Flebodia
Flebodia chiqarilish shakllari



Flebodia haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Oyoq venalarining varikoz kengayishi, oyoqlarning surunkali limfa-venoz yetishmovchiligi; gemorroy; mikrotruklatsiya buzilishlari.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- — 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar; — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Tarkibi
- Diosmin quruq moddaga qayta hisoblanganda 600 mg Yordamchi moddalar: talk 10,24 mg kolloid kremniy dioksidi 3,5 mg stearin kislotasi 50,05 mg mikrokristall tsellyuloza 910 mg gacha Plyonka qobiq tarkibi: Sepifilm® 002 (gipromelloza (E 464) - 9,832 mg, mikrokristall tsellyuloza - 7,866 mg, makrogol 8 stearati 1 turi - 1,967 mg). Sepispers® AP 5523 pushti (propilenglikol - izlar, gipromelloza (E 464) - 0,458 mg, titan dioksidi (E 171) - 4,026 mg, bo‘yoqchi qirmizi [Ponso 4R] (E 124) - 0,401 mg, temir oksidi qora (E 172) - 0,130 mg, temir oksidi qizil (E 172) - 0,020 mg). Opaglos® 6000 (karnauba mumi (E 903) - 0,075 mg, asalari mumi (E 901) - 0,075 mg, shellak (E 904) - 0,150 mg, etanol 95° - izlar). Diosmin quruq moddaga qayta hisoblanganda………….600 mg Yordamchi moddalar: talk……………………………………………10,24 mg kolloid kremniy dioksidi…………………3,5 mg stearin kislotasi…………………………..50,05 mg mikrokristall tsellyuloza…………910 mg gacha Plyonka qobiq tarkibi: Sepifilm® 002 (gipromelloza (E 464) - 9,832 mg, mikrokristall tsellyuloza - 7,866 mg, makrogol 8 stearati 1 turi - 1,967 mg). Sepispers® AP 5523 pushti (propilenglikol - izlar, gipromelloza (E 464) - 0,458 mg, titan dioksidi (E 171) - 4,026 mg, bo‘yoqchi qirmizi [Ponso 4R] (E 124) - 0,401 mg, temir oksidi qora (E 172) - 0,130 mg, temir oksidi qizil (E 172) - 0,020 mg). Opaglos® 6000 (karnauba mumi (E 903) - 0,075 mg, asalari mumi (E 901) - 0,075 mg, shellak (E 904) - 0,150 mg, etanol 95° - izlar).
Farmakodinamikasi
Preparat flebotonuslovchi ta’sirga ega: venalarning cho’ziluvchanligini kamaytiradi, venalarning tonusini oshiradi (dozaga bog’liq samara), venoz dimlanishni kamaytiradi, limfatik drenajni yaxshilaydi: limatik kapillyarlarning tonusini va qisqarishlari tez-tezligini oshiradi, ularning funksional zichligini oshiradi, limfatik bosimni pasaytiradi; mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi: kapillyarlarning chidamliligini oshiradi (dozaga bog’liq samara), ularning o’tkazuvchanligini kamaytiradi; leykotsitlarning vena devorlariga yopishqoqligini (adgezivligi) va ularning vena atrofidagi to’qimalariga migratsiyasini kamaytiradi; teri to’qimasiga kislorodning diffuziyasini va perfuziyani yaxshilaydi, yallig’lanishga qarshi ta’sirga ega. Adrenalinning, noradrenalinning tomirlarni toraytiruvchi ta’sirini kuchaytiradi, erkin radikallarning ajralib chiqishini, prostaglandinlar va tromboksanning sintezini bloklaydi.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Kamdan-kam hollarda davolashda tanaffusni talab qiluvchi preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik: oshqozon-ichak trakti tomonidan - dispeptik buzilishlar, markaziy asab tizimi tomonidan - bosh og'rig'i. Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan har qanday nojo'ya ta'sirlar kuchaysa yoki Siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa har qanday nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Agar siz homilador bo‘lsangiz yoki emizikli bo‘lsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz, ushbu preparatni qo‘’llashdan oldin doktoringizga murojaat qiling.
Homiladorlik
Ushbu preparatni faqat sog’liqni saqlash bo‘yicha mutaxassisning maslahati bilan olish kerak. Agar homiladorlik davolanish davrida yuzaga kelsa, u holda davolanishni davom ettirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi bilanoq, bu haqda shifokorga xabar berish kerak. Hozirga qadar klinik amaliyotda homilador ayollarda preparatni qo‘llashda noj ‘ya ta’sirlar haqida ma’lumotlar bo‘lmagan.
Laktatsiya davri
Faol moddaning ona sutiga kirib borishi haqida ma’lumot mfvjud emasligi sababli, laktatsiya davrida preparatni qabul qilish tavsiya etilmaydi
Dozirovkasi
- 600 mg
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- Pushti rangli parda qobiq bilan qoplangan dumaloq ikki tomonlama qavariq tabletkalar. Pushti rangli parda qobiq bilan qoplangan dumaloq ikki tomonlama qavariq tabletkalar. Qobiq bilan qoplangan tabletkalar Qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Maxsus ko‘rsatmalari
Agar venoz yetishmovchilik alomatlari 2 hafta ichida yaxshilanmasa, shifokoringizga murojaat qilishingiz kerak.
Agar bir necha kunlik davolanishdan keyin o‘tkir gemorroy belgilari saqlanib qolsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Avtomobilni boshqarish qobiliyatiga va murakkab mexanizmlarga ta’siri
Preparatning avtomobilni boshqarish qobiliyatiga va boshqa mexanizmlarga salbiy ta’siri to’g’risida ma’lumotlar mavjud emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Har doim ushbu yo‘riqnomada keltirilgan yoki shifokoringiz yoki farmasevtingizdan olingan ma’lumotga qat’iy rioya qilgan holda preparatni qabul qilishingiz kerak.
Agar shubhangiz bo’lsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Ichish uchun.
Dozalash
- Limfovenoz yetishmovchilik: kuniga 1 tabletka ovqatlanish vaqtida
- O’tkir gemorroy: kuniga 2-3 tabletka ovqatlanish vaqtida
Terapiyaning davomiyligi odatda 2 oyni tashkil qiladi. Agar preparatning bir yoki bir nechta dozasi o’tkazib yuborilgan bo’lsa, preparatni odatdagidek va odatdagi dozada qo’llashni davom ettirish kerak.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)

















