Ташкент
logo
SavatKirish

VITAMIN V1

VITAMIN V1 chiqarish shakllari

VITAMIN V1 inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N10
VITAMIN V1 inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N10
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
B.V. Chemie Pharmacie Holland, Gollandiya proizvedeno: CSPC Ouyi Pharmaceutical Co. Ltd
•9 ta dorixonada bor
Narxi
7 700 so'm dan
VITAMIN V1 inyeksiya uchun eritma 1ml 50mg/ml N10
VITAMIN V1 inyeksiya uchun eritma 1ml 50mg/ml N10
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
CHINA MEHECO Corporation, Kitay proizvedeno: Huazhong Pharmaceutical Co., Ltd.
- VITAMIN V1 qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- VITAMIN V1ning tarkibi
- VITAMIN V1 ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- VITAMIN V1 narxi Toshkent dorixonalarida

VITAMIN V1 qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Xitoy
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

Tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqinoma

Vitamin V1

Tiamin xloridining in‘eksiya uchun 5% eritmasi, 1 ml

1 ml eritma 50 mg tiamin gidroxloridi saqlaydi;

Yordamchi moddalar: dinatriy edetati, in‘eksiya uchun suv.

Eritmaning ta‘rifi: rangsiz yoki biroz sarg‘ish o‘ziga xos hidli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi – metabolik jarayonlarga ta‘sir qiluvchi vosita, vitamin preparati.

Farmakologik xususiyatlari. Vitamin V1 na faqat gipo- va avitaminozda spesifik ta‘sirga ega, u modda almashinuvi va nerv-refletor boshqaruviga qo‘shilib organizmning faoliyatiga faol ta‘sir ko‘rsatadi. Tiamin xloridi to‘rtlamchi azot atomini saqlovchi sifatida sinapslarda nerv qo‘zg‘alishini o‘tkazilishiga ta‘sir ko‘rsatadi. Gangliobloklovchi va kuraresimon samaralarga ega. Preparat qutblantiruvchi mushak relaksantlarining kuraresimon ta‘sirini susaytirishi mumkin.

Qo‘llanilishi. Tiamin xloridi V1 gipo- va avitaminozini oldini olish va davolash uchun, nevritlarni, polinevritlarni, radikulitni, nevralgiyalarni, periferik falajlarni, ensefalopatiyalarni davolash uchun qo‘llanadi. Nevrasteniya, me‘da va o‘nikki barmoq ichakning yara kasalligi, ichak atoniyasi, jigar kasalliklari, miokard distrofiyasi, periferik tomirlarning spazmi (endoarterit va boshqalar), nevrogen kelib chiqishga ega dermatozlarda; terining qichishishda, piodermiyada, ekzemada, psoriazda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari. Tiamin xloridining eritmasi kattalarga mushak ichiga 0,05 g dan (1 ml 5% eritma) kuniga 1 marta har kuni, bolalarga – 0,0125 g dan (0,5 ml 2,5% eritma) yuboriladi. Davolash kursiga – 10-30 in‘eksiyalar.

Qo‘llashning o‘ziga xosligi. Tiamin xloridini V6 vitamini (piridoksin) va V12 vitamini (sianokobalamin) bilan bir vaqtda parenteral yuborish tavsiya qilinmaydi, chunki birinchisi muvofiq ravishda tiaminning allergik samarasini kuchaytiradi. Ikkinchisi uni fosforlangan biologik faol shakliga aylanishini tormozlaydi. Tiamin xloridini penisillin yoki streptomisin bilan, hamda tiamin xloridi va nikotin kislotasini bir shprisda aralashtirish mumkin emas.

Nojo‘ya ta‘siri. Allergik reaksiyalar (terini qichishishi, Kvinke shishi), anafilaktik shok bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatilgan reaksiyalar allergiyaga moyillikda, ayollarning klimakterik davrida, alkogolizmi bo‘lgan bemorlarda paydo bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar. Tiamin xloridini allergik kasalliklarida va anamnezida dorilarni o‘zlashtiraolmaslik bo‘lganida qo‘llash mumkin emas.

Chiqarilish shakli. 5% in‘eksiya uchun eritma, 1 ml dan ampulalarda, 10 ampula karton o‘ramda. Saqlash sharoiti va muddati. Preparatni kuruq va yoruglikdan himoyalangan joyda, 15-25°S haroratda saqlash kerak. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati – 3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi.

Preparat resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

VITAMIN V1 narxlari

VITAMIN V1 eritma
VITAMIN V1 inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N10
9 ta dorixonada bor

VITAMIN V1 savollari

VITAMIN V1 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil