Apteka.uz
SavatKirish

PENTOKSIFILLIN 0,1 tabletkalari N60

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Yurak-qon tomir
Faol modda:Pentoksifillin
Ishlab chiqaruvchi:OOO «Ozon»
Teglar:Qon aylanishi
ATX kodi:C04AD03 Пентоксифиллин
Barcha Pentoksifillin dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

PENTOKSIFILLIN 0,1 tabletkalari N60 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingandan so'ng pentoksifillin deyarli to'liq so'riladi.

Pentoksifillin jigar orqali "birlamchi o'tish" samarasiga uchraydi. Dastlabki substantsiyaning mutlaq biokiraolishligi 19±13% ni tashkil qiladi. Asosiy faol metabolit 1-(5-gidroksigeksil)-3,7-dimetilksantin (metabolit 1) ning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi dastlabki pentoksifillin kontsentratsiyasidan ikki baravar yuqori. Metabolit 1 pentoksifillin bilan qaytar biokimyoviy redoks-muvozanatda bo'ladi. Shuning uchun pentoksifillin va metabolit 1 birgalikda faol birlik sifatida ko'rib chiqiladi. Shuning hisobiga faol substantsiyaning o'zlashtirilishi ancha yuqori.

Pentoksifillinning prolon gipolangan ajralib chiqishi qonda uning doimiy (cho'qqisiz) kontsentratsiyasini ushlab turish imkonini beradi, bu esa ushbu dori shaklida preparatning yaxshiroq o'zlashtirilishini ta'minlaydi.

Ichga qabul qilingandan so'ng pentoksifillinning yarim chiqarilish davri 1,6 soatni tashkil qiladi. Pentoksifillin to'liq metabolizmga uchraydi va 90% dan ortig'i buyraklar orqali kon'yugatsiyalanmagan suvda eruvchan metabolitlar shaklida chiqariladi.

Buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlar

Buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda metabolitlarning chiqarilishi sekinlashadi.

Jigar funktsiyasi buzilgan bemorlar

Jigar funktsiyasi buzilgan bemorlarda pentoksifillinning yarim chiqarilish davri uzayadi va mutlaq biokiraolishligi ortadi.

Nojo'ya samaralari

Noxush reaksiyalar Me’yoriy-huquqiy faoliyat bo‘yicha Tibbiy lug‘atga (MedDRA) muvofiq a’zolar tizimlari bo‘yicha taqdim etilgan.

Asab tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, aseptik meningit, tirishishlar.

Ruhiyat tomonidan: ajitatsiya, uyqu buzilishlari, xavotir.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, aritmiya, stenokardiya, arterial bosimning pasayishi, teri qoplamalariga qon "oqib kelishi", qon ketishlar (shu jumladan teri tomirlari, shilliq qavatlar, me’da, ichakdan qon ketishlar).

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: teri qichishishi, teri toshmasi, eritema (teri qizarishi), eshakemi, tirnoqlar sinuvchanligining oshishi, shishlar.

Ovqat hazm qilish trakti tomonidan: kserostomiya (og‘iz bo‘shlig‘i qurishi), anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, me’da sohasida bosim va to‘lib ketish hissi, ichak atoniyasi, diareya, qabziyat, gipersalivatsiya (so‘lak ajralishining kuchayishi), jigar ichi xolestazi, "jigar" transaminazalari faolligining oshishi, ishqoriy fosfataza faolligining oshishi.

Ko‘rish a’zosi tomonidan: ko‘rish buzilishlari, skotoma.

Gemostaz tizimi va qon yaratish a’zolari tomonidan: trombotsitopeniya, leykopeniya/neytropeniya, pantsitopeniya, gipofibrinogenemiya.

Immun tizimi tomonidan: anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalar, angionevrotik shish, anafilaktik shok, bronxospazm.

Maxsus ko‘rsatmalari

Davolash AB nazorati ostida o‘tkazilishi kerak. Surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin qon aylanish kompensatsiyasiga erishish kerak.

Qandli diabeti bo‘lgan, gipoglikemik vositalarni qabul qilayotgan bemorlarda Pentoksifillin preparatining katta dozalarini tayinlash yaqqol gipoglikemiyani chaqirishi mumkin (dozani to‘g‘irlash talab etiladi).

Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda tayinlanganda qon ivish tizimi ko‘rsatkichlarini sinchkovlik bilan kuzatish zarur.

Yaqinda jarrohlik aralashuvini o‘tkazgan bemorlarda gemoglobin va gematokrit konsentratsiyasini muntazam nazorat qilish zarur.

Past va beqaror AB ga ega bemorlarga Pentoksifillin preparati dozasini individual tanlash kerak.

Keksa bemorlarda dozani kamaytirish talab qilinishi mumkin (biokiraolishlikning oshishi va chiqarilish tezligining pasayishi).

Pentoksifillinni bolalarda qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Chekish preparatning terapevtik samaradorligini pasaytirishi mumkin.

Jigar funksiyasining og‘ir darajali buzilishi bo‘lgan bemorlarda Pentoksifillin preparatini qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparat kumulyatsiyasi xavfi va nojo‘ya ta'sirlar rivojlanish xavfi oshishini hisobga olib, dozani oshirishni individual o‘zlashtira olishni hisobga olgan holda o‘tkazish kerak.

Buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari (KK 30 ml/daq dan kam) bo‘lgan bemorlar Pentoksifillin preparatini qabul qilishda sinchkov shifokor nazoratiga muhtoj bo‘ladilar.

Agar preparatni qo‘llash davrida bemorlarda ko‘zning to‘r pardasiga qon quyilishlar yuzaga kelsa, preparatni darhol bekor qiladilar.

Preparatning transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:

Davolash davrida bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi yuzaga kelishi mumkin, shuning uchun transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- Pentoksifillinga, boshqa metilksantinlarga yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;

- massiv qon ketishlar, ko‘z to‘r pardasiga keng ko‘lamli qon quyilishlari;

- o‘tkir miokard infarkti;

- bosh miyaga qon quyilishi;

- koronar arteriyalarning yaqqol aterosklerozi;

- homiladorlik;

- emizish davri;

- 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar;

- laktoza o‘zlashtira olmaslik, laktaza yetishmovchiligi va glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi sindromi.

Ehtiyotkorlik bilan:

- Gemodinamik ahamiyatli yurak ritmi buzilishlari (aritmiyaning yomonlashuv xavfi);

- arterial gipotenziya (arterial qon bosimining (AQB) yanada pasayish xavfi, "Qo‘llash usuli va dozalari" bo‘limiga qarang);

- surunkali yurak yetishmovchiligi; yurak ishemik kasalligi (YIK), bosh miya tomirlarining gemodinamik ahamiyatli stenozlari;

- me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi;

- buyrak funksiyasining buzilishi (kreatinin klirensi (KK) 30 ml/daq dan kam) (kumulyatsiya xavfi va nojo‘ya ta’sirlar rivojlanish xavfi ortishi, "Qo‘llash usuli va dozalari", "Maxsus ko‘rsatmalar" bo‘limlariga qarang);

- jigar funksiyasining og‘ir buzilishlari (kumulyatsiya xavfi va nojo‘ya ta’sirlar rivojlanish xavfi ortishi, "Qo‘llash usuli va dozalari", "Maxsus ko‘rsatmalar" bo‘limlariga qarang);

- yaqinda o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotlaridan keyin;

- proliferativ diabetik retinopatiya;

- qonashga yuqori moyillik, masalan, antikoagulyantlarni (shu jumladan, bilvosita antikoagulyantlar [K vitamini antagonistlari]) qo‘llash natijasida yoki qon ivish tizimidagi buzilishlarda (yanada og‘ir qon ketishlar rivojlanish xavfi), "Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri" bo‘limiga qarang

- Trombotsitlar agregatsiyasi ingibitorlari (klopidogrel, eptifibatid, tirofiban, abtsiksimab, epoprostenol, iloprost, anagrelid, NYQP [tsiklooksigenaza-2 selektiv ingibitorlaridan tashqari], atsetilsalitsil kislotasi, tiklopidin, dipiridamol) bilan bir vaqtda qo‘llash, "Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri" bo‘limiga qarang.

- gipoglikemik vositalar (insulin va ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar) bilan bir vaqtda qo‘llash, "Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri" bo‘limiga qarang;

- siprofloksatsin va teofillin bilan bir vaqtda qo‘llash ("Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri" bo‘limiga qarang).

Homiladorlik va laktatsiya:

Homiladorlikda pentoksifillinnni qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha adekvat va yaxshi nazorat qilingan klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Homiladorlikda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Pentoksifillin va uning metabolitlari ko‘krak suti bilan ajraladi. Laktatsiya davrida qo‘llash zarurati tug‘ilganda emizishni to‘xtatish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Gipotenziv preparatlar bilan

Pentoksifillin gipotenziv vositalar (masalan, angiotenzin o'zgartiruvchi ferment (APF) ingibitorlari) yoki potensial antigipertenziv samaraga ega boshqa dori vositalari (masalan, nitratlar) bilan bir vaqtda qo'llanilganda arterial gipotenziya rivojlanishi xavfini oshiradi.

Qon ivish tizimiga ta'sir qiluvchi dori vositalari bilan

Pentoksifillin qon ivish tizimiga ta'sir qiluvchi dori vositalari (bevosita va bilvosita antikoagulyantlar, trombolitiklar), antibiotiklar (shu jumladan sefallosporinlar) ta'sirini kuchaytirishi mumkin.

Pentoksifillin va bilvosita antikoagulyantlarni (K vitamini antagonistlari) birga qo'llashda postmarketing tadqiqotlarda antikoagulyant ta'sirning kuchayishi (qon ketishlar rivojlanishi xavfi) holatlari qayd etilgan. Shuning uchun pentoksifillin qabul qilish boshlanganda yoki uning dozasi o'zgartirilganda ushbu preparatlar kombinatsiyasini qabul qilayotgan bemorlarda antikoagulyant ta'sirning yaqqollik darajasini nazorat qilish, masalan, muntazam ravishda XNN (xalqaro normallashtirilgan nisbat) nazoratini o'tkazish tavsiya etiladi.

Simetidin bilan

Simetidin qon plazmasida pentoksifillin va faol metabolit 1 konsentratsiyasini oshiradi (nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lishi xavfi).

Boshqa ksantinlar bilan

Boshqa ksantinlar bilan birga qo'llash asabning haddan tashqari qo'zg'alishiga olib kelishi mumkin.

Gipoglikemik vositalar (insulin va ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar) bilan

Insulin yoki ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalarning gipoglikemik ta'siri pentoksifillin bir vaqtda qabul qilinganda kuchayishi mumkin (gipoglikemiya rivojlanishi xavfi yuqori). Bunday bemorlarning holatini qat'iy nazorat qilish, shu jumladan muntazam glikemik nazorat zarur.

Teofillin bilan

Ba'zi bemorlarda pentoksifillin va teofillin bir vaqtda qo'llanilganda qon plazmasida teofillin konsentratsiyasining oshishi kuzatiladi. Keyinchalik bu teofillin bilan bog'liq nojo'ya ta'sirlarning ko'payishiga yoki kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Siprofloksatsin bilan

Ba'zi bemorlarda pentoksifillin va siprofloksatsin bir vaqtda qo'llanilganda qon plazmasida pentoksifillin konsentratsiyasining oshishi kuzatiladi. Keyinchalik bu ushbu kombinatsiyani qo'llash bilan bog'liq nojo'ya ta'sirlarning ko'payishiga yoki kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Trombotsitlar agregatsiyasi ingibitorlari bilan

Pentoksifillin trombotsitlar agregatsiyasi ingibitorlari (klopidogrel, eptifibatid, tirofiban, epoprostenol, iloprost, abtsiksimab, anagrelid, NYQV [siklooksigenaza-2 ning selektiv ingibitorlaridan tashqari], atsetilsalitsil kislotasi, tiklopidin, dipiridamol) bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon ketish xavfini oshiruvchi potensial additiv ta'sir rivojlanishi mumkin. Shuning uchun qon ketish rivojlanishi xavfi tufayli pentoksifillinni yuqorida sanab o'tilgan trombotsitlar agregatsiyasi ingibitorlari bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak ("Ehtiyotkorlik bilan" bo'limiga qarang).

Dozirovkasi

DozalashDozalash shifokor tomonidan bemorning individual xususiyatlariga muvofiq belgilanadi. Preparatni butunligicha ovqat vaqtida yoki ovqatdan so'ng darhol, yetarli miqdordagi suv bilan ichish kerak.

Odatdagi doza: Pentoksifillinning bitta tabletkasi sutkasiga uch marta, keyinchalik dozani 200 mg gacha sutkasiga 2-3 martagacha oshirish bilan. Maksimal bir martalik doza - 400 mg. Maksimal sutkalik doza - 1200 mg.

Periferik arteriyalarning okklyuzion kasalligi II bosqichida (o'zgaruvchan oqsoqlikda) Pentoksifillinning tavsiya etilgan dozasi sutkasiga 1200 mg ni tashkil qiladi (afzalrog'i ajralib chiqishi sekinlashtirilgan tabletkalar ko'rinishida 400 mg dan sutkasiga 3 marta yoki 600 mg dan sutkasiga 2 marta).

Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda (KK 30 ml/daq dan kam) dozalash sutkasiga 1-2 tabletkagacha kamaytirilishi mumkin.

Jigar funksiyasining og'ir buzilishlari bo'lgan bemorlarda individual o'zlashtirishni hisobga olgan holda dozani kamaytirish zarur.

Davolash past arterial bosimga ega bemorlarda, shuningdek arterial bosimning pasayishi ehtimoli tufayli xavf guruhida bo'lgan bemorlarda (yurak ishemik kasalligining og'ir shakli yoki bosh miya tomirlarining gemodinamik ahamiyatli stenozlari bo'lgan bemorlar) kichik dozalar bilan boshlanishi mumkin. Bunday hollarda dozani faqat asta-sekin oshirish mumkin.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, "kofe quyqasi" turidagi qusish, AB tushishi, taxikardiya, aritmiya, teri qoplamalarining qizarishi, hushni yo'qotish, titroq, arefleksiya, tonik-klonik talvasalar.

Yuqorida tavsiflangan buzilishlar yuzaga kelganda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

Davolash: simptomatik. Dozani oshirib yuborishning birinchi belgilari (terlash, ko'ngil aynishi, sianoz) paydo bo'lganda preparatni qabul qilishni darhol to'xtatadilar. Agar preparat yaqinda qabul qilingan bo'lsa, preparatning chiqarilishi (oshqozonni yuvish) yoki so'rilishini sekinlashtirish (masalan, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish) yo'li bilan uning keyingi so'rilishini oldini olish choralarini ko'rish kerak. AB va nafas olish funksiyasini ushlab turishga alohida e'tibor qaratilishi kerak. Talvasa xurujlarida diazepam yuboriladi.

Maxsus antidoti noma'lum.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. PENTOKSIFILLIN 0,1 tabletkalari N60 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

PENTOKSIFILLIN 0,1 tabletkalari N60 o'xshash dorilari

ROKSERA tabletkalari 5mg N30
Retseptli
ROKSERA tabletkalari 5mg N30
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA, d.d., Novo mesto, AO
•114 ta dorixonada bor
Narxi
37 500 so'm dan
VALAM tabletkalari 5mg/80mg N28
VALAM tabletkalari 5mg/80mg N28
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd
Narxi
71 800 so'm dan
LORTENZA tabletkalari 100mg/5mg N30
Retseptli
LORTENZA tabletkalari 100mg/5mg N30
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•123 ta dorixonada bor
Narxi
72 900 so'm dan

PENTOKSIFILLIN 0,1 tabletkalari N60 xususiyatlari

Pentoksifillin boshqa chiqarish shakllari

PENTOKSIFILLIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N5
Retseptli
PENTOKSIFILLIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Novopharma plus, SP OOO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
12 000 so'm dan

PENTOKSIFILLIN 0,1 tabletkalari N60 analoglari

VAZONIT tabletkalari 600mg N20
VAZONIT tabletkalari 600mg N20
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
G.L.Farma GmbX
•97 ta dorixonada bor
Narxi
54 000 so'm dan
VAZONIT tabletkalari 600mg N20
Retseptli
VAZONIT tabletkalari 600mg N20
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Valeant, OOO, Rossiya proizvedeno: G.L. Pharma GmbH
•97 ta dorixonada bor
Narxi
54 000 so'm dan
LATREN eritma 200ml 0,5mg/ml
Retseptli
LATREN eritma 200ml 0,5mg/ml
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Yuriya-Farm, OOO
•77 ta dorixonada bor
Narxi
44 183 so'm dan
TRENTAL 400 tabletkalari 400mg N20
Retseptli
TRENTAL 400 tabletkalari 400mg N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi-Aventis Groupe, Fransiya proizvedeno: Sanofi India Limited
•4 ta dorixonada bor
Narxi
123 000 so'm dan
TRENTAL tabletkalari 100mg N60
Retseptli
TRENTAL tabletkalari 100mg N60
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Sanofi-Aventis Groupe, Fransiya proizvedeno: Sanofi India Limited
•5 ta dorixonada bor
Narxi
59 000 so'm dan
PENTOKSIFILLIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N5
Retseptli
PENTOKSIFILLIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Novopharma plus, SP OOO
•2 ta dorixonada bor
Narxi
12 000 so'm dan

PENTOKSIFILLIN 0,1 tabletkalari N60 haqida savollar

PENTOKSIFILLIN 0,1 tabletkalari N60 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil