Bazotsidning aptekalardagi narxlari
BAZOSID kukuni 0,75g N1
|
|
4 ta dorixonada bor
|
33 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
BAZOSID kukuni 1,5g N1
|
|
21 ta dorixonada bor
|
40 800 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Bazotsid ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
BAZOSID
BAZOCID
Preparatning savdo nomi: Bazosid
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ampisillin va sulbaktam
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun
Tarkibi:
Bazosid 0,75 g
Har bir flakon quyidagilarni saqlaydi:
0,5 g suvsiz ampisillinga ekvivalent ampisillin natriy;
0,25 g suvsiz sulbaktamga ekvivalent sulbaktam natriy.
Bazosid 1,5 g
Har bir flakon quyidagilarni saqlaydi:
1,0 g suvsiz ampisillinga ekvivalent ampisillin natriy;
0,5 g suvsiz sulbaktamga ekvivalent sulbaktam natriy.
Ta‘rifi: oqdan deyarli oq rangligacha bo‘lgan kukun.
Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik (penisillinlar guruxi)
ATX kodi: J01CA51
Farmakologik xususiyatlari
Sulbaktam – ko‘p sonli beta–laktam antibiotiklardan har qaysi biri bilan, shu jumladan ampisillin bilan sinergik samara ko‘rsatuvchi yangi yarimsintetik beta–laktam sulfondir. Bu sinergik samara asosan sulbaktamning beta–lamtamazani ingibisiya qiluvchi xususiyatlari bilan bog‘liq.
Sulbaktam bakterial faollikka ega emas, beta–laktamazani ingibisiya qiladi.
Sulbaktam kuchsiz antibakterial faollikka ega, ammo Neisseria gonorrhoeae va Neisseria meningitides ga ta‘sir qiladi. Sulbaktamni ampisillin bilan in vitro sharoitida majmuada qo‘llash ampisillinga chidamli grammusbat va grammanfiy aerob va anaerob bakteriyalarning ampisillinga sezuvchanligini oshiradi. Sulbaktam va ampisillinning 1:2 nisbatdagi majmuasi organizmlarning keng doirasiga, shu jumladan ampisillinga chidamli shtammlar: Staphylococcus aureus, Haemophilus influenza, Escherichia coli, Klebsiella spp. Proteus spp. Neisseria gonorrhoeae va Bacteroides spp. ga ta‘sir qiladi.
Farmakokinetikasi
Bazosid vena ichiga in‘eksiyalar ko‘rinishida qo‘llanganida qon zardobida va siydikda dori vositalarining, sulbaktam va ampisillinni alohida yuborilganidagi kabi bir xil konsentrasiyalari qayd qilinadi.
Mushak ichiga yuborilganidan keyin Bazosid to‘liq o‘zlashtiriladi.
– 1,0 g sulbaktam va 2,0 g ampisillin 15 minut davomida sog‘lom erkak–ko‘ngillilarga yuborilganida qon zardobidagi o‘rtacha cho‘qqi konsentrasiyasi taxminan 60 va 120 mg/l bo‘lgan;
– 0,5 g sulbaktam va 1,0 g ampisillin yuborilganidan keyin zardobdagi o‘rtacha konsentrasiyasi – 13 va 18 mg/l;
– sulbaktam 0,5 g dozada 3 kun davomida sutkada 6 marta sog‘lom odamlarga yuborilganda, preparatni zardobda to‘planishi kuzatilmagan.
Sulbaktam organizmning suyuqliklariga va to‘qimalariga yaxshi kiradi, ayollar jinsiy to‘qimalarida va safroda aniqlanadi. Sulbaktam so‘lakka va serebrospinal suyuqlikka, yo‘ldoshga taqsimlanadi, ko‘krak sutiga chiqariladi.
Dori vositalari 1:1 yoki 1:2 nisbatda qo‘llanganida, sulbaktamning yarim chiqarilish davri 1 soat, bu ampisillinning yarim chiqarilish davriga deyarli mos keladi. Sulbaktam – metabolizmga uchramaydi, u siydik bilan chiqariladi (kalavalar filtrasiyasi va naychalar orqali chiqarilishi), oz miqdori esa safro va axlat bilan chiqariladi.
Farmakokinetik xususiyatlari avvalo yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga, keksa proktologik pasientlarga, jarrohlik operasiyalaridan keyingi pasientlarga ta‘sir qiladi. Homilador ayollarda Bazosidning yarim chiqarilish davrining 30–40 minutgacha kamayishi e‘tiborga olinadi.
Qo‘llanilishi
Bazosid in‘eksiyalari quyidagilarda:
– qorin bo‘shlig‘i ichki infeksiyalarida;
– akusherlik va ginekologik infeksiyalarda;
– teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalarida;
– suyak tizimining infeksion kasalliklarida;
– siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalarida;
– LOR infeksiyalarida;
– nafas yo‘llarining infeksiyalarida;
– gonoreyada;
– jarrohlik aralashuvlaridan keyingi infeksion kasalliklarni oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar uchun tavsiya qilinadigan terapevtik doza: sutkada 1,5 g dan 12,0 g gacha (0,5 g dan 4,0 g gacha sulbaktam va 1,0 g dan 8,0 g gacha ampisillin), har 6–8 soatda yuborish uchun bo‘lingan dozalarda. Og‘ir bo‘lmagan infeksiyalarda dozalar orasidagi interval 12 soatgacha oshirilishi mumkin.
Bolalar, go‘daklar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga tavsiya qilinadigan terapevtik doza sutkada 150 mg/kg ni tashkil qiladi. (sutkada 50 mg/kg sulbaktam va sutkada 100 mg/kg ampisillin).
Kattalarda jarrohlik aralashuvidan keyingi infeksiyalarni oldini olish uchun: 1,5 g dan 3,0 g gacha preparat og‘riqsizlantirish bilan, dozani 24 soat davomida har 6–8 soatda yuborish mumkin.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ampisillin va sulbaktamning eliminasiyasi bir xil, shuning uchun buyraklar faoliyati o‘zgarmagan holda ularning munosabati doimiy qoladi. Bunday pasientlarda Bazosidning dozalari tavsiyalarga muvofiq qo‘llanadi.
Kreatininning darajasi (ml/min/1,73 m3) | Bazosid (yarim chiqarilish davri, soatlar) | Bazosidning tavsiya qilingan dozalari |
≥30
15–29 5–14 |
1
5 9 |
1,5–3,0 g har 6–8 soatda
1,5–3,0 g har 12 soatda 1,5–3,0 g har 24 soatda |
Qon zardobidagi kreatininning darajasi doimiy bo‘lganida, quyidagi formuladan foydalanish mumkin (pasientning jinsi, tana vazni va yoshiga asoslangan):
Erkaklar: tana vazni (kg) x (140–yoshi)
72 x kreatinin darajasi
Ayollar: tana vazni (kg) x (140–yoshi) x 0,85
72 x kreatinin darajasi
Qo‘llash sharoitlari
Bazosid 0,75 g
0,75 g kukun 5 ml in‘eksiya uchun steril suvda eritilsin. Bazosid 3 minut davomida vena ichiga sekin yoki 15 dan 30 minutgacha vena ichiga tomchilab yuboriladi. Shuningdek mushak ichiga chuqur yuborish mumkin, agar mushak ichiga yuborish og‘riq bilan kechsa, dozani 1% li lidokain eritmasida eritish mumkin.
Bazosid 1,5 g
1,5 g kukun 5 ml steril in‘eksiya uchun suvda eritilsin. Bazosid 3 minut davomida vena ichiga sekin yoki 15 dan 30 minutgacha vena ichiga tomchilab yuboriladi. Shuningdek mushak ichiga chuqur yuborish mumkin, agar mushak ichiga yuborish og‘riq bilan kechsa, dozani 1% li lidokain eritmasida eritish mumkin.
Nojo‘ya reaksiyalari
Bazosid in‘eksiyalari yaxshi o‘zlashtiriladi. Yuborilgan joyda og‘riq bo‘lishi mumkin. Diareya va flebit bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Anamnezida penisillinlarga allergik reaksiyalar bo‘lganida va mononukleozi bo‘lgan pasientlarda Bazosid in‘eksiyalarini qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Probenesid sulbaktam va ampisillinning buyraklar orqali chiqarilishini kamaytiradi va yarim chiqarilish davrini uzaytiradi, bu buyraklar faoliyatini buzilishini chaqiradi. Probenesidni bir vaqtda ishlatilishi qonda ampisillin va sulbaktamning darajasini oshiradi.
Allopurinol va ampisillinni bir vaqtda qo‘llash, ampisillinning o‘zini qabul qilgan pasientlarga nisbatan, ikkala preparatni olayotgan pasientlarda toshmalar paydo bo‘lishini chaqiradi. Bazosid va allopurinolni bir vaqtda qo‘llash to‘g‘risida hech qanday ma‘lumotlar yo‘q.
Bazosid va aminoglikozidlar bilan birga qo‘llanmaydi, chunki aminoglikozidlar ampisillin tomonidan faolsizlantiriladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Boshqa beta–laktam antibiotiklari kabi, ushbu majmua homiladorlikda faqat juda zarur hollarda qo‘llanishi mumkin. Bazosidning katta bo‘lmagan konsentrasiyalari ko‘krak sutiga chiqariladi, shuning uchun preparatni emizayotgan ayollarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
In‘eksiya uchun kukun flakonlarda erituvchisi bo‘lgan ampula bilan komplektda.
In‘eksiya uchun kukunli 1 flakon va erituvchili 1 ampula qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton quti.
Saqlash sharoiti
Salqin, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 300S dan pas bo‘ladigan haroratda saqlansin.
Tayyorlangan eritma darhol ishlatiladi.
Ishlatilmagan eritma tashlab yuborilishi kerak.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Chiqarish shakllari