Apteka.uz
SavatKirish

Dotsetaksel

- Dotsetaksel qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Dotsetakselning tarkibi
- Dotsetaksel ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Dotsetaksel narxi Toshkent dorixonalarida

Dotsetaksel qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Qozog’iston,
Hindiston
Kategoriya
Faol modda

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DOSETAKSEL

DOCETAXEL

 

Preparatning savdo nomi: Dosetaksel

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): dosetaksel

Dori shakli: infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat.

Tarkibi:

Har bir hajmdagi flakon quyidagilarni saqlaydi: 1 ml 2 ml 4 ml
faol modda:

dosetaksel, mg

20,0 40,0 80,0
yordamchi moddalar:

suvsiz limon kislotasi, mg

farmakopeyaga oid suvsiz etanol, ml

polisorbat 80, ml

 

4,0

0,5

1,0 gacha

8,0

1,0

2,0 gacha

16,0

2,0

4,0 gacha

Ta‘rifi: tiniq, biroz sariq rangli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: o‘smalarga qarshi vosita, alkaloid.

ATX kodi: L01CD02.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Dosetaksel o‘simliklardan olingan (toksoidlar guruhi) o‘smalarga qarshi preparat hisoblanadi. Tubulinni barqaror mikronaychalarga birlashtirib va ularning parchalanishini susaytirish qobiliyatiga ega, preparat o‘sma xujayralarida mitoz fazasini va fazalar orasidagi jarayonni izdan chiqaradi.

Dosetaksel hujayralarda uzoq vaqt saqlanganida, xujayra ichida yuqori konentrasiyasiga erishadi. Bundan tashqari, dosetaksel r-glikoproteinni yuqori darajada ekspressiyalovchi, dorili polirezistentlik geni bilan boshqariladigan, alohida (barchasi emas) xujayralar qatorlariga nisbatan faollika ega. In vivo sharoitida dosetaksel mayda kemiruvchilarning o‘smalariga va odamni ko‘chirib o‘tkazilgan o‘smalariga nisbatan keng faollik doirasiga ega.

Farmakokinetikasi

Dosetakselning kinetikasi dozaga bog‘liq va terminal yarim chiqarilish davri 11,1-18,5 soat bo‘lgan uch fazali farmakokinetika modeliga muvofiq keladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 95% ni tashkil qiladi.

Dosetakselning klirensi tana yuzasining maydoniga, jigar funksiyasiga va plazma oqsillarining konsentrasiyasiga bog‘liq. Dosetaksel jigarda metabolizmga uchraydi, 75% metabolit safro bilan chiqariladi, 10% dan kamrog‘i siydik bilan chiqariladi. Buyrak yetishmovchiligida dosetakselni klirensi taxminan 30% ga kamayadi.

Poliximioterapiya vaqtida preparatlarni yuborish ketma-ketligi dosetakselning klirensini o‘zgartirishi mumkin.

Qo‘llanilishi

  • Sut bezining raki (SBR)

Operasiya qilish mumkin bo‘lgan SBR (doksorubisin va siklofosfamid bilan majmuada ad‘yuvant ximioterapiya):

  • mahalliy limfa tugunlarini shikastlanishi bilan kechuvchi;
  • SBR ning erta bosqichlarida birlamchi ximioterapiya uchun o‘rnatilgan xalqaro mezonlarga muvofiq ximioterapiyani o‘tkazish ko‘rsatilgan, mahalliy limfa tugunlari shikastlanmagan pasientlar (qaytalanish rivojlanishi yuqori xavfini bir yoki undan ortiq omillari mavjud bo‘lganda: o‘smaning o‘lchami 2 sm dan ortiq bo‘lsa, estrogen va progesteron reseptorlarining statusi manfiy, xavfli o‘smaning yuqori gistologik darajasi (2-3 bosqichi), 35 yoshdan kichik bemorlar).

Metastatik va/yoki mahalliy–tarqalgan SBR:

  • mahalliy-tarqalgan yoki metastatik SBR (doksorubisin bilan 1-qator davolash);
  • HER 2 o‘sma giperekspressiyasi yuqori bo‘lgan metastatik SBR (trastuzumab bilan majmuada birinchi qator davolash);
  • antrasiklinlar yoki alkillovchi vositalarni (monoterapiyada) o‘z ichiga olgan oldingi sitotoksik ximiyaterapiya samarali bo‘lmagan yoki antrasiklinlarni (kapesitabin bilan majmuada) o‘z ichiga olgan avvalgi ximioterapiya samarasiz bo‘lgan (kapesitabin bilan majmuada) mahalliy-tarqalgan yoki metastatik SBR.
  • O‘pkaning mayda hujayrali bo‘lmagan raki

Operasiya qilib bo‘lmaydigan, mahalliy-tarqalgan yoki metastatik mayda hujayrali bo‘lmagan o‘pka raki (sisplatin yoki karboplatin bilan majmuada) bo‘lgan bemorlarni, 1-qator davolash sifatida yoki 2-qator monoterapiya sifatida.

  • Tuxumdonlarning metastatik raki

2-qator davolash.

  • Bosh va bo‘yin raki

Bosh va bo‘yinning mahalliy-tarqalgan yassi hujayrali raki (sisplatin va 5-ftorurasil bilan majmuaviy induksion davolash).

  • Prostata bezining raki

Gormonal davolashga refrakter bo‘lgan prostata bezining metastatik raki (prednizon yoki prednizolon bilan majmuada).

  • Me‘da raki

Me‘daning metastatik raki, shu jumladan qizilo‘ngach-me‘da o‘tish sohasidagi rakida (sisplatin va 5-ftorurasil bilan majmuada birinchi qator davolash) qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Dosetaksel sitotoksik ximioterapiyaga ixtisoslashtirilgan bo‘limlarda, faqat rakka qarshi ximioterapiyani qo‘llashda tajribasiga ega bo‘lgan terapevtning nazorati ostida qo‘llanishi lozim.

Infuzion eritmani tayyorlash

Dosetaksel, infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat 20 mg/1ml, 40 mg/2 ml yoki
80 mg/4 ml erituvchi yordamida taxminiy suyultirishni talab etmaydi, chunki u infuzion eritmaga qo‘shish uchun tayyor.

Agar flakonlar sovutgichda saqlansa, u holda uni ishlatishdan avval hona haroratida 5 minut davomida ushlab turiladi.

Bir pasient uchun dosetakselning infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentratining bir nechta flakonlari kerak bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda, aseptika qoidalariga rioya qilib, kolibrovka shprisi yordamida zarur bo‘lgan miqdorni tortib olinadi.

20 mg/1 ml li flakonda dosetakselning konsentrasiyasi 20 mg/ml ni tashkil qiladi.

40 mg/2 ml li flakonda dosetakselning konsentrasiyasi 20 mg/ml ni tashkil qiladi.

80 mg/4 ml li flakonda dosetakselning konsentrasiyasi 20 mg/ml ni tashkil qiladi.

Talab etiladigan dozaga muvofiq konsentratning zarur bo‘lgan xajmi 250 ml li 5% li glyukoza eritmasi yoki 0,9% li natriy xloridining eritmasida suyultiriladi (infuziya uchun flakon yoki infuzion qopcha). Agar dosetakselning talab etilgan dozasi 200 mg dan oshsa, u holda infuziya uchun suyuqlikning shunday hajmini olingki, dosetakselning konsentrasiyasi 0.74 mg/ml dan oshmasin.

Olingan eritmani ehtiyotkorlik bilan aralashtirilsin va hona haroratida va yorug‘likning oddiy sharoitlarida 4 soat davomida ishlatilishi lozim, shu jumladan bemorga infuziyani 1 soat davomida yuborishni ham hisobga olish lozim.

Infuziya uchun dosetaksel eritmasini parenteral qo‘llaniladigan boshqa preparatlar kabi, yuborishdan oldin yaxshilab tekshirish lozim, agar cho‘kma mavjud bo‘lsa, eritmani tashlab yuborish lozim. Preparatning qoldiqlarini va uni suyultirish va yuborish uchun ishlatilgan barcha jihozlarni standart mahalliy talablarga muvofiq utilizasiya qilish lozim.

Dosetaksel bir soatlik vena ichi infuziyasi yo‘li bilan yuboriladi.

Har bir flakon bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan va tez ishlatish lozim.

Yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini oldini olish uchun, hamda suyuqlikni tutilishini kamaytirish maqsadida dosetaksel preparatini yuborishdan oldin barcha bemorlarga (premedikasiya bo‘yicha tavsiyalar quyida keltirilgan, prostata bezining raki bo‘lgan pasientlardan tashqari), qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa, glyukokortikosteroidlar bilan, masalan deksametazonni ichga sutkada 16 mg dozadan (8 mg dan kuniga 2 marta), 3 kun davomida, dosetakselni yuborishni boshlashdan 1 kun oldin premedikasiya o‘tkazish zarur.

Prednizon yoki prednizolon bilan yondosh davolanishni qabul qilayotgan, prostata bezi raki bo‘lgan bemorlarda dosetakselni yuborishdan 12 soat, 3 soat va 1 soat oldin 8 mg dozadagi deksametazon bilan premedikasiya o‘tkaziladi.

Gematologik asoratlarning rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun, granulositar koloniestimullovchi omilni (G-KSO) profilaktika maqsadida yuborish tavsiya etiladi.

Sut bezining raki (SBR)

Monoterapiyada (2- qator) – 100 mg/m2 har 3 haftada.

Mahalliy limfa tugunlarini shikastlanishi bilan kechuvchi operasiya qilish mumkin bo‘lgan sut bezi rakini ad‘yuvant davolashda va mahalliy limfa tugunlari shikastlanmagan operasiya qilish mumkin bo‘lgan sut bezi rakida, doksorubisin
(50 mg/m2) va siklofosfamid (500 mg/m2) yuborilganidan keyin 1 soat o‘tgach, dosetakselni 75 mg/m2 dozada, har 3 haftalik davriylik (TAS sxemasi) bilan yuborish tavsiya etiladi. Jami 6 sikl o‘tkaziladi.

Sut bezining mahalliy-tarqalgan yoki sut bezining metastatik rakida birinchi qator davolash sifatida dosetaksel (75 mg/m2) doksorubisin (50 mg/m2) bilan majmuada yuboriladi.

Trastuzumab bilan majmuada dosetakselning tavsiya etilgan dozasi 100 mg/m2 ni tashkil qiladi, har 3 haftada, trastuzumabni esa har haftada yuborish tavsiya etiladi. Trastuzumabning birinchi dozasi yuborilganidan keyingi kuni dosetakselning birinchi infuziyasi o‘tkaziladi. Dosetakselning keyingi dozalari trastuzumabni infuziyasini tugaganidan so‘ng darhol yuboriladi (trastuzumabning dozasini yaxshi o‘zlashtirilgan holatda). Trastuzumabning dozalari va yuborish usuli bo‘yicha ma‘lumotlarni olish uchun trastuzumabning tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga qaralsin.

Kapesitabin bilan majmuada Dosetakselning tavsiya etilgan dozasi 75 mg/m2 ni tashkil qiladi, har 3 haftada, kapesitabinni esa – 1250 mg/m2 dan sutkada ikki marta (ovqat qabul qilgandan keyin 30 minut davomida) keyinchalik bir haftalik tanaffus bilan ikki hafta davomida yuborish tavsiya etiladi. Pasientni tana yuzasining maydoniga kapesitabinning dozalarini xisoblash uchun, kapesitabinning qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga qaralsin.

O‘pkaning mayda hujayrali bo‘lmagan raki

Monoterapiyada – 75 mg/m2 va platina preparatlari bilan majmuada 75 mg/m2 har 3 haftada yuboriladi.

Tuxumdonlarning metastatik raki

Dosetaksel 100 mg/m2 dozada har 3 xaftada yuboriladi.

Prostata bezining raki

Dosetaksel75 mg/m2 dozada prednizon yoki prednizolon bilan majmuada (5 mg dan sutkada 2 marta davomli qo‘llash) har 3 xaftada yuboriladi.

Me‘da raki

Dosetaksel 75 mg/m2 dozada bir soatli infuziya holida, keyinchalik sisplatin 75 mg/m2 dozada 1-3 soat davomida yuboriladi (ikki preparat faqat har bir ximioterapiya kursining birinchi kuni yuboriladi). Sisplatinni yuborish tugaganidan so‘ng, 5-ftorurasil sutkada 750 mg/m2 dozada 5 sutka davomida yuboriladi. Davolash har 3 haftada takrorlanadi. Pasientlar qusishga qarshi preparatlar bilan premedikasiya qabul qilishlari va sisplatinni yuborish uchun muvofiq gidratasiyani olishlari lozim. Gematologik asoratlarni rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun G-KSO ni profilaktika maqsadida yuborish tavsiya etiladi.

Bosh va bo‘yin raki

Mahalliy-tarqalgan operasiya qilib bo‘lmaydigan bosh va bo‘yin rakini induksion davolash uchun dosetakselni dozasi bir soat davomidagi infuziya holida, 75 mg/m2 ni tashkil qiladi, keyinchalik sisplatin 75 mg/m2 dozada 1 soat davomida yuboriladi (ikkala preparat faqat har bir ximioterapiya kursining birinchi kuni yuboriladi). Bundan so‘ng 5-ftorurasil sutkada 750 mg/m2 dozada uzluksiz, 5 sutka davomida yuboriladi. Ushbu sxema har 3 haftada, 4 sikl davomida takrorlanadi. Ximioterapiyadan so‘ng pasientlar nur bilan davolanishlari olishlari lozim.

Bosh va bo‘yinning mahalliy tarqalgan (texnik jihatdan rezeksiya qilib bo‘lmaydigan, jarrohlik yo‘li bilan sog‘ayish ehtimoli kam yoki a‘zoni saqlab qolish hal qilinganda) yassi hujayrali raki bo‘lgan bemorlarni induksion davolash uchun dosetakselning tavsiya qilingan dozasi 75 mg/m2 ni tashkil qiladi, birinchi kuni bir soat davomida vena ichiga infuziya qilinadi, so‘ngra sisplatin 100 mg/m2 dozada 0,5- 3 soatli infuziya qilinadi (ikkala preparat faqat har bir ximioterapiya kursining birinchi kuni yuboriladi) va so‘ngra ftorurasil sutkada 1000 mg/m2 dozada birinchi kundan to‘rtinchi kungacha uzluksiz infuziya qilinadi. Bu sxema har 3 haftada takrorlanadi, umumiy 3 sikl. Ximioterapiyadan so‘ng pasientlar ximionur terapiyasini olishlari lozim.

Sisplatin va ftorurasilning dozalariga to‘g‘rilash kiritish haqidagi ma‘lumotlarni ushbu preparatlarning qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalariga qaralsin.

Pasientlar qusishga qarshi preparatlar bilan premedikasiya qabul qilishlari lozim, ularga muvofiq gidratasiyani o‘tkazilishi kerak (sisplatinni yuborishdan oldin va keyin). Neytropenik infeksiyalarning rivojlanishiga qarshi profilaktika o‘tkazish lozim.

Davolash vaqtida dozalarga tuzatish kiritish

Umumiy tavsiyalar

Dosetakselni neytrofillarning soni ≥1500/mkl bo‘lganida yuboriladi.

Dosetaksel bilan davolash vaqtida neytrofillar sonining bir haftadan ortiq <500/mkl gacha kamayganida, yoki febril neytropeniya rivojlanganda, yoki yaqqol teri reaksiyalari yoki yaqqol periferik neyropatiya rivojlanganda, navbatdagi yuborishlar uchun preparatning dozasini 100 mg/m2 dan 75 mg/m2 gacha va/yoki tana yuzasiga 75 mg/m2 dan
60 mg/m2 gacha pasaytiriladi. Agar dosetakselni 60 mg/m2 dozada yuborilganda ham, quyidagi asoratlar kuzatilsa, davolashni to‘xtatish lozim.

Sut bezi rakini ad‘yuvant davolash

Dosetaksel preparatini doksorubisin va siklofosfamid bilan majmuada ad‘yuvant davolashni qabul qilayotgan sut bezi raki bo‘lgan bemorlarga, birlamchi profilaktika maqsadida G-KSO ni buyurish tavsiya etiladi. Febril neytropeniya yoki neytropenik infeksiyani o‘tkazgan pasientlarga, navbatdagi barcha sikllarda dosetakselning dozasini 60 mg/m2 gacha pasaytirish lozim. 3 yoki 4- darajali stomatit rivojlangan pasientlarda, dosetakselning dozasini 60 mg/m2 gacha pasaytirish lozim.

Kapesitabin bilan majmuaviy davolash

Dosetaksel va kapesitabinni majmuaviy qo‘llashda, navbatdagi davolash siklini boshlangunigacha saqlanuvchi 2-chi darajali toksik samaralar rivojlanishini birinchi paydo bo‘lishida, toksiklikni kamaygunigacha (0-1 darajagacha), davolash kechiktirilishi lozim, bunda navbatdagi davolanish sikli vaqtida dosetakselning boshlang‘ich 100% dozasi yuboriladi.

Davolashning har qanday bosqichida 2 -darajali toksiklikni qayta rivojlanishi yoki 3 darajali toksiklikning birinchi rivojlanishi bo‘lgan pasientlarda toksiklik 0-1 darajagacha pasaymagunicha davolash kechiktiriladi, so‘ngra Dosetaksel bilan davolashni 55 mg/m2 dozada takroran yuboriladi.

Toksik samaralarning keyingi har qanday ko‘rinishlarida yoki 4 darajali toksiklikning har qanday ko‘rinishlarida Dosetakselni yuborishni to‘xtatilishi lozim.

Kapesitabinning dozasi uning qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga muvofiq tarzda kamaytiriladi.

Dosetaksel sisplatin bilan majmuada

Dosetakselni 75 mg/m2 boshlang‘ich dozada sisplatin bilan majmuada qabul qilgan va avvalgi davolash siklida trombositlarning soni <25000/mkl gacha kamaygan yoki febril neytropeniya rivojlangan pasientlarda yoki jiddiy nogematologik toksik samaralar rivojlangan pasientlarda, Dosetakselning dozasini navbatdagi davolash siklida
65 mg/m2 gacha pasaytirilishi lozim. Sisplatinning dozalariga tuzatish kiritish preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Dosetakselni sisplatin va ftorurasil bilan majmuada

Dosetakselni sisplatin va ftorurasil bilan majmuada umumqabul qilingan tavsiyalarga muvofiq qabul qilayotgan pasientlar qusishga qarshi preparatlar va yetarli gidratasiyani qabul qilishlari lozim. Asoratli neytropeniyani rivojlanish xavfini kamaytirish uchun G-KSO ni qo‘llash lozim. Agar G-KFO ni qabul qilishga qaramasdan, pasientda febril neytropeniya ko‘rinishlari, davomli neytropeniya yoki neytropenik infeksiyalar paydo bo‘lsa, Dosetakselning dozasini 75 mg/m2 dan 60 mg/m2 gacha pasaytirish lozim.

 Asoratlangan neytropeniyaning takroriy epizodlari rivojlanganda dosetaksel preparatining dozasini 60 mg/m2 dan 45 mg/m2 gacha pasaytirish tavsiya etiladi. 4 darajali trombositopeniya rivojlanganda dosetakselning dozasi 75 mg/m2 dan 60 mg/m2 gacha pasaytiriladi. Dosetakselni qo‘llashni navbatdagi siklini neytrofillarning soni <1500/mkl va trombositlarning soni esa> 100000/mkl bo‘lganida qo‘llash mumkin. Ushbu toksik holatlar saqlanganida, davolashni to‘xtatish lozim.

Dosetakselni sisplatin va ftorurasil (FU) bilan majmuaviy davolash olayotgan pasientlarda, toksiklik rivojlanganida dozaga tavsiya etilgan tuzatishlarni kiritish

Toksiklik Dozalarga tuzatish kiritish
3 darajali diareya Birinchi epizod: FU dozasini 20% ga pasaytirish

Takroriy epizod: dosetaksel dozasini 20% ga pasaytirish

4 darajali diareya Birinchi epizod: dosetaksel va FU dozalarini 20% ga pasaytirish

Takroriy epizod: davolashni to‘xtatish

3 darajali

stomatit/mukozit

Birinchi epizod: FU dozasini 20% ga pasaytirish

Takroriy epizod: barcha keyingi davolash kurslarida faqat FU ni qabul qilishni to‘xtatish

4 darajali

stomatit/mukozit

Birinchi epizod: barcha keyingi davolash kurslarida faqat FU ni qabul qilishni to‘xtatish

Takroriy epizod: dosetaksel dozasini 20% ga pasaytirish lozim

Bosh va bo‘yinning yassi hujayrali bo‘lmagan raki bo‘lgan pasientlarda asoratlangan neytropeniya (xususan, davomli neytropeniya, febril neytropeniya yoki infeksiyalar) rivojlanganida, davolashning keyingi barcha kurslarida (masalan, 1-nchidan 15-nchi kunigacha) oldini olish maqsadida G-KSO ni buyurish tavsiya etiladi.

Bemorlarning alohida toifalari:

Jigar funksiyasini buzilishlari bo‘lgan bemorlar. Qon plazmasida transaminazalarning (ALT va/yoki AST) darajasi normaning yuqori chegarasidan (NYUCH) 1,5 martadan ko‘proqqa va/yoki ishqoriy fosfatazaning darajasi NYUCH 2,5 martadan ko‘proqqa oshgan bemorlarda, dosetakselning tavsiya etilgan dozasi 75 mg/m2 ni tashkil qiladi. Bilirubinning darajasi oshgan va/yoki ALT va AST yuqori faolligida ( >3,5 NYUCH) va bir vaqtda ishqoriy fosfatazaning darajasi NYUCHdan 6 martadan ko‘proqqa oshgan bemorlarda, dosetakselni buyurish tavsiya qilinmaydi.

ALT va/yoki AST darajalari > NYUCH dan 1,5 martadan yuqori bo‘lsa va bir vaqtda ishqoriy fosfotazaning darajasi > NYUCH dan 2,5 martadan yuqoriroq va bilirubinning darajasi >NYUCH dan 1 martadan yuqori bo‘lgan pasientlarda sisplatin va ftorurasilni majmuaviy qo‘llanganida, dosetakselni buyurish taviya etilmaydi.

Dosetakselni bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Bolalar va o‘smirlar. Xavfisizligi va samarasi bo‘yicha yetarli ma‘lumotlarni yo‘qligi sababli, dosetakselni bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Keksa pasientlar. Populyasion farmakokinetik taxlildan kelib chiqib, keksa pasientlarda dosetakselni qo‘llash bo‘yicha hech-qanday maxsus tavsiyalar yo‘q. 60 yosh va undan oshgan bemorlarda kapesitabin bilan majmuaviy buyurish holatida kapesitabinning boshlang‘ich dozasini 75% gacha pasaytirish tavsiya etiladi (dozaga tuzatish kiritish uchun kapesitabinni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga qaralsin).

Hozirgi vaqtda jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan bemorlarda boshqa ko‘rsatmalar bo‘yicha boshqa preparatlar bilan dosetakselni majmuaviy qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.

Buyrak funksiyasini buzilishlari bo‘lgan pasientlar. Qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralarning tez-tezligi mezonlari quyidagi tarzda aniqlangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (>1/100, <1/10), ba‘zi xollarda (>1/1000, <1/100), kam hollarda (>1/10000, <1/1000) va juda kam hollarda (<1/10000). Har bir guruhning ichida nojo‘ya reaksiyalarning aniq tez-tezlik mezonlari ularning og‘irlik darajasini kamayishi tartibida keltirilgan.

Qon yaratish a‘zolari tomonidan:

Ko‘proq uchraydigan nojo‘ya samaralar bo‘lib, qaytuvchan neytropeniya hisoblanadi, ko‘pgina hollarda u isitma bilan kechadi. Neytrofillar soni o‘rtacha 7-nchi kunida minimumgacha pasayadi (avval ximioterapiyani qabul qilgan pasientlarda ushbu davr qisqa bo‘lishi mumkin), yaqqol neytropeniyaning (<500/mkl) o‘rtacha davomiyligi ham 7 kunni tashkil qiladi. Trombositopeniya va anemiya rivojlanishi mumkin.

Yuqori sezuvchanlik reaksiyalari:

Odatda infuziya boshlangandan keyin bir necha minut davomida kelib chiqadi va yengil yoki kuchsiz bo‘ladi (qon oqib kelishlar, qichishish bilan kechuvchi toshma, ko‘krak qafasini siqilishi, belda og‘riq, xansirash va dorili isitma yoki qaltirash). Juda kam hollarda – bullyoz toshmalar (Layell yoki Stivens-Djonson sindromi). Arterial bosimini pasayishi va/yoki bronxospazm yoki tarqalgan toshmalar/eritema bilan xarakterlanadigan og‘ir reaksiyalar, odatda infuziya tugaganidan so‘ng va adekvat davolash buyurilgandan so‘ng o‘tib ketadi.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan:

Alopesiyalar, yengil yoki kuchsiz ifodalangan teri reaksiyalari. Kam hollarda qichishish bilan kechuvchi toshma yoki yoki qo‘l-oyoqlarning (kaftlar va tovon) shishi va keyinchalik deskvamasiya bilan birga terisining cheklangan eritemasi kabi yaqqol reaksiyalar uchrashi mumkin. Kam hollarda – tirnoqlarning gipo-yoki giperpigmentasiyasi, tirnoqlarning og‘ir shikastlanishlari kuzatiladi (onixolizis).

Suyuqlikni tutilishi:

Periferik shishlar va kam hollarda plevra bo‘shlig‘iga va perikardial bo‘shliqqa suyuqlik to‘planishi, assit va tana vaznini oshishi holatlari qayd etilgan. Periferik shishlar odatda, oyoqlardan boshlanadi, so‘ngra tana vaznining 3 kg va undan ortiq oshishi bilan tarqoq shaklga o‘tishi mumkin. Preparatni takroriy yuborilganida suyuqlik tutilishining tez-tezligi va yaqqolligi ko‘payadi; suyuqlik tutilishi kuzatilganida, dosetakselning o‘rtacha yig‘indi dozasi premedikasiya o‘tkazilganida 818,9 mg/m2, premedikasiya o‘tkazilmaganida – 489,9 mg/m2 ni tashkil qiladi, ba‘zi holatlarda suyuqlikni tutilishi davolashning birinchi kurslari vaqtida rivojlanishi mumkin.

Suyuqlikni tutilishi o‘tkir oligouriya yoki arterial bosimini pasayishi epizodlari bilan birga kechmaydi. Juda kam hollarda degidratasiya va o‘pka shishi rivojlanishi xaqida xabar berilgan.

 

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan:

Ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, anoreksiya, qabziyat, stomatit, ta‘m sezishni buzilishi, ezofagit, me‘da sohasida og‘riqlar; kam hollarda – me‘da-ichakdan qon ketishi, juda kam hollarda – ichak o‘tkazuvchanligini buzilishi kuzatiladi.

Nerv tizimi tomonidan:

Yengil yoki kuchsiz ifodalangan paresteziyalar, gipersteziyalar, dizesteziyalar yoki og‘riqlar, shu jumladan achishish ko‘rinishidagi periferik neyropatiya. Xarakatni buzilishlari holsizlik bilan xarakterlanadi. Ushbu buzilishlar odatda 3 oy davomida mustaqil o‘tib ketadi. Juda kam hollarda – tirishishlar va o‘tib ketuvchi xushdan ketishlar.

Yurak–qon tomir tizimi tomonidan

Yurak ritmini buzilishi (sinusli taxikardiya, xilpillovchi aritmiya), nostabil stenokardiya, yurak yetishmovchiligi, arterial bosimini oshishi yoki pasayishi. Juda kam hollarda – venoz tromboemboliya va miokard infarkti holatlari kuzatiladi.

Miokard infarktining kam hollari haqida xabar berilgan.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan:

AST, ALT zardobli faolligini, ishqoriy fosfataza va qon zardobida bilurubin konsentrasiyasini oshishi.

Boshqalar:

Asteniya, artralgiya, mialgiya, mushak kuchsizligi, xansirash, tarqalgan yoki mahalliy og‘riqlar, shu jumladan yurak va o‘pka kasalliklariga bog‘liq bo‘lmagan ko‘krak qafasida og‘riqlar, sepsis. Kam hollarda kon‘yunktivit bilan birga (yoki u siz), ko‘z yoshi oqishi, juda kam hollarda – (asosan o‘smaga qarshi boshqa preparatlarni bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda) ko‘z yoshi kanalining okklyuziyasi, bu ko‘z yoshini xaddan ziyod ko‘p oqishiga olib keladi.

Kam hollarda o‘tib ketuvchi vizual buzilishlar (ko‘zlarda yorug‘lik hissi), odatda preparatni yuborish vaqtida kelib chiqadi va infuziyani tugaganidan so‘ng yo‘qolib ketadigan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarning rivojlanishi bilan birga kechadi.

Yuborish joyida reaksiyalar – kuchsiz ifodalangan va giperpigmentasiya, yallig‘lanish, qizarish yoki terini qurishi, flebitlar, qon quyilishi yoki vena shishi holida namoyon bo‘ladi.

Juda kam hollarda – o‘tkir respirator distress- sindromi va interstisial pnevmoniya, o‘pka fibrozi va nurga reaksiyalarni kuchayishi.

Dosetakselni kapesitabin bilan majmuada qo‘llanganida me‘da–ichak yo‘llari tomonidan nohush holatlari, kaft-tovon sindromi (qo‘l-oyoq barmoqlari (kaft-tovon) terisining giperemiyasi, keyinchalik deskvamasiya va shish bilan), degidratasiya, ko‘z yoshini oqishi, artralgiyalar, og‘ir trombositopeniya va anemiya, giperbilirubenimiya, biroq yanada kamroq og‘ir neytropeniya, alopesiyalar, tirnoqlar tomonidan buzilishlar, astniyalar, mialgiya, oyoq-qo‘llarning shishini rivojlanishi kuzatilgan.

Dosetaksel va kapesitabin bilan majmuaviy davolashni qabul qilayotgan, 60 yoshdan oshgan pasientlarda, yoshroq pasientlarga nisbatan 3-4 darajali toksiklikni rivojlanishi ko‘proq aniqlanadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning ta‘sir etuvchi moddasi yoki preparatning yordamchi moddalaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik;
  • neytrofillarning dastlabki darajasi < 1500/mkl;
  • homiladorlik va emizish davri;
  • og‘ir jigar yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.

Dosetaksel bilan boshqa dori preparatlarini majmuada buyurish holatida ularni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarini hisobga olish lozim.

 

 

yo

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Sitoxrom R450-3A tizimi orqali induksiya yoki ingibisiya qiluvchi, shuningdek ularning ishtirokida metabolizmga uchraydigan Siklosporin, terfenadin, ketokonazol, eritromisin va troleandomisin kabi moddalar bilan bir vaqtda qo‘llanganida dosetakselning biotranformasiyasi o‘zgarishi mumkin. Shu sababli, shunga o‘xshash preparatlarni bir vaqtda qo‘llanganda, ahamiyatli o‘zaro ta‘sir bo‘lishi mumkinligini hisobga olib, ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

in vitro sharoitida eritromisin, difengidramin, propranolol, propafenon, fenitoin, salisilatlar, sulfametoksazol va natriy valproati kabi oqsillar bilan mustahkam bog‘lanuvchi dori vositalari dosetakselni oqsillar bilan bog‘lanishiga ta‘sir qilmaydi. Deksametazon ham dosetakselni oqsillar bilan bog‘lanishiga ta‘sir qilmaydi. Dosetaksel digitoksinni oqsillar bilan bog‘lanishiga ta‘sir qilmaydi.

Dosetaksel, doksorubisin va siklofosfamidning farmakokinetikasi, ushbu preparatlar bir vaqtda buyurilganida o‘zgarmaydi. Dosetaksel va karboplatin orasida o‘zaro ta‘sir mavjud. Dosetaksel bilan majmuaviy buyurishda karboplatinning klirensi, karboplatin bilan monoterapiyadagi avval olingan ko‘rsatgichlarga qaragan

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Dotsetaksel preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Dotsetaksel barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Dotsetaksel haqida savollar

Dotsetaksel haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil