Ташкент
logo
SavatKirish

Perindopril

Perindopril chiqarish shakllari

PERINDOPRIL 0,008 tabletkalari N90
PERINDOPRIL 0,008 tabletkalari N90
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Pranafarm, OOO
PERINDOPRIL 0,008 tabletkalari N30
PERINDOPRIL 0,008 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Bioximik AO
PERINDOPRIL 0,004 tabletkalari N90
PERINDOPRIL 0,004 tabletkalari N90
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Pranafarm, OOO
PERINDOPRIL TEVA 0,01 tabletkalari N30
PERINDOPRIL TEVA 0,01 tabletkalari N30
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Teva Prayvet Ko.Ltd Farm.zavod
PERINDOPRIL TEVA 0,005 tabletkalari N30
PERINDOPRIL TEVA 0,005 tabletkalari N30
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Teva Prayvet Ko.Ltd Farm.zavod
- Perindopril qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Perindoprilning tarkibi
- Perindopril ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Perindopril narxi Toshkent dorixonalarida

Perindopril qo'llanmasi

Ishlab chiqaruvchi
Ishlab chiqarilish joyi
Belarusiya,
Vengriya,
Polsha,
Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PERINDOPRIL-MIK

 

Preparatning savdo nomi: Perindopril-MIK

XPN: perindopril, Perindopril

Kimyoviy nomi: 2-mtilpropan-2-amino(2S, 2aS, 7aS)-1-[(2S)-2-[[(1S)-1-(etoksikarbonil)butil]amino]propanoil]oktagidro-1N-indol-2-karboksilat.

Dori shakli: kapsulalar 8 mg.

Tarkibi: bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: 8 mg perindoprilning tretbutilaminli tuzi (bu 6,676 mg perindoprilga to‘g‘ri keladi).

Yordamchi moddalar: magniy stearati, kartoshka kraxmali, laktoza monogidrati.

Kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, gliserin, natriy laurilsulfati, tozalangan suv, titan dioksidi.

Ta‘rifi: Silindrik shaklli, oq rangli yarimsferik oxirlari bilan, qattiq jelatin kapsulalar №0.

Farmakoterapevtik guruhi:         AAF ingibitorlari.

ATX kodi S09AA04.

 

Farmakologik xususiyatlari

Perindopril-MIK ning farmakologik ta‘sirini ta‘minlovchi faol modda perindoprildir.

Perindopril angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorilari guruhiga mansub bo‘lib, gipotenziv, qon tomirlarni kengaytiruvchi, kardioprotektiv, natriyuretik ta‘sir ko‘rsatadi.

Organizmda faol metaboliti – perindoprilatga (karboksil guruhini saqlaydi) aylanadi, u AAF tarkibidagi rux atomi bilan o‘zaro ta‘sir qiladi. Plazmada, tomirlar devorini endoteliysida, ehtimol buyrak kalavalari va naychalarining xujayralarida, o‘pkalar, yurak, buyrak usti bezlari va bosh miyaning to‘qimalaridagi AAFni faolsizlantiradi. Qonda va to‘qimalarda angiotenzin II ning darajasini pasaytiradi, buyrak usti bezlari tomonidan aldosteronni ishlab chiqarilishi va ajralib chiqishini kamaytiradi, simpatik nerv tolalarining oxirlaridan noradrenalinning liberasiyasini va qon tomirlar devorida endotelinni hosil bo‘lishini bostiradi, bradikinin, vazodilatator prostaglandinlarning konsentrasiyasini oshiradi (AAF faol bo‘lmagan angiotenzin I ni qon tomirlarni toraytiruvchi ta‘sir ko‘rsatuvchi angiotenzin II ga aylantiradi, shuningdek qon tomirlarni kengaytiruvchi faollikka ega bo‘lgan bradikinin va prostaglandinlarning degradasiyasini chaqiradi). Kallikrein-kinin tizimining faolligini oshiradi, yurak bo‘lmachalaridagi endotelinga bog‘liq relaksasiya qiluvchi omil – natriyuretik peptidning darajasini barqarorlashtiradi.

Angiotenzin II ni hosil bo‘lishini pasayishi qon plazmasida reninning faolligini oshishi bilan kechadi (manfiy teskari aloqani susayishi oqibatida).

UPTQ, AB ni (taxikardiyani rivojlanishisiz), chap qorinchaning to‘lish bosimini pasaytiradi (uning diastolik bo‘shashishini yaxshilaydi). Arterial va vena qon tomirlarining kengayishi miokardga keyingi va old yuklamani susayishi, yurakning qorinchalarida yakuniy diastolik bosimni kamayishi, yurakdan otilib chiqayotgan qon hajmini oshishi bilan kechadi. Regionar (koronar, serebral, buyrak, mushak) qon aylanishini yaxshilaydi, YUIKda miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamaytiradi. To‘qimalarning renin-angiotenzin tizimlarini ingibisiya qilib, kardioprotektiv (chap qorinchaning gipertrofiyasini kamaytiradi) va angioprotektiv ta‘sir ko‘rsatadi (qon tomirlarning silliq mushak xujayralarining giperplaziyasi va proliferasiyasini oldini oladi, qon tomirlar devorining gipertrofiyasini ortga rivojlanishini induksiya qiladi, yirik qon tomirlarning elastikligini va endoteliyning faoliyatini, shu jumladan azot oksidini, endotelial relaksasiya qiluvchi omilni ajratib chiqarish qobiliyatini tiklaydi).

Perindopril miokarning subendokardial qavatlarida kollagenning ortiqcha to‘planishini kamaytiradi, miozinning izoferment profilini normallashtiradi, qorinchalar va reperfuzion aritmiyalarning paydo bo‘lish tez-tezligini kamaytiradi. Qon tomirlarga pressor, shu jumladan adrenergik ta‘sirlarni minimallashtiradi, organizmda natriyni tutilishini oldini oladi, natriyurez va diurezni kuchaytiradi.

Asetilsalisil kislotasini har kungi qabul qilish fonida gemostaz ko‘rsatkichlariga ta‘sir ko‘rsatadi (fibrinogen darajasini va VII va X omillarining faolligini oshishi AT III iste‘mol qilinishi fonida fibrinolizning kuchayishi bilan kompensasiya qilinadi).

Periferik to‘qimalarni insulinning ta‘siriga sezuvchanligini oshiradi va glyukozaning metabolizmini yaxshilaydi.

Nitratlarga tolerantlikning rivojlanishini tormozlaydi va ularning vazidilatator ta‘sirini kuchaytiradi.

Bir martalik 4-8 mg doza bir marta qabul qilinganidan keyin AB 4-6 soat o‘tgach pasayadi. Preparat har kungi takroriy qabul qilinganida 24 soat davomida davom etadigan uzaygan gipotenziv ta‘sir ko‘rsatadi.

Antigipertenziv samara dozaga (2-8 mg diapazonda) bog‘liq. 2 mg dozada ta‘sir cho‘qqisida AAF ni 80% ga ingibisiya qiladi va 24 soat o‘tgach 60% ga ingibisiya qiladi, doza 8 mg gacha oshirilganida ingibisiya qiluvchi faolligi muvofiq 95% va 75% ga oshadi. Davolashga ijobiy javobi bo‘lgan bemorlarda AB 1 oy davomida normallashadi va davolash vaqtida norma chegarasida saqlanadi.

Davolash vaqtida yurak yetishmovchiligining klinik belgilarini ishonchli yaxshilanishi, jismoniy yuklamaga (valoergometrik sinamaning ma‘lumotlari bo‘yicha) tolerantlikni oshishi kuzatiladi.

Surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda klinik simptomlarning yaqqolligini statistik ishonchli kamaytiradi va jismoniy yuklamaga tolerantlikni oshiradi. Birinchi qabuldan keyin va davomli davolash davomida AB ni o‘zgarishlarini chaqirmaydi.

Surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda olti oy davomida qabul qilinganida perindopril yirik, o‘rta va mayda bronxlarning o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi (mayda bronxlarda o‘tkazuvchanlikni oshishi chekuvchi pasientlarda yaqqolroq namoyon bo‘ladi).

Portal gastropatiya fonida me‘da shilliq qavatining eroziyalari va yaralarini yo‘qotish bilan yaralanishi va qonashini kamaytiradi.

YUZLP darajasini oshiradi; giperurikemiyasi bo‘lgan bemorlarda siydik kislotasining konsentrasiyasini kamaytiradi.

Antioksidant xususiyatlarni namoyon etadi.

Perindopril bilan uzoq muddat davolash buyrak faoliyatining buzilishiga olib kelmaydi va qondagi kaliyning darajasiga ta‘sir qilmaydi. Buyrak bosimi, odatda oshadi, ayni paytda glomerulyar filtrasiya esa o‘zgarishsiz qoladi.

Davolashni to‘xtatishni bekor qilish sindromining rivojlanishi bilan kechmaydi.

In vitro va in vivo sharoitdagi tekshirishlarda mutagenlik belgilari, kalamush va sichqonlarda uzoq vaqt qo‘llanganida – kanserogen xususiyatlari, shuningdek kalamushlar, sichqonlar, quyonlar va maymunlarda embriotoksiklik belgilari va teratogen ta‘siri aniqlanmagan. Yuqori dozalarda kemiruvchilar va quyonlarning ona organizmi va homila organizmiga toksik ta‘sir qiladi, kalamushlarning ko‘krak sutiga o‘tadi.

Farmakokinetikasi. Perindopril ichga qabul qilinganida me‘da-ichak yo‘llarida (MIY) dan tez so‘riladi. Metabolizmi jarayonida perindoprilning faol metaboliti – perindoprilat (taxminan 20%) va 5 faol bo‘lmagan birikmalarni hosil bo‘lishi bilan biotranformasiyaga uchraydi. Biokiraolishligi 65-95% ni tashkil qiladi, bir vaqtda ovqat bilan qabul qilinganida 35% ga kamayadi. Smax ga 1 soatdan keyin (perindoprilat – 3-4 soatdan keyin) erishiladi va sutkaning oxirida 33-44% gacha pasayadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi ahamiyatsiz, 30% dan kamni tashkil qiladi va preparatning konsentrasiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Erkin perindoprilatning taqsimlanish hajmi – 0,2 l/kg.

Perindoprilat buyraklar orqali chiqariladi. Metabolitining erkin fraksiyasini T1/2 3-5 soatni tashkil qiladi. AAF bilan bog‘dan asta-sekin dissosiyasiyaga uchraydi, buning oqibatida “samara”li T1/2 25-30 soatni tashkil qiladi.

Perindoprilni takroriy buyurish uning to‘planishga olib kelmaydi va takroriy qabul qilish perindoprilning T1/2 uning faollik davriga muvofiq keladi. Takroriy qo‘llanganida perindoprilning muvozanatli konsentrasiyalariga 4 kundan keyin erishiladi.

Keksa pasientlarda, shuningdek buyrak va yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda perindoprilning chiqarilishi sekinlashadi (dozalash tartibiga tuzatish kiritish kerak). Perindoprilning dializ klirensi minutiga 70 ml ni tashkil qiladi.

Jigar sirrozi bo‘lgan bemorlarda perindoprilning jigar klirensi 2 marta kamayadi, bunda hosil bo‘ladigan perindoprilatning umumiy miqdori o‘zgarmaydi va dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Qo‘llanilishi

Perindopril-MIK quyidagilarda qo‘llash uchun ko‘rsatilgan:

  • arterial gipertenziya:

Arterial gipertenziyani davolash

  • Yurak yetishmovchiligi:

Simptomatik yurak yetishmovchiligini davolash

  • Yurakning stabil ishemik kasalligi:

Anamnezida miokard infarkti va/yoki revaskulyarizasiyasi bo‘lgan pasientlarda yurak-qon tomir xodisalarining xavfini kamaytirishda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Perindopril tret-butilaminning tavsiya etilgan dozasi kunina bir marta, ertalab yetarli miqdordagi suyuqlik (masalan suv) bilan qabul qilinadi.

Doza pasientning profili va qon bosimining darajasini o‘zgarishiga qarab shaxsiy ravishda tanlanishi kerak.

Arterial gipertenziya:

Perindopril tret-butilamin monoterapiya sifatida yoki antigipertenziv vositalarning boshqa sinflari bilan majmuada qo‘llanishi mumkin.

Tavsiya etilgan bonlang‘ich dozasi kuniga bir marta ertalab 4 mg ni tashkil qiladi.

Renin-angiotenzin-aldosteron tizimining yaqqol faollashuvi (ayniqsa renovaskulyar gipertenziya, aylanib yuruvchi qon xajmini kamayishi, yurak faoliyatini dekompensasiyasi yoki og‘ir gipertenziyasi) bo‘lgan pasientlarda preparatning boshlang‘ich dozasi yuborilgandan keyin arterial bosimni ortiqcha pasayishi kuzatilishi mumkin.

Bunday pasientlarga 2 mg boshlang‘ich doza tavsiya etiladi, davolashni shifokor nazorati ostida boshlash kerak.

Bir oy davolangandan keyin doza kuniga bir marta 8 mg gacha oshirilishi mumkin.

Perindopril bilan davolash boshlanganidan keyin klinik jahatdan yaqqol namoyon bo‘lgan gipotenziya rivojlanishi mumkin, diuretiklar bilan yondosh davolanayotgan pasientlarda uning ehtimoli yuqori. Bunday pasientlarga aylanib yurayotgan qon xajmini kamayishi va/yoki elektrolitlar tanqisligi ehtimoli tufayli preparatni ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak.

Imkoniyati bo‘lganida perindopril bilan davolashni boshlashdan 2-3 kun oldin diuretiklarni bekor qilish kerak.

Diuretiklarni bekor qilish mumkin bo‘lmagan AG li pasientlarda perindopril bilan davolashni 2 mg dozadan boshlash kerak. Buyrak faoliyati va qonda kaliy darajasini nazorat qilish kerak. Perindoprilning keyingi dozalarini arterial bosim tomonidan javobga qarab muvofiqlashtirish kerak. Zarurati bo‘lganida diuretiklar bilan davolash tiklash mumkin.

Keksa yoshdagi pasientlarda davolashni 2 mg dozadan boshlash kerak, bir oydan keyin 4 mg gacha, so‘ngra zarurati bo‘lsa buyrak faoliyatiga qarab 8 mg gacha oshirish mumkin (quyidagi jadvalga qarang).

Simptomatik yurak yetishmovchiligi:

Perindopril ko‘pincha kaliyni saqlab qolmaydigan diuretiklar va/yoki digoksin va/yoki beta-blokatorlar bilan birga qo‘llanadi; bunday hollarda preparatni 2 mg tavsiya etilgan boshlang‘ich dozadan boshlab, sinchkovlik bilan shifokor nazorati ostida qabul qilish kerak. Normal o‘zlashtirilganida kamida 2 xaftadan keyin bu dozani sutkada bir marta 4 mg gacha 2 mg ga oshirish mumkin. Dozani tanlash pasientning klinik javobiga asoslanishi kerak.

Klinik jihatdan yaqqol namoyon bo‘lgan gipotenziyasi bo‘lgan pasientlarda (ya‘ni giponatriemiya bilan/yoki usiz, gipovolemiya bilan kechuvchi elektrolitlarni yo‘qotilishi bo‘lgan pasientlarda yoki yondosh diuretiklar bilan faol davolashda bo‘lgan pasientlarda) perindopril bilan davolashni boshlashdan oldin iloji boricha bu xolatlarni muvofiqlashtirish kerak. Perindopril bilan davolashdan oldin va davolash vaqtida arterial bosim, buyrak faoliyati va zardobdagi kaliyning darajasini nazorat qilish kerak.

Yurakning stabil ishemik kasalligi:

Preparatni ikki xafta davomida sutkada bir marta 4 mg dozada buyurish kerak, keyinchalik dozani sutkada bir marta 8 mg gacha (buyrak faoliyatiga qarab va 4 mg doza yaxshi o‘zlashtirilganda) oshirish kerak.

Dozani sutkada bir marta 8 mg gacha oshirishdan oldin keksa yoshdagi pasientlarda buyrak faoliyatiga qarab preparatni bir xafta davomida sutkada bir marta 2 mg buyurish, keyinchalik keyingi xafta davomida sutkada bir marta 4 mg ga oshirish kerak (Buyrak faoliyatini buzilishida dozaga tuzatish kiritish jadvaliga qarang). Dozani faqat agar avvalgi pastroq doza yaxshi o‘zlashtirilgan bo‘lsagina oshirish mumkin.

Buyrak yetishmovchiligida dozaga tuzatish kiritish:

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozalash quyidagi 1 jadvalda ko‘rsatilgan kreatinin klirensiga asoslanishi kerak:

1 jadval: buyrak yetishmovchiligida doza tuzatish kiritish

Kreatinin klirensi (ml/min) (Clcr) Rekomenduemaya doza
Cl cr ≥ 60 Kuniga 4 mg
30 Kuniga 2 mg
15 Kunora 2 mg
Cl cr < 15 gemodializdagi pasientlar Gemodializ kuni 2 mg

* dializda perindoprilatning klirensi minutiga 70 ml ni tashkil qiladi. Gemodializda bo‘lgan pasientlar yuu dozani gemodializ seansidan keyin qabul qilishlari kerak.

Jigar yetishmovchiligida dozaga tuzatish kiritish:

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda doza tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Bolalar va o‘smirlar:

Xavfsizlik va samaradorlik bo‘yicha ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi tufayli, Perindopril tret-butilaminni bolalar va o‘smirlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Yurakning stabil ishemik kasalligi

Agar nostabil stenokardiya (yaqqol yoki yaqqol bo‘lmagan) epizodi perindopril bilan davolashning birinchi oyi davomida rivojlansa, davolashni davom ettirishdan oldin foyda va xavf orasidagi nisbatni sinchkovlik bilan baholash kerak.

Arterial gipotenziya

AAF ingibitorlari arterial bosimni pasayishini chaqirishi mumkin. Asoratlanmagan AG bo‘lgan pasientlarda yaqqol gipotenziya kam hollarda uchraydi; u ko‘pincha gipovolemiyasi bo‘lgan pasientlarda, ya‘ni diuretiklarni qabul qilayotgan, ovqat bilan tuzni iste‘mol qilishni cheklagan, gemodializda bo‘lgan, shuningdek diareya yoki qusish kuzatilgan pasientlarda va og‘ir darajadagi reninga bog‘liq gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda uchraydi. Yondosh buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi/kechmaydigan klinik jahatdan yaqqol bo‘lgan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda klinik jihatdan yaqqol bo‘lgan gipotenziya qayd etilgan. U yaqqolroq yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ehtimoli yuqori, halqali diuretiklarni yuqori dozalarini qo‘llash, giponatriemiya yoki buyrakni funksional shikastlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Klinik jihatdan yaqqol bo‘lgan arterial pipotenziya rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lgan pasientlar davolashni boshida va dozaga tuzatish kiritishda sinchkovlik bilan kuzatuvga muhtojlar. Shunday talablar AB ni pasayishi miokard infarkti yoki bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan YUIK yoki serebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan pasientlarga ham taalluqli.

Arterial gipotenziya rivojlanganda pasientni gorizontal holatga yotqizish kerak va zarurati bo‘lganida vena ichiga fiziologik eritma buyurilishi kerak. Tez kechuvchi gipotenziv javob davolashni davom ettirishga qarshi ko‘rsatma hisoblanmaydi, uni aylanib yuruvchi qon xajmi oshishi bilan bog‘liq arterial bosim oshganidan keyin asoratsiz takroran boshlash mumkin. Dimlangan yurak yetishmovchiligi va arterial bosimi normal yoki pasaygan ayrim pasientlarda perindopril bilan davolash tizimli arterial bosimni qo‘shimcha pasayishiga olib kelishi mumkin. Bu samara kutilgan hisoblanadi va davolashni to‘xtatish uchun sabab bo‘lmaydi. Klinik jihatdan yaqqol arterial gipotenziya holatlarida perindoprilning dozasini kamaytirish yoki davolashni to‘xtatish talab etilishi mumkin.

Aortal va mitral klapan stenozi/gipertrofik kardiomiopatiya

Boshqa AAF ingibitorlari kabi perindoprilni mitral klapan stenozi va chap qorinchadan chiqish yo‘lining stenozi, xususan aortal stenoz yoki gipertrofik kardiomiopatiyasi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Buyrak faoliyatini buzilishi

Buyrak faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi <60 ml/min) bo‘lgan hollarda perindoprilning dozasiga pasientning kreatinin klirensi va davolashsha pasientning javobiga qarab tuzatish kiritish kerak. Odatda bunday pasientlarda rejali ravishda kaliy va kreatinin darajasini nazorati o‘tkaziladi.

Klinik jihatdan yaqqol namoyon bo‘lgan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda AAF ingibitorlari bilan davolash boshlanganidan keyin gipotenziyani rivojlanishi buyrak faoliyatini biroz buzilishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda odatda qaytmas xarakterga ega O‘BE ta‘riflangan.

AAF ingibitori bilan davolangan buyrak arteriyasining ikki tomonlama stenozi yoki yagona buyrak arteriyasining stenozi bo‘lgan ayrim pasientlarda, odatda davolash to‘xtatilgandan keyin qaytuvchan xarakterga ega bo‘lgan zardobda mochevina va kreatinin darajasini oshishi aniqlangan. Bu ayniqsa buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda ehtimoli yuqori. Renovaskulyar gipertenziya holatlarida og‘ir gipotenziya va buyrak yetishmovchiligining yuqori xavfi mavjud. Bunday pasientlarda davolashni shifokorning sinchkov nazorati ostida keyinchalik dozani ehtiyotkorlik bilan tanlash bilan past dozalardan boshlash kerak.

Diuretiklar bilan davolash yuqorida ko‘rsatilgan ko‘rinishlarni rivojlanishiga olib keluvchi omil bo‘lishi mumkin, perindopril bilan davolashning birinchi xaftasida diuretiklarni bekor qilish kerak, bunda buyrak faoliyatini nazorat qilish kerak.

AG va buyrakning avvalgi qon tomirli shikastlanishining yaqqol belgilari bo‘lmagan ayrim pasientlarda zardobda mochevina va kreatinin darajasini oshishi kuzatilgan, ular odatda yengil va tez kechuvchan xarakterga ega bo‘lgan, ayniqsa perindoprilni diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llaganda. Bu ko‘rinishlar ko‘proq avval buyrak shikastlanishi bo‘lgan pasientlarda ehtimoli yuqori. Diuretik va/yoki perindoprilning dozasini kamaytirish va/yoki davolashni to‘xtatish talab etilishi mumkin.

Gemodializdagi pasientlar

Yuqori o‘tkazuvchan membranali dializ olayotgan va AAF ingibitorlari bilan yondosh davolanayotgan pasientlarda anafilaktik reaksiyalar rivojlanishi aniqlangan. Pasientlar uchun boshqa tipdagi dializ membranalari yoki gipotenziv preparatning boshqa sinfini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish kerak.

Buyrak transplantasiyasi

Yaqinda buyrak transplantasiyasi o‘tkazilgan pasientlarda perindoprilni qo‘llash tajribasi yo‘q.

O‘ta yuqori sezuvchanlik/angionevrotik shish

AAF ingibitorlari, shu jumladan perindopril bilan davolanayotgan pasientlarda yuz, qo‘l-oyoq, lablar, shilliq qavatlar, ovoz boylamlari va/yoki hiqildoqni angionevrotik shishi rivojlanishi mumkin. Bu ko‘rinish davolashning har qanday vaqtida rivojlanishi mumkin. Bunday hollarda perindopril bilan davolashni darhol to‘xtatish va simptomlar to‘liq o‘tib ketmaguncha davom etuvchi holatni tegishli monitoringini boshlash kerak. Faqat yuz yoki lablar shishgan holatlarda, ular odatda davolashsiz o‘tib ketgan, garchi simptomlarni yengillashtirish uchun antigistamin vositalari qo‘llanilgan.

Hiqildoq shishi bilan kechuvchi angionevrotik shish o‘limga olib kelishi mumkin. Til, ovoz boylamlari va nafas yo‘llarining obstruksiyasi bilan kechuvchi hiqildoq shishi holatlarida darhol shoshilinch davolashni boshlash kerak. Pasient simptomlarni to‘liq va barqaror bartaraf etilgunigacha sinchkovlik shifokor nazoratida bo‘lishi kerak.

AAF ingibitorlari bilan bog‘liq bo‘lmagan angionevrotik shish haqidagi anamneziga ega pasientlar AAF ingibitorlari bilan davolaganda bunday shishning yuqori xavfiga egalar.

Past zichlikdagi lipoproteidlar (PZLP) aferezi vaqtidagi anafilaktoid reaksiyalar

AAF ingibitorlarini qabul qilayotgan pasientlarda destran-sulfat bilan past zichlikdagi lipoproteidlar aferezi vaqtida kam hollarda hayot uchun xavf soluvchi anafilaktoid reaksiyalar rivojlangan. Har bir aferezdan oldin AAF ingibitorlari bilan davolashni vaqtincha to‘xtatish yo‘li orqali bunday reaksiyalardan saqlanish kerak.

Desensibilizasiya vaqtidagi anafilaktik reaksiyalar

Desensibilizasiya vaqtida (masalan pardaqanotlilar: ari, asalari va boshqa hasharotlarga) AAF ingibitorlarini qabul qilgan pasientlarda anafilaktoid reaksiyalar rivojlangan. AAF ingibitorlarini vaqtincha bekor qilish yo‘li orqali bu pasientlarda bunday reaksiyalardan saqlanish mumkin, lekin takroran to‘satdan yuborilganda yuu reaksiyalar takroran paydo bo‘ladi.

Jigar yetishmovchiligi

AAF ingibitorlari bilan davolash kam hollarda xolestatik sariqlik bilan boshlanadigan va jigarning fulminant nekrozi rivojlanishigacha avj oladigan, ba‘zida o‘limga olib keladigan sindrom bilan kechadi. Bu sindromni rivojlanish mexanizmi noma‘lum. Agar AAF ingibitorlari bilan davolash vaqtida sariqlik rivojlansa yoki jigar fermentlari darajasi ahamiyatli oshsa, AAF ingibitorlarini bekor qilish va keyinchalik tegishli shifokor kuzatuvini buyurish kerak.

Neytropeniya/agranulositoz/trombositopeniya/anemiya

AAF ingibitorlarini qabul qilayotgan pasientlarda neytropeniya/agranulositoz, trombositopeniya va anemiya rivojlanishi kuzatiladi. Buyrak faoliyati normal bo‘lgan va boshqa asoratlangan omillari bo‘lmagan pasientlarda neytropeniya kam hollarda rivojlanadi. Kollagenozlar, immunodepressant davolashda, allopurinol yoki prokainamid yoki bu asoratlangan omillarning majmuasi bo‘lgan pasientlarda, ayniqsa avval buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda perindoprilni juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Bu pasientlarning ayrimlarida ko‘p holatlarda faol antibakterial davolashga javob bermaydigan jiddiy infeksiyalar rivojlanadi. Bunday pasientlarga perindopril buyurilganda leykositlarning sonini muntazam monitoringi tavsiya etiladi. Pasientlarni infeksiyaning har qanday belgilarida shifokorga xabar berish kerakligi haqida ogohlantirish kerak.

Irqiy mansublik

AAF ingibitorlari boshqa irqqa mansub pasientlarga nisbatan ko‘pincha negroid irq vakillarida shish chaqiradi.

Boshqa AAF ingibitorlari kabi perindopril boshqa irqqa mansub pasientlarga nisbatan negroid irq vakillarida arterial bosimni pastroq darajada kamaytiradi; buni negroid irq vakillarida reninning darajasi pastligi bilan tushuntirish mumkin.

Yo‘tal

AAF ingibitorlari bilan davolaganda yo‘tal rivojlanishi mumkin. Davolash bekor qilingandan keyin to‘xtaydigan balg‘amsiz turg‘un yo‘tal xarakterli. Yo‘talning differensial tashhisida AAF ingibitorlari chaqirgan yo‘talni e‘tiborga olish kerak.

Jarroxlik aralashuvi/anesteziya

Katta jarroxlik operasiyasi vaqtida yoki gipotenziya rivojlanishiga olib keluvchi preparatlarni qo‘llash bilan kechuvchi anesteziya vaqtida perindopril reninni kompensator ajralib chiqishi oqibatida angiotenzin II hosil bo‘lishini bloklashi mumkin. Operasiyadan bir kun oldin davolashni to‘xtatish kerak. Bu mexanizm bilan bog‘liq bo‘lgan gipotenziya rivojlanganda infuzion davolash orqali uni muvofiqlashtirish mumkin.

Giperkaliemiya

AAF ingibitorlari, shu jumladan perindopril bilan davolash vaqtida ayrim pasientlarda kaliyning darajasini oshishi kuzatilgan. Giperkaliemiya rivojlanishi xavfi bo‘lgan pasientlarga buyrak yetishmovchiligi, nazorat qilib bo‘lmaydigan qandli diabeti bo‘lgan pasientlar, kaliy tejovchi diuretiklarni, kaliy preparatlari yoki kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchi vositalarni, shuningdek kaliyning darajasini oshishiga olib keluvchi boshqa preparatlarni (masalan geparin) qabul qilayotgan pasientlar kiradi. Bu preparatlarni yondosh qabul qilish zarurati bo‘lganida kaliyning darajasini muntazam monitoring qilish tavsiya etiladi.

Qandli diabeti bo‘lgan pasientlar

Peroral antidiabetik preparatlar yoki insulin qabul qilayotgan qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda AAF ingibitorlari bilan davolashning birinchi oyi davomida glikemiya darajasini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.

Litiy preparatlari

Odatda litiy va perindopril majmuasi tavsiya etilmaydi.

Kaliy tejovchi diuretiklarni, kaliy preparatlari yoki kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchi vositalar

Odatda perindopril va kaliy tejovchi diuretiklarni, kaliy preparatlari yoki kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchi vositalar majmuasi tavsiya etilmaydi.

AAF ingibitorlari, ATII (BRA II) reseptorlari blokatorlari, reninning bevosita ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llaganda giperkaliemiya, buyrakni shikastlanishi, gipotoniya rivojlanishi xavfi oshadi.

Renin-angiotenzin-aldosteron tizimining ikki tomonlama blokadasi

Monoterapiyaga nisbatan renin-angiotenzin-aldosteron tizimining ikki tomonlama blokadasi gipotoniya, giperkaliemiya va buyrak faoliyatini buzilishi (shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi) bilan assosiasiyalanadi. RAAT ni AAF, BRA II ingibitori yoki Aliskiren tomonidan ikki tomonlama blokadasi har qanday pasientga, ayniqsa diabetik nefropatiyasi bo‘lgan pasientlarga tavsiya etish mumkin.

AAF va BRA II ingibitorlarini birga qo‘llash ko‘rsatilgan ayrim holatlarda mutaxassisning sinchkovlik bilan kuzatuvi va buyrak faoliyati, suv-elektrolit muvozanati, arterial bosimni monitoringi zarur. Bu surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda AAF ingibitorlari bilan davolashga qo‘shimcha sifatida kandesartan yoki valsartanni buyurishga taalluqli. RAAT ikki tomonlama blokadasini boshqa adekvat davolashni o‘tkazishga qaramasdan surunkali yurak yetishmovchiligi simptomlarini doimiy davom etishi kuzatilayotgan surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda aldosteron antagonistlarini (spironolakton) o‘zlashtiraolmaslikda mutaxassisning sinchkov nazorati va buyrak faoliyati, suv-elektrolit muvozanati va arterial bosimni monitoringi ostida amalga oshirish kerak.

Homiladorlik

Homiladorlik vaqtida AAF ingibitorlari bilan davolashni boshlash mumkin emas. Agar gipertonik kasallikni davolashni davom ettirish zarur deb hisoblansa, homiladorlikni rejalashtirgan pasientlarga homiladorlik vaqtida qo‘llash uchun xavfsizlik profili aniqlangan preparatlar bilan muqobil gipertenziv davolashni buyurish kerak. Agar homiladorlik aniqlangan bo‘lsa, AAF ingibitorlari bilan davolash darhol to‘xtatilishi va zarurati bo‘lganida muqobil davolash buyurilishi kerak.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Diuretiklar

Diuretiklar bilan davolash vaqtida, ayniqsa elektrolitlarni yo‘qotilishi va/yoki gipovolemiyasi bo‘lgan pasientlarda AAF ingibitorlari bilan davolash boshlanganidan keyin arterial bosimni haddan tashqari pasayishi rivojlanishi mumkin. Keyinchalik dozasini asta-sekin oshirish bilan perindoprilning past dozalari bilan davolashni boshlashdan oldin diurektiklar bilan davolashni to‘xtatish, AYUQX yoki tuzni iste‘mol qilishni oshirish yo‘li orqali gipotenziv samaralarning ehtimolini kamaytirish mumkin.

Kaliy tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari va kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchi vositalar

Garchi zardobdagi kaliyning darajasi norma chegarasida saqlanib qolsada, perindopril bilan davolash vaqtida ayrim pasientlarda giperkaliemiya rivojlanishi mumkin.

Kaliy tejovchi diuretiklar (ma

Perindopril narxlari

Perindopril barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Perindopril savollari

Perindopril fikr-mulohazalari

Reyting 4.6, 8 ta sharh asosida
Хулькар
16.09.2020 20:45
5
Купить я решила сначала одну упаковку таблеток Периндоприл. Решила перестраховаться, а то вдруг мне не подойдет и что в таком случае делать. Принимала по 1/2 вечером в комплексе с другими лекарствами, через 2 недели после нормализации артериального давления исчезла аритмия и врач отменил прием данного препарата. Значит хорошее действие оказывает.Цена на него отличная.
Яйра
18.06.2020 03:13
4
Если цифры артериального давления до приема таблеток «периндоприл» были высокие, то оно плавно снижается до определенных пределов. Одна таблетка снижает давление примерно на 20 единиц в течение часа. Вот это не плохо, как по мне то наоборот это плюс то что не так быстро, а медленно и мягко действует на организм. Но на полные сутки такого эффекта не хватает, к сожалению. Купить таблетки или нет решать только вам. Самое главное не принимайте самостоятельных решений, только после обследования и консультации кардиолога. Ведь любое лекарство имеет противопоказания и побочные действия. Вдруг вам такое нельзя, главное себе не навредить. Цена меня полностью устраивает, только незначительно в разных аптеках может меняться буквально в копейках.
Алтынгуль
22.08.2020 00:35
4
На протяжении 5 месяцев принимаю таблетки Периндоприл и устраивает практически во всем. Мне нравится, что нет никакой привязанности к питанию, т.е. доили после принятия пищи разницы нет. Не стоит об этом думать и переживать. Таблетки выгодны, цена на них не высокая. Но будьте готовы к тому, что от лекарства будет возникать сушняк, постоянно хочется пить. Если вас это не смущает, то советую купить.
Абдуваххоб
26.12.2020 19:11
5
Не мог и предположить, что в свои 43 лет мне придется обратиться к кардиологу по поводу появившейся аритмии и неэффективности лечения гипертонии, назначенного терапевтом нашей поликлиники. После тщательного обследования в платной клинике (денег немного жалко, но зато доверия к частным врачам больше) был назначен препарат «периндоприл», предназначенный для лечения гипертонии и сердечной недостаточности. Периндоприл и сегодня находится в моей домашней аптечке. Он служит мне как корректировщик давления. Только не надо ждать ежесекундного действия, эффективность проявляется спустя минут 20 после принятия таблетки. Для мгновенного результата существуют таблетки, у которых и цена соответствующая.Купить таблетки эти стоит, но только после того, как проконсультируетесь со своим кардиологом.
Рузанна
29.02.2020 02:51
5
Препарат Периндоприл нужно принимать один раз в день, лучше утром. На ночь если присутствует необходимость дедушка принимает другой препарат.В итоге давление удается удерживать в рамках. Слава богу, что нам удалось подобрать именно те таблетки, которые дедушке отлично помогают. Мои родители погибли и единственные близие мне люди это бабушка и дедушка. Они мне очень дороги и я всегда беспокоюсь о их здоровье. Оно для меня очень важно. Я никогда не пожалею денег для них, по мере своей возможности и на лечение в том числе. Я была крайне удивлена, когда увидела что цена на выписанный препарат низкая. Я готова была и к большей стоимости. Самое главное в лечение это правильное назначение, поэтому мой вам совет выбирайте тщательно врача, доверие это важно! А здоровье наших близких в наших руках.
Зархон
02.07.2021 11:34
5
Мой дедушка - гипертоник с многолетним стажем. Мне кажется, что в нашей семье из поколения в поколение у всех возникает одна и таже проблема со здоровье. Удачный препарат для гипертоника подобрать очень сложно: должно быть проведено тщательное обследование - УЗИ сердца, ЭКГ. Идеальный вариант - измерение на протяжении нескольких дней во время нагрузки и в состоянии покоя. Вот после таких измерений и был назначен препарат Периндоприл, который с первого дня приема проявил себя с положительной стороны и было понятно , что таблетки дедушке подобрали грамотно. Принимает один раз утром и никаких проблем тьфу тьфу не возникает. Купить препарат не сложно, имеется в аптеках, да и цена вполне приемлемая.
Халимахон
30.03.2021 23:23
4
Принимаю Периндоприл несколько месяцев. Кардиолог мне назначил эти таблетки, т.к. у меня вторая степень гипертонии и пришлось искать действенный препарат. Весьма не плохое средство,да и цена тоже. Вот только чтоб купить мне приходится поискать.
Асель
08.01.2021 08:29
5
Хоть лекарство Периндоприл не дает эффекта на целый день, зато нет побочных эффектов в виде сонливости или сухости во рту. Доступная цена, поэтому купить не будет сложно

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil