Ташкент
logo
SavatKirish

Biprol

Biprol chiqarish shakllari

BIPROL 0,005 tabletkalari N50
BIPROL 0,005 tabletkalari N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Xemofarm»
BIPROL 0,01 tabletkalari N30
BIPROL 0,01 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Xemofarm»
BIPROL 0,005 tabletkalari N30
BIPROL 0,005 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Xemofarm»
BIPROL 0,0025 tabletkalari N30
BIPROL 0,0025 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Xemofarm»
BIPROL 0,005 tabletkalari N100
BIPROL 0,005 tabletkalari N100
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Xemofarm»
- Biprol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Biprolning tarkibi
- Biprol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Biprol narxi Toshkent dorixonalarida

Biprol qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

BIPROL

dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Qayd etish raqami:

Preparatning savdo nomi: Biprol

Xalqaro patentlanmagan nomi: bisoprolol

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

1 tabletkaning tarkibi: 

Ta‘sir etuvchi modda: 5,000 mg/10,000 mg bisoprolol fumarati;

yordamchi moddalar: 44,500 mg/62,400 mg mikrokristall sellyuloza; 40,000 mg/38,500 mg ludipress LSE (94,7-98,3% laktoza monogidrati, 3-4% povidon); 8,000 mg/11,000 mg makkajo‘xori kraxmali; 0,500 mg/0,600 mg kolloid kremniy dioksidi (aerosil);
1,000 mg/1,250 mg krospovidon (kollidon CL); 1,000 mg/1,250 mg magniy stearati;

qobig‘i: 0,287 mg/0,430 mg titan dioksidi; 0,287 mg/0,430 mg makrogol (polietilenglikol 4000); 1,320 mg/1,968 mg gipromelloza; 0,106 mg/0,172 mg talk.

Ta‘rifi

Dumaloq, ikki tomoni qavariq, qobiq bilan qoplangan oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar. Ko‘ndalang kesimda yadrosi oq yoki arang bilinadigan och sariq tusli oq rangda bo‘ladi.

Farmakoterapevtik guruhi: beta1-selektiv adrenoblokator.

ATX kodi: C07AV07.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Xususiy simpatomimetik faollikka ega bo‘lmagan, membranalarni barqarorlashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatmaydigan selektiv beta1-adrenoblokatordir. Antigipertenziv, antiaritmik va antiangial ta‘sir ko‘rsatadi.

Yuqori bo‘lmagan dozalarda yurakning beta1-adrenoreseptorlarini bloklab, katexolaminlar bilan rag‘batlantirilgan adenozintrifosfatdan siklik adenozinmonofosfatni hosil bo‘lishini kamaytiradi, hujayra ichida kalsiy ionlari oqimini pasaytiradi, manfiy xrono-, dromo-, batmo- va inotrop ta‘sir ko‘rsatadi, atrioventrikulyar (AV) o‘tkazuvchanlikni va qo‘zg‘aluvchanlikni susaytiradi, miokardning qisqaruvchanligini pasaytiradi. Preparatni terapevtik dozasi oshirilganida beta2-adrenobloklovchi ta‘sir ko‘rsatadi. Umumiy periferik qon tomirlarning qarshiligi preparatni qo‘llanishini boshida, birinchi 24 soatda (alfa-adrenoreseptorlar faolligini resiprok oshishi va beta2-adrenoreseptorlarni rag‘batlantirilishini yo‘qotilishi natijasida) oshadi, 1-3 kundan keyin dastlabki holatiga qaytadi, davomli buyurilganida esa qon tomirlarni qarshiligi pasayadi.

Antigipertenziv ta‘siri qonning minutlik hajmini kamayishi, periferik qon tomirlarni simpatik rag‘batlantirilishi, renin-angiotenzin tizimi faolligini pasayishi (reninning dastlabki gipersekresiyasi bo‘lgan bemorlar uchun katta ahamiyatga ega) aorta ravog‘i baroreseptorlarining sezuvchanligini tiklanishi bilan (arterial bosimni (AB) pasayishiga javoban ularning faolligini kuchayishi yuz bermaydi) va markaziy nerv tizimiga ta‘siri bilan bog‘liq. Arterial gipertenziyada samarasi 2-5 kundan keyin, barqaror ta‘siri – 1-2 oydan keyin yuz beradi.

Antianginal ta‘siri yurak qisqarishlari sonini kamayishi va miokardni qisqaruvchanligini pasayishi, diastolani uzayishi, miokard perfuziyasini yaxshilanishi natijasida miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamayishi bilan bog‘liq. Yurakning chap qorinchasida oxirgi diastolik bosimni oshishi va qorinchalarning mushak tolalarini cho‘zilishi hisobiga, ayniqsa surunkali yurak yetishmovchiligi (SYUE) bo‘lgan pasientlarda, kislorodga bo‘lgan ehtiyojni oshirishi mumkin.

Antiaritmik ta‘siri aritmogen omillarni (taxikardiya, simpatik nerv tizimi faolligini oshishi, siklik adenozinmonofosfatni oshgan miqdori, arterial gipertenziya) yo‘qotilishi, ritmni sinus va ektopik yurgizuvchilarining o‘z-o‘zidan qo‘zg‘alishi tezligini kamayishi va AV o‘tkazuvchanlikni (asosan antegrad va, kam darajada retrograd yo‘nalishlarda) sekinlashishi bilan bog‘liq.

O‘rtacha terapevtik dozalarda qo‘llanganida selektiv bo‘lmagan beta-adrenoblokatorlardan farqli ravishda, beta2-adrenoreseptorlarni saqlaydigan a‘zolarga (me‘da osti bezi, skelet mushaklari, periferik arteriyalar, bronxlar va bachadonning silliq mushaklari) va uglevod almashinuviga kam darajada ta‘sir qiladi, organizmda natriy ionlarini tutilib qolishini chaqirmaydi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi. So‘rilishi – 80-90% ni tashkil qiladi, ovqat qabul qilish preparatni so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi 1-3 soatdan keyin kuzatiladi. Biokiraolishligi – taxminan 90%. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 30%.

Taqsimlanishi. Taqsimlanish hajmi 3,5 l/kg ni tashkil qiladi. Gematoensefalik to‘siq va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tuvchanligi – past.

Metabolizmi. CYP3A4 (95% gacha) va CYP2D6 izofermentlari ishtirokida jigarda metabolizmga uchraydi. Jigar orqali «boshlang‘ich o‘tish» samarasi kam (taxminan 10%). Bisoprololning biotransformasiyasi qalqonsimon bezning giperfunksiyasi bo‘lgan pasientlarda tezlashmaydi.

Chiqarilishi. Umumiy klirensi soatiga 15,6±3,2 l ni, buyrak klirensi – soatiga 9,6±1,6 l ni tashkil qiladi. Bisoprololning muvozanatlangan klirensi, uni buyraklar orqali o‘zgarmagan holda (taxminan 50%) chiqarilishi va keyinchalik shuningdek buyraklar orqali; ichak oraqali 2% dan kamroq (safro bilan) chiqariladigan, jigarda nofaol metabolitlargacha oksidlanishi (taxminan 50%) orasida muvozanat bilan belgilanadi. Organizmda to‘planmaydi. Yarim chiqarilish davri 9-12 soat.

Bisoprololning farmakokinetikasini dozaga bog‘liqligi bir xil xarakterga ega. Bisoprololning farmakokinetikasi barqaror bo‘lib, pasientning yoshi va jinsiga bog‘liq emas.

O‘ziga xos klinik holatlarda farmakokinetikasi

Buyrak yetishmovchiligi. Buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlarida (kreatinin klirensi minutiga 20 ml dan kam) va anuriyasi bo‘lgan pasientlarda yarim chiqarilish davri 2 martadan ortiqqa oshishi mumkin.  

Jigar yetishmovchiligi. Og‘ir jigar yetishmovchiligida yarim chiqarilish davrini 13-15 soatgacha oshishi aniqlanadi.

Surunkali yurak yetishmovchiligi. Surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA tasnifi bo‘yicha III funksional sinf) bo‘lgan pasientlarda bisoprololning qon plazmasidagi konsentrasiyasi, sog‘lom ko‘ngillilardagiga nisbatan yuqoriroq, yarim chiqarilish davri esa 17 soatgacha oshadi.

 

Qo‘llanilishi

  • Arterial gipertenziya;
  • Yurakning ishemik kasalligi: stenokardiya xurujlarini oldini olishda qo‘llaniladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Bisoprolol, preparatning boshqa komponentlariga va boshqa beta-adrenoblokatorlarga yuqori sezuvchanlik; shok (shu jumladan kardiogen shok); o‘pka shishi; o‘tkir yurak yetishmovchiligi yoki inotrop terapiyani o‘tkazishni talab etuvchi dekompensasiya bosqichidagi SYUE, elektrokardiostimulyatorsiz II-III darajali AV blokada; sinoatrial blokada; sinus tugunini kuchsizligi sindromi; yaqqol bradikardiya (yurak qisqarishlari soni minutiga 60 zarbdan kam); Prinsmetall stenokardiyasi, kardiomegaliya (yurak yetishmovchiligining belgilarisiz); og‘ir arterial gipotenziya (sistolik AB 100 mm sim. ust. dan kam), ayniqsa miokard infarktida; og‘ir bronxial astma va anamnezidagi o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK); floktafeninni, sultopiridni, monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlarini (MAO-V dan tashqari) bir vaqtda qabul qilish, verapamil yoki diltiazemni bir vaqtda vena ichiga yuborish; periferik qon aylanishini og‘ir buzilishlari, Reyno sindromi; feoxromositoma (alfa-adrenoblokatorlarini bir vaqtda ishlatmasdan); metabolik asidoz; 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlarda (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan) qo‘llash mumkin emas.

Laktaza tanqisligi, laktozani o‘zlashtira olmaslik, laktoza/izomaltozani kam so‘rilish sindromida (preparatning tarkibiga laktoza kiradi) qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Og‘ir jigar yetishmovchiligi, og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 20 ml dan kam), miasteniya, tireotoksikoz, qandli diabet (gipoglikemiya simptomlarini niqoblashi mumkin), anamnezida ilgari allergik reaksiyalar bo‘lganiga ko‘rsatma, I darajali AV blokada, depressiya (shu jumladan anamnezdagi), psoriaz, bronxial astma, O‘SOK, periferik qon aylanishini buzilishi, qat‘iy parhezda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Bisoprolol bevosita sitotoksik, mutagen va teratogen ta‘sir ko‘rsatmaydi, lekin homiladorlikni kechishiga va/yoki homilaga yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqqa zararli ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan farmakologik samaralarga ega.

Odatda beta-adrenoblokatorlar yo‘ldoshda qon oqimini (perfuziyani) kamaytiradi, bu homilani o‘sishini sekinlashishiga, homilani ona qornida nobud bo‘lishiga, homilani tushib qolishiga yoki muddatidan oldin tug‘ruqqa olib keladi. Homilada va yangi tug‘ilgan bolada ona qornidagi rivojlanishini sekinlashishi, gipoglikemiya, bradikardiya kabi patologik reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin.

Biprolni homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Faqat, agar ona uchun foyda homila va/yoki bolaga bo‘lgan nojo‘ya samaralarini rivojlanishining potensial xavfidan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llanishi mumkin. Biprol preparati bilan davolash zarur holat sifatida qaralgan hollarda yo‘ldoshda va bachadonda qon oqimini tekshirish, shuningdek homilani o‘sishi va rivojlanishini kuzatish kerak. Homiladorlik va/yoki homilaga nisbatan noxush holatlar paydo bo‘lganida, muqobil davolash usullarini qo‘llash kerak.

Tug‘ruqdan keyin yangi tug‘ilgan chaqaloqni sinchiklab tekshirish kerak. Gipoglikemiya va bradikardiya simptomlari, odatda hayotining birinchi 3 kunida paydo bo‘lishi mumkin.

Bisoprololni ona sutiga o‘tishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Shuning uchun ayollar Biprol preparatini emizish davrida qabul qilishlari tavsiya qilinmaydi.

Preparatni laktasiya davrida qo‘llash zarurati tug‘ilganda, emizishni to‘xtatish lozim.

Qo‘llash usuli va dozalari

Biprol preparati sutkada 1 marta ertalab, nonushtagacha, nonushta vaqtida yoki undan keyin oz miqdordagi suv bilan ichga qabul qilinadi. Tabletkalarni chaynash yoki maydalash mumkin emas. Barcha hollarda qabul qilish tartibi va dozani har bir pasientga shaxsiy ravishda, yurak qisqarishlari soni va pasientning holatini hisobga olgan holda, shifokor tanlaydi.

Arterial gipertenziya va yurak ishemik kasalligida preparat sutkada 1 marta 5 mg dan buyuriladi. Zarurati bo‘lganida doza sutkada 1 marta 10 mg gacha oshiriladi. Arterial gipertenziya va stenokardiyada maksimal sutkalik doza sutkada 1 marta 20 mg ni tashkil qiladi.

Buyrak faoliyatini og‘ir buzilishi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 20 ml dan kam) yoki jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari bo‘lgan pasientlar uchun maksimal sutkalik doza sutkada 1 marta 10 mg ni tashkil qiladi. Bunday pasientlarda dozani oshirishni maxsus ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish lozim.

Keksa yoshdagi pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Nojo‘ya ta‘siri

Quyida keltirilgan nojo‘ya samarlarning tez-tezligi Jahon sog‘liqni saqlash Tashkilotining (JSST) tasnifiga muvofiq ko‘rsatilgan: juda tez-tez – 10% dan ortiq; tez-tez – 1% dan ortiq va 10% dan kam; tez-tez emas – 0,1% dan ortiq va 1% dan kam; kam hollarda – 0,01% dan ortiq va 0,1% dan kam; juda kam hollarda – 0,01% dan kam, shu jumladan alohida holatlar.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez – kuchli toliqish, asteniya, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i. Odatda bu holatlar davolashning boshida rivojlanadi, va odatda sezilarli namoyon bo‘lmaydi va 1-2 hafta davomida o‘tib ketadi; tez-tez emas – uyquni buzilishi, depressiya; kam hollarda – tungi dahshatlar, gallyusinasiyalar, hushdan ketish.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda tez-tez – bradikardiya, yurakni tez urib ketish hissi; tez-tez – arterial bosimni yaqqol pasayishi (ayniqsa SYUE bo‘lgan pasientlarda), angiospazm ko‘rinishlari (periferik qon aylanishi buzilishini kuchayishi, qo‘l-oyoqlarni sovib ketish hissi (paresteziyalar)); tez-tez emas – AV o‘tkazuvchanlikni buzilishi (hatto to‘liq ko‘ndalang blokada va yurakni to‘xtab qolishi rivojlangunicha), aritmiyalar, periferik shishlar (to‘piqlar, oyoq panjasini shishi) va hansirashni rivojlanishi bilan kechuvchi SYUE ni og‘irlashishi, ortostatik gipotenziya, ko‘krakda og‘riq.

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq, qabziyat, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining qurishi; kam hollarda – gepatit, “jigar” transaminazalari (alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza) faolligini oshishi, bilirubin konsentrasiyasini oshishi.

Nafas tizimi tomonidan: tez-tez emas – bronxial astmasi va nafas yo‘llarining obstruktiv kasalliklari bo‘lgan pasientlarda laringo- va bronxospazm; kam hollarda – allergik rinit, burunni bitishi.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: tez-tez emas – mushak kuchsizligi, boldir mushaklarida tirishishlar, artralgiya.

Sezgi a‘zolari tomonidan: kam hollarda – ko‘rishni buzilishi, ko‘z yoshi suyuqligi ajralishini kamayishi (kontakt linzalarni taqqanda hisobga olish lozim), eshitishni buzilishi, ta‘m sezishni o‘zgarishi; juda kam hollarda – ko‘zni qurishi va og‘rishi, kon‘yunktivit.

Teri qoplamalari tomonidan: kam hollarda – ter ajralishini kuchayishi, psoriazsimon teri reaksiyalari, juda kam hollarda – alopesiya, psoriazni kechishini zo‘rayishi.

Endokrin tizimi tomonidan: kam hollarda – gipoglikemiya.

Siydik-tanosil  tizimi tomonidan: kam hollarda – potensiyani buzilishi, libidoni zaiflashishi,

Immun tizimi tomonidan: kam hollarda – davolash tugaganidan keyin yo‘qoluvchi yuguriksimon sindromning g‘ayri-tabiiy klinik simptomatikasi bilan kechuvchi aninuklear antitelalarni paydo bo‘lishi.

Allergik reaksiyalar: kam hollarda – teri giperemiyasi, terini qichishish, teri toshmasi, eshakemi.

Laboratoriya ko‘rsatkichlari: kam hollarda – gipertrigliseridemiya; juda kam hollarda – trombositopeniya, agranulositoz, leykopeniya.

Boshqalar: kam hollarda – «bekor» qilish sindromi (stenokardiya xurujlarini kuchayishi, arterial bosimni oshishi).

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: aritmiya, yurak qorinchalari ekstrasistoliyasi, yaqqol bradikardiya, AV blokada, arterial bosimni yaqqol pasayishi, o‘tkir yurak yetishmovchiligi, gipoglikemiya, akrosianoz, nafasni qiyinlashishi, bronxospazm, bosh aylanishi, hushdan ketish holati, tirishishlar.

Davolash: me‘dani yuvish va adsorbsiya qiluvchi dori vositalarini buyurish, simptomatik davolash ni o‘tkazish. Yaqqol bradikardiyada – atropinni vena ichiga yuborish. Agar yetarli samara kuzatilmasa, musbat xronotrop ta‘sirga ega vositalarni ehtiyotkorlik bilan yuborish kerak. Ba‘zida yurak ritmini sun‘iy boshqaruvchisini vaqtinchalik qo‘yish talab etilishi mumkin.

AV blokada rivojlanganida – vena ichiga (v/i) 1-2 mg atropin, epinefrin yoki vaqtinchalik kardiostimulyator o‘rnatish kerak.

Yurak qorinchalari ekstrasistoliyasida – lidokain (Ia sinfi preparatlari qo‘llanmaydi); Arterial bosimni yaqqol pasayishida – pasientni Trendelenburg holatiga o‘tkazish kerak; agar o‘pka shishi belgilari bo‘lmasa – plazma o‘rnini bosuvchi eritmalarni vena ichiga yuborish, ularning samarasi bo‘lmaganida – epinefrin, dopamin, dobutaminni (xronotrop va inotron ta‘sirini tutib turish uchun va arterial bosimni yaqqol pasayishini bartaraf etish uchun) yuborish.

Gipoglikemiyada dekstroza (glyukoza) eritmasini vena ichiga yuborish lozim bo‘lishi mumkin. Yurak yetishmovchiligida – yurak glikozidlari, diuretiklar buyurish lozim. Tirishishlarda – vena ichiga diazepam yuboriladi. Bronxospazmda – beta2-adrenomimetiklar ingalyasiyasi buyuriladi.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Floktafenin. Floktafeninni qo‘llash oqibatidagi shok yoki arterial gipotenziya holatlarida, beta-adrenoblokatorlar kompensator yurak-qon tomir reaksiyalarini susayishini chaqiradi (birga qo‘llash mumkin emas).

Sultoprid. Additiv samara yuz berishi tufayli, yaqqol bradikardiya rivojlanishi mumkin (birga qo‘llash mumkin emas).

MAO ingibitorlari. Bir vaqtda qo‘llash (MAO-V dan tashqari) tavsiya qilinmaydi, chunki antigipertenziv ta‘sirini sezilarli kuchayish ehtimoli yuqori bo‘ladi. MAO ingibitorlari va bisoprololni qabul qilish orasidagi davolashdagi tanaffus kamida 14 kunni tashkil qilishi kerak.

«Sekin» kalsiy kanallarining blokatorlari (verapamil va diltiazem). Biprol preparati bilan davolanish vaqtida verapamil yoki diltiazemni, boshqa antiaritmik preparatlarni vena ichiga yuborish mumkin emas.

Ta‘sir sinergizmi tufayli arterial bosim keskin pasayishi, yurak avtomatizmini buzilishi (yaqqol bradikardiya, sinus tugunini to‘xtab qolishi), AV o‘tkazuvchanlikni buzilishi, yurak yetishmovchiligi) yuz berishi mumkin. Bunday majmuani buyurish zarurati tug‘ilganda, pasientlarni, ayniqsa keksa yoshdagi pasientlarni va davolashning boshida sinchkov klinik va elektrokardiografik kuzatuvi talab etiladi.

I sinf antiaritmik vositalari (masalan, xinidin, dizopiramid, lidokain fenitoin; flekainid, propafenon) – bir vaqtda qo‘llanganda AV o‘tkazuvchanlik va miokardning qisqaruvchanlik qobiliyati pasayishi mumkin (bisoprolol bilan majmuada qo‘llashga yo‘l qo‘ymaslik kerak).

III sinf antiaritmik vositalari (masalan, amiodaron). Bisoprolol bilan birga qo‘llanganda simpatik kompensator mexanizmlarni susayishi tufayli, yurak qisqaruvchanligi, avtomatizmi va o‘tkazuvchanligi buzilishi mumkin (bunday majmuaga yo‘l qo‘ymaslik kerak).

Markaziy ta‘sirga ega antigipertenziv vositalar (klonidin, apraklonidin, alfa-metildopa, guanfansin, moksonidin, rilmenidin). Birga qo‘llanganda yaqqol bradikardiyani, sinus tugunini to‘xtab qolishi, AV o‘tkazuvchanlikni buzilishi, arterial bosimni keskin pasayishi, yurak yetishmovchiligini rivojlanish xavfi oshishi mumkin  (sinergik ta‘sir). Bunday majmuaga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bunday majmuani qo‘llash zarurati tug‘ilganda, pasientlarni, ayniqsa keksa yoshdagi pasientlarni va davolashning boshida sinchkov klinik va elektrokardiografik nazorati talab etiladi. Markaziy ta‘sirga ega antigipertenziv vositani keskin bekor qilinganda arterial bosim keskin oshib ketishi mumkin.

Yurak glikozidlari. Yurak qisqarishlari soni kamayadi, o‘tkazuvchanligi buziladi.

Mahalliy qo‘llanadigan beta-adrenoblokatorlar (masalan, glaukomani davolash uchun ko‘z tomchilari) bisoprololning tizili ta‘sirini kuchaytirishi mumkin (arterial bosim pasayishi, yurak qisqarishlari soni kamayishi mumkin).

Kalsiy kanallarining blokatorlari (masalan, nifedipin). Arterial bosim haddan tashqari pasayishi mumkin.

Parasimpatomimetiklar. Birga qo‘llanganda bradikardini rivojlanish xavfi oshadi.

Mefloxin. Bisoprolol birga qo‘llanishi bradikardini rivojlanish xavfini oshiradi (additiv ta‘sir).

Fenitoin vena ichiga yuborilganida, ingalyasion umumiy anesteziya uchun dori vositalari (uglevodorodlarning hosilalari) kardiodepressiv ta‘sir yaqqolligini va arterial bosimni pasayish ehtimolini oshiradi.

Odnovremennoe primenenie s beta-adrenomimetikami (naprimer, izoprenalin dobutamin) mojet privodit k snijeniyu effekta oboix preparatov.

Bisoprololni beta- va alfa- adrenoreseptorlarga ta‘sir qiluvchi adrenomimetiklar (masalan, norepinefrin, epinefrin) bilan bir vaqtda qo‘llanishi, alfa-adrenoreseptorlarga ta‘siri oqibatida yuz beruvchi bu vositalarning vazokonstriktor ta‘sirini kuchaytirib, arterial bosimni oshishiga olib keladi. Bunday o‘zaro ta‘sirlar noselektiv beta-adrenoblokatorlar qo‘llanganda kuzatilishi mumkin.

Bisoprolol insulin va ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalarning samardorligini o‘zgartirishi, avj oluvchi gipoglikemiya simptomlarini (taxikardiya, arterial bosimni oshishi) niqoblashi mumkin.

Bisoprolol lidokain va ksantinlarning (difillindan tashqari) klirensini pasaytiradi va plazmada, ayniqsa chekish ta‘siri ostida teofillinning oldindan oshgan klirensi bo‘lgan pasientlarda ularning konsentrasiyasini oshiradi.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (natriy ionlarini tutilishi va buyraklarda prostaglandinlar sintezini blokadasi tufayli), glyukokortikosteroidlar va estrogenlar (natriy ionlarini tutilishi) gipotenziv samarani susaytiradi.

Diuretiklar, klonidin, simpatolitiklar, gidrolazin va boshqa gipotenziv dori vositalari. Arterial bosimni haddan tashqari pasayish xavfini oshiradi.

Qutbsizlanmaydigan miorelaksantlar ta‘sirini va kumarinlarning antikoagulyant samarasini uzaytiradi.

Tri- va tetrasiklik antidepressantlar, antipsixotik dori vositalari (neyroleptiklar), etanol, sedativ va uxlatuvchi dori vositalari MNT ni susayishini kuchaytiradi.

Gidratlanmagan shoxkuya alkaloidlari periferik qon aylanishi buzilishini rivojlanishi xavfini oshiradi.

Ergotamin periferik qon aylanishi buzilishini rivojlanish xavfini oshiradi. Sulfasalazin bisoprololning plazmadagi konsentrasiyasini oshiradi.

Rifampisin bisoprololning yarim chiqarilish davrini qisqartiradi.

Immun terapiya uchun ishlatiladigan allergenlar yoki teri sinamasi uchun allergenlarning ekstraktlari og‘ir tizimli allergik reaksiyalar yoki bisoprolol olayotgan bemorlarda anafilaksiya paydo bo‘lishining xavfini oshiradi.

Vena ichiga yuborish uchun yod saqlovchi rentgenokontrast dori vositalari anafilaktik reaksiyalarni rivojlanish xavfini oshiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat bilan davolash odatda uzoq muddatlidir.

Davolashni boshlashdan oldin anamnezida ilgari bronx-o‘pka kasalliklari bo‘lgan bemorlarda tashqi nafas faoliyatini tekshirishni o‘tkazish tavsiya qilinadi. Bronxospastik kasalliklari bo‘lgan pasientlarda, boshqa gipotenziv dori vositalarini o‘zlashtiraolmaslikda va/yoki samarasi yetarli bo‘lmagan hollarda, bisoprololni buyurish mumkin. Dozani oshirib yuborish bronxospazmni rivojlanishi bilan xavflidir.

Biprol qabul qiladigan bemorlarni nazorati yurak qisqarishlari sonini va arterial bosimni o‘lchashni (davolanishni boshida – har kuni, so‘ngra 3-4 oyda 1 marta), elektrokardiogrammani o‘tkazishni, qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qondagi glyukoza miqdorini aniqlashni (4-5 oyda 1 marta) o‘z ichiga olishi kerak. Keksa pasientlarda buyraklar faoliyatini (4-5 oyda 1 marta) kuzatish tavsiya qilinadi. Bemorga yurak qisqarishlari sonini hisoblash usulini o‘rgatish va u minutiga 50 zarbdan kam bo‘lganida shifokor maslahati zarurligini tushuntirish kerak.

Stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarning taxminan 20% da beta-adrenoblokatorlar samarasiz. Asosiy sabablari – ishemiya bo‘sag‘asi past bo‘lgan og‘ir koronar ateroskleroz (yurak qisqarishlari soni minutiga 100 zarbdan kam) va chap qorinchaning subendokardial qon oqishini buzuvchi oxirgi diastolik hajmni oshishi hisblanadi.

«Chekuvchilar»da beta- adrenoblokatorlarning samarasi pastroq.

Kontakt linzalardan foydalanadigan bemorlar, davolash fonida ko‘z yoshi suyuqligi hosil bo‘lishini kamayishi mumkinligini hisobga olishlari kerak.

Feoxromasitomasi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanilganida paradoksal arterial gipertenziyani rivojlanish xavfi (agar oldindan samarali alfa-adrenobloklashga erishilmagan bo‘lsa) bor.

Tireotoksikozda bisoprolol tireotoksikozning ayrim klinik belgilarini (masalan, taxikardiyani) niqoblashi mumkin. Tireotoksikozi bo‘lgan bemorlarda preparatni keskin bekor qilish mumkin emas, chunki belgilarini kuchaytirishi mumkin.

Qandli diabetda gipoglikemiya chaqirgan taxi

Biprol barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Biprol savollari

Biprol fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil