Apteka.uz
SavatKirish

Dentokind

Dentokind chiqarilish shakllari

DENTOKIND tabletkalari N150
Retseptsiz
DENTOKIND tabletkalari N150
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Deutsche Homoeopathie-Union DHU-Arzneimittel GmbH & Co.KG
•16 ta dorixonada bor
Narxi
79 000 so'm dan
DENTOKIND A  tabletkalari N150
Retseptsiz
DENTOKIND A tabletkalari N150
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Dr.Gustav Klein GmbH & Co. KG
•101 ta dorixonada bor
Narxi
79 900 so'm dan
- Dentokind qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Dentokindning tarkibi
- Dentokind ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Dentokind narxi Toshkent dorixonalarida

Dentokind qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Germaniya
Kategoriya

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Bolalarda sut tishlari chiqishidagi og'riqli simptomlarni davolash, masalan: milklarning og'riqli sezuvchanligi, shishi va yallig'lanishi; bezovtalik va ta'sirchanlik; isitma; otalgiya, diareya

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • Preparat tarkibining alohida komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik; laktoza tanqisligi, laktozani o‘zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi.

Tarkibi

  • Belladonna (belladonna) D6 15mg, Chamomilla recutita (xamomilla) D6 15mg, Ferrum phosphoricum (ferrum fosforikum) D6 15mg, Hepar sulfuris (gepar sulfuris) D12 15mg, Pulsatilla pratensis (pulsatilla pratensis) D6 15mg. yordamchi komponentlar: mikrokristall tsellyuloza, laktoza monogidrati, talk, magniy stearati.

Farmakologik ta'siri

Kompleks gomeopatik preparat, ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan bog'liq

Nojo'ya ta'sirlar

  • Allergik reaktsiyalar bo'lishi mumkin. Hozirgi vaqtgacha nojo'ya ta'sirlar yuzaga kelganligi haqida ma'lumot kelib tushmagan. Nojo'ya ta'sirlar yuzaga kelganda shifokorga murojaat qilish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha doza oshirib yuborilishi holatlari qayd etilmagan. Qo‘llashda ehtiyotkorlik choralari. Preparatni qo‘llash alohida ehtiyotkorlik choralarini talab etmaydi.

Dori shaklining ta'rifi

  • Shimish uchun tabletkalar

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Ma’lum emas. Agar bolangiz boshqa Dori vositalarini, shu jumladan retseptsiz sotib olinadigan dorilarni qabul qilayotgan yoki yaqin o‘tmishda qabul qilgan bo‘lsa, bu haqda shifokoringizga xabar bering

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DENTOKIND

DENTOKIND

 

Preparatning savdo nomi: Dentokind

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka (100 mg) quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 15 mg Belladonna trit. D6, 15 mg Chamomilla trit. D6, 15 mg Ferrum phosphoricum trit. D6, 15 mg Hepar sulfuris trit. D12, 15 mg Pulsatilla trit. D6;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati, talk, magniy stearati.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq, ikki tomoni yassi, chetlari kesilgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruxi: gomeopatik vositalar.

Farmakologik xususiyatlari

Gomeopatik davolash usuli kasallikni tushunish ma‘nosida va dori substansiyalarini qo‘llanishida an‘anaviy tibbiyotdan ahamiyatli farq qiladi. Gomeopatik vositalar organizmning shaxsiy himoya kuchlarini rag‘barlantiradi, hamda o‘zini-o‘zi davolash qobiliyatini faollashtiradi. Gomeopatik vositalarga organizmning javobi yuqori shaxsiy. Shu sabablarga ko‘ra doza-spesifik samarani, shuningdek farmakodinamik va farmakokinetik ma‘lumotlarni aniqlashning imkoniyati yo‘q.

Qo‘llanilishi

Emizikli va kichik yoshdagi bolalarning tishlarini chiqishidagi og‘riqli holatlar, shuningdek qo‘zg‘aluvchanlik, bezovtalik, otalgiya (quloqlarda og‘riq), milklarda og‘riq, yengil isitma va ich ketishida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kasallikning o‘tkir simptomlarida 1 tabletkadan har bir soatda, lekin kuniga 6 tabletkadan ko‘p emas.

Simptomlar kamayganidan keyin 1 tabletkadan kuniga 3 marta.

1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kasallikning o‘tkir simptomlarida 2 tabletkadan har bir soatda, ammo kuniga 12 tabletkadan ko‘p emas.

Simptomlar kamaygandan keyin 2 tabletkadan kuniga 3 marta.

Dentokindni ovqat va ichimliklar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Tabletkalarni og‘izda asta-sekin erishiga yo‘l qo‘yib, ovqatlanishdan yarim soat oldin yoki yarim soat keyin qabul qilish ma‘qulroq. Emizikli bolalarni davolashda tabletkalarni ozgina miqdordagi suv bilan eritish mumkin.

Agar Siz dori vositasini qabulini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, bolaga preparatni ikki martalik dozasini bermang.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Hozirgi vaqtgacha noma‘lum. Agar farzandingizda preparatni qabulidan keyin nojo‘ya samaralari paydo bo‘lsa, shifokoringizni xabardor qiling.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga va uning hosilalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Hozirgi vaqtgacha noma‘lum. Agar farzandingiz boshqa dori vositalarini qabul qilgan yoki qabul qilayotgan bo‘lsa, shifokoringizga xabar bering.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Gomeopatik dori vositalari qo‘llanganida kasallikning belgilari vaqtinchalik birlamchi yomonlashishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qo‘llashni bekor qilish va shifokor bilan maslaxatlashish kerak.

Agar Siz, farzandingiz Dentokindga yetarlicha javob bermayotgan bo‘lsa yoki unda kutilmagan simptomlar paydo bo‘lsa, iltimos shifokorga murojaat qiling.

Preparat laktoza (sut qandi) saqlaydi. Agar shifokoringiz, Sizga farzandingizni ayrim saxarozalarni o‘zlashtiraolmasligini aytgan bo‘lsa, shifokor bilan dori vositasini qo‘llashdan oldin maslaxatlashing.

Preparat yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Xozirgi vaqtgacha noma‘lum.

 

Chiqarilish shakli

100 mg dan tabletkalar, 150 tabletkalar shisha flakonlarda; 1 flakondan karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Alohida sharoit talab qilmaydi.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Dentokind preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Dentokind narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
89 000 so'm
Bron qilish
D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
89 000 so'm
Bron qilish
A1
Uchtepa tumani, Chilonzor 12 daha, 18 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
79 000 so'm
Feruza Nur Med
Shayxontoxur tumani, Taxtapul ko'ch., 341 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-18:00
85 000 so'm

Dentokind barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Dentokind haqida savollar

Dentokind haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.8, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil