Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Yurak-qon tomir  / AMRA FORTE tabletkalari 4mg/1,25mg N30

AMRA FORTE tabletkalari 4mg/1,25mg N30

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Gruziya
Kategoriya:Yurak-qon tomir
Ishlab chiqaruvchi:GM Pharmaceuticals Ltd.
Vakil:GMP
ATX kodi:C04AX
Barcha Amra dorilari
114 ta dorixonada bor
Narxi 54 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 114 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

AMRA FORTE tabletkalari 4mg/1,25mg N30 o'xshash dorilari

ROZAT tabletkalari 5mg N28
Retseptli
ROZAT tabletkalari 5mg N28
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Pharma S.A. Penkuv, ul. M. Adamkevicha 6A 05-152 Chosnuv, Polsha/Polsha
Narxi
34 000 so'm dan
EDARBI tabletkalari 40 mg N28
Retseptli
EDARBI tabletkalari 40 mg N28
Irlandiya
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
Narxi
149 500 so'm dan
ENAP tabletkalari 5mg N20
ENAP tabletkalari 5mg N20
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•123 ta dorixonada bor
Narxi
13 600 so'm dan

AMRA FORTE tabletkalari 4mg/1,25mg N30 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Preparatning bir tabletkasi 4 mg faol modda perindopril erbumini va 1,25 mg indapamid saqlaydi.

Yordamchi moddalar: Mikrokristallik sellyuloza, Laktoza, Kremniy dioksidi (Orisil), Magniy stearati.

Farmakologik ta'siri

Perindopril (AAF ingibitori) va indapamid (sulfonamid xosilalari guruxiga mansub diuretik) saqlovchi majmuaviy preparat AMRAning farmakologik taʼsiri komponentlardan xar birining aloxida xususiyatlarining qoʻshilishi bilan bogʻliq . Perindopril va indapamidning majmuasi ularning xar birining taʼsirini kuchaytiradi.

Amra Forte xam sistolik, xam diastolik AB ga yaqqol dozaga bogʻliq gipotenziv taʼsir koʻrsatadi. Preparatning taʼsiri 24 soat davom etadi. Barqaror klinik samara davolash boshlanganidan keyin koʻpi bilan 1 oydan keyin boshlanadi va taxikardiya bilan birga kechmaydi .Davolashni toʻxtatish bekor qilish sindromining rivojlanishi bilan birga kechmaydi.

Amra Forte chap qorinchaning gipertrofiyasi darajasini kamaytiradi, arteriyalarning elastikligini yaxshilaydi, UPTQ ni pasaytiradi, lipidlarning ( umumiy xolestirin, YUZLP, PZLP, triglitseridlar) metabolizmiga taʼsir qilmaydi va karbonsuvlarning metabolizmiga (shu jumladan qandli diabeti boʻlgan bemorlarda) taʼsir qilmaydi.

Perindopril - angiotenzin I ni, qon tomirlarni toraytiruvchi taʼsirga ega boʻlgan angiotenzin II ga aylanishini, xamda tomirlarning kengaytiruvchi taʼsirga yega bradikininning parchalanishini amalga oshiruvchi angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitoridir. Natijada perindopril aldosteronning sekretsiyasini pasaytiradi, salbiy teskari aloqa tamoyili boʻyicha qon plazmasida rereninning faolligini oshiradi, uzoq vaqt qoʻllanganida UPTK ni kamaytiradi, bu asosan mushaklar va buyraklardagi tomirlarga taʼsiri bilan bogʻliq. Bu samaralari tuzlar va suvning tutilishi yoki reflektor taxikardiyaning rivojlanishi bilan kechmaydi.

Tiazid diuretiklarning yoʻldosh buyurilishi antigipertenziv taʼsirining yaqqolligini kuchaytiradi. Bundan tashqari, AAF ingibitori va tiazid diuretikning majmuasi shuningdek diuretiklarni qabul qilish fonida gipokaliyemiyaning xavfini pasayishiga olib keladi. Perindopril old yuklama va keyingi yuklamani kamaytirib, yurak ishini normallashtiradi.

Indapamid farmakologik xususiyatlari boʻyicha tiazid diuretiklariga yaqin, indapamid natriy ionlarining reabsorbsiyasini ingibirlaydi, bu natriy, xlor ionlarini va kamroq darajada kaliy va magniy ionlarini siydik bilan chiqarilishini oshishiga olib keladi va shu yoʻl bilan diurezni kuchaytiradi.

Indapamid qon tomirlarining adrenalinga nisbatan giperreaktivligini pasaytiradi. Indapamid qon plazmasidagi lipidlarning (triglitseridlar, xolesterin, PZLP vaYUZLP)

miqdoriga va karbonsuvlarning almashinuviga

(shu jumladan yoʻldosh qandli diabeti boʻlgan bemorlarda) taʼsir qilmaydi, yurakning chap qorinchasining gipertrofiyasini kamayishiga yordam beradi.

Perindopril va indapamidning farmakokinetik parametrlari majmuada , ular aloxida qoʻllanganidagi bilan solishtirganda oʻzgarmaydi.

Ichga qabul qilinganidan keyin perindopril tez soʻriladi. Biokiraolishligi

65-70% ni tashkil qiladi. Soʻrilgan perindoprilning umumiy miqdorining taxminan 20% faol metaboliti - perindoprilatga aylanadi. Qon plazmasida perindoprilatning S max ga, perindopril ichga qabul qilinganidan keyin 3-4 soatdan keyin erishiladi. Perindopril organizmdan siydik bilan chiqariladi. T ½ -3-5 soatni tashkil qiladi.

Indapamid MIY dan tez va toʻliq soʻriladi. Qon plazmasidagi S max ga peroral qabul qilinganidan keyin 1 soat oʻtgach erishiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bogʻlanishi -79%. T ½ 14-24 soatni (oʻrtacha 19 soat) tashkil qiladi. Asosan siydik bilan (yuborilgan dozaning 70%) va axlat bilan (22%) faol boʻlmagan metabolitlar koʻrinishida chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Suv-elektrolit balansi tomonidan : gipokaliyemiya boʻlishi mumkin, natriy darajasini kamayishi;

Yurak-tomir tizimi tomonidan : AB ni xaddan tashqari pasayishi, ortostatik gipotenziya ;

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam-buyraklarning faoliyatini pasayishi, proteinuriya, siydikda va qon plazmasida kreatinin konsentratsiyasini axamiyatsiz oshishi;

Modda almashinuvi tomonidan: qon plazmasida mochevina va glyukoza miqdori oshishi mumkin;

MNT tomonidan: bosh ogʻrigʻi, yuqori charchoqlik, asteniya, bosh aylanishi, kayfiyatning beqarorligi, koʻrishni buzilishi, quloqlarda shovqin, uyquni buzilishi, tirishishlar, paresteziyalar, anoreksiya, taʼm sezishni buzilishi;

aloxida xollarda – ongni chalkashishi;

Nafas tizimi tomonidan: quruq yoʻtal; kam- nafasni qiyinlashishi, bronxospazm;

Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: qorinda ogʻriq, koʻngil aynashi, qusish, qabziyat, diareya; kam - ogʻizni qurishi; aloxida xollarda - jigar transaminazalari faolligini oshishi, giperbilirubinemiya;

Qon yaratish tizimi tomonidan: anemiya, kam - gipogemoglobinemiya, trombotsitopeniya, gematokritning pasayishi, aloxida xollarda - agranulotsitoz, pansitopeniya;

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi kam - eshakemi, angionevrotik shish; aloxida xollarda - koʻpshaklli eritema.

Qo'llanilishi

-boshlangʻich davolashga yetarli darajada javob beruvchi essensial arterial gipertenziya.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

AB ni pasayishi, koʻngil aynishi bosh aylanishi anuriyaga oʻtishi (gipovolemiya natijasida) mumkin boʻlgan poluriya yoki oliguriya, bradikardiya, elektrolit buzilishlari.

Davolash : meʼdani yuvish, adsorbentlarni buyurish, suv-elektrolit balansini toʻgʻrilash. Perindoprilat organizmdan dializ yordamida chiqarilishi mumkin. Amra Forteni litiy bilan, kaliy tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari, sitostatik yoki immunodepressiv vositalar, tizimli kortikosteroidlar bilan birga qoʻllash mumkin emas.

Eritromitsin (vena ichiga yuborish uchun), pentamidin, sultoprid, vinkamin, bepridil va indapamid bir vaqtda qoʻllanganida “piruyet” turidagi aritmiyalar rivojlanishi mumkin.

APF ingibitorlari qoʻllanganida insulin va sulfonilmochevina xosilalarining gipoglikemik taʼsiri kuchayishi mumkin.

NYAQV AAF ingibitorlarining gipotenziv taʼsirini susaytiradi. NYAQV va AAF ingibitorlarining giperkaliyemiyaga nisbatan additiv taʼsirga egaligi aniqlangan, bunda shuningdek buyraklarning faoliyatini susaytirishi mumkin.

Amra Forte va tritsiklik antidepressantlar, neyroleptiklar bir vaqtda qoʻllanganida gipotenziv taʼsirini kuchayishi va ortostatik gipotenziyaning rivojlanishini xavfi (additiv samara) oshishi mumkin.

Indapamid IA (xinidin, gidroxinidin, dizopiramid) va III sinf (amiodaron, bretiliy,sotalol) antiaritmik preparatlar bilan bir vaqtda qoʻllanganida “piruyet” turidagi aritmiyalar rivolanishi mumkin.

Surgi vositalarini buyurish zarurati tugʻilganida, ichak motorikasiga ragʻbatlantiruvchi taʼsirsiz preparatlarni ishlatish kerak.

Amra Forte yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qoʻllanganida kaliy darajasini va EKG ni nazorat qilish va zarurati boʻlganida, oʻtkazilayotgan davolashni toʻgʻrilash kerak.

Dozirovkasi

Kattalarga Amra Forte 1 tabletkadan sutkada 1-marta buyuriladi, afzalrogʻi ertalab. Ogʻirlik darajasi yengil buyrak yetishmovchiligi (KK 60 ml/min dan koʻproq ) boʻlgan patsiyentlarga dozani toʻgʻrilash talab etilmaydi (kreatinin va kaliyning miqdorini doimiy nazorati ostida sutkada 1-marta 1 tabletkadan Amra forte).

Keksa yoshdagi patsiyentlarda va ogʻirlik darajasi yengil buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda (KK 60-30 ml/min) davolashni minimal dozadan boshlash kerak (sutkada 1-marta Amra yoki Amra Forte-sutkada 1-marta ½ tabletka), afzalrogʻi ertalab.

AMRA FORTE tabletkalari 4mg/1,25mg N30 boshqa chiqarish shakllari

AMRA AMRA FORTE tabletkalari 2mg/0,625mg N30
AMRA AMRA FORTE tabletkalari 2mg/0,625mg N30
Gruziya
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd.
AMRA BI FORTE tabletkalari 8 mg/2,5 mg N30
Retseptsiz
AMRA BI FORTE tabletkalari 8 mg/2,5 mg N30
Gruziya
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
Analoglar AMRA FORTE tabletkalari 4mg/1,25mg N30
Analoglari yo'q

AMRA FORTE tabletkalari 4mg/1,25mg N30 savollari

AMRA FORTE tabletkalari 4mg/1,25mg N30 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil