ARTAMAKSAN analoglari
Guruh analoglari
ARTAMAKSAN
-kattalarda, 6 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlarda birlamchi arterial gipertenziyani davolash;ย
-arterial gipertenziya va qandli diabetning 2 turi bilan xastalangan katta yoshdagi pasientlarda antigipertenziv davolash doirasida proteinuriya sutkada โฅ0,5 g bo'lgan buyrak kasalliklarini davolash;ย
-angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ning ingibitorlari bilan davolash, nojo'ya reaktsiyalar, ayniqsa yo'tal yoki qarshi ko'rsatmalar tufayli o'rinli bo'lmaganida surunkali yurak etishmovchiligini (katta yoshdagi pasientlarda) davolash uchun qo'llanidi. Yurak etishmovchiligi bo'lgan, AAF ingibitori ishlatilgan vaqtda ahvoli barqarorlashgan pasientlar davolashni lozartanga o'zgartirishlari mumkin emas. Pasientlarda surunkali yurak etishmovchiligini davolash vaqtida chap qorinchaning zarb fraktsiyasi โค 40% ni tashkil etishi, ularning holati esa barqarorlashgan bo'lishi kerak;ย
-arterial gipertenziya bilan xastalangan va yurakning chap qorinchasini gipertrofiyasi EKG yordamida tasdiqlangan katta yoshdagi pasientlarda insult rivojlanish havfini kamaytirish uchun qo'llanadi.
Retseptli
- Tabletkalar












