligi, pankreatit, og‘ir teri reaksiyalari va neytropeniya/agranulositoz kiradi.
Ramipril bilan davolashda paydo bo‘ladigan nojo‘ya samaralar a‘zolar tizimi bo‘yicha muvofiq guruhlar va paydo bo‘lishini tez-tezligiga qarab tasniflanadi: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan ≤ 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan ≤ 1/100 gacha), kam (≥ 1/10000 dan ≤ 1/1000 gacha), juda kam (≤ 1/10000), noma‘lum (bor bo‘lgan ma‘lumotlar asosida tez-tezligini aniqlash mumkin emas).
Har bir guruh chegarasida preparatning nojo‘ya samaralari ahamiyatini kamayishi tartibida berilgan.
Yurak-tomir tizimi tomonidan buzilishlar
-tez-tez emas: miokardial ishemiya, stenokardiya yoki miokard infarkti, taxikardiya, aritmiya, yurak urishini his qilish, periferik shishlarni ham qo‘shib.
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar
-tez-tez emas: eozinofiliya;
-kam: leykositlar (neytropeniya va agranulositozni ham qo‘shib), eritrositlar, gemoglobin, trombositlar miqdorini pasayishi;
-noma‘lum: suyak ko‘migini yetishmovchiligi, pansitopeniya, gemolitik anemiya.
Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar
-tez-tezligi noma‘lum: antidiuretik gormonni noadekvat sekresiyasi sindromi (SNS ADG).
Markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar
-tez-tez:bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi;
-tez-tez emas: vertigo, paresteziya, agveziya,disgveziya;
-kam: tremor, muvozanatni buzilishi;
-noma‘lum: serebral ishemiya, ishemik insult, tranzitor ishemik hujum, ko‘nikmalarni psixomotor buzilishi, achishish hissi, parosmiyani ham qo‘shib.
Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar
-tez-tez emas: ko‘rishni buzilishlari, ko‘rishni noaniqligini ham qo‘shib;
-kam: kon‘yunktivit.
Eshitish a‘zosi tomonidan va labirint buzilishlar
-kam: eshitishni buzilishi, quloqlarda jaranglash.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar
-tez-tez: quruq jarangli yo‘tal, bronxit, sinusit, hansirash;
-noma‘lum: bronxospazm, astma, burunni bitishini ham qo‘shib.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
-tez-tez: me‘da-ichak yallig‘lanishi, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, qorinda diskomfort, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish;
-tez-tez emas: pankreatit, pankreatik fermentlarning darajasini oshishi, ingichka ichakni angionevrotik shishi, qorinning yuqori qismida og‘riq, gastrit, qabziyat, og‘izni qurishini ham qo‘shib;
-kam: glossit;
-noma‘lum: aftoz stomatit.
Buyraklar va siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar
– tez-tez emas: buyraklar faoliyatini buzilishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, diurezni oshishi, ilgarigi proteinuriyani yomonlashishi, qonda mochevina va kreatinin darajasini oshishi.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar
-tez-tez: toshma, xususan makulopapulez;
-tez-tez emas: shish, qichishish, gipergidroz;
-kam: eksfoliativ dermatit, eshakemi, onixolizis;
-juda kam: yorug‘likka sezuvchanlik reaksiyalari;
-noma‘lum: toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema, pemfigus, psoriazni zo‘rayishi, psoraizsimon dermatit, pemfigoid yoki lixenoid ekzantema yoki enantema, alopesiya.
Tayanch-harakat apparati va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar
-tez-tez: mushak spazmlari, mialgiya;
-tez-tez emas: artralgiya.
Metabolizm va ovqatlanish tomonidan buzilishlar
–tez-tez: qonda kaliy darajasini oshishi;
-tez-tez emas: anoreksiya, ishtahani pasayishi;
-noma‘lum: qonda natriy darajasini pasayishi.
Tomirlar tomonidan buzilishlar
-tez-tez: gipotenziya, qon bosimini ortostatik pasayishi, hushdan ketish;
-tez-tez emas: giperemiya;
-kam: tomirlarning stenozi, gipoperfuziya, vaskulit;
-noma‘lum: Reyno sindromi.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyi
-tez-tez: ko‘krakda og‘riq, charchoqlik;
-tez-tez emas: isitma;
-kam: asteniya.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
-noma‘lum: anafilaktik yoki anafilaktoid reaksiyalar, antinuklear antitelalar miqdorini oshishi.
Gepatobiliar tizimi tomonidan buzilishlar
-tez-tez emas:jigar fermentlari va/yoki bog‘langan bilirubin darajasini oshishi;
-xolestatik sariqlik, gepatosellyulyar shikastlanishlar;
-o‘tkir jigar yetishmovchiligi, xolestatik yoki sitolitik gepatit.
Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan buzilishlar
-tez-tez emas: qaytuvchi erektil disfunksiya, libidoni pasayishi;
-noma‘lum: ginekomastiya.
Ruhiyat tomonidan buzilishlar
-tez-tez emas: kayfiyatni yo‘qligi, bezovtalik, asabiylik, qo‘zg‘aluvchanlik, uyquni buzilishi, shu jumladan uyquchanlik;
-kam: ongni chalkashishi;
-noma‘lum: diqqatni buzilishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Ramiprilga, preparatning har qanday boshqa ingredientiga yoki boshqa AAF ingibitorlariga yuqori sezuvchanlik.
- Anamnezdagi angionevrotik shishi.
- Qonni manfiy zaryadlangan yuza bilan kontaktiga olib keluvchi ekstrakorporal davolash.
- Buyrak arteriyalarining gemodinamik axamiyatli ikki tomonlama stenozi, yakka buyrak arteriyasini stenozi.
- Homiladorlikni ikkinchi va uchinchi uch oyliklari.
- Gipotenziyasi yoki gemodinamikasi beqaror bo‘lgan pasientlar.
- Qandli diabeti bo‘lgan yoki o‘rtacha/og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda (SKF ≤60 ml/min/1,73 m2) Amprilan® ni aliskiren saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan majmualar
Yuqori gidravlik o‘tkazuvchanligi (masalan, poliakrilonitril membrana) membranalarni ishlatish bilan dializ yoki geofiltrasiya kabi qonni manfiy zarayadlangan yuzalar bilan kontaktiga olib keluvchi ekstrakorporal davolash va dekstran sulfati bilan lipoproteinlarni past zichlikdagi aferezi, o‘tkir anafilaktoid reaksiyalar rivojlanishi havfini oshiradi. Bu davolashni zarurati bo‘lganda dializ uchun boshqa tur membranalarni va gipotenziv preparatlarning boshqa sinfini ishlatish imkoniyatini ko‘rish lozim.
Klinik sinovlarning natijalari, AAF ingibitorlari, angiotenzin II reseptorlarining blokatorlari yoki aliskirenni ishlatish bilan renin-angiotenzin-aldosteron tizimini ikki tomonlama bloklash, monoterapiya bilan solishtirganda gipotoniya, giperkaliemiya va buyraklar faoliyatini buzilishi (o‘tkir buyrak yetishmovchiligini ham qo‘shib) kabi nojo‘ya samaralar rivojlanishini yuqoriroq tez-tezligi bilan assosiasiyalanadi.
Ishlatishdagi ehtiyotkorlik choralari
Kaliy tuzlari, geparin, kaliy tejovchi diuretiklar va kaliyning plazmadagi darajasini oshiruvchi boshqa moddalar (shu jumladan angiotenzin II reseptorlarining antagonistlari, takrolimus, siklosporin)
Giperkaliemiyaning oldini olish uchun qonda kaliyning darajasini sinchiklab nazorat qilish tavsiya etiladi.
Trimetoprim va sulfometaksazol/trimetoprim: AAF ingibitorlarini trimetoprim yoki sulfometaksazol/trimetoprim (Ko-trimoksazol) fiksasiyalangan majmuasi bilan bir vaqtda qo‘llashda giperkaliemiya rivojlanishini havfi oshadi.
Antigipertenziv preparatlar (masalan, diuretiklar) va arterial bosimni kamaytiruvchi boshqa moddalar (masalan, nitratlar, trisiklik antidepressantlar, anestetiklar, alkogolni o‘tkir iste‘mol qilish, baklofen, alfuzozin, doksasozin, prazozin, tamsulozin, terazozin)
Gipotenziya rivojlanishini havfi bo‘lishi mumkin.
Vazopressor simpatomimetiklar va antiginertenziv samarani pasaytiruvchi boshqa moddalar (masalan, izoproterenol, dobutamin, dopamin, adrenalin)
Qon bosimini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Allopurinol, immunodepressantlar, kortikosteroidlar, prokainamid, sitostatiklar va qon hujayralari miqdorini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan boshqa moddalar
Gematologik reaksiyalarni yuqori ehtimoli.
Litiy tuzlari
AAF ingibitorlari litiyning chiqarilishini kamaytirishi mumkin, buning oqibatida uning toksikligi oshadi. Litiyning darajasini nazorat qilish kerak.
Diabetga qarshi prepratlar, insulinni ham qo‘shib
Gipoglikemik reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Qonda glyukozaning darajasini nazorat qilish kerak.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar va asetilsalisil kislota
Antigipertenziv samarani pasayishi kuzatiladi. AAF ingibitorlari va NYAQP bir vaqtda qo‘llash buyrak faoliyatining buzilishi havfini oshirishi va kaliemiyani oshirishi mumkin.
mTOR ingibitorlari (mammalian Target of Rapamycin-sut emizuvchilarning hujayralaridagi rapamisinning nishoni), masalan, temsirolimus, evrolimus, sirolimus.
AAF ingibitorlari bilan mTOR ingibitorlarini bir vaqtda olayotgan pasientlarda, angionevrotik shishi rivojlanishi tez-tezligini oshishi kuzatilgan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Maxsus populyasiyalar
Gipertoniya havfi bo‘lgan pasientlar
Renin-angiotenzin-aldosteron tizimi kuchli faollangan pasientlar
Renin-angiotenzin-aldosteron tizimi kuchli faollangan pasientlarda AAF (iAAF) ingibitorlari ta‘siri ostida, ayniqsa AAF ingibitorlari yoki yo‘ldosh diuretiklar birinchi marta yoki oshirilgan dozada birinchi marta qo‘llanganda, arterial bosimni keskin tushishi va buyraklar faoliyatini yomonlashishini havfi bo‘ladi.
Renin-angiotenzin-aldosteron tizimini faollashishi va qon bosimi shifokor nazorati ostida bo‘lishi kerak, masalan, quyidagi kasalliklari bo‘lgan pasientlarda:
- og‘ir arterial gipertenziyali;
- dekompensasiyalangan dimlangan yurak yetishmovchiligili;
- chap qorinchaga oqib kelish yoki oqib chiqishni gemodinamik qiyinligida (masalan, aortal yoki mitral klapanning stenozi);
- buyrak arteriyasini bir tomonlama stenozi va ikkinchi faoliyat ko‘rsatayotgan buyrakli;
- tuzlar va suyuqlikni rivojlanayotgan yoki mavjud bo‘lgan yetmasligili (shu jumladan diuretiklarni olayotgan pasientlar);
- jigar sirrozili va/yoki assitli;
- xirurgik aralashuvlarda yoki gipotoniya chaqiruvchi dori vositalari bilan anesteziya vaqtida.
Davolashni boshlash oldidan pasientdagi degidratasiyani, gipovolemiyani yoki tuz yetishmovchiligini yo‘qotish tavsiya etiladi (yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda bu to‘g‘rilovchi harakatlar hajm yuklamasi havfidan saqlanish uchun, sinchiklab baholanishi kerak).
Renin-angiotenzin-aldosteron tizimini (RAAS) ikki tomonlama bloklanishi
Renin-angiotenzin-aldosteron tizimini ikki tomonlama bloklanishi monoterapiya bilan solishtirganda gipotoniya, giperkaliemiya rivojlanishini yuqori havfi va buyraklar faoliyatini buzilishlari (o‘tkir buyrak yetishmovchiligini ham qo‘shib, assosiasiyalanadi. AAF ingibitorlarini, angiotenzin II reseptorlarining blokatorlari (BRAII) yoki aleksirenni qo‘llash bilan RAAS ni ikki tomonlama blokadasini tavsiya qilish mumkin emas.
Birga qo‘llash mutloq ko‘rsatilgan holda, mutaxassislarni sinchikov kuzatuvi va albatta buyraklar faoliyati, suv-elektrolit balansi va arterial bosimni monitoring qilish kerak.
AAF ingibitorlari va angiotenzin I reseptorlarining blokatorlari, diabetik neyropatiyasi bo‘lgan bo‘lgan pasientlarga bir vaqtda buyurilmasligi kerak.
O‘tkir gipotenziyada yurak ishemiyasi yoki bosh miya ishemiyasi bo‘lgan pasientlar
Davolashni boshlang‘ich davrida maxsus tibbiy kuzatuv talab etiladi.
Xirurgik aralashuvlar
Ramipril kabi AAF ingibitorlari bilan davolash iloji boricha rejalashtirilayotgan xirurgik aralashuvdan bir kun oldin to‘xtatilishi kerak.
Buyraklar faoliyatini nazorati
Davolash vaqtida, ayniqsa davolashni birinchi haftasida va uni boshlaguncha buyraklar faoliyatini nazorat qilish va dozani to‘g‘rilash kerak. Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda, ayniqsa, sinchikov nazorat talab etiladi. Ayniqsa dimlangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda yoki buyrak transplantasiyasidan keyin, buyraklar faoliyatining buzilishini havfi mavjud bo‘ladi.
Angionevrotik shish
AAF ingibitorlarini, ramiprilni ham qo‘shib, olgan pasientlarda angionevrotik shish rivojlanishi haqida xabar berilgan. Bu pasientlarda qorinda og‘riqlar kuzatilgan (ko‘ngil aynishi, qusish bilan yoki ularsiz). Angionevrotik shish rivojlanishini havfi, shuningdek, mTOR ingibitorlari kabi (masalan, temsirolimus, everolimus, sirolimus) preparatlarni yoki vildagliptin bir vaqtda olayotgan pasientlarda ham yuqori bo‘lishi mumkin.
Angionevrotik shish paydo bo‘lganda Amprilan® bilan davolashni to‘xtatish kerak. Shoshilinch davolashni darxol boshlash kerak. Pasient simptomlar butunlay yo‘qolgunicha hech bo‘lmaganda 12 dan 24 soatgacha kuzatuv ostida bo‘lishi kerak.
Desensibilizasiyadagi anafilaktik reaksiyalar
Hashorotlarning zahari va boshqa allergenlarga anafilaktik va anafilaktoid reaksiyalar ko‘rinishlarini paydo bo‘lish ehtimoli va og‘irligi, AAF ingibitorlari qo‘llanganda oshadi. Desensibilizasiyani o‘tkazishgacha Amprilan® bilan davolashni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rish kerak.
Elektrolitlar miqdorini nazorati
Giperkaliemiya
AAF ingibitorlari, Amprilan® ni ham qo‘shib, davolash olayotgan pasientlarda giperkaliemiya rivojlanishi haqida xabar berilgan. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan, ≥ 70 yoshda, nazorat qilinmaydigan qandli diabetda, shuningdek, kaliy tuzlari, kaliy saqlovchi diuretiklar va boshqa kaliyning plazmadagi darajasini oshiruvchi faol moddalarni olayotgan pasientlarda, yoki suvsizlanish, o‘tkir yurak dekompensasiyasi, metabolik asidozda, giperkaliemiya rivojlanishini havfi paydo bo‘ladi. Hamma sanab o‘tilgan prepartalarni bir vaqtda qo‘llash maqsadga muvofiqligida, kaliyning plazmadagi darajasini muntazam monitoring qilish kerak.
Giponatriemiya
Ramipril olayotgan ayrim pasientlarda keyingi natriyuriya rivojlanishi bilan antidiuretik gormonning (ADG) (SNSADG) noadekvat sekresiyasi sindromi kuzatilgan. Keksa pasientlarda va giponatriemiya rivojlanishini havfi bo‘lgan boshqa pasientlarda natriyning miqdorini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi.
Neytropeniya/agranulositoz
Kam neytropeniya/agranulositoz, shuningdek, trombositopeniya va anemiya, suyak ko‘migi faoliyatini bostirilish ham kuzatilgan. Leykopeniyani oldini olish uchun leykositlar miqdorini monitoring qilish tavsiya etiladi. Kollagenozlar (masalan, eritrematoz yugirik yoki sklerodermiya) bilan birga kechuvchi buyraklar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarni davolashni boshlang‘ich davrida va qon manzarasining o‘zgarishlarini chaqiruvchi dori vositalar qabul qilganda sinchiklab kuzatish tavsiya etiladi.
Etnik farqlar
AAF ingibitorlarini qo‘llash oqibatida angionevrotik shish ko‘proq qora tanli pasientlarda paydo bo‘ladi. Qon bosimini pasaytirish uchun AAPF ingibitorlarini, ramiprilni ham qo‘shib qo‘llash, qora tanli pasientlarda kamroq samarali bo‘lishi mumkin (ya‘ni, bu populyasiyada renin darajasi past bo‘lgan arterial gipertenziyali pasientlar ko‘proq uchraydi).
Yo‘tal
AAF ingibitorlarini olayotgan pasientlarda, quruq, to‘xtamaydigan, davolash to‘xtatilgandan keyin yo‘qoladigan yo‘tal bo‘lishi kuzatilgan. Yo‘tal chaqiruvchi AAF ingibitorlari, yo‘talning differensial diagnostikasida qo‘shimcha sifatida ko‘rilishlari mumkin.
Preparatning ayrim yordamchi moddalari haqida qo‘shimcha ma‘lumot
Amprilan® laktoza saqlaydi. Galaktozani nasliy o‘zlashtiraolmaydigan, laktaza yetishmovchiligi va glyukoza-galaktozani kam so‘rilish sindromi bo‘lgan pasientlarga Amprilan® ni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va emizish
Xomiladorlik
Amprilan® ni homiladorlikning birinchi uch oyligi vaqtida qo‘llash tavsiya etilmaydi va homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyliklarida qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik tashhis qilinganda, AAF ingibitorlari bilan davolashni darhol to‘xtatish, va, zarurati bo‘lgan holda, muqobil davolashni boshlash kerak.
Angiotenzin-aylantiruvchi ferment/angiotenzin II reseptorining antagonistini ikkinchi va uchinchi uch oyliklarida ingibisiya qilinishi, ma‘lumki, odam fetotoksikligini (buyraklar faoliyatini pasayishi, oligogidroamnioz, kalla suyagini suyaklanishini sekinlashishi) va yangi tug‘ilganlar uchun toksiklikni (buyrak yetishmovchiligi, gipotoniya, giperkaliemiya) induksiyalaydi. Onalari AAF ingibitorlarini olgan go‘daklarni gipotoniya, oliguriya va giperkaliemiyaga diqqat bilan kuzatish kerak. Amprilan® preparatini qabul qilish vaqtida homiladorlik yuz bergan holda, iloji boricha tezroq, uni qabul qilishni to‘xtatish va pasientni, uni qo‘llaganda bola uchun havf eng kam bo‘ladigan boshqa preparatlarni qabul qilishga o‘tkazish kerak.
Emizish
Emizish vaqtida ramiprilni qo‘llash haqida ma‘lumot yetarli bo‘lmaganligi tufayli, emizish vaqtida Amprilan® ni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Agar Amprilan® bilan davolash zarur bo‘lsa, unda emizish to‘xtatilishi kerak.
Avtomobil va potensial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Ayrim nojo‘ya ta‘sirlari (masalan, bosh aylanishi kabi, arterial bosimning pasayishini simptomlari) pasientni diqqatni jamlash qobiliyatini buzishi mumkin va, demak, va bu qobiliyatlar alohida ahamiyatga ega bo‘lgan vaziyatlarda (masalan, transport vositalari yoki uskunalarni boshqarishda) havf tug‘diradi.
Bu samaralarini ehtimoli davolashni boshida yoki boshqa preparatlardan o‘tishda ko‘proq bo‘ladi. Birinchi doza qabul qilinganidan keyin va keyingi uni oshirishda, bir necha soat davomida avtomobilni boshqarish va texnika bilan ishlash tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: haddan ziyod periferik vazodilatasiya (yaqqol arterial gipotenziya,shok), bradikardiya, suv-elektrolit balansini buzilishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.
Davolash: birlamchi detoksikasiya (me‘dani yuvish, adsorbentlarni yuborish), gemodinamik barqarorlikni tiklash, alfa-1-adrenergik agonistlarni yoki angiotenzin II ni (angiotenzinamid) yuborish.
AB, buyrak faoliyatini va qon zardobida kaliyning konsentrasiyasini sinchiklab nazorat qilish kerak. Intoksikasiyani bartaraf qilish uchun gemodializning samaradorligi aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
7 yoki 10 tabletkadan OPA/Al/PVX folga va alyumin folga blisterda.
2, 4, 8, 12 yoki 14 blisterlar (7 tabletkadan blisterda) yoki 3, 6 yoki 9 blisterlar (10 tabletkadan blisterda) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
1,25 mg tabletkalar: 2 yil.
2,5 mg, 5 mg va 10 mg tabletkalar: 3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bilan beriladi.
Chiqarish shakllari