VENOLEKSning aptekalardagi narxlari
VENOLEKS tabletkalari 450mg N60
|
|
62 ta dorixonada bor
|
70 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
182 800 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
69 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
VENOLEKS ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
VENOLEKS
VENOLEX
Preparatning savdo nomi: Venoleks
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): diosmin
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 450 mg diosmin;
yordamchi moddalar: makrogol 4000, magniy stearati.
Ta‘rifi: silindrik shaklli, ikki yoqlama qavariq, och-jigarrang rangli, och-jigarrangdan to to‘q-jigarranggacha dog‘lari bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Kapillyarlar o‘tkazuvchanligini kamaytiruvchi vositalar. Bioflavonoidlar.
ATX kodi: C05CA03
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Vena tonusini oshiruvchi va angioprotektor ta‘sir ko‘rsatadi. U venalarning cho‘ziluvchanligini va venoz dimlanishni kamaytiradi, kapillyarlar o‘tkazuvchanligini kamaytiradi va ularning rezistentligini oshiradi.
Venotonik faolligi: dori vositasini venoz tonusni oshiradi, okklyuzion pletizmografiya qonni venadan chiqarib yuborilishi vaqtini kamayishini namoyish etgan. Kapillyarlarning mo‘rtligi belgilari bo‘lgan pasientlarda davolash kapillyarlarning rezistentliginit statistik jihatdan oshiradi, bu angiostereometriya bilan tasdiqlanadi.
Flebologiyada oyoqlarning surunkali funksional va organik venoz yetishmovchiligini davolaganda va proktologiyada gemorroyni davolaganda preparatning teraprevtik faolligi isbotlangan.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi:
Diosmin me‘da-ichak yo‘llarida devor oldi (intestinal) mikroflora tomonidan tez ishlov beriladi va qonga lipidlarda eruvchan aglikon-diosmetin ko‘rinishida so‘riladi. Diosminning ishlov berilmagan qismi so‘rilmaydi.
Taqsimlanishi:
Diosmin qon orqali to‘qimalarga tez taqsimlanadi. Radiofaol nishonlangan diosmin qo‘llab hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda uning metabolitlarini organizm bo‘ylab keng taqsimlanishini namoyish etgan.
Diosminning qondagi maksimal konsentrasiyasi diosmin qabul qilingandan keyin 1-3 soat o‘tgach kuzatiladi.
Metabolizmi:
Preparat jadal metabolizmga uchraydi, bu siydikda turli fenol kislotalarini mavjudligi bilan tasdiqlanadi.
Chiqarilishi:
Preparatni chiqarilishi asosan axlat bilan amalga oshiriladi; siydik bilan chiqarilishi qabul qilingan dozaning o‘rtacha 14% ni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davri 11 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Venoz-limfatik yetishmovchilik simptomlarini:
- oyoqlarda og‘irlik hissi;
- og‘riq;
- shish;
- trofik buzilishlarni davolash (majmuaviy davolash tarkibida).
Gemorroyning o‘tkir xurujlarini bilan bog‘liq simptomlarni davolashda (majmuaviy davolash tarkibida) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tavsiya etilgan dozasi kuniga 2 tabletkani tashkil etadi, 1 tabletka kunning o‘rtasida va 1 tabletka kechqurun qabul qilinadi.
Gemorroyning o‘tkir xurujlarida: har kuni 6 tabletkadan (3 tabletka ertalab va 3 tablteka kechqurun) 4 kun davomida, so‘ngra 4 tabletkadan (2 tabletka ertalab va 2 tabletka kechqurun) 3 kun davomida buyuriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya reaksiyalar juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100, <1/10), tez-tez emas (>1/1000, <1/100), kam hollarda (>1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), shu jumladan alohida xabarlar ko‘rinishida tasniflanadi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan:
Tez-tez: diareya, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qusish.
Tez-tez emas: kolit.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan:
Kam hollarda: toshma, qichishish, eshakemi.
Tez-tezligi noma‘lum: yuz, lab, qovoqlarni alohida shishi. Ayrim hollarda: Kvinke shishi.
Nerv tizimi tomonidan:
Kam hollarda: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, umumiy lohaslik.
Nojo‘ya samaralar yuzaga kelganida shifokorga murojaat eting!
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik bo‘lganida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Ayni vaqtda, bu preparat bilan katta postmarketing tajribani inobatga olib, dorilarning o‘zaro ta‘siri haqida xabar berilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Gemorroidal xurujni simptomatik davolash uchun preparatni buyurish anal halqaning boshqa kasalliklarini davolashni bekor qilmaydi.
Agar simptomlar darhol bartaraf etilmasa, proktologik tekshiruv o‘tkazish va davolashni takroran ko‘rib chiqish kerak.
Venoz qon aylanishi buzilganida davolashdan maksimal samara sog‘lom, muvozatlashtirilgan hayot tarziga amalga qilganda kuzatiladi, bunda quyoshda uzoq vaqt bo‘lish, uzoq vaqt oyoqda tik turish, tana vaznini oshishi, ko‘p piyoda yurishdan saqlanish kerak.
Pasientlar shifokor tomonidan buyurilgan kompression davolash trikotaji (golfi, paypoq) kiyish, kompresslar, oyoq sohasiga sovuq dush va boshqalar kabi qo‘shimcha davolash choralariga qat‘iy rioya qilishlari kerak.
Gemorroyning o‘tkir xurujlarida ushbu preparatni qabul qilish anorektal sohaning boshqa kasalliklarini maxsus davolashni o‘rnini bosmaydi. Davolash qisqa kurslar bilan buyurilishi kerak. Agar simptomlar darhol bartaraf etilmasa, proktologik tekshiruv o‘tkazish va davolashni takroran ko‘rib chiqish kerak.
Fertillik, homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Fertillik
Reproduktiv tizimga nisbatan toksiklik tadqiqotlari erkak va urg‘ochi kalamushlarning fertilligiga ta‘sirini namoyish etmagan.
Homiladorlik
Ko‘p sonli tadqiqotlar jarayonida teratogen samarasi aniqlanmagan va odamda noxush ko‘rinishlari haqida xabar berilmagan.
Emizish davri
Preparatni ko‘krak suti bilan ajralishi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli, davolash vaqtida emizishdan saqlanish kerak.
Bolalarda qo‘llanishi
Bolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q. Bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Transport vositalarini boshqarganda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlaganda reaksiya tezligiga ta‘sir ko‘rsatish qobiliyati
Diosminni avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shunga qaramasdan, diosminning xavfsizlikning umumiy profilidan kelib chiqib, Venoleks bu qobiliyatga ta‘sir ko‘rsatmaydi yoki juda ahamiyatsiz darajada ta‘sir ko‘rsatadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi haqida xabar berilmagan.
Doza oshirib yuborilganda shifokorga murojaat etish kerak!
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan plyonka (PVX) va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.
3 yoki 6 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Dori vositasi uchun maxsus saqlash sharoiti talab etilmaydi.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor reseptisiz.
Chiqarish shakllari