Askotsinning aptekalardagi narxlari
ASKOSIN tabletkalari N10
|
|
3 ta dorixonada bor
|
36 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
ASKOSIN tabletkalari N100
|
|
103 ta dorixonada bor
|
93 072 so'mdan
Dorixonadan topish
|
118 700 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
105 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Askotsin ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ASKOSIN®
ASCOZIN®
Preparatning savdo nomi: ASKOSIN®
Ta‘sir etuvchi moddalar: askorbin kislotasi va rux.
Dori shakli: chaynaladigan tabletkalar.
Tarkibi:
Har bir chaynaladigan tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Askorbin kislotasi 100 mg;
Natriy askorbati askorbin kislotasiga ekvivalent 400 mg;
Rux oksidi ruxga ekvivalent 15 mg;
yordamchi moddalar: mannit (E421), povidon K 30, krospovidon, FCF (E110) sariq shafaq bo‘yog‘i, etilsellyuloza, aspartam (E951), magniy stearati, 844763 apelsinli aromatizatori va izopropil spirti.
Ta‘rifi: och-to‘q sariq rangli, bir tekis dog‘li, dumaloq, ikki tomoni qavariq tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: askorbin kislotasi boshqa dori preparatlari bilan majmuada.
ATX kodi: A11GB
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Askorbin kislotasi (S vitamini) oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini tartibga soluvchi, antioksidant va metabolik vosita sifatida organizmning adaptasion imkoniyatlarini oshiradi, uning infeksiyalarga qarshiligini kuchaytiradi.
Oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini tartibga solishda, uglevodlar, aminokislotalar, pigmentlar va xolesterin almashinuvida, steroid gormonlar, katexolaminlar sintezida, qon ivishi jarayonida ishtirok etadi. Kollagen sintezini kuchaytiradi, regenerasiya jarayonlarini rag‘batlantiradi, kapillyarlar o‘tkazuvchanlik qobiliyatini normallashtiradi. Jigarda nafas olish fermentlarini faollashtirish hisobiga uning detoksikasiya va oqsil hosil qiluvchi faoliyatini kuchaytiradi, kollagen va protrombin sintezini oshiradi. Safro ajralishini yaxshilaydi, me‘da osti bezining tashqi sekretor faoliyatini tiklaydi. Gistamin ajratilishini tormozlaydi va uning degradasiyasini tezlashtiradi, prostaglandinlar hosil bo‘lishini hamda yallig‘lanish va anafilaksiyaning boshqa mediatorlarini susaytiradi. Immunologik reaksiyalarni tartibga soladi (antitelolar, komplementning S3-komponenti, interferon sintezini faollashtiradi), fagositozga yordam beradi, organizmning infeksiyalarga qarshiligini oshiradi. Yallig‘lanishga va allergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.
Askorbin kislotasiga bo‘lgan sutkalik ehtiyoj kattalarda 70–100 mg ni, homiladorlarda va laktasiya davrida 100–120 mg ni, bolalarda yoshga bog‘liq holda 30–70 mg ni tashkil etadi.
Rux biologik membranalar, hujayra reseptorlari, proteinlarning tuzilmaviy komponenti bo‘lib hisoblanadi, 200 dan ortiq enzimatik tizimlar tarkibiga kiradi. Immun va antioksidant himoya reaksiyalarida, qon hosil qilishda, aminokislotalar sintezida, genetik axborotni saqlash va uzatishda ishtirok etadi. Retinolni tashuvchi oqsil komponenti bo‘lgani holda rux A vitamini va S vitamini bilan birgalikda antitelalar sintezini rag‘batlantirgan va viruslarga qarshi ta‘sirni amalga oshirgan holda immun tanqisligi yuzaga kelishiga to‘sqinlik qiladi. U eritrositlar va qonning boshqa shaklli elementlari hosil bo‘lishi uchun zarur. Rux yog‘ almashinuvini normaga keltiradi, endokrin bezlarining normal faoliyatini, shu jumladan insulin, o‘sish gormoni, kortikotropin va somatotropin sintezini ta‘minlaydi. Jinsiy va reproduktiv faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydi – jinsiy gormonlar o‘tmishdoshi bo‘lgan va testosteron hosil bo‘lishiga qo‘shiladigan Ye vitamini metabolizmi uchun zarur; rux shuningdek prostataning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun ham muhim. Ruxga bo‘lgan sutkalik ehtiyoj 15 mg ni tashkil etadi.
Farmakokinetikasi
Askorbin kislotasi ingichka ichakda faol so‘riladi. Ichga qabul qilinganidan keyin 4 soat o‘tgach plazmada maksimal konsentrasiyasiga erishiladi. Organizmda zahira darajasi taxminan 1,5 g ni tashkil etadi. Taxminan 25% plazma proteinlari bilan bog‘lanadi. Metabolizmga uchramagan askorbat va metabolitlar buyraklar, ichak, shuningdek ter va ko‘krak suti orqali chiqariladi. Me‘da-ichak yo‘llari kasalliklarida (gastrit, yara, qabziyat, ich ketishi, gijja invaziyasi, lyambliozda), yangi tayyorlangan meva va sabzavot sharbatlari iste‘mol qilinganida, ishqorli suv ichilganida S vitaminining so‘rilishi buzilishi mumkin. Plazmada preparat konsentrasiyasi 1,4 mg/100 ml dan ortiq oshganida uning chiqarilishi ortadi. Preparatning so‘rilishi yangi tayyorlangan meva va sabzavot sharbatlari iste‘mol qilinganida, ishqorli suv ichilganida kamayadi. Chekish va etil spirtini suiste‘mol qilish organizmda askorbin kislotasi zaxiralarini keskin kamaytirgani holda uning parchalanishini jadallashtiradi.
Rux ichakdan so‘riladi, to‘qimalarda taqsimlanadi va qator fermentlar va biologik faol moddalar tarkibiga kiradi. Organizmdan chiqarilgan ruxning 90% axlat bilan, 2–10% siydik bilan chiqariladi. Kalsiy preparatlari va kalsiyga boy rasion rux o‘zlashtirilishini deyarli 50% pasaytirishga qodir, kofein va alkogol esa uni jadal ravishda organizmdan chiqaradi.
Qo‘llanilishi
Askosin® shamollash, infeksiya va immun tanqisligi kasalliklariga moyillik bo‘lganida, S vitaminining gipo- va avitaminozida, qon ketishlarida (bachadon, o‘pka, burundan qon ketishlarida, nur kasalligida), jigar kasalliklarida (A gepatiti, surunkali gepatit, sirrozda), homiladorlar nefropatiyasida, Addison kasalligida, antikoagulyantlar dozasi oshirib yuborilganida, suyak sinishlarida va uzoq muddat bitmaydigan yaralarda, distrofiyada buyuriladi. Askosin® immunitet pasayishi, biriktiruvchi to‘qimalar shikastlanishi, uglevod, yog‘ almashinuvi buzilishlari, ichki sekresiya bezlari faoliyati buzilishlari, qon tomirlarining yuqori o‘tkazuvchanligi va mo‘rtligi bilan kechadigan kasalliklarni kompleks davolashda, shuningdek prostata bezining gipofunksiyasida qo‘llanilishi mumkin. Preparat ateroskleroz, bronxial astma, biriktiruvchi to‘qimalar kasalliklarida (revmatoid artrit, tizimli qizil yugurik, sklerodermiyada) buyurilishi mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Askosin® ovqatdan keyin qabul qilinadi; tabletkani chaynaladi va ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan ichiladi.
Kattalarga bir kunda 1 marta 1 tadan tabletka buyuriladi. Yaqqol ifodalangan avitaminozda va infeksiya kasalliklarini davolashda qisqa muddatda (5-7 sutka davomida) bir kunda 2 marta 1 tadan tabletka qabul qilinishi mumkin. Davolash muddati kasallik tabiati va kechishiga bog‘liq.
Bolalar
Askosin® bolalarga buyurilmaydi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparat odatda, yaxshi o‘zlashtiriladi. Yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanilganida quyidagi nojo‘ya reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, jig‘ildon qaynashi, ich ketishi.
MNT tomonidan: markaziy nerv tizimi qo‘zg‘aluvchanligining oshishi, bosh og‘rig‘i.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: konkrementlarning hosil bo‘lishi.
Teri va yaqin orada joylashgan to‘qimalar tomonidan: allergik reaksiyalar.
Qon tizimi tomonidan: qon tanachalarining glyukozo-6-fosfatdegidrogenazasi yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda eritrositlar gemolizini keltirib chiqarishi mumkin.
Qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan holatlar
Askorbin kislotasiga va preparatning boshqa komponentlariga individual yuqori sezuvchanlikda. Tromboflebit, trombozlarga moyillik, qandli diabet. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Askosin® qonda salisilatlar, etinilestradiol, benzilpenisillin va tetrasiklin konsentrasiyasini oshiradi, peroral kontraseptivlar konsentrasiyasini pasaytiradi. Kumarin hosilalarining antikoagulyasiya ta‘sirini kamaytiradi. Ichakda temir preparatlari so‘rilishini yaxshilaydi. Etil spirtining umumiy klirensini oshiradi. Xinolon qatori preparatlari, kalsiy xloridi, salisilatlar, kortikosteroidlar uzoq vaqt qo‘llanilganida S vitamini zaxiralarini kamaytiradi. Kortikosteroidlar S vitamini va rux darajasini kamaytiradi.
Askorbin kislotasi va deferoksaminni bir vaqtda qo‘llanilishi temirning to‘qimalarda, ayniqsa yurak mushagida toksikligini oshiradi, bu qon aylanishi tizimining dekompensasiyasiga olib kelishi mumkin. Uni deferoksamin in‘eksiyasidan keyin faqat 2 soat o‘tgach qabul qilish mumkin.
Preparatning yuqori dozalari trisiklik depressantlar samaradorligini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Askosin® yuqori dozalarda qo‘llanilganida buyrak funksiyasi va arterial bosimni, shuningdek me‘da osti bezi funksiyasini nazorat qilish zarur.
Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida, buyrak funksiyasini buzilishlarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi; siydik-tosh kasalliklarida S vitaminining sutkalik dozasi sutkalik dozasi 1 g dan oshmasligi kerak.
Preparat turli xil laboratoriya testlari (qonda glyukoza, bilirubin miqdori, transaminazalar, laktatdegidrogenaza faolligi) natijalarini o‘zgartirishi mumkin. Uzoq vaqt davolanganda glyukoza darajasini nazorat qilish zarur.
Askorbin kislotasi temir so‘rilishini oshirishi tufayli, gemoxromatozi, talassemiya, polisitemiya, leykemiya va sideroblast anemiyasi bo‘lgan pasientlarda uni yuqori dozalarda qo‘llanilishi xavfli bo‘lishi mumkin. Organizmda temir miqdori yuqori bo‘lgan pasientlarda askorbin kislotasi minimal dozalarda qo‘llanilishi zarur.
Askosin® ni rak kasalligi rivojlanib borayotgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan buyurish zarur, chunki uni qo‘llanilishi jarayonning kechishini tezlashtirishi mumkin.
Homiladorlik va laktasiya davri
Homiladorlik davrida S vitaminini yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanilishi homilaning rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Homiladorlik davrida faqat ona uchun kutiladigan foyda homila uchun keladigan xavfdan ustun bo‘lganida qo‘llanilishi mumkin. Askorbin kislotasi ko‘krak sutiga o‘tadi, shu sababli laktasiya davrida preparatni shifokor nazorati ostida qo‘llash zarur.
Avtomobilni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Preparat haydovchilarga yoki murakkab texnika bilan ishlovchi odamlarga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi ko‘rsatmalar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, ichak spazmlari, diareya; ehtimol allergik reaksiyalar, buyrak funksiyasini buzilishi, arterial bosimning oshishi, markaziy nerv tizimining yuqori qo‘zg‘aluvchanligi, uyquning buzilishi.
Davolash: simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
10 tabletka stripda; 3 yoki 10 ta strip tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramga joylangan.
Saqlash sharoitlari
Yorug‘likdan himoya qilingan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari