AVIFERning aptekalardagi narxlari
AVIFER eritma 20mg/ml 5ml N5
|
|
26 ta dorixonada bor
|
420 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
AVIFER eritma 20mg/5ml N5
|
|
3 ta dorixonada bor
|
444 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
AVIFER ko'rsatmalar
-ichga qabul qilish uchun temir preparatlarini o'zlashtiraolmaydigan pasientlarda;
-temir preparatlarini ichga qabul qilish imkoniyati bo'lmagan me'da-ichak yo'llarining kasalliklarida qo'llanadi.
-temir tanqisligi bilan bog'liq bo'lmagan kamqonlik;
-temir miqdorini oshishining belgilari (gemosideroz, gemoxromatoz) yoki uning utilizasiyasi jarayonlarini buzilishi;
-Avifer preparati yoki uning faol bo'lmagan komponentlariga yuqori sezuvchanlik bo'lganida;
-Fruktozani o'zlashtiraolmaslik va glyukoza/galaktozani so'rilishini buzilishi sindromi yoki saxaroza/izomaltaza tanqisligi;
-homiladorlikning I uch oyligi ("homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi" bo'limiga qarang).
Avifer preparatini yuborish vaqtida gemodinamika ko'rsatkichlarini nazorat qilish kerak.
Temir preparatlari vena ichiga qo'llanganida xayot uchun potentsial xavfli bo'lgan allergik va anafilaktoid reaktsiyalarni chaqirishi mumkin. Bronxial astma, ekzema, atopik kasalliklar, polivalent allergiya, temirning boshqa preparatlariga allergik reaktsiya, shuningdek qon zardobining temirni bog'lash qobiliyati past bo'lgan/ yoki folat kislotasi etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda allergik yoki anafilaktoid reaktsiyalarning yuqori xavfi mavjud ("ehtiyotkorlik bilan" bo'limiga qarang).
Preparatni vena atrofi bo'shlig'iga tushishidan saqlanish kerak, chunki tomirdan tashqariga tushishi to'qimalar nekrozi va teri qoplamalarini jigarrang rangga bo'yalishiga olib keladi. Bunday asorat rivojlangan hollarda natriy xloridining 0,9% eritmasini (agarda igna hali tomirda bo'lsa) ko'p bo'lmagan miqdorda yuborish kerak. Temirni chiqarilishini tezlashtirish va uni atrof to'qimalarga kirishini davom etishini oldini olish uchun, in'ektsiya joyiga geparin saqlovchi preparatlarni (gel va surtmani engil harakatlar bilan ishqalamasdan surtiladi) surtish tavsiya qilinadi.
Cho'kma mavjudligida preparatni yuborishga yo'l qo'yilmaydi.
Avifer preparati saxaroza saqlaydi. Qandli diabeti bo'lgan pasientlarda buni hisobga olish kerak. Ko'rsatmalarga qarab preparatni tomchilab yuborishda maksimal o'zlashtira olinadigan temirning bir martalik dozasi 500 mg gacha etishi mumkin, bu 8,5 g (0,7 NB) saxarozaga to'g'ri keladi.
Temir ko'pchilik mikroorganizmlarning o'sishini rag'batlantirishi tufayli, o'tkir bakterial infektsiyalar rivojlanganida temir preparatlarini bekor qilish kerak.
Transport vositalarini boshqarish yoki potentsial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga preparatning ta'sirini o'ziga xosligi
Transport vositasi yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatning ta'siri o'rganilmagan.
Emizish davrida preparatni qo'llash xavfsizligi aniqlanmagan. Emizishni to'xtatish (preparatni qo'llash zarurati bo'lganida) yoki preparatni bekor qilish tavsiya etiladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.
Faol modda: temir (III) gidroksidining saxarozali kompleksi (temir (III) ga hisoblanganda 20 mg);
Yordamchi moddalar: natriy gidroksidi; in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha.
Yuborish:
Avifer faqat vena ichiga (sekin oqim bilan yoki tomchilab), shuningdek dializ tizimining venoz qismiga yuboriladi va mushak ichiga yuborish uchun mo'ljallanmagan. Preparatning to'liq (kumulyativ) terapevtik dozasini bir vaqtda yuborishga yo'l qo'yilmaydi.
Birinchi terapevtik dozani yuborishdan oldin, test-dozani yuborish kerak. Agarda kuzatish davri davomida o'zlashtiraolmaslik ko'rinishlari paydo bo'lsa, preparatni yuborishni darhol to'xtatish kerak. Ampulani ochishdan oldin cho'kma va shikastlanishlar bo'lishi mumkinligiga tekshirish kerak. Faqat jigarrang rangli, cho'kmasiz eritmani qo'llashga yo'l qo'yiladi.
Tomchilab yuborish:
Aviferni arterial bosimni yaqqol pasayish xavfi va eritmani vena atrofidagi bo'shliqqa tushishi xavfini kamaytirish uchun, tomchili infuziya ko'rinishida yuborish afzal. Bevosita infuziya oldidan Avifer preparatini 1:20 nisbatda natriy xloridining 0,9% eritmasida suyultirish kerak, 1 ml (20 mg temir) in'ektsiya uchun eritma 20 ml 0,9 % natriy xlorid eritmasida suyultiriladi:
Hosil bo'lgan eritma quyidagi tezlikda yuboriladi:
100 mg temir kamida 15 minut davomida;
200 mg temir 30 minut davomida;
300 mg temir 1,5 soat davomida;
400 mg temir 2,5 soat davomida;
500 mg temir 3,5 soat davomida .
Preparatning terapevtik dozasini birinchi marta tomchilab yuborishdan oldin test-dozani yuborish kerak: kattalar va tana vazni 14 kg dan yuqori bo'lgan bolalarga 1 ml temir preparati (20 mg) va tana vazni 14 kg dan kam bo'lgan bolalarga kundalik dozaning yarmi (1,5 mg temir/kg) 15 minut davomida. Noxush ko'rinishlar kuzatilmasa eritmaning qolgan qismini tavsiya qilingan tezlikda yuborish kerak.
Oqim bilan yuborish:
Avifer preparatini shuningdek suyultirilmagan eritma ko'rinishida vena ichiga sekin, (norma) minutiga 1 ml Avifer preparatini (20 mg temir) yuborish mumkin (masalan, 5 ml Avifer preparatini (100 mg temir) 5 minut davomida yuboriladi). Bitta in'ektsiya uchun preparatning maksimal hajmi Avifer preparatini 10 ml (200 mg temir) dan oshmasligi kerak. In'ektsiyadan keyin pasient qo'lini uzatgan holatda biroz vaqt ushlab turishi kerak.
Avifer preparatining terapevtik dozasini birinchi marta oqim bilan yuborishdan oldin, test-dozani yuborish kerak: kattalar va tana vazni 14 kg dan yuqori bo'lgan bolalarga 1 ml temir preparati (20 mg) va tana vazni 14 kg dan kam bo'lgan bolalarga kundalik dozaning yarmi (1,5 mg temir/kg) 1-2 minut davomida. Kuzatishning keyingi 15 minuti davomida noxush ko'rinishlar kuzatilmasa, eritmaning qolgan qismini tavsiya qilingan tezlikda yuborish kerak.
Dializ tizimiga yuborish:
Aviferni vena ichiga in'ektsiya uchun ta'riflangan qoidalarga qat'iy rioya qilib, bevosita dializ tizimining venoz sohasiga yuborish mumkin.
Dozani hisoblash:
Doza shaxsiy ravishda organizmda temirning umumiy tanqisligiga muvofiq quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:
Umumiy temir tanqisligi (mg) = tana vazni (kg) * (normada Hb – pasient Hb) (g/l) * 0,24* + to'plangan temir (mg).
Tana vazni 35 kg dan past bo'lgan pasientlar uchun: normada Hb = 130 g/l, to'plangan temir miqdori = 15 mg/kg tana vazniga.
Tana vazni 35 kg dan yuqori bo'lgan pasientlar uchun: normada Hb = 150 g/l, to'plangan temir miqdori = 500 mg.
0,24 koeffitsenti = 0,0034*0,07*1000 (gemoglobindagi temir miqdori = 0,34%; qon hajmi = tana vaznining 7%; 1000 koeffitsenti = "g" ni "mg" ga o'tkazish).
So'ngra Avifer preparatining organizmdagi temir tanqisligini to'ldirish uchun yuborish kerak bo'ladigan to'planuvchi (kurslik) dozasini quyidagi formula bo'yicha hisoblash kerak:
Preparatning umumiy miqdori (ml da) = temirning umumiy tanqisligi (mg)/ 20 mg/ml
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, hushdan ketish, paresteziyalar.
Yurak-tomir tizimi tomonidan: yurak urishini his qilish, taxikardiya, arterial bosimni pasayishi, kollaptoid holat, issiqlik hissi, yuzga qonni "oqib kelishi", periferik shishlar.
Nafas a'zolari tomonidan: bronxospazm, hansirash.
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: ta'm sezishni buzilishi, og'izda "metall" ta'mi, qorin sohasida tarqalgan og'riqlar, epigastral sohada og'riq, diareya, ko'ngil aynishi, qusish.
Teri qoplamalari tomonidan: eritema, terini qichishishi, toshma, pigmentasiyani buzilishi, ko'p terlash.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, bo'g'imlarni shishi, mialgiya, qo'l-oyoqlarda og'riq.
Immun tizimi tomonidan: allergik, anafilaktoid reaktsiyalar, shu jumladan yuzning angionevrotik shishi, halqumni shishi.
Boshqalar: asteniya, ko'krakda og'riq, ko'krakda og'irlik hissi, xolsizlik, teri qoplamalarini oqarishi, loxaslik hissi, tana haroratini oshishi, qaltirash.
Mahalliy reaktsiyalar: yuborish joyida og'riq va shish (ayniqsa preparatni ekstravazal tushishida). Flebit, achishish hissi, gematoma.
Agarda yo'riqnomada ko'rsatilgan har qanday nojo'ya samaralari og'irlashsa yoki siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan har qanday boshqa nojo'ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Aviferni bitta shprisda faqat natriy xloridining 0,9% eritmasi bilan aralashtirish mumkin. Vena ichiga yuborish uchun boshqa hech qanday eritmalar va dori preparatlarini qo'shishga ruxsat etilmaydi, chunki presipitasiya va/yoki boshqa farmasevtik o'zaro ta'sirining xavfi mavjud.
Preparatning faol moddasi – temir (III) gidroksidining saxarozali kompleksi organizmga tushganida retikuloendotelial tizimida temir va saxarozaga dissosiasiyalanadi. Transferrin bilan solishtirganda temir saxaratining turg'unligi past bo'lganligi tufayli, transferrin foydasiga temirni raqobatli almashinuvi kuzatiladi. Natijada 24 soat davomida taxminan 31 mg temir tashiladi. Temirning polisiklik gidroksidi proteinli ligand – jigar mitoxondriysining apoferritini bilan kompleks hosil qilgandan keyin ferritin ko'rinishida qisman saqlanadi. Temir (II) saqlovchi dori vositalari bilan davolashga nisbatan gemoglobin tezroq va yuqori ishonchliroq oshadi. 100 mg temir (III) ni yuborish gemoglobinni 2-3% ga; homiladorlik vaqtida – 2% ga oshishiga olib keladi. Preparatning toksikligi juda past. Terapevtik indeksi 30 ga (200/7) teng.
Yaroqlilik muddati-2 yil.
Konteynerni birinchi marta ochishdan keyin saqlash muddati: mikrobiologik nuqtai nazardan preparatni darhol ishlatish kerak.
Fiziologik eritma bilan suyultirilganidan keyin saqlash muddati: suyultirilganidan keyin kimyoviy va fizik turg'unligi xona haroratida 12 soatni tashkil qiladi. Mikrobiologik nuqtai nazardan preparatni darhol ishlatish kerak.
Davolash: simptomatik, zarurati bo'lganida – temirni bog'lab oluvchi dori vositalari (xelatlar), masalan deferoksamin.
Chiqarish shakllari