AZIBIOTning aptekalardagi narxlari
AZIBIOT tabletkalari 500mg N3
|
|
129 ta dorixonada bor
|
42 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
51 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
42 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
AZIBIOT ko'rsatmalar
Ilova-varaqa: Pasient uchun ma‘lumot
Azibiot® plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 250 mg
Azitromisin
Ushbu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin, ushbu ilova-varaqani hammasini diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muxim ma‘lumot saqlaydi.
- Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying, chunki uni Siz yana o‘qib chiqishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin.
- Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, o‘z shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
- Ushbu preparat shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. Bu ularga zarar yetkazishi mumkin, xatto agar Sizda kasallikning o‘xshash belgilari kuzatilsa xam.
- Agar Sizda nojo‘ya samaralar rivojlansa, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Bu shuningdek ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralariga xam taalluqlidir. 4-bo‘limga qarang.
Ushbu ilova-varaqada qanday ma‘lumot saqlanadi
- Azibiot® preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi.
- Azibiot® preparatini qo‘llashdan oldin Siz nimalarni bilishingiz kerak.
- Azibiot® ni qanday qo‘llash kerak.
- Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari.
- Azibiot® ni qanday saqlash kerak.
- O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar.
- Azibiot® preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi.
Azibiot® preparatining ta‘sir etuvchi moddasi azitromisin, makrolidlar guruhi antibiotikidir. U quyidagi qator infeksiyalarni davolash uchun qo‘llanadi:
- burun bo‘shliqlarining o‘tkir bakterial infeksiyalari,
- quloqning o‘tkir bakterial infeksiyalari,
- tonzillit, faringit,
- bakterial kelib chiqishga ega bo‘lgan surunkali bronxitni zo‘rayishi,
- engil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi pnevmoniya,
- engil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari, masalan, follikulit, sellyulit, saramas,
- Chlamydia trachomatis deb nomlanuvchi bakteriyalar tomonidan chaqirilgan qovuqdan siydik chiqadigan yo‘li (siydik chiqarish kanali), yoki bachadon bo‘yni infeksiyalarida qo‘llaniladi.
- Azibiot® preparatini qo‘llashdan oldin Siz nimalarni bilishingiz kerak.
Azibiot® preparatini qabul qilmang
- agar sizda azitromisinga yoki boshqa makrolidlarga (eritromisin yoki klaritromisin kabi), yoki xinolonli antibiotiklarga, yoki ushbu preparatning har qanday boshqa komponentlariga allergiya bo‘lsa (6-bo‘limga qarang).
Maxsus ko‘rsatmalar
Azibiot® preparatini qo‘llashdan oldin o‘z shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
- agar Sizda ayrim yurak kasalliklari (masalan, og‘ir yurak kasalliklari, “QT intervalini uzayishi”) bo‘lsa, yoki agar Siz sizaprid (ichak peristaltikasini kuchaytirish uchun qo‘llanadi) kabi yurakning elektrik faoliyatini o‘zgarishini chaqiruvchi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
- agar Sizda yurak urishi sekinlashgan yoki nomuntazam bo‘lsa;
- agar Sizda qonda elektrolitlarning miqdori o‘zgargan bo‘lsa, ayniqsa kaliy va magniyning miqdori past bo‘lsa;
- agar Siz QT intervalini normadan og‘ishiga olib keluvchi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz (“Boshqa dori preparatlari va Azibiot” bo‘limiga qarang);
- agar Sizda og‘ir buyraklar kasalligi bo‘lsa;
- agar Sizda og‘ir jigar kasalligi bo‘lsa: Sizning shifokoringizda Sizning jigaringiz faoliyatini monitoringini o‘tkazish yoki davolashni to‘xtatish zarurati paydo bo‘lishi mumkin;
- agar Sizda yangi infeksiya bo‘lsa (bu rezistent organizmlarni oshiqcha rivojlanishining belgisi bo‘lishi mumkin);
- agar Sizda nevrologik yoki ruxiy kasallik bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashing.
Yuz, og‘iz va tomoq soxasining shishi bilan kechuvchi o‘ta yuqori sezuvchanlikning jiddiy (ba‘zida o‘lim bilan yakunlanuvchi) reaksiyalari kam qayd qilingan. Bunday simptomlar paydo bo‘lganda Azibiot® preparatini qo‘llashni to‘xtating va darhol shifokoringizga murojaat qiling.
Antibiotiklar, u ichakning jiddiy yallig‘lanishini belgisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan diareya chaqirishi mumkin. Suvli yoki qon aralash ich kelishi bilan kechuvchi diareya paydo bo‘lganda, shifokoringiz bilan bog‘laning. Diareyani to‘xtatish uchun shifokorning maslahatisiz qandaydir preparatlarni qabul qilmang.
Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanishi
Azibiot® plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarni emizikli bolalarda va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda, shuningdek tana vazni 45 kg dan kam bolalar va o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.
Tana vazni 45 kg dan ortiq bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda Azibiot® preparatini qo‘llash bo‘yicha ma‘lumot 3-chi “Dozalash” bo‘limida berilgan.
Boshqa dori vositalari va Azibiot®
Agar Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.
Agar Siz quyidagilarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz shifokor yoki farmasevtga xabar berish ayniqsa muhimdir:
- Shoxkuya alkaloidlarining hosilalari deb nomlanuvchi preparatlar, masalan, ergotamin yoki digidroergotamin (migrenni davolash uchun yoki qon oqimini kamaytirish uchun qo‘llanadigan preparatlar), chunki bu preparatlarni Azibiot® preparati bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas;
- Siklosporin (teri kasalliklari, revmatoid artrit yoki a‘zolar transplantasiyasidan keyin qo‘llanadigan preparat);
- Atorvastatin (qonda xolesterin miqdori yuqori bo‘lganida davolash uchun vosita);
- Sizaprid (me‘da kasalliklarini davolash uchun vosita);
- Teofillin (nafas buzilishlarini davolash uchun vosita);
- Varfarin yoki qonni suyultirish uchun boshqa preparatlar;
- Digoksin (yurak kasalliklarini davolash uchun vosita);
- Zidovudin, efavirenz, indinavir, nelfinavir, didanozin (OITV-infeksiyasini davolash uchun vosita);
- Rifabutin (OITV-infeksiyasi yoki tuberkulyozni davolash uchun);
- Antasidlar deb nomlanuvchi preparatlar (me‘da kislotasini neytrallovchi dori preparatlari). Siz Azibiot preparati tabletkalarini antasidlarni qo‘llashdan kamda bir soat oldin yoki ikki soat keyin qabul qilishingiz kerak.
- Astemizol (allergiyani davolash uchun preparat), alfentanil (og‘riq qoldiruvchi preparat).
Azibiot® preparatini ovqat va ichimliklar bilan qo‘llash
Tabletkalarni suv bilan qabul qilish kerak.
Siz preparatni ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilishingiz mumkin, chunki bu azitromisinni so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi, fertillikka ta‘siri
Agar siz homilador bo‘lsangiz yoki bola emizsangiz yoki homiladorman deb taxmin qilsangiz, yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Bu preparatni shifokorning maslahatisiz homiladorlik yoki emizish davrida qabul qilish mumkin emas.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash
Bu preparat Sizda bosh aylanishi chaqirishi mumkin. Agar Siz bosh og‘rig‘ini his qilsangiz transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashdan saqlaning.
- Azibiot® ni qanday qo‘llash kerak
Preparatni Sizga shifokor yoki farmasevt qanday aytgan bo‘lsa, shunday aniq qo‘llash kerak. Agar Sizda shubha tug‘ilsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Kattalar, tana vazni 45 kg yoki yuqori bo‘lgan bolalar va o‘smirlar:
Qo‘llanilishi | Dozalari |
– burun bo‘shliqlarining o‘tkir bakterial infeksiyalari,
– quloqning o‘tkir bakterial infeksiya-lari, – tonzillit, faringit, – bakterial kelib chiqishga ega bo‘lgan surunkali bronxitni zo‘rayishi, – yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi pnevmoniya, – teri va yumshoq to‘qimalarning yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi infeksiya-lari |
– 500 mg sutkada bir marta uch kun davomida, yig‘indi doza 1500 mg
yoki – 500 mg bir marta birinchi kuni, 2-5 kunlari 250 mg sutkada bir marta, yig‘indi doza 1500 mg |
– Chlamydia trachomatis tomonidan chaqirilgan bachadon bo‘yni va siydik naylarining infeksiyalari | 1000 mg bir marta |
Tana vazni 45 kg dan kam bo‘lgan bolalar va o‘smirlar:
Tabletkalarni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Tana vazni 45 kg dan kam bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda azitromisin boshqa preparatni saqlovchi shakllarini qo‘llash kerak.
Buyrak va jigar kasalligi bo‘lgan pasientlar:
Agar Sizda jigar yoki buyrak kasalligi bo‘lsa, Siz o‘z shifokoringizga xabar berishingiz kerak, chunki Sizning shifokoringiz odatdagi dozani o‘zgartirishi talab qilinishi mumkin.
Keksa yoshli pasientlarda dozalash:
Keksa yoshli pasientlarda, katta pasientlardagidek doza qo‘llanadi.
Qo‘llanilishi:
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarni chaynamasdan suv bilan birga yuting. Siz preparatni ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilishingiz mumkin, chunki bu azitromisinni so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi.
Agar siz Azibiot® preparatini keragidan ortiq miqdorini qabul qilgan bo‘lsangiz
Sizga shifokor buyurigan dozaga rioya qilish muhim. Agar Siz yoki boshqa kimdir bir necha tabletkalarni yutib yuborgan bo‘lsa, yoki Siz bola bir necha tabletkalarni yutib yuborgan deb o‘ylasangiz, darhol shifokoringizga, farmasevtga yoki tez yordam kasalxonasiga murojaat qiling. Doimo tabletkalar o‘zingizda bo‘lsin, ularni o‘ramida saqlang, chunki bu ularni bilib olishni yengillashtiradi. Dozani oshirib yuborilish simptomlari yaqqol ko‘ngil aynishi, qusish va diareyani, shuningdek eshitishni qaytuvchi yo‘qotilishini o‘z ichiga olishi mumkin.
Azibiot® dozasini o‘tkazib yuborish
O‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rnini to‘ldirish uchun, ikki barobar dozani qabul qilish kerak emas. Agar Siz preparatni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, Siz uni eslagan zaxotingiz qabul qilishingiz kerak. Lekin navbatdagi dozani qabul qilish vaqti yaqinlashib qolgan xolda, unutilgan tabletkani qabul qilishni o‘tkazib yuboring va qolgan preparatni qabul qilishni odatdagidek davom ettiring.unda navbatdagi dozani belgilangan vaqtda qabul qiling.
Agarda Siz Azibiot®ni qabul qilishni to‘xtatsangiz
Davolashni muddatidan oldin to‘xtatmang.
Hatto agar Siz o‘zingizni yaxshi xis qilsangiz ham, shifokor tavsiya qilgan vaqt davomida preparatni qabul qilishni davom ettirish muxim.
Agar Sizda bu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
- Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat ham, garchi ular xammada paydo bo‘masa xam, nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin. Ular odatda yengil yoki o‘rtacha darajali bo‘ladi va davolash to‘xtatilganidan keyin o‘tib ketadi.
Sizda quyidagi nojo‘ya samaralar paydo bo‘lsa, tabletkalarni qabul qilishni to‘xtating va iloji boricha tezroq o‘z shifokoringiz bilan bog‘laning yoki yaqindagi tez tibbiy yordam kasalxonasiga murojaat qiling. Tabletkalar qo‘llanganda Sizda kam uchraydigan og‘ir allergik reaksiya rivojlanishi mumkin:
- Qo‘llar, oyoq kaftlari, to‘piqlar, yuzni, lablarni, og‘iz yoki tomoqni shishi.
- Yurish yoki nafasni qiyinlashishi.
- Jiddiy teri reaksiyalari, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi (og‘ir darajali teri toshmasi) va boshqa mumkin bo‘lgan pufaklar paydo bo‘lishi va terini ko‘chishi bilan kechuvchi og‘ir darajali boshqa teri toshmalari (toksik epidermal nekroliz),
- Og‘ir, turg‘un diareya, ayniqsa ahlatda shilimshiq yoki qonni paydo bo‘lishi (bu soxta membranoz kolit, ichakni yallig‘lanishi bo‘lishi mumkin).
Boshqa qayd etilgan nojo‘ya samaralari:
Juda tez-tez (10 odamdan 1 dan ko‘pida yuz berishi mumkin)
- diareya
Tez-tez (10 odamdan ko‘pi bilan 1 nafarida yuz berishi mumkin)
- bosh og‘rig‘i
- qusish, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi
- leykositlar sonini o‘zgarishi
- qonning ayrim boshqa taxlil natijalarini o‘zgarishi (qonda bikarbonat miqdorini pasayishi)
Tez-tez emas (100 odamdan ko‘pi bilan 1 nafarida yuz berishi mumkin)
- molochnisa (oqchil) (kandidoz) – bu og‘iz bo‘shlig‘i va qinning zamburug‘li infeksiyasi
- pnevmoniya, tomoqning bakterial infeksiyasi, me‘da-ichak yo‘llarining yallig‘lanishi, nafas tizimi tomonidan buzilishlar, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatini yallig‘lanishi
- leykositlar sonini o‘zgarishi (leykopeniya, neytropeniya, eozinofiliya)
- qovoqlar, yuz yoki lablarni shishi (angionevrotik shish), allergik reaksiyalar
- ishtahani yo‘qolishi (anoreksiya)
- yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, uyqu bilan bog‘liq muammolar (uyqusizlik)
- bosh aylanishi, uyquchanlik, ta‘m sezgisini o‘zgarishi (disgveziya), sanchilish yoki uvishish (parasteziya) xis qilish
- ko‘rishni buzilishi
- eshitish a‘zosi tomonidan buzilishlar, chayqalishni his qilish (vertigo)
- yurak urishini his qilish
- qizib ketishlar hissi
- to‘satdan xushtakli nafas, burundan qon ketishi
- qabziyat, meteorizm, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi (dispepsiya), me‘da shilliq qavatini yallig‘lanishi (gastrit), yutishda qiyinchiliklar (disfagiya), qorinni dam bo‘lishi, og‘iz bo‘shlig‘ini qurishi, me‘dadan xavo chiqishi (kekirish), og‘iz bo‘shlig‘ida yaralar, so‘lak ajralishini kuchayishi
- qichishish bilan kechuvchi toshma, eshakemi, dermatit, terini qurishi, ko‘p terlash (gipergidroz)
- bo‘g‘imlarning degenerativ kasalliklari (osteoartrit), mushak og‘rig‘i, belda og‘riq, bo‘yinda og‘riq
- siyishni qiyinlashishi (dizuriya), buyrak soxasida og‘riq
- nomuntazam intervallar bilan bachadondan qon ketishi (metrorogiya), tuxumdonlar tomonidan buzilishlar
- shish, kuchsizlik, o‘zini umumiy yomon xis qilish, yuzni shishi, ko‘krakda og‘riq, isitma, og‘riq, periferik shishlar
- laboratoriya parametrlarini normadan og‘ishi (masalan, qon taxlili yoki jigar sinamalarini)
- muolajadan keyingi asoratlar
Kam (1000 odamdan ko‘pi bilan 1 nafarida yuz berishi mumkin)
- ta‘sirlanish hissi
- jigar faoliyatini normadan siljishi, teri yoki ko‘zlarni sarg‘ayishi
- quyosh nuriga sezuvchanlik kabi allergik teri reaksiyalari
Noma‘lum (bor bo‘lgan ma‘lumotlar asosida tez-tezligini aniqlash mumkin emas)
- ichak infeksiyasi (soxtamembranoz kolit)
- xujayralarning parchalanishini kuchayishi bilan bog‘liq bo‘lgan eritrositlar sonini pasayishi (gemolitik anemiya); trombositlar sonini kamayishi
- jiddiy allergik reaksiya (anafilaktik reaksiya)
- g‘azab tuyg‘usi, tajovuzkorlik, qo‘rquv xissi va bezovtalik (xavotirlik), ongni chalkashishini o‘tkir holati (deliriy), gallyusinasiyalar
- xushdan ketish (sinkopal xolat)
- tutqanoq xurujlari (tirishishlar)
- sezish hissini kamayishi (gipesteziya)
- yuqori faollik hissi
- hid sezishni o‘zgarishi (anosmiya, parosmiya)
- ta‘m sezishni yo‘qolishi (agveziya)
- mushakni kuchsizligi (og‘ir miasteniya)
- hayotga xavf tug‘diruvchi nomuntazam yurak urishi (“piruet” turi polimorf yurak qorinchasi taxikardiyasi), EKG da normadan siljishlar (QT intervalini uzayishi)
- eshitishni buzilishi, shu jumladan karlik yoki quloqlar jaranglashi
- past arterial bosim
- me‘da osti bezini yallig‘lanishi (pankreatit)
- til rangini o‘zgarishi
- jigar tomonidan buzilishlar (jigar yetishmovchiligi, u kamdan-kam hollarda o‘limga, jigar nekroziga olib keladi), jigarni yallig‘lanishi (gepatit)
- jiddiy allergik teri reaksiyalari (toksik epidermal nekroliz, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi)
- bo‘g‘imlarda og‘riq (artralgiya)
- buyrakni yallig‘lanishi (interstisial nefrit) va buyrak yetishmovchiligi
Mycobacterium Avium kompleksi (MAC) infeksiyalarini mumkin yoki ehtimol oldini olish va davolash bilan bog‘liq bo‘lgan noxush reaksiyalar:
Juda tez-tez (10 odamdan 1 dan ko‘pida yuz berishi mumkin)
- diareya
- qorinda og‘riq
- ko‘ngil aynishi
- meteorizm
- qorinda diskomfort
- shakllanmagan ich kelishi
Tez-tez (10 odamdan ko‘pida 1 nafarida yuz berishi mumkin)
- ishtahani yo‘qolishi (anoreksiya)
- bosh aylanishi
- bosh og‘rig‘i
- sanchiq va uvishish (paresteziya) xissi
- ta‘m sezgisini o‘zgarishi
- ko‘rishni buzilishi
- karlik
- teri toshmasi, qichishish
- bo‘g‘imlarda og‘riq (artralgiya)
- charchoq
Tez-tez emas (100 odamdan ko‘pi bilan 1 nafarida yuz berishi mumkin)
- sezish xissini kamayishi (gipesteziya)
- eshitishni buzilishi, quloqlarda jaranglash xissi
- yurak urishini xis qilish
- jigarni yallig‘lanishi (gepatit)
- jiddiy allergik teri reaksiyalari
- quyosh nariga normaga qaraganda sezuvchanroq teri
- kuchsizlik
- o‘zini umumiy yomon xis qilish
- Azibiot® ni qanday saqlash kerak
Ushbu preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.
Ushbu preparatni o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llamang.
Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.
30oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Dori preparatlarni kanalizasiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan tashlab yuborish mumkin emas. Siz boshqa ishlatmaydigan dori preparatlarini qanday yo‘qotish kerakligini farmasevtdan so‘rang. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
- O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar
Azibiot® nima saqlaydi
Faol modda – azitromisin digidrati.
Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka azitromisin digitrati (azitromisin shaklida 250 mg) saqlaydi.
Yordamchi moddalar: tabletka yadrosida mikrokristall sellyuloza, o‘ta jelatinlangan kraxmal, natriy laurilsulfati, gipromelloza, kroskarmelloza natriy, suvsiz kolloid kremniy dioksidi va magniy stearati va plyonka qobiqda Opadray Y-1-7000 (gipromelloza, titan dioksidi va makrogol 400).
Azitroks® preparati va o‘ram ichidagisi qanday ko‘rinishga ega
Oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida «S19» gravirovkali va boshqa tomoni silliq kapsulasimon shakilli tabletkalar.
6 tabletkadan PVDX/PVX alyumin folga blisterda. 1 blisterdan ilova-varaqa bilan birga karton qutida.
Chiqarish shakllari