Amra
Amra chiqarilish shakllari

Amra haqida qo'llanma
Farmakologik ta'siri
Perindopril (AAF ingibitori) va indapamid (sulfonamid xosilalari guruxiga mansub diuretik) saqlovchi majmuaviy preparat AMRAning farmakologik taʼsiri komponentlardan xar birining aloxida xususiyatlarining qoʻshilishi bilan bogʻliq . Perindopril va indapamidning majmuasi ularning xar birining taʼsirini kuchaytiradi.
Amra Forte xam sistolik, xam diastolik AB ga yaqqol dozaga bogʻliq gipotenziv taʼsir koʻrsatadi. Preparatning taʼsiri 24 soat davom etadi. Barqaror klinik samara davolash boshlanganidan keyin koʻpi bilan 1 oydan keyin boshlanadi va taxikardiya bilan birga kechmaydi .Davolashni toʻxtatish bekor qilish sindromining rivojlanishi bilan birga kechmaydi.
Amra Forte chap qorinchaning gipertrofiyasi darajasini kamaytiradi, arteriyalarning elastikligini yaxshilaydi, UPTQ ni pasaytiradi, lipidlarning ( umumiy xolestirin, YUZLP, PZLP, triglitseridlar) metabolizmiga taʼsir qilmaydi va karbonsuvlarning metabolizmiga (shu jumladan qandli diabeti boʻlgan bemorlarda) taʼsir qilmaydi.
Perindopril - angiotenzin I ni, qon tomirlarni toraytiruvchi taʼsirga ega boʻlgan angiotenzin II ga aylanishini, xamda tomirlarning kengaytiruvchi taʼsirga yega bradikininning parchalanishini amalga oshiruvchi angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitoridir. Natijada perindopril aldosteronning sekretsiyasini pasaytiradi, salbiy teskari aloqa tamoyili boʻyicha qon plazmasida rereninning faolligini oshiradi, uzoq vaqt qoʻllanganida UPTK ni kamaytiradi, bu asosan mushaklar va buyraklardagi tomirlarga taʼsiri bilan bogʻliq. Bu samaralari tuzlar va suvning tutilishi yoki reflektor taxikardiyaning rivojlanishi bilan kechmaydi.
Tiazid diuretiklarning yoʻldosh buyurilishi antigipertenziv taʼsirining yaqqolligini kuchaytiradi. Bundan tashqari, AAF ingibitori va tiazid diuretikning majmuasi shuningdek diuretiklarni qabul qilish fonida gipokaliyemiyaning xavfini pasayishiga olib keladi. Perindopril old yuklama va keyingi yuklamani kamaytirib, yurak ishini normallashtiradi.
Indapamid farmakologik xususiyatlari boʻyicha tiazid diuretiklariga yaqin, indapamid natriy ionlarining reabsorbsiyasini ingibirlaydi, bu natriy, xlor ionlarini va kamroq darajada kaliy va magniy ionlarini siydik bilan chiqarilishini oshishiga olib keladi va shu yoʻl bilan diurezni kuchaytiradi.
Indapamid qon tomirlarining adrenalinga nisbatan giperreaktivligini pasaytiradi. Indapamid qon plazmasidagi lipidlarning (triglitseridlar, xolesterin, PZLP vaYUZLP)
miqdoriga va karbonsuvlarning almashinuviga
(shu jumladan yoʻldosh qandli diabeti boʻlgan bemorlarda) taʼsir qilmaydi, yurakning chap qorinchasining gipertrofiyasini kamayishiga yordam beradi.
Perindopril va indapamidning farmakokinetik parametrlari majmuada , ular aloxida qoʻllanganidagi bilan solishtirganda oʻzgarmaydi.
Ichga qabul qilinganidan keyin perindopril tez soʻriladi. Biokiraolishligi
65-70% ni tashkil qiladi. Soʻrilgan perindoprilning umumiy miqdorining taxminan 20% faol metaboliti - perindoprilatga aylanadi. Qon plazmasida perindoprilatning S max ga, perindopril ichga qabul qilinganidan keyin 3-4 soatdan keyin erishiladi. Perindopril organizmdan siydik bilan chiqariladi. T ½ -3-5 soatni tashkil qiladi.
Indapamid MIY dan tez va toʻliq soʻriladi. Qon plazmasidagi S max ga peroral qabul qilinganidan keyin 1 soat oʻtgach erishiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bogʻlanishi -79%. T ½ 14-24 soatni (oʻrtacha 19 soat) tashkil qiladi. Asosan siydik bilan (yuborilgan dozaning 70%) va axlat bilan (22%) faol boʻlmagan metabolitlar koʻrinishida chiqariladi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
AB ni pasayishi, koʻngil aynishi bosh aylanishi anuriyaga oʻtishi (gipovolemiya natijasida) mumkin boʻlgan poluriya yoki oliguriya, bradikardiya, elektrolit buzilishlari.
Davolash : meʼdani yuvish, adsorbentlarni buyurish, suv-elektrolit balansini toʻgʻrilash. Perindoprilat organizmdan dializ yordamida chiqarilishi mumkin. Amra Forteni litiy bilan, kaliy tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari, sitostatik yoki immunodepressiv vositalar, tizimli kortikosteroidlar bilan birga qoʻllash mumkin emas.
Eritromitsin (vena ichiga yuborish uchun), pentamidin, sultoprid, vinkamin, bepridil va indapamid bir vaqtda qoʻllanganida “piruyet” turidagi aritmiyalar rivojlanishi mumkin.
APF ingibitorlari qoʻllanganida insulin va sulfonilmochevina xosilalarining gipoglikemik taʼsiri kuchayishi mumkin.
NYAQV AAF ingibitorlarining gipotenziv taʼsirini susaytiradi. NYAQV va AAF ingibitorlarining giperkaliyemiyaga nisbatan additiv taʼsirga egaligi aniqlangan, bunda shuningdek buyraklarning faoliyatini susaytirishi mumkin.
Amra Forte va tritsiklik antidepressantlar, neyroleptiklar bir vaqtda qoʻllanganida gipotenziv taʼsirini kuchayishi va ortostatik gipotenziyaning rivojlanishini xavfi (additiv samara) oshishi mumkin.
Indapamid IA (xinidin, gidroxinidin, dizopiramid) va III sinf (amiodaron, bretiliy,sotalol) antiaritmik preparatlar bilan bir vaqtda qoʻllanganida “piruyet” turidagi aritmiyalar rivolanishi mumkin.
Surgi vositalarini buyurish zarurati tugʻilganida, ichak motorikasiga ragʻbatlantiruvchi taʼsirsiz preparatlarni ishlatish kerak.
Amra Forte yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qoʻllanganida kaliy darajasini va EKG ni nazorat qilish va zarurati boʻlganida, oʻtkazilayotgan davolashni toʻgʻrilash kerak.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Kattalarga Amra Forte 1 tabletkadan sutkada 1-marta buyuriladi, afzalrogʻi ertalab. Ogʻirlik darajasi yengil buyrak yetishmovchiligi (KK 60 ml/min dan koʻproq ) boʻlgan patsiyentlarga dozani toʻgʻrilash talab etilmaydi (kreatinin va kaliyning miqdorini doimiy nazorati ostida sutkada 1-marta 1 tabletkadan Amra forte).
Keksa yoshdagi patsiyentlarda va ogʻirlik darajasi yengil buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda (KK 60-30 ml/min) davolashni minimal dozadan boshlash kerak (sutkada 1-marta Amra yoki Amra Forte-sutkada 1-marta ½ tabletka), afzalrogʻi ertalab.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)












