Ташкент
logo
SavatKirish

Valsakor

Valsakor chiqarish shakllari

VALSAKOR N80 tabletkalari 80mg/12,5mg N28
VALSAKOR N80 tabletkalari 80mg/12,5mg N28
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d. Novo Mesto
•25 ta dorixonada bor
Narxi
70 000 so'm dan
VALSAKOR N160 tabletkalari 160mg/12,5mg N28
VALSAKOR N160 tabletkalari 160mg/12,5mg N28
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d. Novo Mesto
•21 ta dorixonada bor
Narxi
106 000 so'm dan
VALSAKOR tabletkalari 160mg N28
VALSAKOR tabletkalari 160mg N28
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d.
•130 ta dorixonada bor
Narxi
53 500 so'm dan
VALSAKOR tabletkalari 80mg N28
VALSAKOR tabletkalari 80mg N28
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d.
•125 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan
VALSAKOR N1600,16+0,0125 tabletkalari N90
VALSAKOR N1600,16+0,0125 tabletkalari N90
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «KRKA-RUS»
VALSAKOR 0,16 tabletkalari N30
VALSAKOR 0,16 tabletkalari N30
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA, d.d., Novo mesto, AO
VALSAKOR ND1600,16+0,025 tabletkalari N30
VALSAKOR ND1600,16+0,025 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «KRKA-RUS»
VALSAKOR N 800,08+0,0125 tabletkalari N30
VALSAKOR N 800,08+0,0125 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «KRKA-RUS»
- Valsakor qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Valsakorning tarkibi
- Valsakor ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Valsakor narxi Toshkent dorixonalarida

Valsakor qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi,
Sloveniya
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VALSAKOR®

VALSACOR®

 

Preparatning savdo nomi: Valsakor®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): valsartan

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

1 tabletka plenka qobiq bilan qoplangan saqlaydi:

faol modda: valsartan – 320 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristallik sellyuloza, povidon K25, natriy kroskarmelloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.

qobig‘: ipromelloza 6cp, titan dioksidi, Ye171, temir oksidi bo‘yovchisi  cariq C.I.77492, E172, temir oksidi bo‘yovchisi qizil C.I.77491, E172, makrogol 4000.

Ta‘rifi: ikki tomonlama qabariq kapsulasimon shaklli, bir tomoni riskali, och-jigarrang rangli plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruxi: Angiotenzin II reseptorlarining antagonisti.

ATX kodi: S09SA03

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Valsartan ichga qabul qilish uchun, nooqsil tabiatli, angiotenzin II reseptorlarining (AT1 turi) selektiv antagonisti xisoblanadi.

AT1 kichik tur reseptorlarini tanlab bloklaydi. AT1-reseptorlarining blokadasini oqibati angiotenzin II ning plazmadagi konsentrasiyasini oshishi xisoblanadi, u AT2 kichik turini bloklanmagan reseptorlarini rag‘batlantirishi mumkin, bu AT1-reseptorlarinining samaralarini boshqarishi taxmin qilinadi.Valsartan AT1-reseptorlariga nisbatan agonistik faollikka ega emas. Uning AT1 kichik tur reseptorlariga yaqinligi, AT2 kichik tur reseptorlariga qaraganda taxminan 20000 marta ko‘p.

Valsartan shuningdek kinaza II nomi ostida ma‘lum bo‘lgan angiotenzin-aylantiruvchi fermentni (AAF) ingibisiya qilmaydi, u angiotenzin I ni angiotenzin II ga aylantiradi va bradikininni parchalaydi. AAF ga ta‘siri bo‘lmaganligi tufayli, bradikinin va substansiya R ning samaralarini potensiyalamaydi, shuning uchun angiotenzin II reseptorlarining antagonistlarini (ARA II) qabul qilishda quruq yo‘tal rivojlanishini extimoli kam. Valsartan boshqa gormonlar yoki yurak-tomir tizimining faoliyatida ishtirok qiluvchi ionli kanallarning reseptorlari bilan o‘zaro ta‘sirga kirishmaydi va ularni bloklamaydi.

18 yoshdan oshgan pasientlardagi arterial gipertenziyada qo‘llanishi

Arterial gipertenziyani (AG) davolashda valsartan yurak qisqarishlar tez-tezligiga (YUQTT) ta‘sir qilmasdan, arterial bosimni (AB) pasaytiradi.

Valsartanning bir martalik dozasi ichga qabul qilinganidan keyin antigipertenziv samara 2 soat davomida rivojlanadi, AB maksimal pasayishiga esa 4-6 soat davomida erishiladi. Valsartanning antigipertenziv samarasi u qabul qilingandan keyin 24 soat davomida saqlanadi. Valsartan takror qabul qilinganda AB maksimal pasayishiga, dozadan qat‘iy nazar, 2-4 xafta o‘tgach erishiladi va uzoq muddatli davolashda erishilgan darajada tutib turiladi. Gidroxlortiazid bilan bir vaqtda qo‘llash AB  qo‘shimcha axamiyatli pasayishiga erishish imkoniyatini beradi.

Valsartan qo‘llashni birdan to‘xtatish AB axamiyatli oshishi yoki boshqa noxush ko‘rinishlar bilan birga kechmaydi.

160-320 mg valsartan qabul qilayotgan, AG, 2 tur qandli diabet va nefropatiyasi bo‘lgan pasientlarda, proteinuriyani (albuminni ekskresiyasi) klinik axamiyatli (36-44%) pasayishi kuzatiladi.

18 yoshdan oshgan pasientlarda o‘tkir miokard infarktidan keyin qo‘llanishi

Chap qorincha yetishmasligi va/yoki chap qorinchaning (CHQ) sistolik disfunksiyasi bilan asoratlangan o‘tkir miokard infarkti rivojlanganidan keyin pasientlarda 12 soatdan to 10 kungacha o‘tgach valsartanni qo‘llash, 2 yil davomida umumiy o‘lim, yurak-tomirli o‘lim ko‘rsatgichlarini pasaytirish imkoniyatini beradi va surunkali yurak yetishmovchiligining (SYUE) kechishini zo‘rayishi, takroriy miokard infarkti, yurakni birdan to‘xtashi  va insult (o‘lim bilan yakunlanishsiz) bo‘yicha birinchi gospitalizasiyagacha bo‘lgan vaqtni uzaytiradi.

O‘tkir miokard infarkti bo‘lgan pasientlardagi valsartanning xavfsizlik profili boshqa xolatlardagi shundaylar bilan o‘xshash.

18 yoshdan oshgan pasientlardagi SYUE

NYHA tasnifi bo‘yicha II-IV sinf SYUE bo‘lgan chap qorincha chiqarib tashlash fraksiyasi (ChQCHTF) 40% dan kam va CHQ ichki yakuniy-diastolik o‘lchami (CHQ YADO‘) 2,9 sm/m2 li pasientlarda 2 yil davomida standart davolash  (AAF ingibitorlari va/yoki diuretiklar va/yoki digoksin va/yoki beta-adrenoblokatorlar) fonida valsartanni qo‘llashda, SYUE kechishini zo‘rayishi bo‘yicha birlamchi gospitalizasiya xavfini axamiyatli pasayishi aniqlangan.

AAF ingibitorlarini olmayotgan pasientlarda, valsartan bilan davolashda umumiy o‘lim, yurak-tomirli o‘lim va SYUE bilan bog‘liq bo‘lgan kasallanish ishonchli pasayadi. AAF ingibitorlari beta-adrenoblokatorlarsiz qo‘llanganda yurak-tomirli o‘lim va SYUE bilan bog‘liq bo‘lgan kasallanish ko‘rsatgichlari kamayadi. Valsartan bilan davolash NYHA tasnifi bo‘yicha SYUE FS axamiyatli kamayishiga va yurak yetishmovchiligi simptomlar (xansirash, yuqori charchoqlik, shishlar va o‘pkalardagi «nam» xirillashlar) yaqqolligini kamayishiga olib keladi, xayot sifatini axamiyatli yaxshilaydi (SYUE bo‘lgan pasientlarning xayot sifatini baxolash uchun Minnesota so‘rovnomasi), ChQCHTF ni oshiradi va CHQ YADO‘ ni axamiyatli pasaytiradi.

18 yoshdan katta AG va glyukozaga tolerantlikni buzilishi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash

Valsartan qo‘llanganda va hayot tarzi o‘zgarganda bu gurux pasientlarda qandli diabet rivojlanishi xavfini statistik ishonchli pasayishi aniqlangan. Valsartan yurak-tomir xodisalari, miokard infarkti natijasidagi o‘lim va o‘lim bilan yakunlanishsiz ishemik xujumlar tez-tezligiga, SYUE kechishini zo‘rayishi sababi yoki beqaror stenokardiya bo‘yicha gospitalizasiyalar tez-tezligiga, yoshi, jinsi va irqqa taalluqligi bo‘yicha farq qiluvchi glyukozaga tolerantlikni buzilishi va AG bo‘lgan pasientlarda arterial revaskulyarizasiyaga ta‘sir ko‘rsatmagan.

6 dan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda AG da qo‘llanishi

6 dan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda valsartan AB dozaga bog‘liq, tekis pasayishini ta‘minlaydi. Valsartan qo‘llanganda, ichga qabul qilingan dozadan qat‘iy nazar, AB maksimal pasayishiga, odatda 2 xafta davomida erishiladi va uzoq muddatli davolash davomida erishilgan darajada tutib turiladi.

 

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan keyin valsartan tez so‘riladi, qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyaga (Smax) 2-4 soat o‘tgach erishiladi.

Valsartanning mutlaq biokiraolishini o‘rtacha kattaligi 23% ni tashkil qiladi.

Valsartan ovqat bilan qo‘llanganda “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i osti maydoni (AUC) 48% ga kamayadi, garchi, valsartan qabul qilingandan keyin taxminan 8 soatdan boshlab, qon plazmasidagi uning konsentrasiyasi,och qoringa qabul qilgan xolda xam, ovqat bilan qabul qilgan xolda xam, bir xil bo‘ladi. Shunga qaramasdan, AUC ni kamayishi, terapevtik samarasini klinik axamiyatli pasayishi bilan birga kechmaydi, shuning uchun valsartanni ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin.

Valsartan axamiyatli darajada (94-97%) qon zardobi oqsillari, asosan albumin bilan bog‘lanadi. Valsartanning taqsimlanishini muvozanat xajmi katta emas, taxminan 17 l. Valsartan yaqqol metabolizmga duchor bo‘lmaydi (qabul qilingan dozaning taxminan 20% metabolitlari ko‘rinishida aniqlanadi). Gidroksilli metaboliti qon plazmasida past konsentrasiyalarda (valsartanning AUC dan10% dan kam) aniqlanadi.

Bu metaboliti farmakologik nofaol.

Valsartan ikki fazada chiqariladi: 1 soatdan kam yarim chiqarilish davri (T1/2a) bilan α-faza va β-faza T1/2 – taxminan 9 soat. Valsartan asosan o‘zgarmagan xolda o‘t-safro bilan ichak orqali (taxminan 83%) va buyraklar orqali (taxminan 13%) chiqariladi. Vena ichiga yuborilgandan keyin valsartanning plazma klirensi taxminan 2 l/soatni tashkil qiladi va uning buyrak klirensi 0,62 l/soatni (umumiy klirensining taxminan 30% ni) tashkil qiladi. Valsartanning T1/2 6 soatni tashkil qiladi.

Aloxida gurux pasientlaridagi farmakokinetikasi

SYUE li pasientlar

Bu gurux pasientlarda Smax va T1/2 ga erishish vaqti sog‘lom ko‘ngillilardagi shundaylar bilan o‘xshash. AUC va Smax ni oshishi valsartanning dozasini oshishi bilan to‘g‘ri proporsional (40 mg dan 160 mg gacha 2 marta). Kumulyasiya omili o‘rtacha 1,7 ni tashkil qiladi. Ichga qabul qilganda valsartanning klirensi taxminan 4,5 l/soatni tashkil qiladi. SYUE bo‘lgan pasientlarning yoshi valsartanning klirensiga ta‘sir qilmaydi.

Keksa yoshli pasientlar (65 yoshdan katta)

Ayrim 65 yoshdan oshgan pasientlarda valsartanning tizimli biokiraolishi katta yosh pasientlardagi shundaydan yuqori, lekin buning klinik axamiyati mavjud emas.

Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Buyraklar faoliyati va valsartanning tizimli biokiraolishi orasida korrelyasiya mavjud emas. Buyraklar faoliyatini buzilishi va kreatinin klirensi (KK) 10 ml/minutdan yuqori bo‘lgan pasientlarda preparatning dozasini to‘g‘rilash talab etilmaydi. Xozirgi vaqtda gemodializda bo‘lgan pasientlarda qo‘llash xaqida ma‘lumotlar yo‘q. Valsartan qon plazmasi oqsillari bilan yuqori bog‘lanish darajasiga ega, shuning uchun uni gemodializda chiqarilishini extimoli kam.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Jigar faoliyatini yengil va o‘rtacha buzilishi bo‘lgan pasientlarda, sog‘lom ko‘ngillilar bilan solishtirganda biokiraolishini (AUC qiymati bo‘yicha) 2 marta oshishi aniqlanadi. Lekin valsartanning AUC qiymatlarini jigar faoliyatining buzilishlari darajasi bilan korrelyasiyasi kuzatilmaydi. Jigar faoliyatining og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda valsartanni qo‘llash o‘rganilmagan.

6 dan 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlar

5 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlardagi valsartanning farmakokinetikasi 18 yoshdan oshgan pasientlardagi valsartanning farmakokinetikasidan farq qilmaydi.

Qo‘llanilishi

18 yoshdan oshgan pasientlar

  • Arterial gipertenziya.
  • Quyidagi guruxlarning: diuretiklar, yurak glikozidlari, shuningdek AAF ingibitorlari yoki beta-blokatorlarning bir yoki bir necha preparatlari bilan standart davolash olayotgan pasientlardagi surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA tasnifi bo‘yicha II-IV funksional sinfi).
  • Chap qorincha yetishmovchiligi va/yoki chap qorinchaning sistolik disfunksiyasili o‘tkir miokard infarkti bo‘lgan pasientlarda yashab qolishni oshirish, gemodinamika ko‘rsatgichlari barqaror bo‘lganida.

6 dan 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlar

  • 6 dan 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlardagi arterial gipertenziya.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar, chaynamasdan, sutkada bir marta.

18 yoshdan katta pasientlar

Arterial gipertenziya

Valsakor® preparatini 40 mg, 80 mg, 160 mg, 320 mg dozalarda qo‘llash mumkin.

Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza pasientning irqi, yoshi va jinsidan qat‘iy nazar sutkada 1 marta 80 mg ni tashkil qiladi. Antigipertenziv samara davolashni 2 xaftasi davomida rivojlanadi va o‘zining maksimumiga 4 xafta o‘tgach yetadi. AB optimal nazoratiga erishish mumkin bo‘lmagan pasientlarda, Valsakor® preparatining sutkalik dozasi asta-sekin 320 mg maksimal sutkalik dozagacha oshirilishi mumkin.Bir vaqtda diuretiklarni, masalan gidroxlortiazidni qo‘llash, AB ni axamiyatli qo‘shimcha pasayishiga erishish imkoniyatini beradi.

Surunkali yurak yetishmovchildigi (NYHA tasnifi bo‘yicha II-IV FS)

Valsakor®  preparatining tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozasi sutkada 2 marta 40 mg ni tashkil qiladi. Preparatning dozasini asta-sekin, eng kamida ikki xafta davomida sutkada 2 marta 80 mg gacha, yaxshi o‘zlashtirilishida esa – sutkada 2 marta 160 mg gacha oshirish kerak. Maksimal sutkalik doza  320 mg ikki qabulda. Bir vaqtda diuretiklar qabul qilinganda dozani pasaytirish tavsiya etiladi. SYUE davolash uchun mo‘ljallangan boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin. Lekin AAF ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlar va valsartanni majmuaviy qo‘llash tavsiya etilmaydi. SYUE bo‘lgan pasientlarda doimo buyraklar faoliyatini baxolash kerak.

O‘tkir miokard infarkti bo‘lgan pasientlarda yashab qolishni oshirish

Gemodinamikasi barqaror bo‘lgan pasientlarda davolashni miokard infarktidan keyin 12 soat o‘tishi bilan boshlash kerak. Boshlang‘ich doza sutkada ikki marta 20 mg ni (40 mg Valsakor® preparatining ½ tabletkasi) tashkil qiladi, keyinchalik titrlash usuli bilan bir necha xafta davomida doza, sutkada 2 marta 160 mg maqsadli dozaga erishilguncha,  sutkada 2 marta 40 mg, 80 mg gacha oshiriladi. Maksimal sutkalik doza 2 qabulda 320 mg ni tashkil qiladi. Odatda, davolashni o‘zlashtirilishini xisobi bilan davolashni ikkinchi xaftasining oxirida sutkada 2 marta 80 mg gacha va davolashning uchinchi oyining oxirida – sutkada 2 marta 160 mg maksimal maqsadli dozagacha oshirish tavsiya etiladi. Simptomatik arterial gipotenziya yoki buyraklar faoliyatini buzilishi rivojlangan xolda, dozani pasaytirish masalasini ko‘rish maqsadga muvofiqdir.

Valsakor® preparati pasientlarda miokard infarktidan keyin boshqa preparatlar, trombolitiklar, antiagregant vosita sifatida asetilsalisil kislotasi, GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari (statinlar) va diuretiklarni xam qo‘shib, davolash fonida qo‘llanishi mumkin. Valsakor® preparatini AAF ingibitorlari RAAT ni ingibisiya qiluvchi boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Miokard infarkti bo‘lgan pasientlarda doimo buyraklar faoliyatini baxolash kerak.

6 dan 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlar

Arterial gipertenziya

Valsakor® preparatining 6 dan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozasi tana vazni 35 kg dan kam bo‘lmagan bolaga 40 mg ni va bola tana vazni 35 kg dan kata bo‘lganda 80 mg ni tashkil qiladi. AB pasayishini xisobi bilan dozani to‘g‘irlash tavsiya etiladi. Tavsiya etilgan maksimal sutkalik dozalar quyidagi javdvalda aks ettirilgan. Bundan yuqoriroq dozalarni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

                      Tana vazni Tavsiya etilgan maksimal sutkalik  doza
                   ≥ 8 kg ≤ 35 kg                             80 mg
                 ≥ 35 kg ≤ 80 kg                            160 mg
                 ≥ 80 kg ≤ 160 kg                            320 mg

SYUE va o‘tkazilgan o‘tkir miokard pasientlarda SYUE va o‘tkazilgan o‘tkir miokard infarktini davolash uchun tavsiya etilmaydi.

Pasientlarning aloxida guruxlari

Buyraklar faoliyatini buzilishi

KK 30 ml/minutdan kam yoki, gemodializda bo‘lgan 6 dan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda valsartanni qo‘llashning xavfsizligi o‘rganilmagan. Shuning uchun bunday pasientlarda Valsakor® preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi. KK 30 ml/minutdan yuqori bo‘lgan 6 dan 19 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Valsakor® preparatining dozasini to‘g‘irlash tavsiya etilmaydi. Buyraklar faoliyatini va qon zardobida kaliy miqdorini sinchiklab nazorat qilish kerak.

Jigar faoliyatini buzilishi

Jigar faoliyatini og‘ir buzilishi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 balldan ko‘p), biliar sirrozi yoki xolestazi bo‘lgan 6 dan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Valsakor® preparatini qo‘llash mumkin emas. Xolestaz ko‘rinishlarisiz nobiliar genezli jigar faoliyatini yengil (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 5-6 ballar) va o‘rtacha (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7-9 ballar) buzilishlari bo‘lgan bolalarda valsartan preparatini qo‘llash tajribasi cheklangan. Bunday pasientlarda valsartanning maksimal sutkalik dozasi 80 mg dan oshmasligi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya ko‘rinishlar (NK) rivojlanishining tez-tezligi plasebo bilan solishtirarli. NK rivojlanish tez-tezligini doza yoki davolashning davomiyligiga, shuningdek pasientning yoshi, jinsi yoki irqqa taalluqligiga bog‘liqligi bo‘yicha ma‘lumotlar mavjud emas. 6 dan 18 yoshgacha bo‘lgan AG li pasientlardagi valsartanning xavfsizlik profili 18 yoshdan oshgan AG li pasientlardagi valsartanning xavfsizlik profilidan farq qilmaydi.

Nojo‘ya samaralar rivojlanishining tez-tezligini Jaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tasnifi:

juda tez-tez                           ≥ 1/10

tez-tez                                    ≥ 1/100 dan ≤ 1/10 gacha

tez-tez emas                           ≥ 1/1000 dan ≤ 1/100 gacha

kam                                         ≥ 1/10000 dan ≤ 1/1000 gacha

juda kam                               ≤ 1/10000

tez-tezligi noma‘lum         bor bo‘lgan ma‘lumotlar asosida baxolash mumkin emas.

Klinika amaliyotida va laboratoriya taxlillarida aniqlangan valsartanning xamma NK paydo bo‘lishining qanday-bo‘lmasin tez-tezligiga kiritish mumkin emas, shuning uchun ular “tez-tezligi noma‘lum” guruxiga kiritilgan.

Arterial gipertenziya

Qon yaratish a‘zolari tomonidan:

tez-tezligi noma‘lum: gemoglobin, gematokritni pasayishi, neytropeniya, trombositopeniya.

Immun tizimi tomonidan:

tez-tezligi noma‘lum: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, zardob kasalligini xam qo‘shib.

Moddalar almashinuvi tomonidan:

tez-tezligi noma‘lum: qon zardobida kaliyning miqdorini oshishi, giponatriemiya.

Sezgi a‘zolari tomonidan:

tez-tez emas: vertigo.

Yurak-tomir tizimi tomonidan:

tez-tezligi noma‘lum: vaskulit.

Nafas tizimi tomonidan:

tez-tez emas: yo‘tal.

Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan:

tez-tez emas: qorin og‘rig‘i.

tez-tezligi noma‘lum: jigar faoliyatini buzilishi, qon plazmasida bilirubinning konsentrasiyasini oshishini xam qo‘shib.

Teri qoplamalari tomonidan:

juda kam: angionevrotik shish, teri toshmasi, terini qichishishi.

tez-tezligi noma‘lum: bullez dermatit.

Tayanch-xarakat tizimi tomonidan:

tez-tezligi noma‘lum: mialgiya.

Siydik-jinsiy tizimi tomonidan:

tez-tezligi noma‘lum: buyraklar faoliyatini buzilishi, qon zardobida kreatininning konsentrasiyasini oshishi.

Boshqalar

tez-tez emas: yuqori charchoqlik.

Shuningdek klinik tekshirishlar davomida AG bo‘lgan papsientlarda quyidagi NK kuzatilgan (preparatni qabul qilish bilan sabab-oqibat aloqasi aniqlanmagan): artralgiya, asteniya, orqada og‘riq, diareya, bosh aylanishi, uyqusizlik, libidoni pasayishi, ko‘ngil aynishi, periferik shishlar, faringit, rinit, sinusit, yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari, virusli infeksiyalar.

O‘tkazilgan o‘tkir miokard infarkti va/yoki SYUE bo‘lgan katta pasientlarda klinik tekshirishlarda xavfsizlik profili AG bo‘lgan pasientlardagi shundaylardan biroz farq qiladi. Bu kasallikning o‘zi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA tasnifi bo‘yicha II-IV FS) va o‘tkir miokard infarkti bo‘lgan pasientlarning yashab qolishini oshishi

Qon yaratish a‘zolari tomonidan:

tez-tezligi noma‘lum: trombositopeniya.

Immun tizimi tomonidan:

tez-tezligi noma‘lum: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, zardob kasalligini xam qo‘shib.

Moddalar almashinuvi tomonidan:

tez-tez emas: giperkaliemiya;

tez-tezligi noma‘lum: qon zardobida kaliyning miqdorini oshishi, giponatriemiya.

Nerv tizimi tomonidan:

tez-tez: bosh aylanishi, ortostatik (postural) bosh aylanishi;

tez-tez emas: xushdan ketish, bosh og‘rig‘i.

Sezgi a‘zolari tomonidan:

tez-tez emas: vertigo.

Yurak-tomir tizimi tomonidan:

Tez-tez: AB yaqqol pasayishi, ortostatik gipotenziya;

Tez-tez emas: yurak yetishmovchiligi simptomlarini kuchayishi;

tez-tezligi noma‘lum: vaskulit.

Nafas tizimi tomonidan:

tez-tez emas: yo‘tal.

Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan:

tez-tez emas: ko‘ngil aynishi, diareya;

tez-tezligi noma‘lum: jigar faoliyatini buzilishi.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan:

juda kam: angionevrotik shish,.

tez-tezligi noma‘lum: teri toshmasi, terini qichishishi, bullez dermatit.

Tayanch-xarakat tizimi tomonidan:

juda kam: rabdomioliz;

tez-tezligi noma‘lum: mialgiya.

Siydik-jinsiy tizimi tomonidan:

Tez-tez: buyraklar faoliyatini buzilishi;

Tez-tez emas: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi; qon zardobida kreatininning konsentrasiyasini oshishi;

tez-tezligi noma‘lum: qon zardobida mochevinaning qoldiq azoti konsentrasiyasini oshishi.

Boshqalar

tez-tez emas: asteniya, yuqori charchoqlik.

Shuningdek klinik tekshirishlar davomida o‘tkazilgan o‘tkir miokard infarktidan keyin va/yoki SYUE bo‘lgan pasientlarda quyidagi NK kuzatilgan (preparatni qabul qilish bilan sabab-oqibat aloqasi aniqlanmagan): artralgiya, qorin og‘rig‘i, orqada og‘riq, asteniya, uyqusizlik, libidoni pasayishi, neytropeniya, periferik shishlar, faringit, rinit, sinusit, yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari, virusli infeksiyalar.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • Valsartanga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
  • Xomiladorlik va emizish davri.
  • Qandli diabeti yoki buyraklar faoliyatini buzilishi (KK 50 ml/minutdan kam) bo‘lgan pasientlarda aliskiren bilan bir vaqtda qo‘llash.
  • Arterial gipertenziya ko‘rsatmasi bo‘yicha – 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 18 yoshgacha – boshqa ko‘rsatmalar bo‘yicha.
  • Laktaza tanqisligi, laktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani kam so‘rilish sindromi.
  • Jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 balldan yuqori), biliar sirroz va xolestaz.

Extiyotkorlik bilan: 18 yoshdan katta pasientlardagi buyraklar faoliyatini og‘ir buzilishlari (KK 10 ml/minutdan kam), 6 dan 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlardagi buyraklar faoliyatini buzilishi (KK 30 ml/min), shu jumladan gemodializda bo‘lganlar, aortal va/yoki mitral klapanning stenozi, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya (GOKMP), surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA tasnifi bo‘yicha II-IV funksional sinfi), buyrak transplantasiyasidan keyingi xolat, gemodializ, giponatriemiya, osh tuzini iste‘mol qilish cheklangan parxez, buyrak arteriyalarini ikki tomonlama stenozi yoki yakka buyrak arteriyasining stenozi, giperkaliemiya, giperaldosteronizm, nasliy angionevrotik shishi, yoki ARA II yoki AAF ingibitorlari bilan oldingi davolash fonidagi shishi bo‘lgan pasientlardagi aylanayotgan qon xajmini (AQX) pasayishi bilan birga kechuvchi xolatlar (shu jumladan diareya, qusish), xolestaz ko‘rinishlarisiz nobiliar genezli jigar faoliyatini yengil (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 5-6 ballar) va o‘rtacha (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7-9 ballar) buzilishlari (valsartanning maksimal sutkalik dozasi 80 mg dan oshmasligi kerak), ARA II ni AAF ingibitorlari kabi renin-angiotenzin-aldosteron tizimini (RAAT) ingibisiya qiluvchi boshqa dori vositalari va aliskiren saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash.

ARA II ni, valsartanni xam qo‘shib, AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki ularni bir vaqtda qo‘llash umumiy o‘lim ko‘rsatgichiga nisbatan, valsartan yoki AAF ingibitori bilan monoterapiya oldida afzallikka ega emas.

Xomiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Angiotenzin II reseptorlarining antagonistlarining ta‘sir mexanizmini xisobga olib, xomila uchun xavfni istisno qilish mumkin emas. Preparatni xomiladorlikning II-III qo‘llash mumkin emas, chunki xomiladorlikning II-III oyliklarida fetotoksik samaralar (buyraklar faoliyatini pasayishi, kamsuvlik, xomila bosh suyaklarining suyaklanishini sekinlashishi) va neonatal toksik samaralar (buyrak yetishmovchiligi, arterial gipotenziya, giperkaliemiya) chaqirishi mumkin. Agar xomiladorlikning II-III uch oyliklarida qo‘llangan bo‘lsa, xomilaning buyraklari va bosh suyaklarini ultratovush tekshiruvini o‘tkazish kerak.

RAAT ga bevosita ta‘sir qiluvchi xar qanday boshqa preparat kabi Valsakor® preparatini, xomiladorlik vaqtida, shuningdek xomiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarda qo‘llash mumkin emas. Xomiladorlik rejalashtirilganda xavfsizlik profilini xisobi bilan pasientni muqobil gipotenziv davolashga o‘tkazish tavsiya etiladi.

RAAT ga ta‘sir qiluvchi vositalar qo‘llanganda, bola tug‘ish yoshidagi ayollarni bu preparatlarni xomiladorlik vaqtida xomilaga salbiy ta‘sirini potensial xavfi borligi xaqida xabardor qilish kerak. Xomiladorlik tasdiqlanganda Valsakor® preparatini iloji boricha erta bekor qilish kerak.

Valsartanni ko‘krak sutiga chiqarilishi noma‘lum. Laktasiya davrida Valsakor® preparatini qo‘llashni zarurati bo‘lganda, emizishni to‘xtatish kerak.

Valsartanni qo‘llash erkak va urg‘ochi kalamushlarda sutkada 200 mg/kg gacha dozalarda ichga qabul qilganda reproduktiv faoliyatga noxush ta‘sir ko‘rsatmagan. Ko‘rsatilgan doza mg/m2 ga qayta xisoblaganda odamga tavsiya etiladigan maksimal sutkalik dozadan 6 marta yuqori (xisoblar pasientning tana vazni 60 kg va ichga qabul qilganda sutkada 320 mg xisobida xisoblangan).

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bir vaqtda qo‘llash mumkin emas

Qandli diabeti yoki buyraklar faoliyatini buzilishi (KK 60 ml/minutdan kam) bo‘lgan pasientlarda ARA II, valsartanni xam qo‘shib, yoki AAF ingibitorlarini aliskiren bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi

Litiy

Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki qon plazmasida litiyning konsentrasiyasini qaytuvchi oshishi va intoksikasiya rivojlanishi mumkin. Valsartanni diuretiklar va litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash,litiyning konsentrasiyasini qo‘shimcha oshishiga va intoksikasiya rivojlanishi xavfini oshishiga yordam berishi mumkin. Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llashning zarurati bo‘lganda, qon plazmasida litiyning konsentrasiyasini sinchiklab nazorat qilish kerak.

Kaliy tejovchi diuretiklar (spirinolakton, eplerenon, triamteren, amilorid), kaliy preparatlari, kaliy saqlovchi

Valsakor narxlari

Valsakor barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Valsakor savollari

Valsakor fikr-mulohazalari

Reyting 4.3, 9 ta sharh asosida
Адолат
09.10.2019 11:52
5
К Вальсакору никаких претензий нет, устроил на все 100%. Хорошо, что нет надобности в рецепте, купить легко. Цена в аптеках немного разнится.
Бахтигул
19.10.2019 02:14
5
Слава богу мое прединсультное состояние обошло меня стороной. Значит я еще нужна боженьке. Не следуйте моему примеру, посещайте врача, если только вдруг появились проблемы со здоровьем. Не то что я запустила себя и чуть до могилы не довела. Принимаю сейчас Вальсакор и радуюсь жизни. Сразу попала на адекватного врача, который дал определенные рекомендации и настойчиво утверждал что купить стоит именно этот препарат. Почему бы и нет, цена меня никак не смутила. Принимаю 5 месяцев и радуюсь жизни, чувствую себя прекрасно.
Шоира
08.11.2020 13:46
4
Вальсакор не плохой препарат, но мне хотелось бы вернуться к тому, что принимала ранее (жаль что исчез с прилавок аптек). А так цена одинаковая. Купить Вальсакор не доставляет никаких сложностей. Где бы я не находилась, заскакиваю в аптеку и на него попадаю. Это хорошо, а то бывают разные экстренные ситуации.
Назигюл
29.03.2020 13:24
4
Когда я услышала от знакомой про Вальсакор, не придала никакого значения. Я не сторонник по рекомендациям принимать препараты. Я была крайне удивлена, когда мне мой кардиолог сказал купить именно Вальсакор. Тогда я уже и направилась целенаправленно в аптеку. Смущала цена, до этого я принимала таблетки от повышенного давления в разы дешевле, но в последнее время мне попасть на них не удавалось(( Раз отзывы про этот препарат хорошие надо рисковать. О своем поступке я не пожалела. На протяжении 7 месяцев мое давление держится на должном уровне 123 -82 (плюс/минус 5). Не как раньше могло внезапно подскочить и держаться в рамках до приезда скорой 170х100. Действительно лекарство стоит того.
Саехат
28.04.2021 23:31
4
Отец долгое время страдает гипотонией. Несколько лет он сидел на легких препаратах. Со временем толи привычка пошла, толи просто стала форма более сложнее, что перестали действовать. В общем деньги были выкинуты впустую. Тогда я с папой отправилась к кардиологу в частную клинику. Вальсакор он сказал купить незамедлительно, вот только цена меня на него не обрадовала. Самое главное, что оказались сильными и стали папе помогать. Здоровье близких для меня безценно, поэтому для меня важно делать все, что в моих силах.
Бахтигул
16.05.2021 20:09
5
С гипертонией я столкнулась впервые 4 года назад и после этого у меня начались походы к кардиологу. Врач с поликлиники никак не мог мне подобрать такой препарат, с которым бы мне было одновременно комфортно и становилось лучше. То был незначительный спад давления, то масса побочных действий (от боли в пояснице до звона в ушах). Мои мучения длились до тех пор, когда меня перестала смущать цена за консультацию к врачу в частной клинике. Пора уже было менять доктора, хватит было ставить на себе эксперименты. С началом приема препарата Вальсакор я спокойно выдохнула. Только пожалела о том, что раньше не было подходящего случая его купить. Вот это единственный минус, который я для себя отметила.
Туйчи
20.12.2020 21:27
5
Батя умер от инфаркта, поэтому я нахожусь в группе риска. Стараюсь регулярно следить за своим здоровьем. Когда внезапно поднялось давление, я вызвал бригаду неотложки. Медики выполнили свою работу на отлично, но мне пришлось идти к кардиологу, чтоб пройти обследование и услышать вердикт. С этим я не стал затягивать, в свои 42 я еще хочу жить. Вальсакор мне посоветовал купить доктор и назначил принимать по одной таблетке в день. Цена на него высоковата, но поддерживать свое здоровье мне необходимо. Отметил, что даже на фоне эмоциональных потрясений, мое давление не взлетает. Перед приемом таких препаратов надо посетить врача, ведь это серьезно и не требует принятия самостоятельных решений. Здоровья вам и вашим близким!
Люция
03.05.2020 02:19
5
Заметила, что принимая Вальсакор у меня не только давление нормализовалось, но и перестали возникать отеки на ногах. Оказалось что препарат, можно сказать два в одном. Поэтому кто говорит, что цена высокая, вы попробуйте купить 2 препарата разного действия. Окажется цена еще выше.
Гульхон
02.09.2020 11:17
2
Вальсакор – препарат с ярко выраженными побочными действиями. Очень хочется верить, что только в нашем случае он проявил себя негативно. Меня как будто подменили, появилась дикая нервозность. Стало раздражать абсолютно все. Купить я его решилась только после посещения врача. Хоть мне его и посоветовала соседка, цена то высокая и мне не хотелось потратиться впустую. Оказалось все равно пришла к тому, чего опасалась. Отказалась от приема самостоятельно. Надо искать толкового кардиолога.

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil